Bu maqola vikilashtirilishi kerak



Download 97,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.01.2022
Hajmi97,6 Kb.
#346098
1   2   3   4
Bog'liq
nn

Sariosiyo tumani 

Сариасийский район

tuman


Tarkibida

Surxondaryo viloyati



Maʼmuriy markazi

Sariosiyo (shaharcha)



Hokim

Abdusalom Xoʻjaqulov

[1]

Rasmiy tillar

Oʻzbek


Soat mintaqasi

UTC+5



taʼsir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik oʻrtacha

temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng

yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200–

300 mm. Togʻlarda 790 mm. Jan.gʻarbdan esuvchi, quruq, changboʻronli afgʻon shamoli salbiy

taʼsir koʻrsatadi. Tumanning hududidan oʻtuvchi eng uzun va sersuv Toʻpolondaryo

Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang , Sangardakdaryolar ham bor. Yezda daryo va

soylarda suv keskin kamayadi. Toʻpolon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv

bilan taʼminlaydi.

Hisor togʻi etaklarida oddiy yoki tipik boʻz, qoʻngʻir boʻz tuproqlar, Bobotogʻ etaklarida och boʻz,

shagʻalli boʻz, daryo vodiylarida esa allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, tekisliklarda och boʻz

tuproklar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan: togʻlarda zarang , yongʻoq, archa, bodom, qatrangʻi;

butalardan pista, doʻlana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq,

toʻngʻizsirt, suvrang , choyoʻt, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa oʻsadi. Yovvoyi

hayvonlardan: boʻri, sugʻur, tulki, qora va qoʻngʻir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra,

kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; oʻqilon, Oʻrta Osiyo kobrasi (koʻzoynakli ilon), boʻgʻma va qora

ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan togʻ lochini, kopcha, kalxat, burgut, soʻfitoʻrgʻay, chil,

xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va boshqa bor. Oʻzbekistonda

yagona kokslanuvchi koʻmir olinadigan Shargʻun koʻmir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish

materiallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa

millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 47 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming

kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi da paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Sanoati ham

salmoqli oʻrin tutadi. Shargʻun toshkoʻmir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazilmalari

mavjud. 3 ta qoʻshma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shagʻalsaralash z-

dlari, Sariosiyo parrandachilik korxonasi bor. Qoʻshma korxonalardan "Miftox" Oʻzbekiston—

Rossiya, "Lajer" Oʻzbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti.

Tuman hududidan Kalif — Termiz — Sariosiyo — Tojikiston "Doʻstlik" tabiiy gaz quvuri, temir yoʻl

oʻtgan.


Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Uzun oʻrmon xoʻjaligi,

Hisor dorivor oʻsimliklar xoʻjaligi, asalchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. 5765 ga maydonga

paxta, 3300 ga maydonga gʻalla, shuningdek, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi

(2003). Meva va uzum yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham bor. Oʻrmon xoʻjaligida bobotogʻ pistasi va

koʻpgina dorivor oʻsimliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51 ming qoʻy va

echki, 7 ming ot boqiladi, shuningdek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik hisor

qoʻylari yetishtiriladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va Kichik Damariq kanallaridan

sugʻoriladi.




Tumanda 71 umumiy taʼlim maktabi (31 mingoʻquvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat

maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. Sariosiyo tumanida

41 ta kutubxona, 3 madaniyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi.

Stadion va boshqa muassasalar mavjud. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik

punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent —

Dushanba, Uzun — Shargʻun poyezdlari oʻtadi. "Sariosiyo" tuman, gaz. 1932 yildan chiqadi (adadi

2000).

[2]


Sariosiyoning Qorovultepasidan topilgan buyumlar bu yerda milodning I-III-asrlarida ham

madaniy hayot mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Ilk oʻrta asrda (5-8-asrlar) tuman xududida

bir qancha qalʼa — shaharlar mavjud boʻlgan. Bulardan yiriklari: Kultepa, Nonvoytepa,

Xumdontepa, Xoʻroztepa, Kofirqalʼa (Navandaqtepa), Qoʻrgʻontepa, Boburtepa, Beshkapa,

Hisortepa va boshqalar. Tumanning togʻli qismida yuqori paliolit, mustʼe devoriga oid manzillar

(Xushdara, Podaxona, Namozgoh, Qoʻrgʻonjuvoz, Darianhor va boshqalar) uchraydi. 10 — 12-

asrlarda Xumdontepa juda rivojlangani haqida maʼlumotlar bor. Arab — fors manbalarida tilga

olingan Xumdon qishlogʻi shu joy oʻrniga toʻgʻri keladi. Meʼmoriy yodgorliklardan

Telpakchinordagi X asr oxiri — XI asr boshlarida bunyod etilgan Oq Ostona bobo maqbarasi

mashhur. Shagʻun shahri 1973-yil tshkil etilgan. Aholisi 12 mingdan ortiq (1996). Hisor

togʻlarining yonbagʻridagi xushmanzara yerda joylashgan. Shargʻun koʻmir koni 1941-yilda oʻrta

va yuqori yura davriga mansub koʻmir yotqiziqlari ichida topilgan. Shahardagi asosiy jamoat

binolari shu konning faoliyati bilan bogʻliq. Shahardan Shargʻun koʻmir konigacga osma sim yoʻli

oʻtkazilgan. Uylar asosan bir qavatli. Shaharning shimoliy qismida Shahtiyor koʻchasi boʻylab ikki

qavatli uylar qurilgan. Shaharda bir necha bilim yurtlari, musiqa maktabi, kinoteatr, savdo

rastalari, istirohat bogʻi bor. Tumanda koʻplab yirik inshootlar korhonalar, kichik korhonalar

qurilishi jadal davom etmoqda. Keyingi vaqtda neft mahsulotlari bazasi, un zavodi majmuotini

oʻz ichiga olgan yirik tayorlov korhonasi, yangi paxta zavod, maktablar, agrobank, xalq banki

binolari qurildi.

1. 


„Сариосиё туманига янги ҳоким тайинланди“ (https://bugun.uz/2021/05/25/sariosiyo_tumaniga

_yangi_hokim_tayinlandi)

. Bugun.uz. 12-Iyul 2021-yilda asl nusxadan 

arxivlandi (https://web.archi

ve.org/web/20210712113956/https://bugun.uz/2021/05/25/sariosiyo_tumaniga_yangi_hokim_tayi

nlandi)

. Qaraldi: 2021 йил 25 май.

2. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar




Download 97,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish