Bozorning davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati I. Bob. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati


Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash



Download 57,34 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi57,34 Kb.
#471085
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZORNING DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI

1.2.Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash
Davlat bir qator yo`llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi. Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish yo`li bilan ularning talabi kengaytiriladi. Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi muammosini bartaraf qiladi. Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarning ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o`z zimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sog`liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro`y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.Iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to`liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muxim axamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat raqobatni ragbatlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o’z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik tizimi va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi raqobatga bog’liq bo’ladi.Raqobatchilik muxitini ragbatlantirish va ximoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilardan iborat:
 iqtisodiy sub’ektlarning faoliyat qilishi qoidalarini belgilashdan;
 aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning xolati to’g’risidagi axborotlardan xabarpdor qilishdan;
 iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasidagi munozara, baxs, ziddiyatlarni hal qilishda kumaklashish chora-tadbirlaridan.
Bozor mexanizmi faqat xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ragbatlantiradi. Amma jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan, aholining ko’pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yullar, yongindan ximoyalash, milliy mudofaa va xokazolar kiradi.Binobarin ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatni o’zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo’ladi. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmini takozo etuvchi sabablardan biri bozor tizimidan tashqarida sodir buluvchi inson faoliyatining va tabiatning salbiy, zararli okibatlardan aholini ximoya qilish zaruratidir. Bunday zararli oqibatlarga inson salomatligiga, tabiatga ziyon yetkazuvchi omillar kiradi.
Bozor tizimida bunday zararlar uchun javobgar shaxslardan tovon to’lashga majbur qiluvchi mexanizmlar yo’qdir. Shuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida aholini zararli qo’shimcha okibatlardan ximoyalash chora-tadbirlari ham muxim axamiyatga ega. Qo’shimcha zararli okibatlar inson xayotiga ziyon yetkazibgina kolmay, iqtisodiyotning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shunga binoan ulardan aholini ximoyalash iqtisodiyotning rivojlanishi uchun imkoniyatlar ham yaratadi.Turli soliq miqdorlarini belgilash orkali xukumat firmalar faoliyatida kelib chiqadigan zararli qo’shimcha okibatlarni cheklashga majbur qiladi. Bunday oqibatlardan xoli bo’lgan firmalarga davlat subsidiyalar berish orkali ularning faoliyatini ragbatlantiradi. Xavfsizlik me’yorlarni belgilash yoki man qiluvchi qonunlar chiqarish yo’li bilan davlat tartiblash ishlarini amalga oshiradi. Davlatning iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida jamiyatda siyosiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruxlarini ijtimoiy ximoyalash muxim o’rin tutadi.Aholining yordamga muxtoj qismini ijtimoiy ximoyalash, jamiyat uchun xalq xo’jaligi tarmoqlarini, shu jumladan, qishloq xo’jaligini, qo’llab kuvvatlash maqsadida daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Daromadlarning qayta taqsimlanishi tizimida davlat muxim o’rin tutadi. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartiblash mexanizmining muxim unsuri hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora tadbirlari muxim o’rin tutadi.Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi o’zgarib turadi, iqtisodiy usish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Uning oqibatida firmalarning sinishi va ishsizlarni ko’payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko’p kiyinchilikni boshdan kechiradilar.Davlatning iqtisodiyotda makroiktsiodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmi yordamida iqtisodiy usish siklidan tanglikka, pasayishiga o’tishdagi salbiy okibatlarni cheklash, shuningdek, tanglikdan iqtisodiy usish sari o’tish imkoniyatlarini vujudga keltirish amalga oshiriladi. Yuqorida aytilgan fikrlardan iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi ob’ektiv bozor mexanizmiga kumaklashishga qaratilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi chora-tadbirlar va vositalar majmuidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning tartibga solishning eng muxim davlat vositalaridan biri o’z mulki bo’lgan tarmoq va korxonalarni boshqarish, ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishidir. Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orkali fan-texnika inkilobi talablariga ko’ra xalq xo’jaligi tuzilishini shakllantirishga ham bozor baholaridan bir muncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko’rsatish orkali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga kumaklashadi.Davlat mulki va soxibkorligi qo’lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo’ladi. U asosan mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Uning doirasiga O’zbekiston jumxuriyatida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, kumir, rangli metallar va boshqa tabiiy metallarni kazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, temir yul, avtomodil yullari, transportning bir qismi kirishi lozim. Kazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari jumxuriyatning eng muxim boyligi hisoblanadi.Energetika va transport esa xalq xo’jaligining xayotiy kon tomirlaridir. Shu bilan birga, ularning kapital hamkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo’lganligi uchun xususiy korxonalarning bu soxadagi tashabbuskorligi cheklangan bo’ladi. Ana shu sabablarga ko’ra, ushbu tarmoqlarni davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning kapital mablag’larning ko’p qismi ushbu soxalarga yunaltiriladi.Ikkinchidan, O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomodilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inkilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faolityai doirasida bo’ladi. Uchinchidan, fan-texnika inkilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat qo’lida bo’ladi.XX asrning buyuk iqtisodchilaridan biri bo’lgan Jon Keyns bu vositani iqtisodiyotni tetiklashtiradi deb ta’kidlagan. Davlat qanday tovarlarni sotib oladi? Davlat, birinchidan, o’ziga karashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xom-ashyo, asbob-uskunalar, ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta’minlash, uchinchidan, mehnatga layokatsiz mayib-majruxlar, kariyalar, yetim bolalar, kambagallar hamda ko’p bolali oilalar, yolgiz, karovsiz kishilarga yordam maqsadida iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash, turtinchidan, xarbiy anjomlar, kurol-yaroglar armiya uchun lozim bo’lgan iste’mol tovarlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning okibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi.Davlat bozori muxim ijobiy rol o’ynaydi. Bu bozor kafolatli bo’lib, uning to’lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orkali ta’minlanadi. Har qanday bozor konyunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bo’lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orkali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.O’zbekiston Respublikasida davlat iqtisodiy jihatdan ko`makka muhtoj bo’lgan aholini sotsial himoyalash maqsadida iste’mol tovarlarini va xizmatlarini harid qilish tobora ortadi. Fan-texnika revolyutsiyasi talablariga binoan fundamental fan, ilgor ilm talab tarmoqlarni rivojlantirish, maorif, kardlar tayyorlash va qayta tayyorlar, davlat korxonalari va tashkilotlari uchun tovarlar xarid qilish, davlat buyurtmalari berish sarmokli bo’ladi.O’zbekiston uchun ham kelajakda davlat tadbirkorligi bozori orkali iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish, uni tartiblash muxim axamiyatga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muxim davlat shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi, mehnat taqsimoti va koorperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining mavjudligi, iqtisodiyotga yullanadigan kapital mablag’lar harakati va okibatlarining uzoq muddatligidan hamda bozor konъyukturasini o’rganishi bilan ifodalanadi. Shu boisdan hamma rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va rejalashtiriladi.Iqtisodiyotning rivojlanish istikbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqamuddatda (1-2 yil), o’rta muddatga (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) muljallanadi. Bunda mavjud o’tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish xolati, bozor konъyukturasining o’zgarib borish tendentsiyalariga asoslanib, kelajakdagi iqtisodiy axvolning qanday bo’lishi, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolatsiya usuli deyiladi.Olingan ma’lumotlarga esa xususiy ishbilarmonlarning kapitali mablag’lar solish rejalarini turli surovlar orkali o’rganib borish orkali aniqliklar va tuzatishlar kiritiladi. Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko’rsatiladi. Maqsadlarni amalga oshirish uchun kapital mablag’lar solish rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab o’rtasidagi nisbatlar o’rganiladi.Turli ishlab chiqarish bilan import o’rtasidagi bog’liqlik, ishlab chiqarish bilan iste’mol, ilab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o’rtasidagi bog’liqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ruyxatini utkazish muxim axamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini royxatga olish amalga oshirilgan.Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma’muriyatchilikka, buyrukbozlikka asoslangan jamiyatda iqtisodiy rejalar direktiv harakteriga ega bo’lib, yuqoridanbelgilanib, kuyi dagi xo’jalik buginlari uchun majburiy edi. Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko’p shakllari mavjud bo’lgan sharoitda esa dastur va rejalar davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektr uchun taklif, indekativ harakterga ega bo’ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ragbatlantirish maqsadida ularga turli imtiyozlar, ya’ni solik to’lashda, kredit, subsidiyalar, xom-ashyo, yoqilgi-energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni ekspolrt qilishda imtiyozlar berilishi lozim bo’ladi.Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo’lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inkirozlarining oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni ragbatlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash va statistika kumitasi tashkil etildi.Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning kontseptsiyalarini qisqava uzoq muddatli rejalarini, respublika va mintakalarga oid tarmoq dasturlarini ishlab chikish; aholini sotsial ximoyalashga oid takliflarni asoslab berish, mehnat faoliyatini va tadbirkorlik imkoniyatlarini ko’paytirish, iqtisodiy axvolni soglomlashtirish yullarni belgilash; bozor munosabatlariga o’tishning asosiy qoida va yo’nalishlarini shakllantirish va unga mos ravishda xo’jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari va uslublarini takomillashtirish; xalq xo’jaligi tuzilmasini qayta ko’rishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni okilona joylashtirishoid takliflar tayyorlash; xalq xo’jaligi balanslarini tuzish asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chikish; eksport-import ishlarini davlat yo’li bilan tartibga solish va ragbatlantirish soxasidagi yo’nalishlarni belgilash. o’zistikbolstat davlat kumitasi ushbu vazifalarni bajarish orkali iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida muxim rol o’ynaydi.Davlat bozor iqtisoldiyotini rivojlantirishning asoslaridan biri bo’lgan mexanizmining tulik ishlashi uchun hamda aholini ma’lum darajada ijtimoiy ximoyalash maqsadida iqtisodiy monopolizmga karshi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ma’lumki sobik sotsialistik mamlakatlarda, shu jumladan, sobik Sovet Ittifokida, davlat mulkining yakkaxokimligi, rejali xo’jalik yuritish tizimining amal qilishi oqibatida iqtisodiy raqobat uchun sharoit bo’lmaydi. Tadbirkorlik va tanlash erkinligi ham mavjud bo’lmagan.Shu boisdan O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun raqobatchilikni tiklash lozim bo’ladi. Buning uchun davlat mulkini uning ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirishning o’zi kifoya kilmaydi. Chunki yangidan tashkil topadigan aktsioner jamiyatlar, kontsern, uyushmalar, xususiy firmalar yana iqtisodiy yakkaxokim bo’lib kolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda tuplangan yakkaxokimlikka karshi ko’rash tajribalari asosida antimonopol siyosatni ishlab chiqarish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki monopolizmga karshi qonun 1890 yilda (trestlarga karshi Sherman qonuni) AQSHda qabul qilingan. hozirgi davrda ana shunga o’xshash qonunlar deyarli hamma rivojlangan mamlakatlarda amal kilmoqda. Hamma mamlakatlarda qabul qilingan ana shunday qonunchilik asosan uch yo’nalishga ega. Birinchidan, xar qanday yirik firma, korporatsiya mahsulot ishlab chiqarishning 40-50 foizdan ortigini o’z qo’lida tuplamasligi zarur.Ikkinchidan, hamma yirik korxonalar jismoniy va yuridik shaxslar uchun o’zining va boshqa xissadorlik jamiyatlari aktsiyalarining tuplanadigan ulushlari miqdori cheklab kuyiladi.Uchinchidan, bozor baholarini talab va taklif nisbatini inobatga olmay, o’zaro kelishib belgilash va ushlab turishga qaratilgan kelishuvlar, bozorlarni o’zaro taqsimlab olishlar man qilinadi. Monopoliyaga karshi qonunchilikni tadbiq etish uchun maxsus ma’muriy muassasalar, kumitalar tuziladi. Ular korxonalarning tuzilishiga, kimmatbaho kogozlarning taqsimlanishiga aralashadilar va hamma uchun majburiy qaror ishlab chiqaradi.Bunda Yaponiya tajribasi qo’l kelishi mumkin. Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin yakkaxokim monopoliyalarni man qiluvchi qonunga amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan qomita tashkil topgan bo’lib, u mustaqil ish yuritadi va keng vaqolatlarga egadir.Yuqoridagi qonunchilikning buzilishini qomita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi. Qomita o’zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini man qiladi. Agar ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqamuddatli bo’lishini nazorat qiladi.O’zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotda raqobatchilik muxitini vujudga keltirish maqsadida 1992 yilning avgust oyida «Monopol faoliyatni cheklash to’g’risidagi» qonun kuchga kiritildi. Uning asosida esa iqtisodiyotda raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ xujjatlar ishlab chiqilib, ular amalga oshirila boshlandi.Iqtisodiy monopolizmga karshi choralarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish kumitasi tuzilgan.
Unga quyidagi asosiy vazifalar yo’qlatilgan:
 monopoliyaga karshi qonunchilikka va iste’molchilar huquqlarini muxofaza qilish to’g’risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
 O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki kumitasi bilan birgalikda tovar va moliya bozorlarida raqobat muxitini yaratishga yagona metodologik yondoshuvni, Monopoliyadan chiqarish tarmoq va mintakaviy dasturlari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi muvofiqlashtirib borilishini ta’minlash;
 raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga kumaklashish;
 xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan monopolistik faoliyatning, tovar va moliya bozorida ustunlik makeining suiiste’mol qilishning oldini olish va bunga yul kuymaslik, noxalol raqobatga va iste’molchilar manfaatlarining kamsitishlariga barxam berish chora-tadbirlarini ko’rish;
 monopolist birlashmalar (korxonalar)ning O’zbekiston Respublikasi davlat reestrini yuritish;
 ishda oshkoralikni ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi aholisini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, iktisoslashgan davriy nashrlar orkali iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini muxofaza qilish chora-tadbirlari qanday amalga oshirilayotganidan xabardor qilib borish;
 monopoliyaga karshi ko’rashishni tartibga solib borish va iste’molchilar huquqlarini muxofaza qilish soxasidagi chetel tajribasini taxlil etish. Monopoliyaga karshi ko’rash orkali xaqiqiy raqobatchilik muxitini shakllantirish xar doim davlatning eng muxim vazifalaridan biri bo’lib qoladi.
Davlat moliyasi o’z ichiga markaziy davlat byudjetini, maxalliy xokimiyat byudjetini, sotsial sug’urta tizimini oladi, Davlat byudjeti orkali milliy daromadning 50 foizdan ortigi qayta taqsimlanadi. O’zbekiston davlat byudjeti xalq xo’jaligini, asniksa, mamlakatning milliy mustaqilligini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirishga, ijtimoiy soxalarni moliyalashtirishga, aholini ijtimoiy ximoyalashga, milliy mudofaaga, boshqarishga ketadigan xarajatlarga ishlatiladi. Iqtisodiy isloxotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan qishloq xo’jaligini moliyalashtirishda ham davlat byudjeti muxim rol o’ynaydi.Davlat byudjeti xarajatlari hisobiga buyurtmalar asosida mahsulot xarid qilish bozori vujudga keladi. Byudjetning daromad qismining asosini soliklardan tushgan tushumlar xosil qiladi.
Davlatning solik siyosati iqtisodiyotda quyidagi muxim vazifalarni bajaradi.
 daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash;
 ishlab chiqaruvchilarning ragbatlantirish va raqobatni kuchaytirish;
 davlat iqtisodiy siyosatining kuroli bo’lishi.
O’zbekistonda vujudga keltirilayotgan solik tizimi o’zining strukturasi va kurilish printsipiga ko’ra asosan jaxon solik tizimi amaliyotida keng tarkalgan tizimni aks ettiradi. Byudjet daromadlarini tulik va o’z vaqtida safarbar qilish bilan birga solik tizimini ishlab chiqarish va iste’molga o’z ta’sirini utkazishi, soliqqa tortish tizimining o’zgaruvchan va harakatchanligini ta’minlash va uni yanada oqilona qilish kerak. Shu o’rinda aynan solikning fiskal moxiyati va uning iqtisodiy jarayonlarni ragbatlantirish vositasi sifatidagi vazifasi o’rtasida bo’lgan muvozanatnibelgilaydigan mezonni aniqlab olish zarur.Axir yuqori darajadagi soliklar iqtisodiyotning taraqqiyotiga tuskinlik qiladi. Soliklar okilona kiskartirilganda byudjetga ko’proq pul tushishi mumkin. Bizning respublikamizda solik tizimi bevosita va bilvosita soliklarni o’z ichiga oladi. Bevosita soliklar aslida olingan daromad so’mmasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. SHuning uchun ham korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu korxonalarning daromadlari va mol-mulkiga solinadigan soliklar va fuqarolardan olinadigan darodam soligidir.Bevosita soliklar tovar (xizmat) bahosining elementi hisoblanadi va unga avtomatik tarzda kuyiladi. Bunday soliklar qatoriga kushilgan qiymat soligi, aktsiz soligi, respublika xududidan chetga chiqariladigan mahsulotlarga solinadigan soliklar kiradi. Bu bevosita va bilvosita soliklar yigindisi davlat byudjetiga tushadigan tushumlarning 97 foizini tashkil qiladi. Soliq tizimini taxlil qilishda turt jihatni ko’rsatib berish muximdir: fiskal, sof iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik. Fiskal jihat soliklar tizimini byudjet daromadlarini, solikka tortish mexanizmini shakllantirish nuqtai nazarini harakterlaydi.Iqtisodiy jihatdan soliklarning ishlab chiqarishga ta’sirini ifodalaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jihat turli aholi katlamalarini okilona solikka tortish tizimini ta’minlashning tashkiliy-texnik shakllari bilan bog’liqdir. Ma’lumki, solik qonunlariga joriy o’zgarishlar kiritilishi tabiiy xol, lekin ular ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning uzoq vaqtga muljallangan maqsadini kuzlashi kerak. To’g’ri tashkil etilgan solik siyosati iqtisodiy tanglikni yengib o’tishda muxim rol o’ynashi mumkin. Buning uchun moliyaviy nuqtai nazardan karaladigan bo’lsa, u solikka tortiladi tortiladigan hamma ob’ektlarni kamrab olish va byudjetni zarur mablag’lar bilan ta’minlashga qaratilmogi lozim.Iqtisodiy nuqtai nazardan soliq ishlab chiqaruvchilarni ragbatlantirmogi kerak. Ijtimoiy nuqtai nazardan qaratiladigan bo’lsa soliklar bo’yicha beriladigan imtiyozlar xaddan tashqari ko’p bo’lib ketmasligiga erishish lozim bo’ladi. Tashkiliy nuqtai nazardan karaladigan bo’lsa, solik apparatini darxol kuchaytirish zaruriyati tugiladi.Soliq tizimi ekologik haloqat oldini olishda ham muxim rol o’ynaydi. Buning uchun yer-suv soligi joriy qilinib, agrar korxonalarni yerdan unumli foydalanishga yunaltirish lozim. Umuman, soliklar daromadlarning bir qismigagina solinishi, ayni vaqtda xalq xo’jaligi va aholiga kerakli mahsulot hamda mollarni ko’proq va yaxshirok ishlab chiqarishga intilayotgan korxonalarni, kishilarning xar jihatdan ragbatlantirishi ham lozim.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning birinchi boskichida moliya va solik siyosati soxasida quyidagi chora-tarbirlar va ustivor yo’nalishlar ilgari suriladi:
 qattik moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini boskichma-boskich kiskartirib borish;
 byudjet mablag’lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yuldan ogishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat extiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish;
 xalq xo’jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan pul bilan qaytarmaydigan qilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun sarmoya kreditlaridan keng foydalanish;
 solik tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlari barqaror surъatda tuldirilib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, kilok xo’jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan kushma korxonalarning rivojlantirishni ragbatlantiradigan pishikpuxta solik siyosatini olib borish.Ushbu ustuvor yo’nalishlarning amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy islohatlar sotsial larzalarsiz, kuchli ijtimoiy ximoyalash mexanizmining yaratilishibilan kushib olib borildi. Byudjet kamomadi jaxon tajribasida ma’qul topilgan darajadan oshmaydi.Davlat tomonidan kredit tizimi ustidan ham ma’lum nazorat o`rnatishi muhim axamiyatga egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega bo’lgan va pul muomalasini tartibga soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari davlat ixtiyorida bir qancha ixtisoslashgan banklar bo’lishi lozim. Oqibatda ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orkali tartibga solish imkoniyati vujudga keladi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichda kreditpul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilanadi:
 Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki boskichli tizimini vujudga keltirish, respublika xududida yirik chet el banklarning bulimlari va vaqolatxonalarini ochish uchun qo’lay sharoitlarni yaratish;
 barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va nakt pul emissiyasini, jami pul massasining asosiz o’sishini keskin cheklash;
 O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish. Ushbu ustuvor yo’nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Uning asosida ikki boskichli bank tizimi amalda shakllana boshladi. Markaziy bank emissiya banki bo’lib, uning zimmasiga boshqa rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo’lgan vazifalar yo’qlatildi. Sobik tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-kurilish banki ixtisoslashtirilgan xissadorliktijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tushildi va muvaffoqiyatli ish olib bora boshladi.O’zbekiston Respublikasi aholisining omonat kassalardagi pul jamgarmalaridan iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida o’zjamgarmabankka kredit-moliya muassasasi makomi hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun foydalanish huquqi berildi. Shuningdek, unga kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi savdosi orkali sotish huquqi ham berildi.
Shuni ham takidlab o’tish lozimki, o’zjamgarmabankning kichik korxonalar barpo etish va ularni rivojlantirishga, fuqarolarning davlat mulkini xususiylashtirib olishga, uy-joy binolari ko’rish, ularni ta’mirlashga va aholining boshqa extiyojlarini qondirishga qarz berish imkoniyati ancha kengaydi. Yuqorida bayon qilingan o’zgarishlar bilan bir qatorda yangi tijorat, xususiy banklar tarmogi ham vujudga keldi. Ularning vazifalari mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, xo’jalik yurutivchi sub’ektlarga xizmat ko’rsatish, davlatga karashli bo’lmagan yangi korxonalarga moliyaviy yordam ko’rsatishdan iboratdir.Davlatning bu sohada muxim quroli bank foizlari darajasini tartibga solish choralari hisoblanadi. Foiz stavkasini o’zgartirish orkali davlat investitsiya jarayoniga, aktsiya va boshqa kimmatbaho kogozlar kursiga ta’sir qiladi. Davlat qimmatbaho qog`ozlar bozorida faol ishtirok etish orkali ham muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish maqsadida Markaziy bank fond birjalarida qimmatbaho qog`ozlarni sotib oladi.Muomaladagi pul miqdorini kamaytirish maqsadida pul bozorida qimmatbaho qog`ozlarni, o’ziga tegishli bo’lgan aktsiyalarni sotadi va tushgan pulni bankda muzlatib kuyadi.Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishning eng muxim shakllaridan biri uning baho siyosatidir. Ushbu siyosat orkali davlat baholarning tartibga soladi. Tartibga solish usuli ikki xil bo’ladi: ma’muriy, bevosita va iqtisodiy, bilvosita choralar. Davlatning baholarni ma’muriy bevosita tartibga solish choralari quyidagilardan iborat:
1. Ayrim tovarlarga-mahsulotlarga qat’iy belgilangan baholarni bevosita belgilash. O’zbekistonda aholining eng zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, mavjud iqtisodiy aloqalarni saqlash va boshqa maqsadlarda ayrim ozik-ovkat mahsulotlarga chakana baholar va davlat buyurtmasi bo’yicha tovarlarga kat’iy belgilangan xarid baholari belgilangan.2. Monopoliya mavkeidagi ishlab chiqaruvchilar belgilagan baholarni nazorat qilish. Buning uchun davlat ularning ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usullarini belgilaydi.3. Baholarni tartibga soluvchi xukumat idoralari bilan yirik korxonalar baholarni o’zgartirmaslik Yoki o’zgartirgan takdirda o’z vaqtida xabardor qilish to’g’risida shartnomalar tuzish. Baholar ustidan nazorat qilish, asosan monopoliya xolatidagi korxonalarning mahsulotiga nisbatan amalga oshiriladi.4. Jaxon bozorida milliy firmalarning samarali ishlashiga qo’lay sharoit yaratish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadlarida ayrim xom ashyo turlarining eng past va yuqori chegaralarini belgilaydi.Yuqorida ko’rsatilgan bevosita, ma’muriy vositalardan tashqari baholarni tartibga solishning bilvosita choralari ham mavjuddir.Ularga quyidagilar kiradi:1. Davlatni subsidiyalashtirish, qarz berish, amortizatsiya va solik siyosatlari orkali baholarni pasaytirishni ragbatlantiradi.2. Ayrim mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun transport va boshqa xizmatlarga ragbatlantiruvchi tariflar belgilash yo’li bilan ularning ishlab chiqarish xarajatlarini va baholarini kamaytirishga ragbatlantirish.3. Qishloq xo’jaligi va xom ashyo sifatidagi mahsulotlarga bo’lgan talab va taklifning nisbatini o’zgartirish. Bunda davlatning yirik zaxiralari muomalaga chiqariladi. Shuni takidlash lozimki, davlatning baholarga ta’siri cheklangan bo’lib, ma’lum turdagi tovarlar va xizmatlar doirasida amal qiladi.Davlatning baholar orqali iqtisodiyotni tartibga solishi bozor konyukturasiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, aholini ijtimoiy ximoyalash maqsadlariga ham bog’liq bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi,xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda.O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar xokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak.Endi xar birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi- o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi.”1Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpiichkimahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.IDTTS maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o`sishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo`ladi.
IDTTS usullari - tartibga solishning ma'muriy va iqtisodiy vositalari birligi.Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta'qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma'muriy vositalari.Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.Aholi daromadlari – aholining ma'lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.Ixtiyorida bo`lgan daromad – shaxsiy iste'mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad.Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib aholining hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda ular ehtiyojlarining bu ne'matlar bilan qondirilish darajasidir.Lorents egri chizig`i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.Ijtimoiy to`lovlar – kam ta'minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosat.

Download 57,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish