Buxgalteriya hisobi va audit


O‘zbekistonda muomaladan chiqarilgan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullarni almashtirish muddati



Download 7,09 Mb.
bet7/10
Sana18.07.2021
Hajmi7,09 Mb.
#122812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi

3. O‘zbekistonda muomaladan chiqarilgan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullarni almashtirish muddati


O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 2020-yil 1-iyuldan muomaladan chiqarilishi, Markaziy bank aholiga o‘z ixtiyorida bo‘lgan mazkur banknotlarni muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish kerakligini eslatib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Markaziy bank eski namunadagi ushbu pul belgilari 2020-yil 1-iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari, 2020-yil 1-iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinishi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib berilishini bildirgandi.

Markaziy bank tomonidan ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida 200 va 500 so‘m qiymatdagi qog‘oz pullarni tijorat banklari bo‘linmalari tomonidan almashtirib berish muddati istisno tariqasida uzaytirildi.

Tijorat banklarining barcha bo‘linmalari, jumladan, bank xizmatlari ofislari, mini-banklar kassalari va boshqa bankdan tashqari operatsion kassalar tomonidan 2020-yil 1-sentabrga qadar eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

“Fuqarolar 200 va 500 so‘mlik banknotlarni o‘z hududlari yaqinidagi tijorat bankida cheklanmagan miqdorda muomaladagi banknotlarga almashtirib olishi mumkin”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Qayd etilishicha, jahon amaliyotida va aksariyat rivojlangan mamlakatlarda naqd pul muomalasida mayda qiymatdagi pul belgilari sifatida tangalardan ko‘proq foydalaniladi. Tanganing muomalada qolish muddati banknotlarga nisbatan uzoqligi to‘lovda foydalanishdagi qulayligi bilan izohlanadi.

Qog‘oz pullar muomaladan ko‘p foydalanilgani sari eskirishi, eskirgan pullarni yo‘q qilib, o‘rnida yangilarini chiqarish qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shu bois mayda qiymatdagi banknotlarning muomalada yurish muddati tangalarga nisbatan qisqadir.

Shu sababli Markaziy bank tomonidan 2018-yilda oldingi yillarda muomalaga chiqarilgan tangalarga nisbatan ixchamroq, yengilroq va olib yurishga qulay bo‘lgan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-iyuldan boshlab Markaziy bankning eski namunadagi (2001—2002, 2004 va 2009-yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994-yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotgandi va muomaladan chiqarilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilayotganligi munosabati bilan eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgan.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Eski namunadagi tangalarni va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, muomalada bo‘lish muddati:

- eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik banknotlar uchun 2019 yilning 1 iyuliga qadar;

- eski namunadagi 200 va 500 so‘mlik banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulga qadar belgilangan.

Belgilangan muddat davomida ushbu banknot va tangalar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanib, ular bilan naqd puldagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda ushbu tanga va banknotlardan cheklovlarsiz qabul qilinadi.

Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha sub’ektlarining kunlik naqd pul tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo‘lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni bank filiallari orqali ham yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin.

Eski namunadagi tangalar va banknotlarni banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish:

- 50 va 100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik banknotlar yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni 2019 yil 1 iyuldan boshlab bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarish sanasi, ularning ko‘rinishi va tavsifi Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

 2018 yilning 2 iyulidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50 (ellik), 100 (bir yuz), 200 (ikki yuz), 500 (besh yuz) so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

50 SO‘M QIYMATDAGI TANGA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “50 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.

Tanganing old tomonida (avers) tanganing qiymati “50” raqami va raqamning tagida botiq holda bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan. Raqamning ikki yon tomonida milliy bosh kiyim – do‘ppidagi naqsh qabariq holda tasvirlangan.

Tanga qiymatining tashqi aylanmasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Diametri – 18,0 mm., qalinligi – 1,0 mm., og‘irligi – 2,0 gr.ni tashkil etadi.

100 SO‘M QIYMATDAGI TANGA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “100 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.

Tanganing old tomonida (avers) Mustaqillik va ezgulik monumenti tasvirlangan.

Monumentning chap tarafida tanganing qiymati “100” raqami va raqamning tagida bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan.

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanmasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Diametri – 20,0 mm., qalinligi – 1,0 mm., og‘irligi – 2,5 gr.ni tashkil etadi.



200 SO‘M QIYMATDAGI TANGA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “200 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.

Tanganing old tomonida (avers) Samarqand shahridagi “Sherdor” madrasasi peshtoq ravog‘ining ichkarisidagi sher ornamenti aks ettirilgan.

Ornamentning pastki qismida tanganing qiymati “200” raqami va raqamning tagida botiq holda bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan.

Tanganing tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Diametri – 22,0 mm., qalinligi – 1,1 mm.,og‘irligi – 3,3 gr.ni tashkil etadi.

500 SO‘M QIYMATDAGI TANGA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “500 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyi tasvirlangan.

Tasvirning pastki qismida botiq holda tanganing qiymati “500” raqami va raqamning tagida bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan.

Tanganing markazida joylashgan tasvirning tashqi qirrasi bo‘ylab aylanasimon shaklda milliy naqsh namunasi bo‘rtma holatda tasvirlangan.

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Diametri – 24,0 mm., qalinligi – 1,1 mm., og‘irligi - 3,9 gr.ni tashkil etadi.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50 (ellik), 100 (bir yuz), 200 (ikki yuz), 500 (besh yuz) so‘m bo‘lgan tangalar, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001-2002 yillar namunalaridagi 50 so‘mlik, 2004 yil, 2009 yil namunalaridagi 100 so‘mlik tangalar, shuningdek, 1994 yil namunasidagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar 2019 yilning 1 iyuliga qadar barcha to‘lovlar uchun cheklovlarsiz qabul qilinadi hamda banklar kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarning qayta muomalaga chiqarilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

200, 500 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi tangalar bilan parallel ravishda 2020 yilning 1 iyuliga qadar barcha to‘lovlar uchun cheklovlarsiz qabul qilinadi hamda 2019 yilning 1 iyulidan boshlab banklar kassalariga kelib tushgan ushbu qiymatdagi banknotlar qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Muomaladan qaytarib olinishi ko‘zda tutilgan banknotlar va tangalarni banklar kassalaridan almashtirib berish Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda ro‘yxatga olingan 3014-sonli Nizomga asosan amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomga asosan muomaladan qaytarib olinayotgan banknot va tangalar cheklovlarsiz bank omonatlariga va bank (plastik karta) hisobvaraqlariga kirim qilish uchun ham qabul qilinadi.

Xaridorlar va foydalanuvchilarga qaytimlarning to‘liq qaytarilishini ta’minlash maqsadida chakana savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish tashkilotlari ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga murojaat qilgan holda hisobvaraqlaridagi mavjud mablag‘lar qoldig‘i doirasida zarur miqdordagi yangi namunadagi tangalarni olishlari mumkin.



Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish