Bundan tashqari korxonadagi boshqarma boshliqlariga ham, oddiy nogiron insonning gapini be e’tibor qoldirmaganlari uchun rahmat



Download 13,73 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi13,73 Kb.
#635391
Bog'liq
ariza noyabr 1


O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik Jamiyati boshqaruv raisi X.N.Xasilovga, Qo’qon shahar, sirdaryo ko’chasi 35-uyda yashovchi II guruh nogironi Mamajonov Tdan
ARIZA.
Men Mamajonov To’xtasin Turdaliyevich, O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik Jamiyati boshqarma boshlig’i V.X.To’xtayev nomidan 15.03.2022 sanada yozilgan № нок-703/711-22 ro’yxatidagi xatni, 27.03.2022 sanada qabul qilib oldim.
Unga ko’ra uyimni ta’mirlash uchun mega 10 000 000 (o’n million so’m) miqdorida homiylik maqsadida yordam ko’rsatilishi aytib o’tilgan edi.
Avvalambor homiylarga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, duolarimda doim eslab duo qilyapman, menga berganingizni o’rnini Alloh ortig’i bilan to’ldirsin.
O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik Jamiyati boshqaruv raisi X.N.Xasilovga ham kattadan katta rahmat, martabangiz bundanda ulug’ bo’lsin.
Bundan tashqari korxonadagi boshqarma boshliqlariga ham, oddiy nogiron insonning gapini be e’tibor qoldirmaganlari uchun rahmat.
Esingizda bo’lsa O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik jamiyati Qo’qon shahari mintaqaviy uzelidan smetachi Madrahim aka kelib uyimni o’lchab, chamalab o’zlari O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik jamiyati uchun smeta chiqargan edilar. Unga ko’ra uyning barcha xonalari taxta pol qilinishi, barcha eshik va romlarning almashtirilishi, uyning devorlari ta’mirlanishi, santexnika uchun xarajatlar nazarda tutilgan edi.
Menga uyimni ta’mirlash uchun 10 000 000 (o’n million so’m) miqdorida homiylik maqsadida yordam ko’rsatilishini hisobga olib, mayli taxta pol emas, arzon bo’lsa ham sement stoyashka qilmoqchi, moddiy yengillik bo’lishi uchun uyning barcha romlarini o’z joyida qoldirmoqchi, uy devorlarini arzon tamirlamoqchiman bo’lib turibman. Lekin eshiklarning barchasi ta’mirlab bo’lmas, yaroqsiz xolga kelib qolgan, almashtirmasam bo’lmaydi. Xammom qismini ham vanni, unitaz, suv nasosi qilishim kerak, busiz hech ham ilojisi yo’q.
Men 1997 yildan hozirgacha, qarib 25 yildan buyon uyga navbatda turibman, jiyanim menga uy olib berganligi sababli menga uy emas, shunchaki uyning ta’miri uchun yordam berishingizni so’rayapman. Yana qaytaraman, men sizdan uy emas, uy tamiri uchun yordam so’rayapman.
Men sizlarga uy ta’miri uchun kerak bo’ladigan narsalarning Qo’qon shahridagi narx navosini eng past holatini hisobga olagan holda shu konvert ichida qo’shib jo’natyapman:
1.Pol uchun 5sm balandlikda 60kv/m uchun shebyonka- 550 000 so’m
2. Polni tekislash uchun semant 24 qop (35000 so’mdan) jami – 840 000 so’m
3.Pol uchun 60kv/m uchun lenonim 1kv/m=48000 ming somdan jami-2 880 000 so’m
4. Podyez uchun eshik 1 dona – 700 000 so’m
5.Xonalar uchun eshik 4 dona ( 600 000 so’mdan) jami -2 400 000 so’m
6.Devor uchun shpatlyovka 18 qop (22000 so’mdan) jami – 396 000 so’m
7.Eski romlar ta’miri uchun kraska 2 banka ( 45000 so’mdan) jami – 90 000 so’m
8. Devor uchun albaster 2 qop – 24000 so’m
9.Suv nasosi (90 m dan suv kelishi uchun ) – 1 300 000 so’m
10. Xammom uchun vanna 1 dona – 1 100 000 so’m
11. Xojatxona uchun unitaz 1 dona – 770 000 so’m
12. Xammom uchun suv isitgich 1dona – 1 265 000 so’m
13.Tomni yopish uchun shifer 60kv/m uchun – 2 200 000 so’m
14.Tomni yopish uchun garbel, reyka – 1 300 000 so’m

Jami: -15 815 000 ( o’n besh million sakkiz yuzi o’n besh ming so’m).


Menga O’zbekiston Temir Yo’llari Aksiyadorlik Jamiyatidan yordam tariqasida 10 000 000 (o’n million so’m) pul keldi olib keting – deb Qo’qon shahar mintaqaviy uzeliga chaqirishdi va 9 000 000 million so’m oldim. Daromad solig’iga deb olib qolishibdi.
Yuqoridagi summani va qabul qilib olgan summamni hisobga oligan holda yana 7 000 000 million (yetti million so’m) yetishmovchiligim bor.
To’g’risi ha deb sizni bezovta qilishga ham uyalyapman, lekin nima qilay o’zim biror joyda ishlay desam bu belim va oyoqlarim bilan hech narsaga yaramayman. Ayolimning ham so’g’ligi yaxshi emas. O’g’lim hali talaba, uning ham topgani kontraktidan ortmaydi. Hozir yashayotgan onamning uyiga sig’mayapman. Ukam va singlim uyni bo’shating deb qo’yishmayapti. Alloh menga bir uy berdi o’ziga shukur, lekin uni ta’mirlash uchun qo’lim ancha yupqalik qiladi. Bor umidim sizdan. Ushbu muborak Ro’zayu Ramazon oylarida iltimosimni yerda qoldirmaysiz degan umiddaman.
Download 13,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish