Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


Pedagogik fikrlar va g’oyalar rivojining tarixi



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogik fikrlar va g’oyalar rivojining tarixi  
Tarixga  nazar  tashlar  ekanmiz,  pedagogik  g’oyalar  eramizdan  oldingi  VI  asrda 
shakllanganligi  haqida  ma’lumotlar  mavjud.  Zero,  tabiatning  oliy  mahsuli  inson  paydo 
bo’lishi  tabiatning  hodisalari,  jarayonlarini  o’rganshi,  ulardan  yashash  uchun  oqilona 
foydalanish  asosida  insonlar  sekin  –  asta  madaniylashuvi,  ijtimoiylashuvi  asosida 
pedagogik g’oyalar shakllana va rivojlna boshlagan. 
Antik  davrlarda  ta’lim-tarbiya  yoshlarga  ota-onalarning  yashash  uchun  tabiat 
ne’matlaridan  foydalanish,  uy-ro’zg’or  yuritish,  o’zaro  va  tabiatga  munosabat  axloqi, 
odobi  sifatida  shakllana  boshalagan  bo’lsa,  bilimlar  xajmi  kengaya  boshlagach,  maxsus 
tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlagan. Ma’lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta’lim-
tarbiya  qoidalari  majmuasi  kontseptsiyalar  alohida    kishilar  (ya’ni  kohinlar  yoki 
oqsoqollar) 
tomonidan 
takomillash-tirilgan. 
Shuning 
uchun 
ta’lim-tarbiya 
kontseptsiyalari  ko’p hollar-da ma’lum bir shaxs (muallif)ning nomi bilan bog’lanmaydi.  
Antik  pedagogikda  tabiatga,  atrof-muhatga  o’zaro  insoniy  munosabatlar  majmuasi 
bo’lgan  donishmandlik  pedagogikasi  shakllangan.  Donishmandlik  pedagogikasida 
yoshlarda  donishmandlik,  mehnatsevarlik,  ma’naviy  –  axloqiy  sifatlar  bilan  uyg’un 
rivojlanishi  g’oyasi  ilgari  surilgan.  Bu  pedagogik  g’oyalarning  shakllanishi  va 
rivojlanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto” (er.av.VII asr) da 
va  qadimgi    Xitoyning  Daos  maktabi  (er.  Av.  Sh  asr)  namoyandalir  pedagogik 
tajribalarida  aks  etgan  edi.  Eramizdan  avvalgi  II  asrlarga  kelib  qadimgi  Sharq    va 
Hindiston  pedagogikasida  insonning  ma’naviy  –  axloqiy    sifatlari    va  amaliy  kasbiy 
faolligi bilan bog’liq sog’lom e’tiqod, mehnatsevarlik, sofdillik, saxiylik, insoniylik kabi 
shaxsning barkamollik g’oyalari ilgari surildi. 
Islom  ta’limoti,  Qur’oni  Karim  va  Hadislarda,  shuningdek,  tasavvuf  ilmida  ilgari 
surilgan  zoxiriy  va  botiniy  ilmlarning  mazmun  –  mohiyatini,  insonning  ma’naviy 
barkamollik  sifatlarini  to’g’ri  anglash  ta’lim-tarbiyaning  metodologik    asoslarini  to’g’ri 
tanlashga yordam beradi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  antik  falsafa  (pedagogi-ka)da  ham  Demokrit, 
Platon,  Aristotel  (Arastu)asarlarida  ham  zohriy  va  botiniy  ilmlar  uyg’unlikda 
insonparvarlik g’oyalari ilgari surilgan edi. 
Al-Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Umar  Xayyom, 
Ahmad al-farg’oniy  asarlarida ilmiy bilish va fan uzviyligi, shuningdek, ta’limda amaliy 
faoliyat  ustuvorligi  g’oyalari  ilgari  surildi.  XIII  –  XIV  asarlarda    Shayx  Najmiddin 
Kubroning  Kubroviya  ta’limotiga  asos  bo’lgan  o’nta  bosqichlar  (tavba,  zuhd,  tavakkul, 
qanoat,  uzlat,  tavajju,  sabr,  murokaba,  zikr,  rizo)ni,  ustozlar  tanlagan  yo’lning 
shogirdlarva  kamolotidagi  dunyoviy  ilmlarni  bir-biriga    uyg’un  bog’lashga  bo’lgan 
                                                
3
 Очилов М. Муаллим қалб меъмори. – Т.: “Ўқитувчи” 2001, 364-бет. 



 
urinish  Hazrati  Abduholiq  G’ijduvoniy  zikri  Xufiya,  ya’ni  Alloh  taol  tomonidan  ato 
qilingan  ilm  (“ilmi  laduniy”)
4
ni  egallash  qoidasi  va  tartibini  amaliy  tushuntirib  bersa, 
uning  sadoqatli  shogirdi  Bahouddin  Naqshbandiy  tariqatlarida  mehnatsevarlik,  o’z  qo’l 
kuchi  bilan  halol  luqma  tpomoq  ko’ngil  esa  Alloh  Taolo  yodi  bilan  bo’lmoqqa 
asoslangan: “Dil ba yoru dast ba kar!”, ya’ni “Ko’ngil yor (Alloh) yodi bilan, qo’l esa ish 
bilan band bo’lsin”, degan g’oya butun musulmon olamiga mashhurdir. 
Mirzo  Ulug’bek  ta’lim  nazariyasida  tadqiqot,  kuzatish,  umumlashtirish  g’oyasini 
ishlab  chiqdi,  bu  g’oyani  amalda  tadbiq  qilib  maktab  va  madrasalar,  rasadxona    va 
kutubxonalar ochdi va dasrliklar yozdi. 
Umuman  olganda,  XV-XVI  asrlarda    Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Abdurazzoq 
Samarqandiy,  Abdurahmon  Jomiy,  Jaloliddin  Davoniy,  Husayn  Voiz  Koshifiy,  
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar ma’rifiy  va insonparvarlik g’oyalarini 
ilgari surishdi. 
XVII-XVIII    asrlarda  Abulg’oziy,  Nodira,  Munis  Xorazmiy,  Ogahiy,  Uvaysiy, 
Berdaq,  So’fi  Olloyor  asarlarida  inson  aqlini  yuksakka  ko’tardi  va  uning  qobiliyatiga 
ishongan holda ma’rifiy – pedagogik  g’oyalar o’z aksini topgan. 
XIX-XX  asrlarda  Dilshod  otin,  Anvar  otin,  Ahmad  Donish,  Furqat,  Avaz  O’tar 
o’g’li,  Mahmudho’ja  Behbudiy,  Hamza,  Abdulla  Avloniy    va  boshqalar  “usuli  jadid” 
ya’ni “yangi usul” maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy  
va mehnat  tarbiyasini uyg’unlikda amalga oshirish g’oyasini ilgari surishdi. 
Shunday  qilib,  o’zbek  pedagogikasi  tarixi  turli  davrlardagi  g’oyalar,  ma’rifiy  – 
pedagogik  qarashlar,  ta’lim-tarbiya  jarayonlari  asosida  rivojlanish  bosqichlarini  bosib 
o’tdi.  
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida pedagogika tarixi fani zamonaviy 
kontseptsiyasini  yaratish  va  yanada  takomillashtirish  borasida  muayyan  ishlar  amalga 
oshirildi.  Jumladan,  “Mustaqillik  ma’naviyati  va  tarbiya  asoslari”  (Safo  Ochil); 
“Pedagogika”  (R.Mavlonova,  O.To’raeva,  K.Xoliqberdiev);  “Pedagogika  tarixi” 
(K.Hoshimov, 
S.Nishonova, 
M.Inomova, 
R.Hasanov); 
“Pedagogika 
tarixi” 
(O.Hasanboeva,  J.Xasanboev,  H.Hamidov);  “O’zbek  pedagogika  tarixi”  (p.f.d.  prof. 
Asqar  Zunnunovning  umumiy  tahrir  ostida),  “O’zbek  pedagogikasi  antologiyasi 
(K.Xoshimov  va  boshqalar)  kabi  darslik,  o’quv  qo’llanmalari,  shuningdek, 
N.Saidahmedov, Sh.Qurbonov va R.Ahliddinovning ilmiy pedagogik monografiyalari va 
maqolalarida  pedagogik  texnologiya  tarkibiy  qismlari,  shaxs  va  milliy  modelning 
uzviyligi,  DTSning  ijtimoiy  mohiyati  bilan  bog’liq  masalalarning  yoritib  berilishi 
pedagogika tarixi fanida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, 
o’zbek  xalqining  tarixiy  –  pedagogik  merosni  ommalashtirishga,  yoshlarda  milliy 
g’ururni  va  milliy  ma’naviyatni  o’stirishga,  shuningdek,  talabalarni  jahon  pedagogika 
fani rivojlanish tarixi,  qardosh hamdo’stlik davlatlari  mutafakkirlarining  ta’lim-tarbiya 
haqidagi  qarashlari bilan  tanishtirishga xizmat qilmoqda. 
Shubhasiz,  bu  o’quv  qo’llanmalari  pedagogika  tarixi  fanini  o’rganishda  talabalar 
uchun  foydali  bo’lib,  O’rta  Osiyo  va  Sharq  xalqlarining  tarixiy-pedagogik  merosini 
hamda  Rossiya  va  Evropa  mamlakatlarida    ta’lim-tarbiya  va  pedagogik  fikrlar 
taraqqiyotini  bilib  olishga  imkon  yaratadi.  Lekin  bu  o’quv  qo’llanmalari  ham  mazmuni  
va qurilishi jihatidan an’anaviy usulda yozilgan. 
                                                
4
Изоҳ: Ладуний  илм –Аллоҳ таоло томонидан ато қилинган илм учга бўлинади: ваҳий, илҳом, фаросат 
(интузия). Ваҳий пайғамбарларга, илҳом авлиёларга, фаросат орқали билиш эса сўфийларга Аллоҳнинг изни 
(рухсати) билан берилади. 


10 
 
Ma’lumki,  mustaqillik  zaminida  vujudga  kelgan  ma’naviy  –ma’rifiy    va  ta’lim 
sohasidagi yangilanish markazida  milliy g’oya, miliy mafkura, kadrlar tayyorlash milliy 
modeli va milliy tarbiya asosiy o’rinni egallaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  I.A.Karimov  o’zining  “Jamiyatimiz  mafkurasi    xalqni-
xalq,  millatni  –millat  qilishga  xizmat  etsin”  fundamental  asarida  g’oya,  mafkura,  milliy 
g’oya, milliy mafkura, ma’naviyati atamalarining  etimologiyalarini ochib berdi. U miliy 
g’oya  milliy  mafkura  har  kungi  hayot  sharoitlaridan  kelib  chiqishi  bilan  birga  har  bir 
fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan kelib chiqishini ko’rsatdi.  
Ma’lumki,  g’oya  –  insonlarga  kuchli  ruhiy  ta’sir  ko’rsatuvchi,  ularni  harakatga 
keltiruvchi fikrdir. Fikr esa inson miyasini mahsuli. 
Mafkura  (arabcha  “mafkura”  –  nuqtai  –  nazarlar  va  e’tiqodlar  tizimi  va  e’tiqodlar 
tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, 
ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmuidir. 
Milliy  mafkura  –  xalqimizning  ma’naviy  –  ilmiy  mentaliteti,  g’oyalari  asosida 
amalga  oshirilayotgan  ishlar,  jarayonlardagi  tutayotgan  yo’li,  davlatga,  jamiyatga, 
olamga, o’z-o’ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir. 
Insoning    ma’naviy  barkamolligi  amaliy  –  kasbiy  faolligi  bilan  uyg’unlashganda 
shaxsning  barkamollik  sifatlari  tabiiy  shakllanadi,  rivojlanadi.  Aynan  ana  shu 
tushunchalarni  to’g’ri  anglash  pedagogika  tarixining  metodologik  asoslarini  to’g’ri 
tanlashga yordam beradi. Pedagogika tarixining  metodologik  va pedagogik merosimizga 
hurmat bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 
Yoshlarimizda  bolalikdan  boshlab  sog’lom  e’tiqod  va  yuksak  dunyoqarashini 
shakllantira  olsak,  ular  ma’naviyati  boy,  mustaqil  fikrli  va  va  olijanob  shaxslar  bo’lib 
ulg’ayadi.  Mafkuraviy  dunyoqarash  va  milliy  g’oyalar  shunday  e’tiqod  asosida 
shakllanadi. 
Milliy  istiqlol  g’oyasini  yoshlar  ongi  va  qalbiga  singdirish  milliy  urf-odat  va 
an’analarimizning,  oila  va  mahallalarning,  ayniqsa,  ta’lim-tarbiya    beruvchi 
muassasalarning  o’rni  juda  salmoqli  bo’lib,  bu  ham  pedagogika  tarixi  fani  oldiga 
ulug’vor  vazifalarni  qo’yadi.  Qanday  usullar,  vositalar    va  yo’llar  bilan  ta’lim-tarbiya 
jarayonini boshqarish  lozimligini pedagogik bilimlar belgilab beradi. 
U  yoki  bu  pedagogik  kontseptsiyalar  ta’limotlarni  tavsiflaganda  pedagogik  fikr 
rivojlanishini  kishilik  jamiyatining  taraqqiyoti  tarixi  bilan  uzviy  aloqada  bayon  etish 
lozim. Xuddi shu bois ham, pedagogik  fikrlar va g’oyalar  rivojining tarixi hamda ta’lim-
tarbiyani  hozirgi  zamon  ta’lim-tarbiya  kontseptsiyasi  asosida    ta’lim  sohasida    amalga 
oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad    ta’lim-tarbiya  jarayonida  barkamol 
insonni  shakllantirishning  natijasi,  mahsulasi  orqali  mustaqil  fikrlovchi,  ijodiy 
izlanuvchan, kuchli irodali, ishchan, g’oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli 
shaxsni kamol toptirishdan iboratdir. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish