Bu kasb egalari o‘z ixtisosliklari taqozosiga ko‘ra huquqshunoslik, notiqlik va nutq matnini yozishda iqtidorli kishilar bo‘lganlar



Download 2,91 Mb.
Sana07.12.2022
Hajmi2,91 Mb.
#880827
Bog'liq
Shаrq va G‘arb mutаfаkkirlаri nоtiqlik хususidа (Allomalarning madaniy nutq haqidagi fikrlari).


Bu kasb egalari o‘z ixtisosliklari taqozosiga ko‘ra huquqshunoslik, notiqlik va nutq matnini yozishda iqtidorli kishilar bo‘lganlar. Chunki ular qonunshunos mutaxassis, ta’sirchan, mantiqiy izchil va ishontiruvchi nutqlarning yozuvchisi, o‘rni kelganda notiq sifatida o‘z himoyalaridagi kishilarni keng omma oldida, demokratik sud oldida oqlab chiqishlari kerak edi. Zabardast notiqlar nutqiga o‘rganib qolgan afinaliklar va sud hay’ati oldida bu ishni bajarish juda mushkul bo‘lgan. SHuning uchun ham logografiya bilan eng bilimdon, zehni o‘tkir, tadbirkor kishilargina shug‘ullanganlar. Shunisi ham borki, logografiya bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelgan kishilarning ko‘pchiligi bora-bora yo yirik davlat arbobi darajasiga ko‘tarilgan yo yaxshigina badiiy ijodkor-yozuvchi bo‘lib yetishgan
Notiqlik san’ati og‘zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirli yetkazish malakasini egallashdir. Notiqlik san’ati murakkab san’at bo‘lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va tajriba talab etadi.
Kishilik jamiyatining biror bir jabhasi yo‘qki, unda notiqlik san’ati yoki uning elementlari qatnashmagan bo‘lsa. Masalan: biror bir rahbarning o‘z xodimlariga qarata so‘zlagan nutqida ham, o‘qituvchining o‘quvchilariga beradigan sabog‘ida ham, xullas, hamma - hamma yerda notiqlik san’ati o‘z mavqeiga ega bo‘lgan.
Notiqlik san’atining ijtimoiy mavqei shu qadar keng va sertarmoqki, uni har bir sohada me’yori, mazmuni va shakli, o‘ziga xosligi,ta’sir kuchi va tomonlari jihatidan alohida - alohida ko‘rib chiqish uchun ma’lum bir vaqt, imkoniyat talab qilinadi.
Ko‘plab fanlarning beshigi bo‘lgan qadimgi Yunoniston (Gretsiya) notiqlik san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixining eng yorqin sahifalarini yaratdi.
Yunon notiqligining eng qadimiy sarchashmalari haqida deyarli hech bir yozma ma’lumot qolmagan. Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni esa faqatgina Gomerning (eramizdan oldingi XII asr) «Iliada» va «Odisseya» nomli dostonlaridan olish mumkin.
Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avval, ana shu davrlarda, Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi bir talay mashhur notiqlar bo‘lganlar. Gomer turli voqealar tasviri jarayonida yo‘l-yo‘lakay eslab o‘tgan yuqoridagi to‘rtta notiqlarning notiqlik san’atining to‘rtta yo‘nalishga mansubligi, ulardan ayrimlarining esa maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganliklarini qayd etadi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, Yunon demokratiyasi nechog‘liq demokratiya bo‘lmasin, biroq u hozirgi tushunchadagi eng progressiv ma’nodagi demokratiya emasdi. Gap shundaki, antik Yunonistonning davlat sistemasi quldorlikdan iborat edi. Erkin fuqarolardan tashqari yana ikki toifa bor ediki, ular qullar va chetdan kelgan, kelgindi, deb kamsitiluvchi kishilar bo‘lib, ular erkin fuqarolar ega bo‘lgan huquqlardan foydalanishga mutlaqo haqlari yo‘q edi.
Sud ishlarida o‘rnatilgan tartib notiqlik san’atining yuksalishiga katta bir turtki bo‘ladi. Sud jarayonida da’vogar ham, himoyalanuvchi ham - har biri o‘z manfaatini himoya qilish uchun kurashardi. Sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha sudlanuvchi shaxs yoki da’vogarning notiqlik san’atidagi mahoratiga bog‘liq edi.
Sinegorlar notiqlik san’ati va huquqshunoslikdan maxsus ta’lim olgan kishilar bo‘lib, ana shu sud jarayonidagi qatnashuvchilar hisobiga o‘z himoyalaridagi kishilardan xizmat haqi olib, tirikchilik qiluvchi professional notiqlar edi. Shu ma’noda ularni ixtisoslashgan notiqlar, deb aytish mumkin. Chunki sud notiqligi oldida birovni oqlash uchun ular bor bilimlarini va mahoratlarini ishga solishga majbur edilar. Bugina emas, ular dastavval olgan ishlarini ipidan ignasigacha o‘rganib chiqishlari va nihoyat jonli so‘z san’atiga oid bor mahoratlarini ishga solib, sud jarayonida yutib chiqishga harakat qilishlari lozim edi. Shuning uchun ham sinegorlar sud notiqligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.
Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish