Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар 
ва базавий инфляция ҳиссалари ўзгариши 
(
фоизда, ИНИдаги ҳиссаси)
 
6.12-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
 
Bunday  vaziyatda  yoqilg’i-  energetika  mahsulotlari  ishlab 
chiqaruvchilar  narxlarining  boshqa  narxlarga  nisbatan  tezroq 
oshirilishi,  ya`ni  nisbiy  narxlarning  to`g’rilanishi  ularga  signal 
funktsiyasini  bajarishga  hamda  energoresurslarning  mavjudligi  yoki 
cheklanganligining real holatini aks ettirishga imkon yaratadi. 
Ikkinchidan, 
bu, 
yoqilg’i-energetika 
sohasidagi 
davlat 
korxonalarini  isloh  qilishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Ishlab 
chiqarishga  o`z-o`zini  qoplashga  yordam  beradigan  bozor  tamoyillari 
asosida  narxlar  shakllanishiga  o`tmasdan  turib  ushbu  korxonalarning 
asosiy  fondlari  yuqori  darajada  eskirganligi  va  buning  natijasida 
ularning  ishlab  chiqarish  unumdorligi  pastligi  bilan  bog’liq 
muammolarni hal etish imkoniyati mavjud emas. 
Uchinchidan,  narxlarni  liberallashtirish  xususiy  sub`ektlar, 
xususan,  ichki  va  tashqi  investorlar  uchun  ochiq  bo`lgan 
raqobatbardosh  bozor  shakllantirilishida  dastlabki  shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ta`kidlash  joizki,  agar  tartibga  solinadigan  narxlar  umumiy 
narxlar darajasiga katta ta`sir ko`rsatadigan bo`lsa, Markaziy bankning 
inflyatsiyani  jilovlash  borasidagi  samarali  pul-kredit  siyosatini 


129 
 
yuritishdagi  imkoniyatlari  cheklanib  qoladi.  INI  tarkibida  tartibga 
solinadigan  narxlar  ulushi  qancha  ko`p  bo`lsa,  pul-kredit  siyosati 
transmission  mexanizmining  samaradorligi  shuncha  past  bo`ladi, 
chunki  bu  narxlar  Markaziy  bankning  xatti-harakatlari  va  bozor 
jarayonlaridan  ta`sirlanmaydi.  Hozirgi  vaqtda  INI  savati  tarkibida 
tartibga solinadigan narxlar ulushi 18 foizni tashkil etadi. 
  Bazaviy inflyatsiya 
Bazaviy  inflyatsiya  iqtisodiyotdagi  davomiy  inflyatsion  trendni 
yaqqolroq  ifodalovchi  ko`rsatkich  bo`lib,  qisqa  muddatli,  mavsumiy 
yoki  doimiy  tarzda  o`zgarib  turuvchi  narxlar  bilan  bog’liq 
o`zgarishlarni  (shoklarni)  inobatga  olmaydi.  Markaziy  bank  bazaviy 
inflyatsiyani  tartibga  solinadigan  narxlar  hamda  meva-sabzavot 
mahsulotlarining  narxlarini  iste`mol  narxlari  indeksi  savatidan 
chiqarib  tashlash  yo`li  bilan  hisoblaydi.  Ushbu  yondashuv  bilan  pul-
kredit  siyosati  choralariga  ta`sirchan  narxlar  dinamikasini  kuzatib 
borish mumkin. 
Bazaviy  inflyatsiya  ko`rsatkichi  2018  yilning  mart  oyida  eng 
yuqori darajaga chiqib, keyingi oylarda  sekinlashib,  sentyabrda 15,5 
foizni  tashkil  etdi  (6-rasm).  Bazaviy  inflyatsiyaning  sekinlashishi 
ayrim  nooziq-ovqat  tovarlari  narxlarining  o`sish  tendentsiyalari 
pasayishi hisobiga vujudga keldi. 
 
 
6.13-rasm.  Manba:  Davlat  statistika  qo`mitasi  ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
 


130 
 
Bundan  tashqari,  yillik  bazaviy  inflyatsiyaning  yuqori  darajasi 
iqtisodiyotda  uzoq  vaqt  davomida  sekin-asta  kamayib  boradigan 
turg’un  inflyatsion  jarayonlarning  saqlanib  qolayotganidan  dalolat 
beradi.  Bazaviy  inflyatsiyaning  sekin  pasayishiga  olib  keladigan 
omillardan  biri  tartibga  solinadigan narxlar  oshirilishining  ikkilamchi 
ta`siridir. 
Shu  bilan  birga,  2017–2018  yillarda  bazaviy  inflyatsiyaning 
qiymati  bir  necha  barobar  ortishi  bilan  birga  uning  tarkibida  ham 
sezilarli o`zgarishlar kuzatildi (6-rasm). 
Jumladan,  2017  yilning  boshida  bazaviy  inflyatsiyaning  28  foizi 
oziq-ovqat  mahsulotlari  va  56  foizi  nooziq-ovqat  mahsulotlari  
narxlari    oshishi      evaziga      shakllangan      bo`lsa,      2018  yilning 
sentyabr’  oyiga  kelib  oziq-ovqat  mahsulotlari  ulushi  51  foizga, 
nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi 38 foizga teng bo`ldi. Ushbu davrda 
bazaviy inflyatsiyada oziq-ovqat tovarlaridan go`sht  mahsulotlarining 
hissasi  katta  bo`ldi.  Xususan,  2018  yilning  boshida    mazkur  
guruhning  hissasi  avvalgi  yil  boshiga  nisbatan  6 barobarga oshib, 
5  foiz  bandni  tashkil  etdi  va  sentyabr’  oyiga  kelib  3  foiz  bandgacha 
pasaydi.  Nooziq-ovqat  tovarlaridan  kiyim-  kechak  va  qurilish 
mollarining hissalari keskin oshdi. 2018 yilga kelib, kiyim-kechak va 
oyoq kiyimlar hissasi 2 barobarga oshgan bo`lsa, qurilish mollarining 
bazaviy  inflyatsiyadagi  hissasi  2017  yilning  boshiga  nisbatan  6 
barobargacha oshdi. 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish