Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi


Analizatorlarda kodlashning xususiyatlari



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana10.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#143760
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
bolalarda sezgi azolari anatomiyasi va fiziologiyasi (1)

Analizatorlarda kodlashning xususiyatlari. Kodlash retseptorlardan 

boshlanadi, ya‘ni berilayotgan ma‘lum bir turdagi ta‘sirni, shut a;sirni qabul 

qilishga  moslashgan  retseptorlar  qabul  qiladilar,  qabul  qilingan  fizik  yoki 

kimyoviy  ta‘sirlar  organizm  qabul  qilishi  mumkin  bo‘lgan  nerv  (  asab) 

impulskariga  aylantiriladi.  Qabul  qilingan  ta‘sir,  impulslar  shunday 

o‘zgarishlarga  uchraydi  va  analizatorlar  sistemasining  keyingi    bosqichiga 

o‘tkaziladi, u yerga keying o‘zgarishlarga uchraydi va kodning o‘zgarishiga 

olib  keladi.  Ammo,  analizatorlarning  hech  qaysi  darajasida    (  bosqichida) 

impulsning dastlabki holati, shakli qayta tiklanmaydi, ya‘ni dekodlanish   

(qayta  kodlanish)  yuz  bermaydi.  Shu  bilan  fiziologiyada  kodlash    boshqa, 

masalan,  texnik  aloqalar  sistemasidagi  kodlashdan  farq  qiladi,  qaysiki 

ulardaqabul  qilib  kodlangan  impulslar  yana  dastlabki  holatini  namoyon 

qilishi mumkin, ya‘ni ―dekodlanish‖hodisasi yuz beradi.  

 

Asab  kodlashining  yana  bir  xususiyatlaridan  biri  –  kodlarning 

ko‘pliligi  va  yashirinliligidir.  Bu  degani  berilayotgan,  qabul  qilinayotgan 

birtta ta‘sir  

(signal)  uchun  analizatorlarda  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  nerv  (asab) 

kodlari  shakllanadi  (hosil  bo‘ladi).    Masalan:  berilayotgan  ta‘sir 

intensivligiga  nisbatan,  alohida  neyron  kanallarida  impulslar  chastotasi 

kodlansa  ,  neyron  qavatlarida  qo‘zg‘algan  elementlar  va  ularning 

lokalizatsiyasi  (adresi)  kodlanadi.    Analizatorlarning  turli  daragalarida  bu 

kodlar  o‘zgarishi  mumkin,  ammo  ularning  parallelligi  saqlanib 

qoladi.analizatorlarning  yana  ikkixususiyatini  alohida  ta‘kidlash  kerakk-ki, 

ulardan  birinchisi  –  kodlash  va  qayta  kodlash  jarayonlari  juda  tez  sodir 

bo‘lishi  kerak,  bu  organizmning  tashqi  ichki  omillardan  kelayotgan 

impulslar, 

ta‘sirlarga 

nisbatan 

javob 

qaytarish 



reaktsiyasining 

kechikmasligini ta‘minlaydi. Ikkinchidan,  neyrofiziologlat tomonidan nerv 

kodlarini  o‘rganish  borasida  olib  borilgan  kuzatishlar  shundan  dalolat 

beradiki,  hosil  bo‘layotgan  kodlar  miyaning  shaxsiy,  o‘zida  hosil 

bo‘layotgan  kodlari  emas,  balki  analizatorlar  tomonidan  qabul  qilinib 



organizm uni o‘zlashtira oladigan darajaga keltirishi, kodlashi bilan bog‘liq. 

Shuni aytib o‘tish kerakki, hozirga qadar impulslarni aynan qaysi neyronlar 

qbul qilib kodlaydi, qaysilari qayta kodlashi hali ham to‘liq o‘rganilmagan.  

VI. 

Signallarni  detektorlash-alohida  ta‘sirlar  va  ularning    aniq  biologic 

ahamiyatini  tanlab  oluvchi  analizning  maxsus  turi  (ko‘rinishi).  Bunday 

analizni maxsus neyronlar- datektorlar yuzaga keltiradi, ular alohida stimuli 

parametrlarni  qabul  qilishga  moslashgan.  Masalan;  po‘stloq  ko‘rish 

detektorlari.  Ular  oq  yoki  to‘q  rangli  hoshiyalarning  biri    ta‘sirida 

qo‘zg‘aladi,  bu  hoshiyalar  ko‘rish  maydonining  ma‘lum  qismida,  ma‘lum 

holatida  va  qiyaligida  joylashgan.  Shu  hoshiyalarni  boshqacha  holatda 

joylashtirganda  esa  boshqa  detektorlar  javob  qaytaradilar.  Bir  belgini  turli 

tomonlardan  farqlay  oladigan  neyronlar  yig‘indisi  shu  belgining  detektsiya 

sistemasini belgilaydi.  

VII.  Obrazlarni 

farqlash- 

analizatorlarning 

oxirgi 


va 

juda 


murakkab 

operatsiyasidir.Ular  organizmlarning  avval  duch  kelgan    obrazlarini  u  yoki 

bu  klassifikatsiyaga  ajratadi.  Bu  affaerent  signalni  barcha  oldingi 

ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  bilan  amalga  oshadi,  bu  o‘z  navbatida 

dataektorlar  neyronlari  tomonidan  qabul  qilingan  ma‘lumotlarning  alohida 

va  ularning  parallel  analiz  qilinishiu  bilan  bog‘liq.  Obrazni  farqlash,  ya‘ni 

tanib olish miyada ― ta‘sirlovchi modelining‖ shakllanishi va uning boshqa 

bir  qancha  modellardan  ajralib  turishi  bilan  shakllanadi.  Tanib  olish 

organizmning  qanday  ob‘ekt  yoki  holatda  (situatsiya)  daligi  bilan  amalga 

oshiriladi.  Buning  uchun  mazsus  neyronlar  (neyronlar  ansambllari-  oliy 

detektorlar)  mavjud  bo‘lib,  ularni8ng  qo‘zg‘alishidan  (ta‘sirlanishida) 

miyada  u  yoki  bu  obraz  shakllanadi.aynan  sezgilarimiz  tomonidan 

detektorlar yordamida farqlanishi, tanib olinishi biz kimni lo‘rayotganimizni 

yoki  tovushidan  kim  ekanligini  ,  hidning  aynan  nimaniki  ekanligini,  va 

boshqa bir qator belgilardan retseptorlar yordamida farqlay olamiz. 

       Tanib  olish,  ya‘ni  signalni,  ob‘ektni  tanib  olish  signalning 

o‘zgaruvchanligidan qat‘iy nazar amalga oshadi.  



Masalan:  ba‘zi  predmetlarni  ularning  yoritilishi,  holati,  bo;yalishi  qanaqa 

bo‘lishidan qat‘iy nazar ularni farqlaymiz. Qorong‘uda stol ustidagi piyolaga 

qo‘limiz  tegsa  uning  rangi,  yoritilishidan  qat‘iy  nazar  payola  ekanligini 

bilamiz. Detektorlar neyronlar yordamida sezib, oliy asab sistemasi po‘stloq 

osti zonasida uning obrazi shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bizga avvaldan 

tanish  bo‘lgan  ularning  turli  tebranishlar,  turli  to‘lqin  uzunliklarida 

berilishidan qat‘iy nazar kimga tegishli ekanligini farqlay olamiz. Yoki bir 

musiqa tovushini ikkinchisidan xuddi shunday farqlanadi.  

Masalan: Komilova.B.O.  va Safarova. Z.T. 

                Rashidov. N.E. va Rahmonov.R.R. 

                Hasanova.N.M. va Gafarova.S.M. larning ovozlarini  yoki 

                O‘bekiston Respublikasi madhiyasining musiqasi va   tanovor. 

Yiqoridagi  misollarni  juda  ko‘p  keltirishimiz  mumkin.  Bundan  shunday 

xulosa  kelib  chiqadi-ki,  qabul  qilinayotgan  tovush  yoki  ko‘rilayotgan, 

sezilayotgan  ob‘ekt  haqida  nerv  sistemasida  ma‘limot  bor,  ya‘ni  sensor 

obraz mavjud.    

    


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish