Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 5111700 boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi


Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ma’lumot



Download 89,76 Kb.
bet6/7
Sana18.12.2022
Hajmi89,76 Kb.
#890421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda grammatika, imlo va nutq o`stirish

2.2 Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ma’lumot
Maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Ona tili darslarida o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirishda kichik-kichik parchalarni o’qish, ifodali o’qish, maznunini o’zlashtirish, hikoya qildirish va yozma ish turlari: diktant, bayon va inshodan foydalaniladi.
Maktablarda o’quvchilarning savodxonligini aniqlash uchun tekshiruv diktant, tekshiruv bayon va tekshiruv insho, og’zaki va yozma nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish uchun dars jarayonida o’tkaziladigan har xil mashqlar bilan birga, ta`limiy diktantlar, shuningdek, maxsus darslar – ta`limiy bayon va ta`limiy insho darslari ham o’rkazilib kelinmoqda.
“O’zbek tili nutq madaniyatiga oid masalalar” nomli to’plam o’zbek tili nutq madaniyatiga bag`ishlangan birinchi respublika tilshunoslik konferesiyasi materiallarini qamrab oladi. Konferensiya 1990- yil 27-29 may kunlari Toshkentda O’zbekiston fanlar akademiyasida bo’lib o’tdi. To’plamga konferensiyada tinglangan ma’ruzalar va so’zga chiqqan o’rtoqlarning materiallari kiritilgan.
1991-yilning 12-13-aprelida Samarqand shahrida “O’zbek tilini o’rganish va o’qitishni qayta qurish hamda takomillashtirishning dolzarb masalari”, 1993-yilning 8-9-aprelida Qarshi sharida “Ta`lim bo’g`inlarida ona tili o’qitish mazmunini yangilash asoslari”, 1995-yilning 7-8 aprelida Jizzax shahrida “Ta`lim jarayonida so’z boyligini oshirishning asosiy omillari”, 1997-yilning 11-12- aprelida Toshkent shahrida “Ta`lim jaroyonida matn ustida ishlashning asosiy omillari”ga bag`ishlangan o’zbek tili doimiy anjumanining to’rtinchi yig`ini bo’lib, unda 193 maruza o’qilgan. Bundan tashqari 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009, 2011 yillarda ham o’zbek tili doimiy anjumani yig’ilishlari bo’lib o’tgan. Ulardagi mingdan ortiq ma’ruzalar ona tilimizni rivojlantirishga bag’ishlangan.
O’zbek tili doimiy anjumaning IV yig`inida o’qilgan ma`ruzalar haqida 1998-yilda nashr etilgan. “Ona tili darslarida nutq o’stirish” nomli metodik qo’llanmada ma`lumot berilgan. 1999-yilning 29-30-aprelida Buxoro shahrida “Ta`lim jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari” ga bag’ishlangan o’zbek tili doimiy anjumanining B. Qosimova “5-sinfda sinov dasturi asosida o’qiyotgan o’quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish”, A. G’ulomov “Ona tili mashg’ulotlariga o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish imkoniyatlari”,
Sh. Shokirova, D. Boysunova ona tili Sinov darsliklarida nutq o’stirish tamoyillari”, R. Boborahmatova, G. Matnazarova “5-sinfda “Fonetika”ni o’rganishda o’quvchilarning og’zaki nutqi ustida ishlash”, S. Xo’jayeva “Ona tili darslarida xalq maqollari orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish”, Z. Matqulieva Ona tilidan sinov darsliklari asosida ishlash jarayonida o’quvchilar nutqini rivojlantirish”, D. Ortiqova Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish usullari”, G. Xudoyberganova “Ona tili darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish usullari”, X. Qambarov, D. Shodmonova O’quvchilar nutqidagi sheva va kasb- hunarga xos so’zlar ustida ishlash usullari”, D. Yo’ldosheva, M. Baqoxo’jayeva “O’quvchilar nutqini o’stirishda talaffuzi yaqin so’zlardan foydalanish”, X. Abdullayev Ona tili darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish usullari’, F. Rahmatova “Leksikalogiya bo’limini o’rganishda o’quvchilar nutqi ustida ishlash omillari”, S. Safarova “Fe’lning ma’noviy guruhlari” mavzusini o’rganishda o’quvchilar nutqi ustida ishlash, A. Sayfullayeva “Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishning metodik asoslari”, Sh. Safarova Matn –nutqni rivojlantirish vositasi”, Z. Yunusova “Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish” mavzularida ma’ruza qilganlar.
Maktab o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirishga bag’ishlanib chop etilgan asarlar, metodik qo’llanmalar, broshyuralar, maqolalar va tezislarga qisqa to’xtalishni lozim topdik.
“Memодика изучения местоимений в узбекской школе” nomli aftoreferat kirish, uch bob va xulosadan iborat bo’lib kirishda mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari bayon qilinadi. Birinchi bobda o’zbek maktablarida olmoshning o’qitilish ahvoli, dastur va darsliklar haqida ma’lumot berilib, mavzuga doir lingvistik va metodik adabiyotlarga munosabat bildiradi. Ikkinchi bobda olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqida uchraydigan xatolar va ularni tuzatish yo’llari o’z ifodasini topgan. Uchinchi bobda maktabda Olmosh” mavzuni o’rganish metodlari bayon qilinadi, ularning turlari har xil usullar bilan mustahkamlanadi.
“Методика изучения служебных слов в 6 классе узбекской школе” nomli avtoreferat maktabda yordamchi so’zlar ko’makchi, bog’lovchi, yuklamani o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, kirish ikki bob va xulosadan iboratdir. Kirishda ishning maqsadi va mazmuni qisqa bayon qilinadi. Birinchi bob O’zbek maktablarida yordamchi so’zlarni o’rganish tarixi” ga bag’ishlanadi. Undan o’zbek tili dastur va darsliklari, lingvistik va metodik adabiyotlar tahlil qilinadi. Ikkinchi bob O’zbek maktablarining 6-sinfida yordamchi so’zlarni o’rganish metodikasi” ga bag’ishlangan bo’lib, unda ko’makchini o’rganish: bog’lovchini o’rganish; yuklamani o’rganish metodikasi bayon qilinadi. Ish xulosalanadi.
“Nutq o’stirish mashg’ulotlari” nomli metodik qo’llanma kirish, uch bob xulosa va ilovalardan iborat bo’lib, undan o’quvchilar nutqini o’stirish muammolari, ona tilini o’qitish jarayonida nutq o’stirishning asosiy yo’nalishlari, til sathlarini o’rganishda nutq o’stirish imkoniyatlari kabi masalalar atroflicha bayon qilinadi. Uchinchi bobning “Morfologiyani o’rganishda nutq o’stirish” qismida so’zning lug’aviy manosi otli, fe’lli va ravishli birikmalari, so’z turkumlarining ma’no guruhlari morfologik uslubiy malakalar ustida ishlash. “Ot “, “Sifat”, “Son” va “Fe’l” so’z turkumlarini o’rganishda o’quvchilarni ot, sifat, son va fe’l uslubiyatiga doir bilim, malaka va ko’nikmalar bilan tanishtirish lozimligi ta’kidlanadi.
“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish” nomli qo’llanma ko’makchili birikmalarning nutq o’stirishdagi ahamiyatini bayon qilish bilan boshlanadi. Metodik qollanmada 4-sinfda o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish yo’llari misollar orqali atroflicha bayon qilinadi. Shuningdek, 7-sinfda so’z birikmasi va gap bo’laklarini o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish usullari yoritiladi va har xil ish turlari-mashqlar bilan mustahkamlanadi.
“Maktabda taqlidiy so’zlarni o’rganish usullari haqida” nomli tezisdaO’zbek tili” darsliklarida taqliqiy so’zlar uzoq vaqtlar undov va taqlidiy so’zlar nomi bilan berilganligi, so’nggi yillarda undov va taqlidiy so’zlar nomi bilan berilganligi, aytiladi.
Taqlidiy so’zlar leksik xususiyatlariga ko’ra alohida guruhlarni tashkil etishi, bu so’zlar eshitish bilan, obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan aloqadordir. Taqlidiy so’zlarning mustaqil so’zlar kabi gapda aniqlovchi va kelishik qo’shimchalarini olib, gapda ega, kesim va to’ldiruvchi bo’lib kelishi haqida ma’lumot berishi lozimligi aytiladi, misollar keltirilib tushuntiriladi.
“O’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda bayonning ahamiyati” nomli tezisda yozish nuqtning og’zaki nutq asosida shakllanishi va rivojlanishi, bayon nutqning og’zaki va yozma shakllarining qo’shib birgalikda o’stiradigan ish turi ekanligi aytiladi. Shuningdek, ona tili darslarida yangi materialni mustahkamlash, nazariy qoidalarni amalda tadbiq etishda ta’limiy bayon turlarini vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turish yaxshi samara berishi eslatiladi, 6-7-8-sinflarda o’tkaziladigan qo’shimcha topshiriqli bayon o’tkazish tavsiya etiladi. Shu bilan birga turliy mavzularda kichik bayon o’tkazish, o’quvchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkinligi aytiladi.
“Hodisalar, hikmatli so’zlar va o’yinlar orqali nutq o’stirish ” nomli tezisda “Hikmat”, “Hadis” so’zlarning ma’nosi tushuntiriladi. Muallif o’quvchilar nutqni o’stirishda hadislar va hikmatli so’zlardan foydalanganligi, turli o’yinlar orqali bolalar tafakkurni rivojlantirganligini bayon etadi.
“So’z yasalishi darslarni o’qitishda o’quvchilarning lug’at boyligini oshirish” nomli tezisda o’rta maktabning 5-6 sinflarda o’tkaziladigan so’z yasalishiga doir darslar haqida fikr bildiradi.
Muallif 5-sinfda “So’z tarkibini ” o’tkazish o’zak va o’zakdosh so’zlar, 6-sinfda so’z “So’z yasashlishi yo’llari”ni o’tganda yasama so’zlarning tarkibi qaysi tilga mansubligi va undan yasalgan so’zlarning o’zlanishganligi haqida tushuncha berish, lozimligini eslatadi. Traktor-chi, maktabdosh, aql-li, burd-siz so’zlarini keltirib, ruscha, arabcha, forscha asosdan yasalgan o’zbekcha so’z ekanligini tushuntiradi. Shuningdek, til-shunos, etikdo’z, do’ppi-furush, chizma-kash, bedanaboz so’zlariga o’zbekcha asosga forscha-tojikcha so’z yasovchi affikslar qo’shilib o’zbekcha so’z ekanligini aytadi.
“Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda sinonimlardan foydalanish” nomli tezisda muallif ona tili mashg`ulotlarida o’quvchilar nutqini o’stirish va lug`at boyligini takomillashtirish uchun tilning sinonimi imkoniyatlaridan foydalanganligini aytadi. Ayniqsa, leksika bo’limini so’zning o’z va ko’chma ma`nosi, ko’p ma`noli so’zlar, kam ishlatiladigan so’zlar, tasviriy ifoda va iboralarni o’rganish jarayonida sinonimlarni qo’llanganligini eslatadi. Shuningdek, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida leksik sinonimlar /ot turkumi, sifat turkumi, fe`l turkumi, ravish turkumi/ dan foydalanganligini tushuntiradi.
“Tarixiy atamalar vositasida o’quvchilar nutqini o’stirish” nomli tezisda tarixiy asarlarda, ayniqsa, B. Ahmedovning “Ulug`bek” asarida uchragan harbiy atamalar vositasida o’quvchilar nutqini o’stirish masalalari yoritilgan.
“Ona tili darslarida sistem – semantik mashqlar bajarish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish” nomli tezisda muallif maktab o’quvchilarining nutqini o’stirish uchun ona tili darslarida sistem – semantik mashqlardan foydalanishni taklif etadi. Masalan: “Quvnoq” so’zining sinonimlari: quvnoq, xushchaqchaq; antonimlar; quvnoq – g`amgin, xafa, so’z yasalish paradigmasi bo’yicha; quvnoq, quvnoqlik, leksiksemantik munosabatlari bo’yicha tematik guruhni aniqlash, antonimlik, sinonimlik va so’z yasalish uyasi paradigmasiga qaraganda juda katta semantik qurshovni tashkil etadi.
“Gramatik tahlil-nutq o’stirish omillaridan biri” nomli tezisda muallif sifat so’z turkumi haqida o’quvchilarga ma`lumot berish jarayonida Grammatik tahlildan foydalanganligini quyidagicha bayon qiladi. “Bu kategoriyaning tarifiga, uning o’ziga xos xususiyatlariga tahlil jarayonida to’xtash qiziqarlidir” Ayrim misollar keltiramiz: Xushtabiat, dilkash, mehnatsevar kishi bo’lganidan hech kim uni yolg`on so’z bilan tilga olmas edi. Darslik 109 bet bu gapdagi sifatlar tahlil qilinganda, o’quvchilarga 3-4 kartoshka tarqatiladi va quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi. “Xushtabiat” so’zining sinonimlarini toping. Berilgan gapda uni qo’yib ko’ring. Tahlil qiling. “Dilkash” so’zining omonimi bormi? Bo’lsa uning ishtirokida bir gap tuzing. Gap tarkibida qanday vazifani bajarmoqda; “Mehnatsevar” so’zini har tomonlama tahlil qiling. Uning antonimini toping. Antonimi ishtirokida gap tuzing.
“Ona tili mashg`ulotlarida modal so’zlarning ustida ishlash” nomli tezisda muallif 7-sinfda modal so’zlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida o’rgatish jarayonida o’quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida olib borgan ishlari modal so’zlarning ma`nolari, gapda biror vazifani bajara olmasligi haqida ma`lumot beriladi. O’qituvchi: “O’quvchilarni modal so’zlar olamiga olib kirish qancha erta boshlan-sa, bolaning nutqiy taraqqiyoti uchun shunchalik samarali bo’ladi. Shuning uchun 5-sinfda “Leksikologiya”, 6 – sinfda “Morfologiya” bo’limlarini o’rganishda bu so’zlar ustida izchillik bilan ish olib borishga to’g`ri keladi”, – dedi. Xulosa: Maktabda modal so’zlarni o’rgatish jarayonida foydalangan usullar va mashqlar muallifining ish tajribasi sifatida bayon etilgan.
“Ona tili darslarida o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish” nomli tezisda muallif o’quvchilar o’zbek tili grammatikasi asoslarini og`zaki yozma nutq ko’nikmalarini, imlo va ishoraviy belgilar qoidalarini puxta o’rganib olmaganliklari sababli xatolarga yo’l qo’yishlarini eslatib, bu xatolarni bir necha bo’limda ko’zatadi va ularni tuzatish yo’llarini bayon qiladi: a/ Ona tili darslarida o’quvchilarni ko’proq lug`at ustida ishlatish; b/ har bir sinfda “Atamalar burchagi” faoliyatini kuchaytirish va yangi atamalar bilan uzluksiz ta`minlab borish; v/ har bir darsda tilimizda keyin paydo bo’lgan ayrim so’zlarni lug`at daftarlariga yozdirib borish. Uyga berilgan vazifalarni ham o’quvchilar og`zaki va yozma nutqini o’stirishga qaratish kabi.
“Matn tuzishda ta`limiy o’yinlardan foydalanish” nomli tezisda “Fe’l” bahsidagi “Fe`l mayllari”, “Fe’l zamonlari” va “Sifatdosh” mavzularini o’rganish jarayonida ta`limiy o’yinlardan faydalanish bayon etiladi. “Fe`l” bahsi o’rganilgandan so’ng “Quyosh va tabiat”, “Suv va hayot”, “Agar men sehrgar bo’lsam”, “Orzu qanotida” kabi mavzularda matn yaratish topshilirib, bajarilganligi aytiladi.
“Tasviriy ifoda” mavzusini o’tishda matn ustida ishlash” nomli tezisda
7 – sinfda ona tili darsida “Tasviriy ifoda” mavzusini o’tish jarayonida o’quvchilarni matn usida ishlashga o’rgatish bayon qilinadi. Muallif Oybek, Hamid G`ulom, Zafar Diyordan to’rtliklar yordamida tasviriy ifodalarni aniqlab chiqishni o’quvchilarga topshiradi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida bu topshiriqni bajarganliklari aytiladi.
“O’quvchilarni insho yozishga o’rgatish” nomli tezisda insho, uning ahamiyati , ona tili va adabiyot darslarida o’tkazilishi, rivoyat, inso, tasvir insho ustida uzluksiz ish olib borishi bayon etiadi. Muallif: “Rivoyat insho inshoning ancha oson va qulay turlaridan biri bo’lib o’quvchilar muayyan bir qiziqarli voqea, hodisa haqida fikr yuritadilar. Inshoning bu turi o’quvchilarning kuzatishlari, boshidan kechirgan voqea – hodisalari, sarguzashtlari, o’rtoqlaridan, katta yoshdagi kishilardan / ota – onasidan, qarindosh – urug`laridan eshitgan voqealari asosida yozishi mumkin”deydi. U 7- sinfda rioyat, tasvir va ilmiy insholar o’tkazilganligi haqida, taqlidiy so’zlar o’tilgandan so’ng o’quvchilarga ilmiy insho yozish topshirilganligini aytadi. “ Matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilar nutqini sinonimlar bilan boyitish” nomli tezisda “Ot”, “Sifat”, “Fe`l” mavzularini o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish uchun matn ustida ishlashda ma`nodosh so’zlarni ishlatish bo’yicha o’z tajribasini bayon qiladi.
“Olmosh – nutq ravonligini ta`minlovchi vosita” nomli tezisda olmosh so’z turkumini o’rganishda o’quvchilar so’z boyligini oshirib va nutqini rivojlantirishni ikki yo’nalishda:
1) Olmoshning tilimizda mavjud bo’lgan ma`nodoshlari ustida ishlash.
2) Nutqiy sharoitda ot, sifat, sonni ularga ishora qiluvchi va bevosita shu ma`noni ifodalovchi olmoshlar bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkinligi haqida gapiriladi. Har bir ikki, yo’nalishni bjarish uchun misollar keltiriladi.
Olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilarning nutiqni rivojlantirish bir tomondan, ma`nodosh olmoshlar ustida ishlash orqali va ikkinchi tomondan ot, sifat, son va hakozo olmosh sinonimiyasini keng qo’llash bilan amalga oshirilishi bilan tezis xulosalaniladi.
“Sinov dasturi va darsligi asosida “Olmosh” mavzusini o’tish nomli tezisda o’qituvchi M. Sattorova 7 – sinfda “Olmoshlar” mavzusida 13 soat ajratilganligini aytib, olmoshlarga bag`ishlab bir soatlik dars manunasi o’z tajribasini bayon etadi. Bunda Mirtemirning “Ka’bamsan she`riyat”, Abdulla Oripovning “Munojatni tinglab” she`rlaridan parchalar keltirib, olmoshlarni toptirgani, ma`nosini aniqlatganligini aytadi. Dars yaxshi o’tganligini, ya`ni o’quvchilar faol qatnashganliklarini aytadi.
“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishning metodik asoslari” nomli tezisda ona tili darslarida nutq o’stirishning asosiy yo’nalishlarini to’rt guruhga ajratish lozimligini, ona tilining barcha bo’limlarini o’qitishda bu to’rt yo’nalishdagi ishlarga e`tibor berish masalan, “Fe`l” bahsini o’rganishda so’z birikmasi va gap ustida ishlash siyosiy o’rnini egallashi kerakligi bayon etiladi. Bir bosh bo’lakli sodda gaplarni ikki bosh bo’lakli sodda gapga aylantirish, harakat nomlari ishtirokida gaplar tuzish va ularni birikmalarga aylantirish, gaplarni sifatdosh birikmalarga aylantirish kabi mashq turlaridan foydalanish lozimligi aytiladi.
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so`z, so`z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o`zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o`z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatla kishining faol faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O`quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.
Nutq o`stirish nima? Agar o`quvchi va uing tildan bajargan ishlari ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug`ati, sintaktik qurilishini, bog`lanshl nutqni) faol amaliy o`zlashtirish tushuniladi. Agar o`qituvchi ko`zda tutilsa, nutq o`stirish dеganda, o`quvchilar tilning talafuzi, lug`ati, sintaktik qurilishi va bog`lanishli nutqni faol egallashlarigayordam bеradigan mеtod va usullarni qo`llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi to`rt qismga bo`lingan (tovushlar va harflar, so`z, gap, bog`lanishli nutq), shuning uchun ona tili dasturining bo`limlari: «Xat-savod o`rgatish va nutq o`stirish», «O`qish va nutq o`stirish», «Grammatika, imlo va nutq o`stirish» dеb nomlangan.
Nutq faoliyati uchun, shuningdеk, o`quvchilar nutqini o`stirish uchun bir nеcha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo`lishi kеrak. O`quvchilar nutqini o`stirishning mеtodik talabi o`quvchi o`z fikrini, nimanidir og`zaki yoki yozma bayon xohishini va zaruriyatini yuzaga kеltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, matеriali bo`lishi lozim. Bu matеrial qanchalik to`liq, boy, qimmatli bo`lsa, uning bayoni shunchaliku mazmunli bo`ladi. Shunday ekan, o`quvchilar nutqini o`stirishning ikkinchi sharti nutqqaoid mashqlarning matеrial ihaqida, bola nutqi mazmunli bo`lishi uchun g`amxo`rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so`z, so`z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo`ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o`stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Bolalarga til namunalarini bеrish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o`z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim mеtodikasi asoslanadigan ongli ravishda «tilni sеzish» shakllanadi.
Nutq o`stirishning mеtodik sharti nutqiy faoliyatning kеng tizimini yaratish, ya'ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o`rgangan til vositalaridan foydalanib, o`z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o`zlashtiradi. Buning o`zi еtarli emas, chunki u nutqni yuzaki o`zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspеktlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til normalarini o`zlashtirish. Maktab bolalarni adabiy tilni sodda so`zlashuv tilidan, dialеkt va jargondan farqlashga o`rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so`zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a'zosi uchun zarur bo`lgan muhim nutq malakalarini, ya'ni o`qish va yozish malakalarini o`zlashtirish. Bu bilan bola yozma nutqning xususiyatlarini, unng og`zaki-so`zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
3. O`quvchilar nutq madaniyatini takomillash-tirish. Til kishilik jamiyatida muhim aloqa vositasidir. tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kеlib chiqib, maktabda o`quvchilarning nutq madaniyatiga alohida ahamiyat bеriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan rеjali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o`quvchilar nutqini o`stirish ustida ishlash tushuncha-siga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o`stirishda uch yo`nalish aniq ajratiladi: 1) so`z ustida ishlash; 2) so`z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog`lanishli nutq ustida ishlash.
So`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo`lib lеksikologiya (frazеologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, siintaksik xizmat qiladi; bog`lanishli nutq esa logika, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
Ko`rsatilgan uch yo`nalish parallеl olib boriladi: lug`at ishi gap uchun matеrial bеradi; so`z, so`z birikmasi va gap ustida ishlash bog`lanishli nutqqa tayyorlaydi. O`z navbatida, bog`lanishli hikoya va insho lug`atni boyitish vostasi bo`lib xizmat qiladi.
O`quvchilar nutqini o`stirish o`z mеtodik vositalariga ega, o`zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog`lanishli nutq mashqlari hisoblanadi.
Nutq o`stirishda izchillik, to`rt shartni, ya'ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo`ysundirish ko`nikmasi amalga oshirish bilan ta'minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog`lanadi va kеyingisiga o`quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo`ysungan holda, nimadir yangilik qo`shadi.
Maktabda o`quvchilar nutqini o`stirishga ona tili o`qitishning asosiy vazifasi dеb qaraladi. Nutq o`stirish faqat ona tili va o`qish darslarininggina emas, balki o`quv rеjadagi barcha prеdmеtlar (tabiatshunoslik, matеmatika, mеhnat, tasviriy san'at, ashula darslari)ning, shuningdеk, sinfdan tashqari o`tkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir.
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o`z fikrlarini ovoz bilan - eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o`ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o`ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o`ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlari yordamida eshittirilib yoki grafik bеlgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi - tashqi nutqda nutq organlariningharakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozilib bayon etiladi; ichki nutqda nutq organlarining harakati tovushsiz yuzaga kеladi.
Ichki nutq matеrialni tushunish va yodda saqlashga yordam bеradi, tashqi nutqni o`stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O`ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo`ladi. Ichki nutq o`quvchini tashqi, nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o`rgatadi. Ichki nutq jarayonida o`ylash o`quvchining nutqi va tafakkuriningo`sishida muhim vositadir.
Maktabda o`quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o`stiriladi. Bolalar ichida o`qishga o`rganadilar va ichki nutqda matеrialni o`zlashtiradilar. Turli vazifalarni o`zlari hal qiladilar, asosiysi - o`zlarining og`zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko`ra nutq og`zaki va yozma bo`ladi. Og`zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og`zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og`zaki nutqda eshitish sеzgisi, yozma nutq esa ko`rish va qo`l harakati sеzgisi asosiy rol o`ynaydi. Og`zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o`zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og`zaki nutq aniq hayotiy sharoitda, bеvosita aloqa jarayonida yuzaga kеladi; yozma nutqdan bеvosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi.
Og`zaki nutq ko`pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo`ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldrmay, ortiqcha takrorga yo`l qo`ymay bayon qilishni talab etadi, shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda bo’lishlari ta’minlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi haqida dastlabki tushunchalarni shakllantiradi.
Boshlang’ich sinf ona darslarining samarali bo’lishiga erishish bir qator muhim talablarni hisobga olish zarur.Mazkur mavzu ustida ishlash jarayonida quyidagi umumiy xulosaga kelindi.
1. Bugungi kunda avlodga bilim sirlarni o’rgatishga pedagogik texnologiyalardan yangicha foydlanishni davr talab qilinmoqda. Tizimli o’qitish oldingi o’qitishlardan farq qilish lozimdir.
2. Ona til darsida o’quvchilarga o’tgan darsga berilgan mavzuni savol-javob o’tkazish asosida gapirtirish lozim.
3. Ona tili darslarida o’quvchilariga mashqlarni bajarishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerakli tushuntirilib maxsus topshiriqlar berilsa, o’quvchilar mas’uliyati ortadi.
4. Darslarda ko’rgazmalilikdan foydalanish dars jarayonida rang-barang ish usularini qo’llash o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarni yanada ortiradi
5. Ona tili darslarida mustaqil ishlarning o’rni ham solmoqli ahamiyatga ega, chunki yosh avlodni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish ularni ongli ravishda fikrlash qobiliyatlarni o’stiradi va rivojlantiradi. Mustaqil ishlash o’qitishning eng dolzarb usularidan biridir. O’ndan har bir fanni o’qitishda foydanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqorida sanab o’tilganlarni amalga bajarish orqali darslar ona tili darslarni shu jumladan so’z tarkibi mavzusini o’tishda yaxshi samaradorlikga erishish mumkin.
Shu kunga qadar o`quvchilar so`z boyligi oshirish, og`zaki va yozma nutqini o`stirishga doir besh- olti nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, xolos.
Respublikiamizda 1969 yilda nutq madaniyatiga bag`ishlangan konfrensiya o`tkazilgan bo`lsa ham, bu anjumanda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir nazariya masalalar muhokama qilinib,konfrensiya materialini ilmiy to`plam sifatida nashr qilish bilan kifoyalanilgan. Hozirgi kunga qadar maktab o`quvchilarning nutqini o`stirishga bag`ishlangan sanoqli metodik qo`llanma va tavsiyalar yaratilgan, xolos. Shu sababli Ona tili « darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish ’» mavzusida metodik qo`llanma yaratishga kirishdik.
Metodik qo`llanma nutq madaniyati va o`quvchilar nutqini o`stirishga bag`ishlangan materiallardan foydalandik, ularga munosabatini bildirdik.
Qo`llanma ona tili darslikning “ Morfologiya va imlo “ bo`limining “Olmosh uning ma`no turlari “, “Yordamchi turlar “: ko`makchi, bog`lovchi, yuklama , ularningma`no turlari “ Fe`l uning zamonlari, mayllari “, “Zamon shakli “,
“Zamon shakli “, “ Zamon shakli ma`nolari “ , “ Ot-kesimi zamon shakli “ , “Kesimlik so`zlari”, “So`z gaplar “ - “ Modal so`z –gaplar “, “ Undov so`z- gaplar “ , “ Tasdiq va inkor so`zlarni “ o`rganish jarayonida o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, tafakkarini rivojlantirishni turli metod va usullarda- darslik ustida ishlash, savol va javob, o`qituvchining bayoni, suhbat usullarida bayon qildik. Tadqiqot ishida olmosh, yordamchi so`zlar, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, fe`l, ot- kesim zamon shakillari, kesimlikso`zlar, modal so`z gaplari, undov so`z gaplari, tasdiq va inkor so`z gaplarga doir materiallarni mustahkamlash, o`quvchilar nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish, og`zaki va yozma mashqlar, og`zaki bayon, ijodiy ish, ta`limiy diktant, kichik bayon va kichik insho kabi ish turlaridan foydalandik. Metodik qo`llanma 7-sinfda ona tili o`qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Download 89,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish