Boshqarishning tizimli (zamonaviy) yondashuv nazariyasi



Download 20,57 Kb.
bet1/3
Sana12.06.2022
Hajmi20,57 Kb.
#660213
  1   2   3
Bog'liq
sdgsgsdg


Savollar:

  1. Boshqarishning tizimli (zamonaviy) yondashuv nazariyasi

  2. Ko‘chmas mulk ob’yektlari, xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari.

  3. Ko‘chmas mulk ob’yektlarining tasniflanish tizimi.


Boshqarishning tizimli (zamonaviy) yondashuv nazariyasi
XX asrning 60-yillarida ko‘pchilik amerikalik tadqiqotchi Duglas Mak-Gregorning «Korxonaning odamzot tomoni» ishini o‘qigan va muhokama qilgan. Ilmiy ishning asosiy g‘oyasi shundan iborat ediki, odam tabiatan dagasa emas va mehnatni yomon ko‘rmaydi, aksincha, odamning asosiy ehtiyojlaridan biri – bu unumli mehnat qilish. Shunga ko‘ra, strukturasi mehnatning ushbu ijobiy xususiyatini aks ettirgan tashkilotgina unumdorliroq bo‘lib chiqadi. Boshqaruv ilmining ko‘pchilik avvalgi yutuqlari o‘z davriga mos bo‘lgan. Shunday davr keldiki, tashkilot tez o‘zgaruvchan holatda sezilarli yuksalishga erishishi uchun xodimlarning o‘zi ishga qiziqish bildirishlari lozim bo‘ldi. Innavasion va xalqaro jarayonlar zamonaviy boshqaruv tizimining asosi bo‘lib hisoblandi. Zamonaviy yondashuv tashkilotga uning butun hayot davri mobaynida “yagona tirik organizm” sifatida qaragan holda, klassik va neoklassik qarashlarni jamlaydi va kengaytiradi. Tashkilotga rag‘batlantirishga qratilgan, egiluvchan, qat’iy tashkiliy struktura sifatida qaraganda boshqaruv zamonaviy nazariyasining asosiy tamoyillarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - tizimning istalgan tashkil etuvchi elementiga kiritilgan o‘zgarishlar, uning boshqa tarkibiy qismlarida ham o‘zgarishlarga olib keladi; - tashqi yoki ichki omillar sababli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlardan keyin istalgan tizim yangi muvozanat nuqtasini topishga harakat qiladi; - butun tizim va uning har bir alohida elementi o‘z rivojlanishining ma’lum chegaralariga ega bo‘ladi, ular to‘laligicha ochiq (ular tashqi ta’sirlarga tezroq reaksiya qiladi) yoki to‘laligicha yopiq (tashqi omillardan butunlay himoyalangan bo‘lib, uzoq perspektivada o‘z-o‘zini yo‘q qilish tendensiyasiga ega bo‘ladi) bo‘lishi mumkin; - tizimlarga ham rasmiy ham norasmiy hukmdorlik strukturalariga va murakkab o‘zaro aloqlarga ega bo‘lgan ma’lum iyerarxiyalik xos bo‘ladi. Tizimli yondashuv maktabida boshqaruvning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari farqlanadi: divizional, dasturli-maqsadli, yagona qurilish biznesi. Divizional tashkiliy struktura (6.8-rasm) ning markazida biznesning (faoliyat turlarining) alohida maydonlaridagi mahsulotlar/bozorlar joylashadi. Bunday strukturaning asosiy elementi bo‘lib bo‘limlar (ing. tilida - «division») xizmat qiladi. Yuqori rahbariyat bilan kelishilgan uzoq muddatli maqsadlar va vazifalar asosida to‘liq operativlik, mustaqillik, bir-biri bilan kelishuvlarga kirisha olish, daromad olish va o‘z-o‘zini moliyalashtirish kabi shartlar bajarilgandagina bo‘limlarni boshqarish amalga oshiriladi. Bunday vazifalarga: ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiyalash va kengaytirish, yangi mahsulot chiqarishga o‘tish, tadbirkorlik sub’yekti tashkiliy strukturasining qayta shakllantirilishi kabilar kiradi. Misol uchun, divizional struktura dasturli-maqsadli yondashuv bilan muvofiqlashtirilganda, korporasiya oldida vujudga keladigan masalalar yechimi aniq masala uchun yaratiladigan maqsadli, loyihaviy yoki ishchi guruhlarga yuklatiladi. Vaqt o‘tishi bilan, bunday guruhlar, asosiy strukturaning bo‘limiga qaraganda ko‘proq mustaqillikka ega bo‘ladigan, ichki firmalarga aylanadi. Shuning uchun bunday tashkiliy strukturani dasturli-maqsadli tamoyilga asoslanib shakllangan va rivojlanadigan, doimo yangilanib turadigan divizional struktura deb aytish mumkin. Zamonaviy sharoitda boshqarish tashkiliy strukturalarining nisbatan murakkab turi sifatida kontrolling tizimiga ega yagona strategik boshqaruvni ko‘rsatish mumkin. Kontrolling – bu iqtisodiy tahlil, loyihalash, boshqaruv hisobi va menejmentlarning kesishuvida paydo bo‘lgan, zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi yangi tushunchadir. Kontrolling (ing. to control — nazorat qilish, boshqarish) boshqarish jarayonini korxonaning asosiy monetar maqsadi – kafolatlangan likvidlik sharoitida daromadni va kapital qimmatini maksimallashtirish orqali moliyaviy natijalarni optimallashtirishga qaratilgan. Yagona strategik boshqaruv, usul sifatida, masalalarni qo‘yishga strategik yondashuv va ularni realizasiya qilishga dasturli-maqsadli yondashuvlar birligining sintezi bo‘lib hisoblanadi. Strategik yondoshuv (yoki strategik loyihalash) uzoq muddatli yondashuv (uzoq muddatli loyihalash) dan korxonani mavjud shart-sharoitlarga emas, balki endi vujudga keladigan shart-sharoitlarga yo‘naltirilishi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, uzoq muddatli loyihalash ekstropolyasiyaga asoslansa, u holda strategik yondoshuvga muvofiq o‘zgarishlarni prognozlash va oldindan ularga moslashish masalasi qo‘yiladi. Strategik loyihalash, masalani belgilash tamoyili sifatida, 60-yillarda, ya’ni, tashqi muhitning o‘sib borayotgan turg‘unsizlik va dinamiklik holatlari o‘zi haqida darak bergan vaqtlarda paydo bo‘lgan. Ammo uni amaliyotga tadbiq etish urinishi yirik kompaniya xodimlari tomonidan qabul qilinmadi. Yagona strategik boshqaruv ushbu muammoning yechimi bo‘ldi. Yirik kompaniyaning asosiy tarkibiy qismlari sifatida, “xo‘jalik yuritishning strategik zonalari” da ma’lum strategik maqsadlarga erishishga javob beruvchi, strategik xo‘jalik markazlari chiqadi. Maqsadlar va zonalarning o‘zlari ham doimiy o‘zgarishga duch kelishi bois struktura kerakli dinamiklikka erishadi. Kelajakni hisobga olgan holda yaratilgan struktura hozirgi vaqtga zid keladi, bu esa uni kompaniyani turg‘unlikda ushlab turuvchi omildan rivojlanishini tezlashtiruvchi muhim vositaga aylantiradi. Strategik yondashuvni amlga oshirish mexanizmi yaratilgan, lekin u doimiy yangilanishni, barcha darajadagi xodimlarning erkinligini kengaytirish va h.k.larni talab qiladi. Boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari quyidagi o‘nta asosiy tamoyillar bajarilishini talab qiladi: - individuallik (shaxsga bo‘lgan hurmat) ka bo‘lgan kuchli ishonch; - alohida odob-axloq sxemasi mavjud bo‘lmay, istalgan hatti-harakat turli reaksiyalarni chaqirishi; - barcha ishchilarning yagona statusi; - yuqori darajadagi mutaxassislarni ishga taklif qilish; - ishchilarni, ayniqsa, yuqori mansabdagi rahbarlarni uzoq muddatli o‘qitish; - eng past darajali boshqaruvlarga maksimal darajada mumkin bo‘lgan javobgarlikni belgilash; - chiziqli boshqaruvchilar faoliyatini ba’zi darajada cheklash; - kelishmovchiliklarni inobatga olish; - gorizontal aloqalarning rivojlanishi; - ishchilarni shaxsiy rag‘batlantirish. Tizimli yondshuv nuqtai nazaridan yuqori texnologiyali tashkilotlar, jumladan, boshqaruvning chuqur ixtisoslashuvini talab qiluvchi shahar ma’muriy ko‘chmas mulk ob’yektlarini boshqarish uchun kompleks yoki matrisali strukturani qo‘llash ko‘proq samara beradi. Unda ko‘zda tutilishicha, ba’zi funksiyalarni amalga oshirish uchun an’anaviy chiziqli-shtatli iyerarxiyani qo‘llash, boshqa maxsus masalalar yechimi uchun esa boshqa struktura bo‘linmalarini jalb qilish talab etiladi.



Download 20,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish