Bozor riskini baholashda zararsizlik nuqtasini aniqlash



Download 57,3 Kb.
bet2/4
Sana15.03.2023
Hajmi57,3 Kb.
#919236
1   2   3   4
Bog'liq
1-BOZOR RISKINI BAHOLASHDA ZARARSIZLIK NUQTASINI ANIQLASH

Umumiy, o'zgarmas va o'zgaruvchan xarajatlarning mos mahsulot hajmiga nisbatan o'zgarishi

O'zgarmas xarajatlar - savdo hajmi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o'zgarishi bilan puldagi umumiy qiymati o'zgarmaydigan xarajatlar. Ular shuningdek, bilvosita xarajatlar deb ham ataladi.


O'zgarmas xarajatlar firmaning savdo hajmi va ishlab chiqarish hajmiga qarab o'zgarmaydi. Ishlab chiqarish hajmi o'sib borishi bilan mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi o'zgarmas xarajat kamayib bo· radi, chunki firmaning umumiy o'zgarmas xarajatlari ko'paygandan ko'payib borayotgan mahsulot miqdoriga taqsimlanaveradi. 2.3.1· rasmda jami o'zgarmas xarajatlarni kompaniyaning mos ishlab chiqarish va sotuv hajmiga nisbatan o'zgarishini tasvirlaydi. Unda o'zgarmas xarajatlar miqdoriga ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori ta'sir·etmasligi ko'rsatib berilgan. Ayni kompaniya uchun ba'zi ishlab chiqarish hajmlarida jami o'zgarmas xarajatlarning miqdori oshishi yoki kamayishi mumkin.


Ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim o'ziga xos o'zgarmas xarajat namunalari quyidagilar:

    • boshqaruv xodimlari ish haqi;

    • amortizatsiya;

    • sug'urta;

    • vaqtli reklama dasturlariga sarflanadigan ulgurji xarajatlar·

    • mol-mulk soliqlari; '

    • ijara xarajatlari.

O'zgaruvchan xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi o'zgarishiga qarab o'zgaradigan xarajatlar. Ular bevosita xarajatlar ham deb ata· Iadi.
Mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi o'zgaruvchan xarajat ishlab chiqarish hajmiga qarab o'zgaradi. Jami o'zgaruvchan xarajatlat mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi o'zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdoriga ko'paytirish orqali aniqlanadi. "Zararsizlik nuqtasini aniqlash" usuli jami o'zgaruvchan xarajatlar va sotuv hajmi o'rtasida mutanosiblik bor, deb ta'kidlaydi, Shunday ekan, sotuv hajmi IO foizga o'rtadigan bo'lsa, shunga
monand ravishda o'zgaruvchan xarajatlar ham IO foizga ko'payadi.
Shuni yodda tutish kerakki, agar no! birlik mahsulot ishlab chiqarilsa, o'zgaruvchan xarajatlar ham nolga teng bo'ladi, lekin o'zgarmas
xarajatlar noldan kattaroq bo' ladi.
Mahsulot birligining sotuv narxi mahsulot birligiga to'g r;
keluvchi o'zgaruvchan xarajatdan oshguniga qadar o'zgai:TT: xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratma ajratib qo'yish kerakligi anglatadi. Bu nima sababdan ba'zi firmalar savdo hajmi tushib ketgan hollarda ham ishlab chiqarishni davom ettirishlarini tushuntirishga yordam beradi: bu orqali ular o'zgarmas xarajatlarni qoplashga harakat qiladilar.
O'zgaruvchan xarajatlarning ba'zi ko'rinishlari quyidagilar:

  • ish haqi;

  • xomashyo va materiallar;

  • ishlab chiqarish bilan bog'liq energiya xarajatlari (yoqilg'i, elektr, tabiiy gaz);

  • zavoddan chiqib ketuvchi mahsulotlar uchun tashish xarajatari;

  • qadoqlash;

  • sotish uchun komission to'lovlar.

1-rasmda jami xarajatlarning kompaniyaning mos ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o'zgarishi tasvirlangan. Jami xarajatlar firmaning o'zgarmas va o'zgaruvchan xarajatlari yig'indisidir.
Xarajatlarning tabiati haqida fikr yuritish bu holatda juda muhim sanaladi. Hech kim hamma xarajatlar o'zgarmas va o'zgaruvchan xarajatlarning biz xuddi 2.3.1-rasmda tasvirlaganimiz­ dek amal qilishiga ishonmaydi. Shuningdek biror-bir qonun yoki buxgalteriya tamoyilida firma jami xarajatlarining aniq bir turi doimo o'zgarmas yoki o'zgaruvchan xarajat sifatida tasniflanishi kerak, deyilmagan. Bir firmada energiya xarajatlari asosan o'zgarmas bo'lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o'zgarishi mumkin •
Shuningdek, ayrim xarajatlar ba'zan o'zgarmas bo'lishi
mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog'onaga ko'tarilgach ular ham keskin ko'tariladi va o'zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o'ssa, ular ham ko'payadi. Bunday xarajatlar yarim-o'zgaruvchan yoki yarim-o'zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo'llaniladi. lshlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to'lanadigan ish haqi bunga misol bo'lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini I 5 foizga qisqartirib turishga to'g'ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o'xshash, sotuvchilarga to'lanadigan komission haq ular ko'proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlaming bu turdagi xususiyati 2.3.2-rasmda tasvirlangan.





Download 57,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish