Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
VAKIL YOKI DEZDEMONOVNING 25 SO‘M 
YO‘QOTGANI HAQIDA QISSA
L.I.Palminga bag‘ishlanadi
– Tss! Yuringlar, xoliroq joyga o‘taylik, bu yer 
noqulay... Eshitib qolishi mumkin...
Qorovulxonaga kirishdi. Qorovul Makarni, 
gaplarini eshitib, chaqimchilik qilmasin deb, 
g‘aznaxonaga yubordilar. U g‘aznaxonaga bor-
masdan, zina tagiga berkinib oldi: u, isyon 
chiqishini aniq bilar edi... Oldin gapni Kashalo-
tov boshladi, uning ketidan Dezdemonov, un-
dan keyin Zrachkov gapirdi... Tomirdagi qon-
lar qizishib ketdi! Qip-qizargan yuzlar tirishdi, 
ko‘kraklariga ura boshladilar...
– Biz daqqiyunus zamonlarida emas, XIX 
asr ning ikkinchi yarmida yashaymiz! – deb gap 
boshladi Kashalotov. – Qorni yo‘g‘onlarga il-
gari yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, endi qo‘yilmaydi. Axir, 
jonimizga tegdi-ku bu! U zamonlar o‘tib ketgan! 
Va hokazolar...
Dezdemonov ham taxminan shunday gaplar-
ni gapirdi. Zrachkov hatto beodoblik bilan 
so‘kinib ham oldi... Chug‘ur-chug‘ur boshlanib 
ketdi. Ammo ichlaridan aqli raso bir kishi ham 
chiqib qoldi. Aqli raso kishi yuzini g‘amginlik-


Anton Chexov
62
ka soldi-da, burun qoqaverib ho‘l bo‘lib ketgan 
ro‘molchasi bilan yuzini artib, dedi:
– Bu gaplarning nima keragi bor-a? Eh... 
Xo‘p deyaylikki, gapirilgan hamma gaplar rost, 
ammo nima keragi bor? Birovga otgan tosh 
o‘zlaringga kelib tegishi ham mumkin: o‘zlaring 
mahkamaga boshliq bo‘lganlaringda sizlarga 
ham qarshi isyon chiqishi mumkin. Rost ayta-
man! Faqat o‘z boshlaringga yetasizlar, xolos.
Biroq, aqli rasoning gapiga hech kim quloq 
solmadi. Uni gapirib bo‘lishiga ham qo‘ymay, 
eshik yoniga surib qo‘ydilar. U, aqli rasolik 
bilan hech narsaga erisha olmasligini ko‘rib, 
aqli pastlik qila boshladi va o‘zi ham qizishib, 
kirishib ketdi.
– Biz ham uning singari odam ekanligimizni 
ko‘rsatib qo‘yish vaqti yetdi endi! – dedi Dezde-
monov. – Yana takror aytamanki, biz malay 
yoki avomlardan emasmiz! Biz gladiator emas-
miz! Biz o‘zimizni tahqir qilishga yo‘l qo‘ymay-
miz! Bizni sensirasa, salomimizga alik olma-
sa, huzuriga kirib biron gap aytib tursak yu-
zini teskari o‘girsa, so‘kinsa... Bu nima degan 
gap? Hozirgi zamonda oliyjanob odamlar u 
yoqda tursin, hatto malaylarni ham sensirash 
mumkin emas! Kirib, o‘ziga xuddi shunday deb 
aytish kerak!
– Qaysi bir kuni bo‘lsa menga qarab: «Nega 
tumshug‘ing bunday bo‘yalib qopti, bor, Ma-
karning oldiga, tumshug‘ingni supurgi bilan 
tozalab qo‘ysin!» deydi. Shu ham hazil bo‘ptimi! 
Yana bir kuni bo‘lsa...


Buqalamun
63
– Bir kuni men xotinim bilan ketayotgan 
edim, u uchrab qoldi!..– deb uning gapini bo‘ldi 
Zrachkov. – «Ha, do‘rdoq lab, doim qizlar bilan 
yurganing yurgan, tag‘in kuppa-kunduz kuni-
ya!» deydi. «Bu mening xotinim bo‘ladi, janobi 
oliylari», dedim. Kechirim ham so‘ramadi, faqat 
labini cho‘pillatib ketaverdi, deng! Shu tahqir-
lanishdan keyin xotinim boyaqish uch kunga-
cha yig‘layverib xum bo‘ldi. U qiz emas, aksin-
cha... O‘zlaring bilasizlar-ku...
– Xullasi kalom, janoblar, bunga ortiq chi-
dab bo‘lmaydi! Yo u tursin, yo biz, birga ishlol-
maymiz. Yo u ketsin, yo biz ketaylik! Obro‘ni 
to‘kib yurgandan ko‘ra ishsiz yurganimiz yax-
shiroq! Hozir XIX asr! Har kimning o‘ziga yara-
sha izzat-nafsi bor! Garchi men o‘zim kichik bir 
odam bo‘lsam ham, biron subyekt emasman, 
hatto ko‘nglimda o‘z uslubim bor! Bunga yo‘l 
qo‘ymayman! To‘g‘ri, shunday deb aytish kerak 
betiga! Oramizdan biron kimsa kirsin-da, bun-
day bo‘lishi yaramaydi, desin! Hammamizning 
tilimizdan gapirsin! Qani kim kiradi? Shunday 
deb, to‘ppa-to‘g‘ri betiga qarab ayta berish ke-
rak! Qo‘rqmangiz, hech narsa bo‘lmaydi! Kim 
kiradi? Tfu... qurib ketgur... rosa bo‘g‘ilib qolib-
man...
Vakil saylashga kirishdilar. Uzoq mojarolar 
va sen kir, sen kirdan keyin aqlli, notiq va eng 
jasoratli deb Dezdemonovni saylashdi. O‘zi ku-
tubxonaga a’zo, ma’lumoti baland, oyim qiz-
lar bilan tanish, demak, shundan ma’lumki, 
aqlli odam, gapini topib gapira oladi. Dadilli-
gi to‘g‘risida gapirib o‘tirishning hojati ham 


Anton Chexov
64
yo‘q: hammaga ma’lumki, bir kun mahalla 
nazoratchisini «hoy, malay!» deb chaqirgani 
uchun undan afv so‘rashni talab qilgan; ma-
halla nazoratchisi bu da’voni eshitib, qovog‘ini 
solmasdanoq, Dezdemonovning jasorati butun 
olamga yoyilib ketgan edi...
– Kiraver, Senya! Qo‘rqma! Shunday deb 
aytaver! Mana, kerak bo‘lsa, degin! Sen aytgan 
odamlar biz emas, janobi oliylari, degin! Bo‘ldi, 
yetar! Kerak bo‘lsa, boshqa malaylarni topib ol, 
biz unaqangilardan emas, janobi oliylari, biz 
o‘zimiz ham oliftalikni bilamiz, degin. Bunday 
qiliqlaring yaramaydi, deb ayt. Xuddi shunday 
deyaver... Kir oldiga! Senya... do‘stim... Oldin 
sochlaringni tarab ol... To‘g‘ri shunday deb 
aytaver betiga.
– Jahlim tez-da, janoblar... Yana ortiqcha 
gap aytib qo‘ysam... Zrachkov, sen o‘zing kir-
sang yaxshiroq bo‘lar edi!
– Yo‘q, Senya, o‘zing kiraver... Zrachkoving 
faqat qo‘y og‘zidan cho‘p oladi, o‘shanda ham 
mast bo‘lsa... U ahmoq odam o‘zi, sen bo‘lsang 
harholda... Kiraver, azizim, kiraver...
Dezdemonov sochlarini taradi, jeletkasining 
u yoq-bu yog‘ini tortib qo‘ydi, qo‘li bilan og‘zini 
berkitib, bir yo‘talib oldi-da, xonaga kirdi. Ham-
ma nafas olmay kuta boshladi. Dezdemonov 
xonaga kirib, eshik oldida to‘xtadi va titroq qo‘li 
bilan lablarini siladi, gapni nimadan boshla-
shini bilmasdan sarosimalanib qoldi. O‘ziga 
tanish qop-qora holli tepakalga ko‘zi tushgan 
edi, yuragi shuv etib, eti jimirlashib ketdi... 
Orqasidan chumoli o‘rmalab ketayotganday 


Buqalamun
65
bo‘ldi... Buning zarari yo‘q, albatta; o‘rganma-
ganlikdan, har kim ham shunaqa bo‘ladi, faqat 
yurak dov bersa bo‘lgani... Tetik bo‘l!
– E-e-e... Xo‘sh nima deb kelding?
Dezdemonov oldinga bir qadam tashladi, tili-
ni qimirlatgan edi, biroq hech tovush chiqma-
di: tili tanglayiga yopishib qolgan edi. Shu bi-
lan birga vakil, ichining ham allaqanday bo‘lib 
ketganini sezdi... Uning mardligi yuragidan 
chiqib, qorniga o‘tdi, u yerda g‘uldirab, sonlari 
orqali tovoniga o‘tib ketdi-da, etik tagiga kirdi... 
Afsuski, etigi yirtiq edi!
– E-e-e... Nima ishing bor edi! Eshitma-
yapsanmi o‘zing?
– Him... Men o‘zim... O‘zim, shunday. Men, 
janobi oliylari, qulog‘imga kiruvdiki!..
 Dezdemonov tilini to‘xtatib olmoqchi bo‘lgan 
edi, biroq itoat qilmay, davom etdi:
–  Men,  janobi  rafiqangiz  tashkil  etgan  lote-
reyaga soyabonli arava ham chiqarmish deb 
eshituvdim... Bitta chipta bo‘lsa... Janobi oliy-
lari... Him... Janobi oliylari...
– Chipta deysanmi? Xo‘p bo‘ladi... Atigi besh-
ta chipta qoldi... Beshalasini ham olasanmi?
– Yo‘... yo‘... yo‘q, janobi oliylari... Bittagina 
bo‘lsa bas...
– Beshtasini ham olasanmi deb so‘rayotib-
man.
– Juda yaxshi, mayli, janobi oliylari!
– Bittasi olti so‘mdan... Sen besh so‘mdan 
beraqol. Mana, qo‘lingni qo‘y... Ilohim baxting 
kulib yutgin...


Anton Chexov
66
– He-he-he... Rahmat, janobi oliylari... Him... 
Juda xursand qildingiz...
– Jo‘na endi!
Bir daqiqadan keyin Dezdemonov qorovul-
xona o‘rtasida qip-qizarib turar va yig‘laguday 
bo‘lib, o‘rtoqlaridan 25 so‘m qarz so‘rar edi.
– 25 so‘m pulimni berib chiqdim, og‘ayni-
lar, o‘zi meniki emas edi! Ijara haqini to‘lab kel 
deb qaynanam bergan edi... Berib turinglar, 
og‘aynilar! O‘tinaman sizlardan!
– Nega yig‘laysan endi? Soyabonli aravada 
yurasan, maza qilib!
– Soyabonli aravada... Soyabonli arava-ya! 
Soyabon arava bilan odamlarni qo‘rqitib yura-
manmi endi? Men ruhoniy emasman! Mabodo 
yutib olganimda ham, qayerga qo‘yaman uni?
Ancha vaqtgacha gapirishib turdilar; ular 
gapirishar ekan, Makar (uning xat-savodi bor) 
hamma gapni birma-bir yozib olmoqda edi, 
yozib bo‘lgandan keyin... u yog‘i ma’lum. Ayta-
man desang juda uzun, janoblar! Har holda bu 
qissadan kelib chiqadigan hissa shuki, isyon 
qilmaslik kerak.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish