Boshqaruv hisobi


-rasm. Makroiqtisod nazariyasiga asosan baholarni belgilashga an’anaviy yondashish



Download 1,19 Mb.
bet54/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

1-rasm. Makroiqtisod nazariyasiga asosan baholarni belgilashga an’anaviy yondashish


Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt misolida olib qaralganda, makroiqtisod nazariyasiga asosan amaliyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish) birligiga baho


belgilash uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, xarajatlar asos qilib olinadi (quyidagi chizmaga qarang). Aniqrog‘i, baho belgilanayotgan bir dona mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajat aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishning “kritik nuqta”si topiladi va har qanday sharoitda ham bahoning eng kam miqdori ana shu nuqtadan pastga tushmasligi inobatga olinadi.
Boshqaruv hisobining xarajatlarga bag‘ishlangan mavzulari doirasida bir qator misollar bilan bu holatlar tahlil qilingan edi. Ana shu misollarni yanada davom ettirib, “kritik nuqta” tushunchasini quyida aniq raqamlar bilan ko‘rib chiqish mumkin (1-rasm).
Ana shu 1-rasmda tasvirlangan grafik ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun ishlab chiqarishning kritik nuqtasi 1000 dona. Ya’ni, 1000 dona mahsulot ishlab chiqarguncha xo‘jalik yurituvchi subyekt zarar ko‘raveradi, shunga muvofiq 1001 mahsulot foyda keltirib boshlaydi. Ishlab chiqarishning ana shu kritik nuqtasidan (1000 dona) o‘ng tomonga o‘tgandan boshlab foyda miqdori zarar miqdoriga qaraganda o‘sib boraveradi. Lekin, ishlab chiqarish imkoni cheklangan joyda foyda miqdorining o‘sib borishi ham to‘xtaydi. Aynan mana shu joyda mahsulotning sotish bahosini belgilash kerak bo‘ladi.
1-rasmdagi grafikka yana bir nazar tashlanadigan bo‘lsa, 1000 donadan keyingi mahsulot sotilgandan boshlab foyda doimiy tarzda o‘sib boraveradi degan noto‘g‘ri taassurot paydo bo‘ladi. Ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyekt cheklanmagan miqdorda mahsulot ishlab chiqaraversa, shunga yarasha foyda miqdori ham cheksiz o‘saveradi. Mana shu mulohaza noto‘g‘ri bo‘lib, makroiqtisod fani uning nima uchun noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib beradi.
Keyingi rasmdagi (2-rasm) grafikda zararsizlik nuqtasining (kritik nuqta) real iqtisodiy mohiyati ochib berilgan, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning real amaliyotida foyda miqdori chegaralari qanday shakllanishi tasvirlab berilgan. E’tibor beriladigan bo‘lsa, daromad va xarajatlar chizig‘i to‘g‘ri ketmasdan, egri shaklli ko‘rinishda bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Har bir qo‘shimcha ishlab chiqilgan va
sotilgan mahsulot foyda miqdorini ko‘paytiraveradi. Ya’ni, daromadlarning umumiy miqdori oshaveradi, lekin sotilayotgan mahsulot sonining oshaverishi bilan uning ko‘payish tezligi pasayib boradi.
Oldingi mavzular doirasida shu masalaning xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ayrim tomonlariga ta’sirini ko‘rayotganimizda ma’lum bir relevantlik darajasida bir dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli o‘zgaruvchan xarajatlar miqdori o‘zgarmasdan qolaveradi va aksincha bir dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli doimiy xarajatlar miqdori esa kamayib boraveradi degan, xulosaga kelganmiz.
Makroiqtisodiyot nazariyasiga muvofiq esa, vaqt o‘tishi bilan bir dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori o‘sib borishini, ya’ni doimiy xarajatlar miqdori o‘sishi munosabati bilan o‘sishini isbotlaydi.
Relevantlik darajasining yangi pog‘onasiga o‘tish munosabati bilan bir qator doimiy xarajatlar miqdori, xususan, amortizatsiya ajratmalari, kommunal xizmat to‘lovlari, mulk solig‘i hajmi oshadi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) jarayonini uzluksiz tarzda tashkil qilishi zarurligi oqibatida ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham oshib boraveradi. Shunday qilib, xarajatlarning umumiy miqdori o‘sib uning bir dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan qismi ham oshib boradi va grafikda (2-rasm) ko‘rsatilganidek, xarajatlar chizig‘i egri ko‘rinishga ega bo‘lib boraveradi. Oxir-oqibatda xarajatlar va daromadlar miqdorining yana kesishish nuqtasiga yetib boriladi. Ana shu yangi kesishish nuqtasidan oshgandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt yangi darajadagi zarar ko‘rish maydoniga o‘tib qoladi. Shu nuqtada xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda miqdori maksimal darajaga yetadi. Grafigimizda (2-rasm) ana shu nuqta 7000 dona mahsulot birligiga to‘g‘ri keladi. Shu xolatda mahsulotlarni sotishdan olingan jami daromad miqdori 210 ming p.b. xarajatlarning jami miqdori
esa 120 ming p.b. tashkil qiladi, shunga muvofiq foyda summasi – 90 ming p.b. teng bo‘ladi.


(ming p.b.da)
Zarar ko‘lami

Maksimal miqdorda foyda
(90000 p.b.)
210
120

Maksimal miqdorda foyda olish imkonini


45 beradigan
sotish hajmi

0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
Sotilgan mahsulot

Kritik nuqtalar
soni

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish