Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya


-rasm.  Umurtqali hayvonlar va odam spermatazoidi



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

2-rasm.  Umurtqali hayvonlar va odam spermatazoidi 
1-tritonniki, 2-odamniki, 3-dengiz cho‗chqasiniki, 4-cho‗chqaniki, 5-ho‗kizniki, 6-xo‗rozniki (3-
6 katta masshtabda tayyorlangan) 
Qamchisimon  bo‗lmagan  spermatozoidlar  goh  o‗rta  qismida  maxsus 
o‗simtalari  bilan  yulduzchalar  shaklida,  goh  kalta-kalta  shoxchalari  bilan 
pufakchalar  shaklida  bo‗ladi.  Dum  qismida  aloxida  kapsula  bo‗luvchi  oyoqli 
qisqichbaqalarning  spermatozoidlari  o‗ziga  xos  tuzilgan  bo‗ladi.  o‗simtalari 
yordamida  spermiy  tuxum  tomon sekin siljib boradi va  unga  yopishadi. SHundan 
sung  kapsula  xuddi  portlaganday  bo‗ladi  va  bu  bilan  tuxum  ichida 
spermatozoidning  harakati boshlanadi. Bunday  spermatozoidlarning  qamchisimon 


spermatozoidlardan  keskin  farqlanishiga  qaramay  ularning  ayrim  qismlari  bir-
biriga  tamoman  mos  keladi.  Har  xil  hayvonlar  spermatozoidlarining  uzunligi 
turlicha bo‗ladi (4-rasm).  
Spermatozoidlarning kattaligi bilan hayvonning katta-kichikligi o‗rtasida hech 
qanday  bog‗liqlik  yo‗q.  Masalan,  dengiz  cho‗chqasining  spermatozoidi  100 


ho‗kizniki - 65 

, chumchuqniki-200 

, timsohniki-20 

 uzunlikda bo‗ladi. Odam 
spermatozoidining uzunligi 60-70 

 ga teng, mushukniki-60 

, tritonlarda 5000 


Spermatozoidlar jinsiy yo‗llardan o‗tayotganida qo‗shimcha bezlardan ajratib 
chiqariladigan suyulikka tushib qoladi. U suyulik spermatozoidlar bilan birgalikda 
sperma deb ataladi. 
Spermada 
spermatozoidlardan 
tashqari, 
hujayraviy 
elementlardan  leykositlar  va  ozroq  miqdorda  jinsiy  yo‗llar  devoridan  tushib 
turuvchi epitelial hujayra ham bo‗ladi. 
Hayvonlarda  spermatozoid  miqdori 
millionlar  bilan  hisoblanadi.  Odamning  1  sm
3
  spermasida  60  mln  bunday 
hujayralar 
mavjud 
bo‗ladi. 
Spermatozoidlarning 
xususiyatlaridan 
biri 
harakatlanishga  qobiliyatliligidir,  bunda  dumchaning  asosiy  qismi  bosh  vazifani 
bajaradi. 
Oldinga  harakat  qilish  bilan  bir  vaqtda  spermatozoid  o‗zining  o‗qi  atrofida 
ham aylanadi: u spiralsimon ilgarilanma harakat qiladi. Spermatozoidlar ancha tez, 
masalan,  odamda  3-3,6  mm.  tezlikda  harakat  qiladi.  Erkaklik  jinsiy  hujayralari 
yuqori  darajada  aktiv  bo‗lishi  uchun  energiya  talab  qilinadi:  energiyaning 
manbalari  endogen  va  ekzogen  yo‗l  bilan    kelib  chiqishi  mumkin.  Masalan, 
sutemizuvchilar  spermatozoidlarida  spermada,  ya‘ni  spermatozoiddan  tasharidagi 
masulotda  bo‗ladigan  fruktoza  energiya  manbai  sifatida  katta  ahamiyatga  ega. 
Dengiz  kirpisining  spermatozoidlarida  energiya  spermatozoidning  o‗rta  qismida 
bo‗luvchi  fosfolipoidlar  (yog‗larning  fosfor  kislota  va  azot  bilan  birikmalari) 
hisobiga  mitoxondriylar  tomonidan  ishlab  chiqariladi.  Spermatozoidlarning 
harakatsiz  turishi  hamisha  hayot  qobiliyatini  yo‗qotganlik  ko‗rsatkichi 
bo‗lavermaydi. Spermatozodlar erkaklik jinsiy bezlarida ko‗p to‗planib  qolganida 
va  kislorod  etishmaganda  ulardagi  moddalar  almashinuvi  juda  past  darajada 
bo‗lgani uchun ular ojiz bo‗lib qoladi. Biroq spermatozoidlar yashash qobiliyatini 


yo‗qotmaydi:  erkaklik  jinsiy  yo‗llaridagi  qo‗shimcha  bezlarning  ajratmalari  bilan 
spermalar  suyultirilganda,  spermatozoidlardagi  moddalar  almashinuvi  oshadi  va 
ular  faol  harakatlana  boshlaydi.  Urug‗lanish  vaqtida  spermatozoidlar  juda  faol 
bo‗ladi. Ular aynisa muhit reaksiyasiga va temperaturaga sezgirdir.Kuchsiz ishoriy 
muhit  va 30-35 
o
C temperatura (issiqqonlilar uchun) ularning faolligini birmuncha 
oshiradi.  Kislotali  muhitda,  aksincha,  spermatozoidlar  sust  harakatlanadi  yoki 
butunlay  harakatsiz  bo‗lib  qoladi.  Agar  spermatozoidlar  organizmdan  tashqarida 
ushlansa,  muhit  sharoitini  sun‘iy  o‗zgartirib,  undagi  moddalar  almashinuvini 
pasaytirish  yoki  oshirish  va  shu  asosida  ularning  ayotini  o‗zaytirishni  tartibga 
solish  mumkin.  Moddalar  almashinuvini  pasaytirish  bilan  hayotini  birmuncha 
uzaytirish  mumkin.  Bu  aynisa,  chorvachilik  praktikasida  sun‘iy  urug‗latish 
tadbirlarida,  ish  sharoitiga  ko‗ra,  spermani  bir  oy  davomida,  ya‘ni 
spermatozoidlaning  urg‗ochilik  jinsiy  yo‗llaridagi  ayotini  uzaytirish  uchun 
saqlashga  to‗g‗ri  kelganda  katta  ahamiyatga  ega  bo‗ladi.  Har  xil  hayvonlarda  bu 
muddat turlichadir,  ba‘zi  bir baliqlarda aktiv  holatdagi  spermatozoidlar bir necha 
daqiqa  va  hatto  sekunddan  keyin  nobud  bo‗ladi.  YUqori  darajada  tuzilgan 
umurtqalilarda ular bir qancha uzoqroq, sigirda 25-30, qo‗yda-30 soat, quyonda-8-
12  soat  davomida  saqlanadi.  Odamda  spermatozoidlar  hayoti  ayollar  jinsiy 
yo‗llarida 5 kundan 16 kungacha davom etadi. Ko‗rshapalaklar va hasharotlarning 
spermatozoidlari  faolliklarini  birmuncha  uzoq  saqlaydi.  Ular  kuzda  jinsiy 
ko‗shiladi,  lekin  urulanish  faqat  bahorda  boshlanadi.  Ko‗pgina  hasharotlarning 
urochilarida  shunday  spermatozoidlar  juda  uzoq  muddat  saqlanadigan  urug‗qabul 
qilgichlari  bo‗ladi,    masalan,  spermatozoidlar  asalarilarda  bir  necha  yillar 
davomida salanishi mumkin. 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish