Buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim Fakulteti



Download 2,17 Mb.
bet3/3
Sana24.07.2021
Hajmi2,17 Mb.
#127075
1   2   3
Bog'liq
MAJIDOVA AFRUZA2

Agrippina Shin o‘z chiqishida MTVning shu kunga qadar erishgan yutuqlarini qayd etib o‘tdi:

  • 27 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish orqali maktabgacha ta'lim tizimining huquqiy bazasi yaxshilandi;

  • MTM moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda va tarmog‘i kengaytirilmoqda. 2018 yilda ta'mirlanayotgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 barobarga (105 taga nisbatan 298 ta), yangi qurilish obektlari soni esa 2 tadan 40 taga oshdi;

  • Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda, ularning soni 568 taga yetdi;

  • Davlat-xususiy sektor sherikchiligi tamoyili asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni jadal ortmoqda – bugungi kungacha davlat-xususiy sektor sherikchiligiga doir 741 ta kelishuv imzolandi;

  • Pedagoglar va tarbiyachilar malakasini oshirish ishlari o‘tkazilmoqda. 2018 yilda 9 mingdan ziyod xodim qayta tayyorlandi;

  • “Bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo‘yish” interaktiv xizmati yo‘lga qo‘yildi;

  • Maktabgacha ta'lim pedagoglari bazaviy tarif stavkalari 2 barobarga oshirildi;

  • Hisobotlar hajmi sezilarli darajada qisqartirildi;

  • Maktabgacha ta'lim boshqaruvi axborot tizimi (EMIS) joriy etildi.

"Maktabgacha ta'lim muassasasi – bu o‘ziga xos olam, unda bolalar, ota-onalar, tarbiyachilar va xodimlar manfaatlari to‘qnash keladi. Biz har bir maktabgacha ta'lim muassasasida bola o‘zini qulay, xavfsiz va manzur sezishi uchun uchun barcha ishlarni birgalikda amalga oshirishimiz lozim, toki bola u yerga quvonch bilan qatnasin”,– deydi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

Sessiya Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 34-sonli va 164-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkazildi, u yerda olti mavzudagi maydonlar tashkil etildi:



  1. Autsorsing uslubida bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish;

  2. Maktabgacha ta'lim muassasasida innovatsion ta'lim muhitini tashkil etish;

  3. OpenEMIS ta'lim boshqaruvi axborot tizimini joriy etish;

  4. Tabiatda ta'lim faoliyatidan lavha;

  5. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi tarbiya-ta'lim jarayonlarida multimedia texnologiyalarini qo‘llash;

  6. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi rivojlantirish markazlarini jihozlashga ijodiy yondashuv.

Ta'kidlash joizki, mazkur maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati namuna sifatida ko‘rsatildi. Bu yerda butun O‘zbekistondan tashrif buyurgan MTM rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tildi. Ularda innovatsion usullar bilan bir qatorda pedagoglarga qo‘l ostidagi buyumlardan yasalgan o‘yinchoqlardan foydalanib, bolalarni ta'lim jarayoniga qiziqtirish usullari namoyish etildi.



Tadbir o‘tgan davrga yakun yasash, “o‘sish nuqta”larini belgilash va kelgusi o‘quv yili uchun asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Konferentsiya maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun samarali bahs-munozara maydoni bo‘ldi.



Unda qatnashgan viloyatlar maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari o‘zlari uchun ko‘p foydali ma'lumotlarga ega bo‘lganliklarini qayd etishdi. Olingan tajriba har bir mintaqa va maktabgacha ta'lim muassasasining sharoitidan kelib chiqib, amalda qo‘llanilishi ta'kidlandi.



Tadbir so‘ngida Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqida esa KUN.UZ'ning keyingi maqolalarida batafsil ma'lumot beriladi.


Bugun, 11-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi Respublika seminar boʻlib oʻtdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishdagi yangicha tartiblar toʻgʻrisida soʻz bordi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan seminarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Maktabgacha taʼlim vaziri Agreppina Shin, inspeksiya va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari, hududiy boʻlimi boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarining taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash boʻlimi boshliqlari, Toshkent shahridagi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash boʻlimi mutaxassislari, 2020-yilda attestatsiyaga jalb etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari ishtirok etishdi.


Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifatli taʼlim-tarbiya berishning asosiy omillaridan biri sifatida tarbiyalanuvchilar sifatli bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.


Maktabgacha taʼlim tashkilotlarning attestatsiyasi ayni shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda tarbiyalanuvchilarning yetarlicha bilim olishlari uchun muassasada yaratilgan sharoitlarga baho beriladi. Attestatsiya jarayonida pedagog tarbiyachilarning salohiyati, ish hujjatlarining yuritilishi, xonalarning jihozlanishi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻriladi. Bu borada ota-onalarning fikrlari va talablarini inobatga olgan holda muassasani rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xarita”lari belgilanib, amalga tatbiq etiladi. Pirovardida maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi sharoitlar yaxshilanib, taʼlim sifati oshishiga erishiladi.

Shu kungacha bu jarayon tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan va hokim oʻrinbosari raislik qiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilar edi.

Biroq, ushbu tizim taʼlim sifatini oshirishda, bu borada maktabgacha taʼlim muassasalarida yetarli sharoitlarni yaratishda kutilgan natijani bermadi.

Komissiyalar tomonidan Attestatsiya jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yoʻl xaritalarini tuzish va uning ijrosini taʼminlashga eʼtibor qaratilmagan.

Ushbu holatlar bugungi islohotlar davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi huquqiy meʼyoriy hujjatlarni zamon talablariga muvofiq ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni taqozo etgan edi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.

Tasdiqlangan nizom avvalgisidan tubdan farq qilib, unga koʻra attestatsiya jarayonlari mutlaqo yangi tartib asosida tashkil etilishi belgilandi.

Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashqi attestatsiya davomiyligi esa 10 kundan 3 kungacha qisqartirildi.

Mazkur nizomga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2020-2024-yillarda attestatsiyadan oʻtkazish grafigi tasdiqlandi hamda BMT Bolalar jamgʻarmasi – YUNISEF ning koʻmagida xalqaro ekspertlari jalb etgan holda attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari ishlab chiqildi.

Ushbu grafik va mezonlar asosida 2020-yil yanvar-may oylari davomida 1911 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev yangi baholash mezonlari ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda YUNISEF ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilganligini aytar ekan, ushbu jarayondagi bir qator yangiliklar haqida maʼlumot berdi. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya tarkibi tubdan qayta koʻrib chiqilgan. Endilikda attestatsiya komissiyasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan emas, balki bevosita maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan boshqarilishi belgilangandi.

Seminarda soʻzga chiqqan maktabgacha taʼlim vaziri Agreppina Shin muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilgan islohotlar samarasi oʻlaroq yurtimizda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish qamrovi sezilarli darajada oshganini taʼkidlar, endilikda muassasalar sonini oshirish bilan birga birinchi navbatda ularda sifatli taʼlim berilishi nazorat qilinishini hamda bu borada vazirlik Taʼlim inspeksiyasi bilan ishonchli hamkorlik davom ettirilishini maʼlum qildi.

Tadbir davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishdagi yangicha tartiblar haqida maʼlumot beradigan videorolik namoyish etildi.


Shundan soʻng soʻzga chiqqan inspeksiya va vazirlik mutaxassislari maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini baholash vositalari va mexanizmlari soddalashtirilib, attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash jarayonlari elektronlashtirilganini boʻyicha maʼlumot berishdi. Endilikda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ichki va tashqi baholash oʻtkazilishi belgilanib, taʼlim muassasalarining bevosita oʻzini oʻzi baholashda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.



Seminar davomida mutaxassislar tomonidan taʼlim muassasalarini ichki va tashqi baholashdan oʻtkazish tartiblari bayon etilib, shoʻba yigʻilishlarida muhokama qilindi va ishtirokchilarga seminar materiallari tarqatildi.

Mazkur seminar materiallari asosida joriy yil dekabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar miqyosida hamda tuman (shahar)lar miqyosida targʻibot ishlari davom ettirilib, nizom talablarini barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlari rahbarlariga, har bir pedagog xodimlargacha yetib borishini taʼminlash boʻyicha kelishib olindi.
Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish