Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy)



Download 27,78 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi27,78 Kb.
#779234
Bog'liq
Hujjat (8


Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘chishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 750Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui).Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „alJomi’ assahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta boshladi. Jur. Xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) qadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichvda eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil annabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990 y. Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.
Abu Mansur al Moturudiy — islom mutafakkiri, kalom maktablaridan biri “matrudshunoslik”ning asoschisi va eponomi.

Abu Mansur al Moturudiy 1870 yil Samarqand yaqinidagi Motuurid shahrida dunyoga kelgan.

Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.

Natijada, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmlaridan dars bergan.

Kalom — o‘rta asr musulmon adabiyotida: diniy falsafiy mavzudagi barcha mulohazalar, shu o‘rinda, alohida ma’noda islom dinidan kelib chiqadigan fikrlarda diniy aqidaparstlikka ergashish emas, balki aqlga asoslangan sharhni beruvchi spekulyativ tartib.

Fiqh — Musulmonlarning xulq-atvor qoidalari, shuningdek, ijtimoiy me’yorlar to‘plami majmui.

Moturudiy 940 yil vafot etgan va Samarqanddagi Chokardiz qabristoniga qo‘yilgan.

Kalomning bir qator savollariga Moturidiy va uning izdoshlari asharitlari kabi javob berishgan: ular Qur’onning ma’nosiga ko‘ra uni abadiy deb bilishgan, solihlar Allohni narigi dunyoda qay holatda bo‘lsa-da ko‘ra olishadi, inson xatti-harakati Alloh tomonidan amalga oshiriladi, inson esa bor-yo‘g‘i irodasi va qobiliyati orqali ularni o‘zlashtiradi, Allohni (uning bilimi, qudrati va hokazo) haqiqiy va abadiy deb hisoblashgan. Ammo asharitlardan farqli o‘laroq, Moturidiy abadiylikni Allohning nafaqat belgilar mohiyati bilan, balki harakatlarining abadiyligini tan olgan; xuddi mutazilitlar insonda tanlash huquqi bor deb hisoblashganliklari singari, shu o‘rinda, Yaratganga ishonish diniy marosimlar orqali emas, balki Allohga bo‘lgan nutqiy iqrorlik kabi ikki qarama-qarshiliklar orasidagi tanlov kabidir.

Al Moturidiy ta’limoti Movaraunnaxr xalifatlari orasida ham tarqalgan.

Imom Moturidiy Samarqand mazhab vakillari kabi uning atrofidagi mazhab egalari bilan olib borgan bahs-munozaralarda ham ilg‘or bo‘lgan. Moturidiy karamit, shiit va mutazilitlar bilan ham bahslar olib borib, ularga nisbatan qarshi nuqtai nazarga ega bo‘lgan va o‘zining asarlaridan birini o‘zining ziddiyat fikriga bag‘ishlagan.

Moturidiy ishlarini keyingi toifalarga ajratgan:

Kalom va bahs san’ati ishlari.

Usulga bag‘ishlangan ishlar.

Tafsir va Qur’on bilimlari ishlari.

Alloh farzlari va sunnatlariga bag‘ishlangan ishlari.

Al Moturidiy asarlaridan keyingilar ma’lum:

Qur’onga izoh “Taavilat al-Qur’on”

Abu Hanifaning “Al-fiqh al-akbar” risolasiga “Sharx ul-fiqh il-akbar” nomli sharhi

“Yakkaxudolik kitobi” (“Kitab ut-tauxid”).

2000 yil Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 1130-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlangan. Mazkur sanada uning ishlari nashrdan chiqqan, xalqaro konferentsiyalar o‘tkazilgan, Samarqandda uning qabrida memorial majmua ochilgan.

2000 yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o‘rnida me’moriy majmuа bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o‘zbek me’morchilik san’atining eng yaxshi milliy an’analaridan foydalanilgan. Me’moriy majmua Rahmatullo Salohitdinov loyihasi asosida, Egamberdi Nurullayev hammuallifligida qurilgan. Qurilishda samarqandlik Mirumar Asadov, Matlub Mahmudov, Yoqub Tagirov, Toshpo‘lat Atoyev kabi xalq ustalari ishtirok etishgan. Interyeri ustida Amriddin Najmiddinov ish olib borgan. Ekstererlarni Hakim Asadov amalga oshirgan.

Maqbara maydoni 12x12, balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg‘asimon bo‘lib, havo rang ko‘shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Ichki va tashqi qoplamalarda koshin, ko‘shk va ganchdan foydalanilgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom al Moturudiy yozuvi o‘yilgan.

Maqbaraning g‘arbrog‘ida pastqom gumbaz inshoot — Amir Temur tomonidan Hirot va Mashhatdan olib kelingan sayidlar dahmasi (Muhammad payg‘ambar avlodi) joy olgan.

Maqbaraning shimoliy qismida so‘fa (tepalik) hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan.

Maqbaraning janubiy-g‘arbidagi bog‘da rotonda-shiyponcha bo‘lib, u yerda mashhur olim-huquqshunos, musulmonlarning huquqshunoslik kitobi “Al Xidoya” muallifi Burxoniddin Al Marg‘iloniyning qabri joy olgan.

Yo‘nalishlar: O‘rta asr arboblari, Shoirlar, Diniy ulamolar (Tavxid, Kalom ilmlari)

Burhonuddin al-Marg‘inoniy – buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir.

Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.

Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan.

Fiqx ilmida chuqur bilimga ega bo‘lsada, Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayotining oxirigacha ustozlarining asarlarini o‘rgangan. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomalarni, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Siyariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy va boshqalarni sanab o‘tgan. U fiqx ilmi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirgan.

Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asarlari quyidagilar:

“Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”) ;

“Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”) ;

“Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”);

“Kitob at-tajniya val-mazid” (“Ilmga bag‘ishlangan kitob”);

“Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”);

«Kifoyatul-muntaxiy» (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”);

“Xidoya” («Kifoyatul-muntaxiyga yozilgan to‘rt bobdan iborat sharxlar kitobi”).

Afsuski, bizgacha Burhonuddin al-Marg‘inoniyning barcha asarlari yetib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor:

«Bidoyatul-Mubtadi’»

«Majma’ Muxtorot an navozil»

«Xidoya fi al-Fiqx»

«Al Kifoya fi sharx Hidoya».

Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asari hisoblangan “Hidoya” asari imom Muhammad ash-Shayboniy (“Kichik to‘plam”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” asarlari asosida tashkil qilingan. “Hidoya”da “Muxtasar”da mavjud xuquqiy asoslar keltirilsada, biroq, uni alohida asar sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki unda ko‘rib chiqilgan masalalar Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy”dan ko‘ra kengroq yoritilgan.

“Hidoya” to‘rt juzdan iborat bo‘lib, u alohida bob va bo‘limlarga bo‘lingan 57 ta kitobni o‘z ichiga mujassam etadi. Xar bir kitob islom huquqining muayyan qismiga bag‘ishlangan. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab Sahobalar, mujtahid olimlar va Movaraunnahrdan chiqqan yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan.

Birinchi juz besh kitobdan iborat bo‘lib, u namoz, ro‘za va zakotga bag‘ishlangan.

Ikkinchi juzga 36 bo‘lim nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.

Uchinchi 36 bob va 37 bo‘limdan iborat juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish,vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik, majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.

To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.

“Hidoya” boshqa manbalardan o‘zining mantiqiy ketma-ketligi va mavzular joylashi va mavzular sharhlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligiing rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va o‘chmas iz qoldirgan.

2000 yilning noyabirida Marg‘ilonda Burhonuddin al-Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi.
Abu-l-Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy (1074 – 1143) – o‘rta osiyolik yozuvchi, faylasuf, amaldor. Uning asarlaridan chuqur ma’noga ega ikkita to‘plam tashkil etilgan. Qofiyaviy nasr ko‘rinishidagi ilmiy mulohaza bo‘limi u tomonidan yozilgan va “Oltin shoda” nomini olgan.

To‘liq ismi Abul Qosim Mahmud binu Umar az-Zamaxshariy 1075 yil 19 mart kuni Xorazmning Zamaxshar shahrida tug‘ilgan, yoshligida kasal bo‘lganligi bois, bir oyog‘idan ayrilgan, yog‘och oyoq yordamida harakatlangan. Jismoniy mehnatga noloyiq bo‘lganligi sabab, otasidan madrasaga o‘qishga yuborishlarini so‘raydi.

Mahmud arab tili, adabiyot, diniy fanlarni tirishqoqlik bilan o‘rganadi. Husnixat ilmini o‘rganib, ayrim vaqt mobaynida u orqali pul topgan.

Bilimni chuqurroq o‘rganish ishtiyoqida u Buxoroga ketadi. Buxoroda Xorazm shohlariga xizmat qilib, hukmdorga yaqinlashishga harakat qiladi. Kerakli e’tiborga ega bo‘lmagach, o‘z umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun boshqa mamlkatlarga yo‘l oladi. 1118 yil og‘ir kasallikdan so‘ng kimgadur xizmat qilishdan bosh tortadi va butun umrini ilm-fanga bag‘shida etadi.

Az Zamaxshariy Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bog‘dod, Xijoz va ikki marotaba Makkada bo‘lgan. Qayerda bo‘lmasin, doim ilmiy ishlarini davom ettirgan, lug‘atni va arab tili grammatikasini, mahalliy qabilalar munozaralarini, maqolalarini, an’analarini chuqur o‘rgangan. U qit’a jo‘g‘rofiyasi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar to‘plagan.

Uning ko‘plab asarlari Makkada yozilgan. Makkada u 5 yil yashagan va unga faxriy “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) nomi berilgan.

Az Zamaxshariy Makkadan qaytgach, bir necha yil Xorazmda yashaydi. Hijriy 538 (1144 yil 14 aprel) yil oqshomda olamdan ko‘z yumgan.

Az Zamaxshariy o‘z davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi. Uning qalamiga mantiq, grammatika, din, lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan. Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.

Az Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va grammatikasiga bag‘ishlangan. Xususan, “Al-Mufassal” asari bir yarim yil ichida, 1121 yil Makkada yozilgan.

“Al-Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida ma’lum. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal” kitobi ahamiyatiga ko‘ra, arab olimi Sibavaxxning asarlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb hisoblanadi. Bu Az Zamaxshariy asari o‘z vaqtida qanchalik qadrlanganligini ko‘rsatadi.

Ushbu asar qo‘l yozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Uning ma’naviyat va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari axloq, tarbiya, nasihat doirasida bayon qilingan. Masalan, u maqtovga, yolg‘on g‘urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka chorlaydi: “Agar kimdur o‘zining kelib chiqishi bilan maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir”, “Haqiqat va nomus yo‘li o‘rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi”, “Savdogarning hurmati va nufuzi uning hamyonida, olimniki – kitobida”, “Til orqali (ruhiy) madad moddiy madaddan ustundir”. Umuman, az Zamaxshariy bilim va umuminsoniy sifatlar orqali erishish mumkin bo‘lgan iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka intilishi haqida yozgan.

Hayotligida uni “Butun dunyo muallimi”, “Barcha arablar va boshqa xalqlar muallimi”, “Allohning qo‘shnisi”, “Xorazm shuhrati” va boshqa nomlar bilan ulug’lashgan.

1144 yil ona diyori Xorazmda vafot etgan. Gurganjga dafn etilgan.

Az Zamaxshariyning hayot va insonlar haqidagi ayrim naqllari:

Savdogarning nufuzi uning hamyonida.

Olibsotar – ovchining iti.

Ayol kishi sening qalbing usiz yashay olmasligini xis etsa, demak, u burningni yerga ishqalaydi.



Doim birovni qoralovchi inson yuqori muvaffaqiyatlarga erishmaydi, xuddi qatronda oqartiruvchi hech narsa bo‘lmagani kabi.

Axloqsiz odamlar ko‘paygan joyda, Yaratgan ularga o‘latni yuboradi (turli ofatlar, balolar va musibatlar).
Download 27,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish