Boshlang'ich ta'lim tizimini rivojlantirishda xorij tajribalaridan foydalanishning o’ziga xos tamoyllari



Download 24,76 Kb.
bet1/3
Sana03.01.2022
Hajmi24,76 Kb.
#316704
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang'ich ta'lim tizimini rivojlantirishda xorij tajribalaridan foydalanishning o’ziga xos tamoyllari


Boshlang'ich ta'lim tizimini rivojlantirishda xorij tajribalaridan foydalanishning o’ziga xos tamoyllari.

Reja


1.Boshlang'ich ta'limda integratsiya jarayonin tashkil etish

2.Boshlang'ich ta'limda xorijiy tajribalar

3.Boshlang'ich ta'limda PIRLS dasturi

Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik, pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik. Ma‘lumki, oqitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bogliq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya ta‘lim jarayonining barcha majmuini oz ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning ozaro boglikligini ta‘minlaydi. Integrativ ta‘lim jarayonida oquvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bolib kamol topadi. Tabiat gozalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash konikmalariga ega boladi. Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qollash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari oquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh oquv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini toliq ozlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi.

Oquv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga kuchli ta‘sir korsatib: - ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion oqitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi; Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan oqituvchi oquvchilarda ozining faniga bolgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni ozlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida oquv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri oquvchilarda dunyoga yaxlit, ozaro aloqador bolgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini kora va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bolgan munosabati: ―inson va tabiat‖, ―inson va jamiyat‖, ―inson va inson‖, ―inson va texnika‖, ―tabiat-insontexnika-atrof-muhit‖ muammosi tobora markaziy orin egallamoqda. Tabiatni organuvchi fanlarni bir sinfda bir marta organib bolmaydi. Uni bogcha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida organmoq zarur. Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni organuvchi turli oquv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmogi lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ozgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar oziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yonalishlar majmui sifatida namoyon boladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.

Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini organish, tinchlik uchun kurash boyicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning ornini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab oquv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar ortasidagi ozaro nisbatning uzviylik asosida ozgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon boladi. Tadqiqotlarimiz tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» uzviylik tizimida organish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bolib hisoblanishini korsatib berdi.

3. Integratsiyalashgan dars turlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi.
Integratsiyalashgan dars.Boshdan integratsiyalashgan kurs- bu sinfdan tashqari o’qish.Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: -kitob o’ish asbobi sifatida o’ish darslarida olgan o’qish ko’nikmalarinitakomillashtirish; -matn ustida ishlash; -suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.

Tekshiruvlar ko’rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: 1.Evristik suhbatlar; 2.Umumiy suhbatlar; 3.Ekskursiyalar; 4.Ona tili tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar; 5.Ta’limning ko’rgazmali metodlari; 6.Mustaqil ishlar; 7.O’qish,matematika darslarida og’zaki rasm chizish; 8.Imo-ishorali ko’rinishlar(pantomimalar); 9.Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish; 10.Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar,matnlar yozish(shu sinfga tegishli orfagrammalarni takrorlagan holda); 11.O’lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish,yechish va boshqalar.

Boshlang'ich maktab ta'limning ilk 6 yilini qamrab oladi va uning

asosiy qismi hisoblanadi. Yaponiyada maktabga 6 yoshdan boriladi. Boshlang'ich maktabga 6 yoshdagi yapon bolalarning 99% qatnaydi. 99% yapon

boshlang'ich maktablari davlat tasarrufida, 1% - xususiy. O'quv rejasiga

yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika kabilar kiradi. San'at va hunar

(yapon xusni xati), musiqa, uy xo'jaligini yuritish, jismoniy tarbiya,

axloqiy odobnoma akademik predmetlar hisoblanmaydi. Yaponiyada

boshlang'ich ta'lim majburiy va bepul bo'lib, mashg'ulotlar aprelь oyida

boshlanadi. O'quv yili 3ta chorak-trimestrga bo'linadi. 1-chorak-6 apreldan20 iyulgacha davom etadi, keyin yozgi ta'til boshlanadi. 1-sentyabrdan 2-

trimestr boshlanadi va 26 dekabrgacha davom etadi. 26-dekabrdan 7-yanvargacha

qishli ta'til bo'ladi. Oxirgi 3-trimestr 7-yanvardan 25-martgacha davom

etadi. 25-martdan 6-aprelgacha bahorgi ta'til bo'ladi. Shu paytda o'quvchilar

sinfdan sinfga ko'chadi. Chorak-trimestrlarning boshlanishi va tugallanishi

turli maktablarda turli sanalarga to'g'ri kelishi mumkin. Ta'til paytida

o'quvchilar uy vazifalarini oladilar. Ba'zan ta'til paytida ham, agar

trimestrda yaxshi o'qimagan bo'lsa, maxsus kurslarda o'qiydilar. Yaponiyada

o'qish 6 kunlik, lekin har 2-shanba dam olish kuni hisoblanadi. Maktablarda

o'qitish dasturi o'zgaruvchan, lekin Ta'lim vazirligi tasdiqlagan

standartlarga asoslanadi. Boshlang'ich ta'limni moliyalashtirish,

o'qituvchilar bilan ta'minlash, maktab dasturlarini yaratish mahalliy

hokimiyat zimmasida. Boshlang'ich ta'limda bolalar davlat hisobidagi 1945

kandji ieroglifdan 1006tasini yod olishi kerak. Boshlang'ich ta'lim

“syogakko” quyidagi vazifalarni hal qiladi:

-o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vataniga, o'z

qadriyatlariga hurmat hissini o'rgatish;

-o'quvchilarni xalqaro xamkorlik ruhida tarbiyalash;

-ona tilidan to'g'ri foydalanish;

-iqtisodiy tarbiya berish;

-barkamol shaxsni tarbiyalash.

O'quv maqsadlariga aniq o'quv fanlari bo'yicha o'quv rejalari va

dasturlarni tayyorlash orqali erishiladi. Boshlang'ich maktabda yapon tili jamiyatshunoslik, tabiiyot, musiqa, rasm va hunar, uy ijodiyoti, etika kabi

fanlar o'qitiladi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar. Shuningdek

“maxsus faoliyat” fani ham o'qitiladi, unga klub ishlari, majlislar, sport

tadbirlari, sayohatlar, bayramlar va b. kiradi. Kam ta'minlangan

oilalarning bolalari maktab nonushtalari, turli xizmat va sayohatlarga pul

to'lash uchun dotatsiya oladilar. Ota-onalar farzandlarini o'z tumanlarida

joylashgan maktabga borishini istamasalar, xususiy pullik ta'lim

muassasasiga berishlari mumkin, lekin bu maktablarga juda qiyin tanlov

orqali qabul qilinadi.



Ayni davrga kelib globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o’z navbatida, fan va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishiga hamda ta’lim sohasidagi integrasiya jarayoning yanadachuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta’limning sifati, uning kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylandi.Shuningdek, globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatidayosh avlodni tayyorlashda dunyo mamlakatlarining maqsadlarini umumiylashishiga olib keldi. Dunyo davlatlari ta’limning jamiyat taraqqiyoti va inson rivojlanishidagi muhim o’rnini e’tiborga olib, ta’lim sifatiga e’tibor qaratdi. Ayni davrda ta’lim sohasida sifat tushunchasi global fenomen sifatida ko’rilmoqda.Yoshavlodning intelektual faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim masalaga aylandi.Shuning uchun ta’lim sifati, ta’lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko’pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta’lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL kabi xalqaro baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan.Zamonaviy globallashuv va o’sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida “Xar tamonlama rivojlanish konsepsiyasi” yosh avlodning bilim darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasida yosh avlodni XXI asr bilim va ko’nikmalarini egallashlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ta’lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro taqdiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.Bunday markazning tashkil etilishi o’quvchilarning ta’limdagi yutuqlarni baholash va nazorat qilish imkonini beradi. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashning yangicha tizimi shakllanmoqda.Hozirda zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Jumladan, 2018-yil 12-noyabrda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturi (programme for international student assessment (PISA) da ishtirok etish to’g’risida kelishuv imzolandi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida bunday xalqaro baholash tendensiyalariga amal qilish yosh avlodni intelektual faolligini oshirish, ularning ta’limdagi kompetentligini va kreativligini rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yuqorida keltirilgan xalqaro baholash dasturlari tahsil oluvchilarning shu kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda bu baholash dasturlarini ta’lim jaraoyoniga integratsiya etsih zarur hisoblanadi. Quyida bu baholash dasturlari haqida bilb olamiz.

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study-Xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi taraqqiyot) bu 4-sinf o’quvchilarning matnni o’qish va tushunishdarajalarini baholab beruvchi xalqaro qiyosiy baholash mezonidir.

PIRLS- (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assosiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assosasiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Maccachucetc, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan.Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o’tkazilgan.Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o’tkaziladi.PIRLS tadqiqotda ishtirok etuvchi turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfga maktab o’quvchilarini qabul qilish yoshi turlicha. Ko’plab mamlakatlarda maktabga olti yoshdan qabul qilishadi va to’rtinchi sinfni 10.5 yoshda tugatishadi.Biroq, Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad Tobagoda- maktabga 5 yoshdan qabul qilishadi va ahamiyatli jihati PIRLS xalqaro tadqiqotida ushbu mamlakatlarning 5-sinf o’quvchilari xalqaro tadqiqotda ishtirok etishadi.Shvesiya, Daniya va ko’plab Sharqiy davlatlarda- maktabga 7 yoshdan qabul boshlanadi va ushbu mamlakatlarning o’quvchilari qolgan tengdoshlariga nisbatan eng katta (10,7-10,9) yoshni tashkil etadi.

PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:





Download 24,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish