Бухоро давлат университети “ИҚтисодиёт” кафедраси


INNOVATSION KLASTERLAR VA ULARNING IQTISODIYOTDAGI



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/89
Sana11.12.2022
Hajmi2,43 Mb.
#883764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Bog'liq
BN48yaqTgFCuLjxcyGgh12hbvsJCPLu7PdAx8mOG

INNOVATSION KLASTERLAR VA ULARNING IQTISODIYOTDAGI 
AҲAMIYATI 
BuxDU katta o`qituvchisi Boltaeva SH.B. 
Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalarda 
taraqqiyotni ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning 
integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga 
yo‘l ochadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 mart va 2018 
yil 16-17 fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga 
oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashriflari chog‘idagi 
“Paxta va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etishni olg‘a surdilar. Unda 
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy 
asoslari ko‘rsatib berilgan.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida 
joylashgan bir hil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda 
bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish 
va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil 


29 
etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. 
Prezidentimizning elni farovon, xalqni boy qiluvchi innovatsion g‘oyalaridan biri 
– Klaster tizimining mamlakatimizda keng joriy etilayotganidir. 
O`zbekiston iqtisodiyoti strukturasida klasterli yondashish birinchi marta 
2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasi Dasturi doirasida 
mamlakat ishlab chiqarish siyosatini takomillashtirish yo`llarini belgilab berish 
vositasi sifatida qayd qilindi. Jahon davlatlarining o`z iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi 
asosiy 
maqsadi 
milliy 
iqtisodiyotining 
joylarida 
raqobatbardoshligini oshirish va uning global bozor ulushini yanada orttirishdan 
iborat.
Ta`kidlab o`tish kerakki, innovatsion klasterlarning rivojlanishi uchun Xitoy 
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Innovatsion klasterlar: 
Pekindagi TSin’xua yoki Shanxaydagi Fudon’, universitetlar atrofida, shuningdek 
mahalliy hokimiyatlar tomonidan biznes-inkubator sifatida yaratilgan maxsus 
ilmiy-tekshirish va ilmiy-texnik parklar atrofida paydo bo`lishadi. Bu klasterlar 
hukumat grantlarini, xitoy venchur kapitalini, xitoylik va chet ellik (asosan 
Evropa va AQSHda ta`lim olgan xitoyliklar) eng yaxshi mutaxassislarni o`ziga 
jalb qiladi. 
Globallashuv 
va 
o`sib 
borayotgan 
xalqaro 
raqobat 
sharoitlarida 
klasterlashtirishni Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Nigeriya, Chili va 
boshqa davlatlarda, shuningdek, arab mamlakatlarida (Marokash, Iordaniya, 
Suriya, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va 
boshqalar) kuzatishimiz mumkin. 
Evropa ittifoqi mamlakatlari va AQSHda bu strategiya keng qo`llanilmoqda. 
Klasterlar soni Buyuk Britaniyada 168 ta, Gollandiyada 20 ta, Germaniyada 32 ta, 
AQSHda 380 ta, Daniyada 34 ta, Frantsiyada 96 ta, Italiyada 206 ta, 
Finlyandiyada 9 ta, Hindistonda 106 tani tashkil etadi. Daniya, Finlyandiya, 
Shvetsiya sanoatini klasterlar to`la egallagan. 
Italiyada sanoat klasterlari hissasiga ish bilan band aҳolining 43 foiz, milliy 
eksport hajmining 30 foizdan ko`prog`i to`ғri kelmoqda. Klaster tuzilmalari 
Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va 
Turkiya davlatlari engil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, 
Frantsiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. 
Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur,
Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. 
Innovatsion klaster strategiyasi quyidagi turlarga ajratiladi 
1.
Hujum strategiyasi – bu strategiya tadbirkorlik raqobatchiligi printsiplariga 
ega bo`lgan firmalar uchun mo`ljallangan. U ko`pincha kichik innovatsion 
firmalar uchun taalluqli 
2.
Himoya strategiyasi – firmaning raqobat printsiplarini saqlab qolish. 
Bunday strategiya jadal ilmiy-tadqiqot ishlarini talab etadi 
3.
Immitatsion strategiyasi – (immitatsiya – hayotda bo`ladigan voqealarni 
simvollar orqali ifodalash). Bu strategiya kuchli bozor va texnologik 


30 
holatlarga ega bo`lgan firmalarga taalluqli. U yoki bu yangiliklarni 
birinchi marta o`zlashtirmayotgan firmalar tomonidan qo`llaniladi. 
Innovatsion klasterlarni tashkil etish, axborot xaritasini tuzish bilan 
belgilanadi. 
Innovatsion 
klasterlarda 
barcha 
tuzilmaning 
mohiyatini 
markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida 
g`oyalarni yig`ish maqsadga muvofiqdir. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish