Buxgalteriya hisobi tushunchasi


-jadval Buxgalteriya hisobini isloh qilishning 3-bosqichida yangi tahrirda qabul qilingan BHMSlar va ularning ro‘yxatga olingan vaqti



Download 72,69 Kb.
bet7/9
Sana10.06.2023
Hajmi72,69 Kb.
#950547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-jadval
Buxgalteriya hisobini isloh qilishning 3-bosqichida yangi tahrirda qabul qilingan BHMSlar va ularning ro‘yxatga olingan vaqti

BHMS
Raqami

BHMSning nomi

Ro‘yxatga olingan vaqti

BHMS –4

Tovar-moddiy zahiralar

17.07.2006

BHMS – 5

Asosiy vositalar

20.01.2004

BHMS – 6

Ijara hisobi

24.04.2009

BHMS – 7

Nomoddiy aktivlar

25.03.2005

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilishning asosiy choralari:



  • Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning umumuslubiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish va uni jahon tajribasida umumqabul qilingan asoslariga muvofiq keltirish;

  • Foydalanuvchilarni moliyaviy xususdagi foydali ma’lumot bilan ta’minlovchi BHMS va moliyaviy hisobotlar tizimini shakllantirish;

  • Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilishda ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;

  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga zamonaviylashtirilgan va MHXSlariga yaqinlashtirilgan buxgalteriya hisobining va moliyaviy hisobotlarni tuzishning milliy tizimi modelini tushunishda va joriy qilishda uslubiy yordam ko‘rsatish;

MHXSlari talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida buxgalteriya hisobi sohasida kadrlarni sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash.
Bu borada O‘zbekistonda hisob tizimini bozor munosabatlariga mos tarzda tashkil etish, ularni isloh qilish vazifalari qo‘yiladi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
-buxgalteriya hisobi bo‘yicha amal qilinayotgan me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish;
-hisobning turli me’yoriy xujjatlarida bir xillikni ta’minlash, ularni bir-birini inkor etishiga va jarayonlarni to‘la qamrab olganligiga ahamiyat berish;
-buxgalterlik axborotini iste’mol qiluvchilarga to‘liq, sifatli va davriy etkazib berish va uni o‘qish yuzasidan yagona tilga o‘tkazish.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq korxonalarda buxgalteriya hisobini quyidagi shakllarda tashkil qilish mumkin:
-mustaqil bo‘linma hisoblangan buxgalteriyani tashkil qilish;
-shartnoma asosida ixtisoslashgan professional tashkilotga buxgalteriya hisobini yuritishni topshirish;
-mutaxassislarga shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritishni topshirish.
Albatta, buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shaklini yirik va o‘rta korxonalarda qo‘llanilishi tabiiydir. Chunki bu korxonalarda buxgalteriya hisobida bajariladigan hisob ishlari hajmi ancha katta va murakkab bo‘lib, ixtisoslashgan hisob bo‘linmasi-buxgalteriyani bilishini talab qiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikkinchi va uchinchi shakllari kichik korxonalarda amalga oshirilishi mumkin.
Korxona mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning u yoki bu shaklini topmaydi. Har qanday sharoitda buxgalteriya hisobini yuritish va uning ahvoli uchun javobgarlik korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Chunki buxgalteriya hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va uning qonuniy-normativ bazasining moddiy jihatlarini ta’minlash, mutaxassislar va bosh buxgalterni tanlash va tayinlash korxona rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya apparati va uning tarkibini belgilashda korxonada ishlab chiqarish faoliyatining hajmi va uning tarkibi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki korxonada ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lsa, buxgalteriya hisobi o‘zining nazorat qilish va ma’lumot berish vazifasini bajarishi uchun buxgalteriya apparati va tarkibini shunga mos ravishda tashkil qilishi zarur.
Shuningdek, buxgalteriya apparati va tarkibini tashkil qilishga korxonaning moliyaviy va investitsion faoliyati ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan shaklda tashkil qilinganda buxgalteriya yagona bo‘linma bo‘lib, faoliyat ko‘rsatadi va barcha hisob ishlari buxgalterlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda buxgalterlarning ish jarayonidan samarali foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Buxgalteriya hisobi markazlashtirilmagan shaklda tashkil qilinganda markaziy buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish bo‘linmalarida ham buxgalteriya tashkil qilinadi. Bunday holda hisobning operativligi va tahliliy ma’lumotlar berish darajasi keskin ortadi.


  1. Download 72,69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish