Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi Ashurova Nigora


Ajdodlarimizning oila tarbiyasi borasidagi qarashlari



Download 468 Kb.
bet7/12
Sana19.01.2022
Hajmi468 Kb.
#392277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari

1.2. Ajdodlarimizning oila tarbiyasi borasidagi qarashlari

Oila - jamiyatning asosiy va boshlang`ich pog`onasi, insoniyat tomonidan tuzilgan ilk ittifoqning dastlabki shakllari - «birinchi jamoalari «oila», ya’ni «ahli bayt» (ahli ayol) bo`lgan. Ahli bayt jamoalari asta-sekin rivojlanib, qavm va qabila jamoasiga aylangan». Demak, jamiyat hayotining boshlang`ich bosqichi oilaning tuzilishi bilan boshlanadi, inson yirik jamoa bag`rida kichik ittifoqi - oilasi bilan birga o`zini baxtli his etadi.

Oila-kishilarning tabiiy-biologik, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi bo`lib, inson yashashi uchun qulay sharoit yaratib beruvchi, uning turli ehtiyojlarini qondiruvchi makondir.

Shuningdek, oila hayot, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlab kelgusi avlodlarga etkazadigan, kelajak nasllar qanday inson bo`lib etishishiga bevosita ta’sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir. Oila a’zolarining o`zaro tengligi, bir-birlarini anglab yashashlari, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, ularni iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalovchi ijtimoiy tarbiyaviy aqamiyatga ega bo`lgan institutdir.

Xususan, oilaga tegishli milliy an’ana, hayotbahsh udum va urf-odatlarni avaylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan integratsiyalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilaning barkamol avlod tarbiyasi bilan bog`liq muqaddas vazifani amalga oshirishiga har tomonlama ko`maklashish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Oila» ilmiy-amaliy markazi zimmasiga yuklangan.

Barkamol avlodni kamol toptirishda oila tarbiyasining katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni uqtirgan edi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir. Mehnatsevar va badavlat, ma’naviy yetuk va madaniyatli oila – jamiyatning asosini tashkil qiladi»

O`zbek pedagogikasi antologiyasida «yosh avlodni milliy odob-ahloq tarbiyasida folklor, shuningdek, qadimiy qadriyatlarimizda ifodalangan milliy va umumbashariy xislat-fazilatlar asosida tarbiyalashga erishish», shuningdek «...xalq og`zaki ijodi odobnomasi, uning ta’lim-tarbiyaviy tomonlaridan kundalik hayotimizda har qachongidan ham ko`proq foydalana bilish – davrimiz, istiqlolimiz talablaridan» ekanligi uqtiriladi.

Oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini o`zbek xalqi qadimgi davrlardanoq ta’kidlab kelgan.

Nizomulmulk o`zining «Siyosatnoma» asarida farzand tarbiyasini jamiyat o`z bo`yniga olmog`i lozim degan fikrni o`rtaga tashlaydi. Demak u tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor bergan. U bola tarbiyasida qarindosh-urug`, mahalla ahlining o`rnini ko`rsatib beradi.

Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da mehnat tufayli halol kun kechirgan inson ulug`lanadi, unda ta’kidlanishicha, erga mehr qo`ygan oila boshlig`igina o`z oilasini boqa oladi. Ushbu muqaddas asarda oilani himoyalash muammosi o`rtaga qo`yilgan. Bir necha bolani dunyoga keltirib, tarbiyalagan ayollarni mukofotlash, nafaqa tayinlash g`oyasi ilgari surilgan.

Oilada kichik maktab yoshidagi balalarni milliy qadriyatlar orqali ahloqiy tarbiyalashni pedagogik ilmiy muammo sifatida tahlil etar ekanmiz, eng avvalo, Zardo`shtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanmish «Avesto»ning asrlar davomida insonlarni poklikka, ilm egallashga, mehnatsevarlikka, tabiatni asrash kabi insonparvarlik g`oyalariga da’vat etib kelganligiga guvoh bo`lamiz. Bu bitikda vatanni sevish, o`zlari yashab turgan zaminni asrab-avaylash, ona-zaminga e’tiborli bo`lish, vatanga e’tiqod haqidagi g`oyalar ham mavjudki, shubhasiz bu g`oyalar bolalarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. “Avesto”da ona zamin, oila, vatan tushunchalari muqaddas sanalgan, shuningdek, ular zaminni sof saqlash uchun murdalarni erga ko`mishni qattiq qoralaganlar. Ular murdalarni maxsus mis idishlarda dafn qilishni yo`lga qo`yishgan. SHubhasiz, bu kabi qoidalarga ajdodlarimiz rioya qilganlar, ona erni muqaddas deb bilganlar va uni ifloslanishdan asraganlar.

Qadimgi «Avesto»da vatan deb o`zlari yashab turgan zamin, qabila, oila va chorva tushunilgan. Bunday joy Ashavon uy tiklagan makondir. O`sha uyda ro`zg`or tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi. Tevalar huraki farovon, yaxshi itlarning rizqi serob, uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi. Tiriklikning go`zal har bir hodisasi yaxshilikka qovushadi…”.

Bundan ko`rinib turibdiki, bu yozma bitikda inson oila bo`lib yashashi, farzandlar tarbiyalab voyaga etkazishi, rizq va nasiba hisoblanmish sigir saqlashi, shu oilani qo`riqchisi itlarni parvarish qilish kabi oila an’analarini davom ettirish g`oyalari ilgari suriladi. Demak “Avesto”da oila muqaddas sanalgan, oila esa vatan demakdir, vatandagina insonlar baxtiyor yashaydilar.

Xalqimiz durdonasi hisoblanmish “Avesto”ning bugungi davrimiz uchun qadriyat hisoblanishining boisi ham undagi g`oyalarning insonparvarligidadir, shu jumladan bolalarni tarbiyalovchi manbalardan biri hamdir.

Islomiy qadriyatlarda ham oilada farzandni jamiyatga munosib inson, ahloqli, mehnatsevar, go`zal fazilat egasi sifatida tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi. Xususan, Muhammad alayhissalomning «Ota o`z farzandiga ahloq-odobdan ko`ra ko`proq meros qoldira olmaydi» degan hadisida oila tarbiyasidagi eng muhim jihat – farzandga ahloq-odob in’om etish ekanligi uqtiriladi.

Ko`pgina mashhur shaxslarning onalar, ularning bilimdonligi, xalq og`zaki ijodidan habardorligi va uni o`z farzandlariga etkazib berganligi sabab bo`lganligi haqida tarixda misollar juda ko`p. Beruniy oilada ayolning o`rniga alohida ahamiyat beradi. Oila mustahkamligining asosiy sababchisi o`z erini hurmat qiladigan, ozoda va pokiza, tartibli ayol tufayli ekanligini uqtiradi.

Oilaviy tarbiya pedagogik tushuncha bo`lib, u ota-onalarning o`z hayotiy faoliyatlari, turmush tarzlari, an’analari yordamida bola shaxsiga siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, diniy qarashlar va tasavvurlarni shakllantirishni nazarda tutib, bir maqsadga qaratilgan holda muntazam olib boriladigan izchil ma’naviy ta’sir o`tkazish jarayonini ifodalaydi.

Bizning ota bobolarimizdan tortib e’tiqod qilib kelinayotgan muqaddas islom dinimizda esa iymon tushunchasidan keyin «Vatan» tushunchasi ifodalanishi ham bejiz emas. Prezident I.Karimov Turkiston gazetasi muhbirining savolliriga javoblarida «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo`lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon e’tiqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o`rni va ta’sirini yuksak baholaymiz» - deb ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, dinning xalqimiz ma’naviyatiga, ruhiyatiga o`tkazayotgan ijobiy ta’siri nihoyatda kattadir, chunki islom dini doimo barcha millat xalqlarini chin e’tiqodga, ezgulikka, ahloqiy poklikka va ma’naviy yetuklikka da’vat etadi.

Mustaqillik davriga kelib islom olamining rivojlanishiga o`zining katta hissalarini qo`shgan Imom Al-Buhoriy, imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Az-Zamahshariy kabi islomshunos allomalarning nomlari qaytadan tiklandi. Ularning islom olamida yaratgan yangiliklaridan, xizmatlaridan bugungi kunda yoshlarimiz, qolaversa xalqimiz bahramand bo`lmoqda.

O`zbek xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ajdodlarimiz orasidan etishib chiqqan haqiqiy vatanga e’tiqodli insonlarning siymosini ko`ramiz. Masalan, Tumaris va SHiroq, Rustami doston, Alpomish, Muqanna, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Behbudiy, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo`lgan qanchadan qancha yurtdoshlarimiz, mustaqilligimiz tinchligiga qilingan tajovvuzkorona harakatlarning qurboni bo`lgan ko`plab e’tiqodli yigitlarimizning nomlarini keltirish mumkin. Bugungi kunda mustaqillik sharofati tufayli, ularning muborak nomlarini g`urur va iftixor ila tilga olmoqdamiz, o`zbek xalqi ozodligi yo`lida chekkan zahmatlarini istiqlol sharofati tufayli yuksak qadrlamoqdamiz. Bugun biz qadriga eta boshlagan vatanimizni ota-bobolarimiz, jahonga mashhur sarkardalarmiz, ma’rifatparvar kishilar ko`z qorachig`iday asrashgan, millat sha’ni va or-nomusi uchun jang qilishgan. SHuning uchun ularning unutilmas nomlari tarixda qolib, og`izdan-og`izga o`tib afsonaga aylangan bo`lsa ajab emas.

To`marisning engilmas Kir IIday qonxo`r podshoh ustidan g`alaba qozonishi o`z xalqi, vataniga bo`lgan muhabbati, chin e’tiqodining natijasidir. Bu kabi voqealar ikki yarim ming oldin yuz bergan bo`lsada, hamon etishib kelayotgan yosh avlodni vatanga e’tiqod ruhida tarbiyalashda o`z qadrini yo`qotgan emas.

Aslida vatan tuyg`usi har birimizning qonimizda, jonimizda bor. Qayerda bo`lmaylik avvalo vatan sog`inchidan o`rtanamiz. Ota-onamiz, opa-singillarimiz, aka-ukalarimiz, qishlog`imiz, shahrimiz, vatanimiz tomon talpinamiz, ularning barisi vatanimizdir, vatanimizning bir bo`lagidir. Qadimda safarga otlangan, vatandan quvg`in qilingan kishilar doimo vata-nining aziz tuprog`ini yonlarida olib yurganlar. Bu hol boshqa xalqlarda ham mavjud. Masalan, hind afsonasi «Ramayana»da ham vatan eng aziz narsa sifatida tilga olinadi. Darvishlik sari otlangan Ram o`zi yashab turgan saltanat tuprog`idan bir siqim olib, uni doimo yonida saqlaydi.

Oilada ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ`ib etuvchi, o`z manfaatini ko`zlagan molparast, baxil, ochko`z, do`sti va xalqiga hiyonat kabi xislatlar haqida fikr yuritilishi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir etadi. Chunki oila muhitida bolalarni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to`g`risidagi fikrlar farzand barkamolligining asosini tashkil etadi.

Oilada bolalarni ilm olishga da’vat etish, bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonish, ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligi haqidagi o`gitlar, ilm-ma’rifat ishlari, ezgu maqsadlarni amalga oshirish muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki, inson ilm-ma’rifatli bo`lsa, odamlarga huzur bahsh etadi. Bilimli bo`lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zururligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etish oiladagi ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.

Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo`lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, o`gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo`lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy munosabatni o`rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari intilish qutlug`, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o`rganish sari intilishi, o`zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir. Ilm o`rganish yo`lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to`laqonli o`zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin. Oilada bolalarni milliy qadriyatlar vositasida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning xususiyatlaridan yana biri bu aqlni rivojlantirishdir. Chunki, aqlli odamning zehni o`tkir bo`ladi, u har qanday o`git-nasihatni tezda o`z ongiga singdirib oladi. Inson zehnining o`tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini huddi yuqorida parvoz etayotgan qushning erdagi o`ljani ko`rib, unga ega bo`lish ilinjida pastga sho`ng`ishida sodir etadigan tezligidir. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi.

Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o`zgalarga ziyon etkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, baxosi u qadar baland bo`lmagan sovg`alarni o`z qadr-qimmatidan yuqori qo`ymaydi.

Oilada bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri xushxulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo`lish, ezgulik, yaxshilik yo`lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi.

Kishilar o`rtasida juda totuvlik, o`zaro axillikning yuzaga kelishi yurtning farovon bo`lishi, odamlarning to`kin-sochin yashashining asosiy omilidir.

Oilada bolalarni inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug`lashga o`rgatish, mehmondo`stlik, do`stlik, o`zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg`usiga ega bo`lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, ahloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o`gitlar haqida ma’lumotlar berish insonni yoshlikda aniq bir maqsadga intilishga tinimsiz harakat qilish, voyaga yetgatida uning rohatini, mehnati natijasini ko`rish tushunchalarini shakllantiradi.

Ko`rinib turibdiki, oilaning ta’lim-tarbiya borasidagi donishmandligi bola kamolotining asosini tashkil etadi.

Bola tarbiyasida mo`’tadillikni saqlash, muloyim va chiroyli muomalada bo`lish orqali uning xulqida yaxshi xislatlarni shakllantirishga e’tibor qilish zarurligini ko`rsatib o`tadi.

Abu Ali ibn Sino «Tadbiri al-manozil» asarining katta bir qismi oilaviy tarbiya muammolariga bag`ishlanadi. Unda bola tarbiyasida allaning ahamiyati yoritiladi.

Bolaning barkamol inson bo`lib etishishida xalq og`zaki ijodi ta’siri natijasida vujudga kelgan ruhiy, fizologik holati alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xalq og`zaki ijodi namunalari bolani chidamlilik, mardlik, jasorat va mehnatsevarlikka undaydi, uning ruhiyatiga ko`tarinkilik bag`ishlaydi. Abu Ali ibn Sino kattalarni ogohlantirib, yosh bolaning sezgir va ziyraklik darajasi yuqoriligini uqtiradi.

Ibn Sino oila tarbiyasida otaning o`rniga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, oila boshlig`i oila a’zolarini tarbiyalashi, ularni to`g`ri yo`lga boshlashi lozim.

Umuman, sharq mutafakkirlari barkamol inson tarbiyasida irsiyat, muhit va xalq og`zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyatiga yuqori e’tibor berganlar.

Kaykovusning «Qobusnoma» asarida ota-ona va farzandlar o`rtasida mehr-oqibatning saqlanishiga e’tibor beriladi. Bunda ota o`z o`g`liga nasihat qilarkan xalq donishmandligidan unumli foydalanadi. Bola tarbiyasiga oqilona, oqibat natijalarini o`ylagan holda, muloqaza bilan yondashish, xalq donishmandligidan unumli foydalanish, hatto farzanddan norozi bo`lganda ham uni urushdan saqlanish, bu sohada ustozlaridan ko`mak so`rash lozimligi uqtiriladi.

Azal-azaldan ota-ona munosabatlaridagi sabrlilik, oilaviy muammolarni birgalikda hal etish, farzandlar, qo`ni-qo`shnilarga muomaladagi odillik, bir so`zligidan farzandlar andoza olgan.

Muloqot madaniyatida dastlabki mezon xushmuomalalik hisoblangan. Xushmuomalalik haqida buyuk mutafakkirlarimiz ibratli fikrlarini bayon yetgatlar. Masalan, Alisher Navoiy o`zining «Mahbub ul-qulub» asarida shunday deydi:

Ul ko`ngulgakim qattig` so`zdan reshdek bo`lg`ay,

Achchig` til zahr olud neshdek bo`lg`ay.

Ko`ngulda til sinoni jarohati bitmas,

Anga hech nima marham erin tutmas.

Gar ko`ngulki til sinonidin jarohatdur

Ham yumshoq so`z va shirin til marham va rohatdur.

Muloyim takallum-vahshiylarni ulfat sari boshqarur,

Fusungar afsun bila yilonni tushukdin chiqorur [124; 59].

Muloqot tabassum bilan boshlansa, ikki o`rtada samimiyat paydo bo`ladi. Shirinso`zlik mazmunli suhbatning asosi bo`ladi.

Samimiy muloqot sog`lom muhitni paydo qiladi. Agar uning teskarisi bo`lsa, oilada ham, o`quv maskanida ham nosog`lom muhit vujudga keladi.

Jamoa orasida, turli tadbirlarda so`zga chiqqanda ham so`zlashish madaniyatiga rioya etish insonning obro`sini oshiradi. Shuning uchun har bir kishi bilan so`zlashganda, uning so`zlariga quloq tutib, o`ylab gapirishi, kattalarning so`zlarini ohirigacha eshitishi madaniyatlilik hisoblanadi. Bularning barchasi talabalarga ta’lim-tarbiya jarayonida etkaziladi va ular turli joy, vaziyatlarda har xil toifadagi odamlar bilan muloqotga tayyorlab boriladi.

Demak, muloqot madaniyatiga mulozamatli bo`lish, xushmuomalalik, jamoa orasida o`zini ahloq me’yorlari talablariga binoan tuta bilish, odamlarga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilish, minnatdorchilik va tashakkur izhor eta olish, kechirim so`ray bilish, tanishish va suhbatlashish malakalariga ega bo`lish, o`zganing dardiga dardkash bo`la olish kabi xislatlar kiradi. Bu xislatlarning tarkib topishi oilaviy hayotda ham ahloq qoidalariga rioya etishga olib keladi va natijada baxtli hayot kechirishga katta yordam beradi.

Avvalo, oila va yoshlarni oilada muvaffaqiyatli tarbiyalash asrimiz boshida Abdurauf Fitrat xalqimizning oilaviy an’ana va urf-odatlarini, shuningdek, SHarq mutafakkirlarining ta’limotlarini o`rganish asosida «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» risolasini yaratdiki, bu asar hozirgi davrda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fitrat shunday yozadi: «Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo`lishi, baxtli bo`lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo`lishi, zaif bo`lib horlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o`zgalarga tobe, qul va asr bo`lishi bolalikdan o`z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog`liq».

Shuning uchun ham «Oila» asarida Fitrat oila qurishning maqsad va vazifalari, uning moddiy-ma’naviy va huquqiy asoslari, er va xotin hamda uning turmush tarzi, ayol va erkakning oiladagi o`rni, burchi masalalarini bayon etadi. Asarning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag`ishlangan.

Farzand tarbiyasida bolalarga go`daklik davridan badan tarbiyasi, aqliy va ahloqiy tarbiya berish lozimligi haqida fikr yuritar ekan, pedagogik, psixologik va tibbiy jihatdan ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi. Uning tavsiyalari hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.

Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashda yuqoridagi maanbalar bilan bir qatorda “O`zbek xalq pedagogikasi” namunalari, xalq og`zaki iodi namunalari ham asosiy o`rin egallaydi.

O`zbek xalqining milliy qadriyatlari-folklorda jo`shib kuylanadi. Xalq og`zaki ijodi hozirgi o`zbek pedagogikasining vujudga kelishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynagan manbalarning biridir. Shu davrga qadar biron bir darslik, o`quv qo`llanmasi xalq og`zaki ijodi hazinasi bilan yo`g`rilmay chop etilgan emas. Folklor asarlarida xalqning asriy orzu-o`ylari, kechinmalari, urf-odatlari, tashvish-u quvonchlari- hamma-hammasi o`z ifodasini topgan. Xalq og`zaki ijodi asarlarining yana bir muhim fazilati ularda inson kechinmalarini rangba-rang formalarda ochishga intilishdir.

O`zbek xalq folklori ko`p asrlik boy tarixga ega. Alla-qo`shiq, maqol, topishmoq, tez aytish, masal, ertak, dostonlar xalq og`zaki ijodining eng qadimgi va eng keng tarkalgan janrlaridir.

Ummondek qaynab-toshgan xalq og`zaki ijodi bola tarbiyasida, uning ma’naviy kamolotida azaldan juda katta ahamiyat kasb etib keladi. YAna shu narsa diqqatga sazovarki, bir tomondan u yoki bu janr orqali xalqimizning bola tarbiyasi borasidagi qarashlari, tarbiyaning turli-tuman tomonlari-jismoniy, aqliy kamolot, ahloqiy sifat, estetik did, maktab va kasb-hunar ta’limi aks ettirilsa, boshqa tomondan, yana o`sha janrda ko`rsatilgan tarbiya tarkibini oshirish yo`l-yo`riqlari va vositalarining ham ko`rsatilishidir. Ko`rinadiki, xalqimiz qadim-qadim zamonlardan beri o`ziga xos ajoyib milliy tarbiya sisitemasiga ega bo`lib kelgan.

Har bir oilada, har bir honadonda, har bir qavmda ota-ona, buvi-bobolar; allachi-yu, ertakchilar tarbiyada asosiy vosita hisoblangan xalq og`zaki ijodi-alla, qo`shiq, topishmoq, maqol, ertak aytgan. Shu tariqa xalq yolg`iz jamiki moddiy boyliklarni yaratuvchi kuchgina bo`lib qolmay, u ma’naviy boyliklarning ham birdan-bir yagona va bitmas-tuganmas manbaidir; xalq o`z ijodining tarix sahnasiga chiqish vaqti jihatidan, go`zalligi va genialligi jihatidan birinchi faylasuf hamda shoir bo`lib, u er yuzidagi hamma buyuk alla, topishmoq, maqol, ertak, dostonlarning, shulardan eng ulug`i jahon madaniyati tarixining yaratuvchisidir. Xalq og`zaki ijodiga qiziqish, tinglash, aytib berish bizga zamondosh qalamkashlarning kelajakda ijodkor bo`lishlarida o`ziga xos hayot maktabini o`taganligi ma’lum. Qadim-qadimdan ota-onalar, qavm-qarindoshlar, mutahassis-ertakchi-yu, allachilar tomonidan ijro etilgan har bir asarning, albatta, kichkintoyga ijobiy ta’siri kuchli bo`lgan. Tinglovchining ma’naviyatini yuksaltirishda asosiy omil hisoblangan. Ahloq, odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilish; insonning adolat, yuksalish, ma’naviyatga intilishiga yo`l ochish; imkon yaratish; aqlda, ahloqda, ma’naviyatda yetuk bo`lish; komil insonni yaratish; insonparvarlik; vatanga, odamlarga xizmat qilish; insonlar orasidagi do`stlik, o`zaro yordam, ko`maklashuvga chaqirish folklorning etakchi jihatlaridandir.

Bolalar folklori bolalarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni-vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, kishilarga ishonch, do`stlarga sadoqat tuyg`ularini, kattalar bilan birgalikda tabiatda uchrab turadigan ba’zi ko`ngilsizliklarga qarshi kurashish va ularni engish malakalarini tarbiyalaydi. Turgan gap, bu omillarning hammasini bolalar kayfiyatini, didini, xarakterini bilmasdan turib amalga oshirib bo`lmaydi.

Onaning bola bilan bo`lgan muloqatidan boshlangan lirik hislar, shoirona lavhalar bola o`sgani sari o`sadi, kengayadi, turlarga ajraladi. Allalagan ona-ijodchining poeziya yaratish jarayoni o`ziga xos-u beshik ustida bugun aytgan so`zlarini ertaga bo`lakcha qilib takrorlaydi, nimanidir o`zidan qo`shib, kechagini bugun boyitibroq aytadi.

Shunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy kontseptsiyasi inson kamolotiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o`rin beriladi. U faolligi bilan o`z shaxsini shakllantira oladi. Ota-ona tomonidan qo`yiladigan maqsad aniq bo`lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan natijaga erishiladi.

Inson tabiat qonuniga ko`ra, hayotning hamma bosqichlaridan o`tmog`i kerak. Ya’ni u yoshlikni boshidan kechiradi, balog`at yillarini o`tkazadi. U nasl qoldirmog`i zarur. Biroq bulardan tashqari, inson jonivorlardan farqli o`laroq, o`z imkoniyatlarini ongli, fikrlovchi mavjudot tarzida ro`yobga chiqarmog`i kerak. Inson o`zi yashaydigan jamiyat bilan, atrofini qurshagan odamlar bilan, uni dunyoga keltirgan farzandlari bilan chambarchas bog`liq. Binobarin, u ijtimoiy mavjudot sifatida ham o`zligini namoyon etmog`i darkor. Faqat shundagina, inson o`zini baxtiyor hisoblamog`i mumkin. Ijtimoiy mavjudot sifatida inson baxtining dialektikasi shundaki, o`z xalqining, o`z mamlakatining, o`z sinfining, o`z yaqinlarining va hatto o`ziga notanish odamlarning baxtini (ya’ni ularning mavjudligi va to`laqonli rivojlanishini) ijtimoiy barkamol odam o`z shaxsiy baxtidan va hatto o`z hayotidan yuqoriroq qo`yishga qobil bo`ladi.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish