Boshqaruv xisobining dolzarbligi Boshqaruv hisobi ob’yektlari. Boshqaruv hisobining metodi



Download 57,34 Kb.
bet2/11
Sana03.03.2023
Hajmi57,34 Kb.
#916059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqaruv xisobining dolzarbligi

Boshqaruv hisobining mohiyati


Boshqaruv hisobi – xo‘jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy tuzilmalari, bo‘limlari va bo‘linmalari faoliyatlari to‘g‘risida olinadigan operativ (tezkor) ma’lumotlarga bog‘liq. Boshqaruv hisobi ana shunday ma’lumotlarni boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining mohiyati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlarining o‘z oldilariga qo‘yishgan maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining manfaatlari hamda maqsadlardan kelib chiqqan holda ma’muriyat qarori bilan yana o‘zgartirilishi yoki ma’lum bir tuzatish-qo‘shimchalar kiritilishi ham mumkin. Oddiyroq holda ifoda qilinadigan bo‘lsa, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlari va real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, boshqaruv hisobini turli ko‘rinish va shakllarda tashkil qilishlari mumkin.
Boshqaruv hisobining vujudga kelishi xarajatlar hisobini tashkil qilish va yuritish bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli yo‘nalishlardagi kelgusi va o‘tgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi. Ushbu holat keyingi vaqtda milliy iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘lgan “boshqaruv hisobi” tushunchasini aniqlashda, shuningdek buxgalteriya hisobini olib borishda va boshqaruv faoliyatida uning ma’lumotlaridan foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. E’tirof etish joizki, ana shu fikr-mulohazalardan kelib chiqib, bir qator olimlarimiz boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi bilan bir yaxlitlikda talqin qilishadi.
Yana bir muhim holat – bu boshqaruv hisobining bevosita ma’lumotlarning atroflicha tahlilini tashkil qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u nafaqat nazariyachi olimlar, shuningdek amaliyotchilar tomonidan ham boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlashda e’tirof etiladi. Boshqaruv hisobi tarkibida ma’lumotlar yig‘iladi, guruhlanadi, identifikatsiya qilinadi, tarkibiy bo‘linmalar faoliyati natijalarini to‘liq aks ettirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda olishda qatnashish darajasini aniqlash maqsadlarida o‘rganiladi. Hisob siyosatida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi amaldagi va rejadagi xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini taqqoslash jarayoni sifatida keltirib o‘tiladi.
Boshqaruv hisobi mohiyatini aniq belgilashda xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumot-nazorat tizimi yaxlitligini ifodalovchi belgilar yig‘indisi: uzluksizlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, ma’lumotlar ta’minotining to‘liqligi, jamiyatdagi obyektiv iqtisodiy qonunlarning amaliyotda aks ettirilishi, tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishi natijasida boshqaruv obyektlari tasirchanligining o‘zgarishi va shu kabilarni ko‘rib chiqish taqozo etiladi.
Ko‘pgina mualliflar boshqaruv hisobi mohiyati to‘g‘risida turli-tuman qarashlarni ifodalashadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur qo‘llanmada boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlash uchun harakat qilindi.
Boshqaruv hisobi – xo‘jalik yurituvchi subyektning muammolarini hal etish va istiqboldagi rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tezkor (operativ) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar hisobi, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat va tahlil tizimini ifodalovchi ma’lumotlarni bir tizimga soladi.
Berilgan ushbu ta’rif boshqaruv hisobining obyektlari, belgilari va maqsadlaridan kelib chiqib berilgan bo‘lib, bular ushbu mavzu doirasida atroflicha ko‘rib chiqiladi.



  1. Download 57,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish