Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti


— 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar



Download 62 Kb.
bet3/7
Sana06.07.2022
Hajmi62 Kb.
#749482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI IQTISOTDAN 707 (3)

2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar

T/r

Ko‘rsatkichlar nomlanishi

Joriy holati

Maqsad:

2021-yilga

2023-yilga

2025-yilga

1.

Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

15 foiz

17 — 20 foiz

35 — 40 foiz

60 foiz

2.

Banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

28 foiz

30 — 40 foiz

60 foiz

70 foiz

3.

Etarli tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik xorijiy investorlarni jalb qilish

-

-

3

3

4.

Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati

41 foiz

41 — 45 foiz

45 — 50 foiz

50 — 60 foiz

5.

Nobank kredit tashkilotlari aktivlarining kredit tashkilotlari aktivlari umumiy hajmidagi ulushi

0,35 foiz

0,5 — 0,7 foiz

1 — 1,5 foiz

4 foiz

6.

Xorijiy valyutadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi

58 foiz

50 — 55 foiz

45 — 50 foiz

40 — 45 foiz

7.

Bank aktivlarining YIMga nisbati

53 foiz

53-54 foiz

54-55 foiz

55 foizdan ko‘p

8.

Bank depozitlarining YIMga nisbati

18 foiz

19 — 21 foiz

22 — 24 foiz

25 — 27 foiz

2.2 Milliy valyuta tizimini tartiblashda Markaziy bankning roli .


Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida bosh boshqarmalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida alohida yuridik shaxs boʻlgan Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalaydi, faoliyatini nazorat qiladi, kredit uyushmalari hamda lombardlarning faoliyatini tartibga soladi, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi.[2]

Har bir mustaqil davlat o'z milliy pul tizimiga ega bo'lgani singari, o'zining valyuta tizimiga ham ega. Valyuta tizimi tashkiliy jihatdan valyuta munosabatlari, valyuta fondlari hamda ushbu munosabatlarni amalga oshishi, valyuta fondlarining shakllanishi, taqsimoti va qayta taqsimoti bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshiruvchi hamda muvofiqlashtiruvchi davlat organlari yig’indisidan iboratdir.


Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig’indisidir.
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta munosabatlarining yig’indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi.
Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:


  1. Milliy valyuta va uning nomi;



  1. Milliy valyuta paritetini belgilash;



  1. Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari;



  1. Milliy valyuta kursining rejimi;



  1. Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya);



  1. Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash;



  1. Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (reglamentatsiya);



  1. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi;



  1. Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi;



  1. Valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.

Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi bo'lib hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valyutaga aylanadi. "Valyuta" kategoriyasi, milliy va yahon xo’jaliklarining o'zaro aloqasi hamda munosabatlarini ta'minlaydi.


Milliy valyuta paritetini belgilash. Valyuta pariteti - bu, ikki valyuta o'rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometalizm davrida (oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi bo'lib tanga pariteti hisoblangan. Tanga pariteti - bu, turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi metall sig’imiga ko'ra o'zaro solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi.

2.3 “ Mikrokredit bank ” bankining iqtisodiy faoliyat tahlili .


"Mikrokreditbank" kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirishga da`vat etilgan.
Bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalaridagi bankning 71 ta filiali, 76 ta bank xizmatlari markazi va 33 ta mini-banklari tomonidan 1 245 mingdan ortiq aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ta'minlanmoqda.
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki o`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;

  • omonatlarni jalb qilish;

  • kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;

  • mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;

  • pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;

  • uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

  • qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;

  • bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;

  • WESTERN UNION xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;

  • moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish