Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi



Download 187 Kb.
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi187 Kb.
#262278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qadimgi janubiy-sharqiy osiyo sivilizasiyasi

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: “Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyasi” deb nomlangan mavzu kirish, ikki bob, to'rt band, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib 50 betni tashkil etadi.
I Bob. Qadimgi Malayya arxipelagi xalqlari

I.1.Qadimgi Malayya arxipelagida yashovchi xalqlarning geografik joylashuvi

Arxeologik ma'lumotlar Malayya arxipelagidagi, hozirgi Indo­neziya hududiga Janubi-Sharqiy Osiyoliklarning migratsiyasi yuqori paleolit davridan boshlanganligi taxmin qilinadi. Miloddan avvalgi VIII ming yillikdayoq ushbu mintaqada dehqonchilik paydo bo'lgan. Bu hududlarda yashovchi aholi, avstroosiyo (Mon-Kxmer)lar va Avstroneziya xalqlariga (malayaliklar, yavaliklar) bo'linadi. Xo'jalik taraqqiyoti natijasida miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida Chekong (Qizil daryo) havzasida Shimoliy-Sharqiy Hindixitoy yarim oroli shimolida Dongshon sivilizatsiyasi shakllandi3. Bu madaniyatni Lakvet (Avstroosiyo tilida so'zlashgan)lar yaratganlar. Dongshon madaniyati xalqlari turli-tuman manzaralarni idishlar, qurol-yarog'larga tushirganlar. Bular asosan jangchilar, diniy marosimlar, qushlar tasviri bo'lib, ayniqsa, Oqqush tasviri, harbiy jangchilarga ishora bo'lgan, kemalar va urush tavsirlarida oddiy askarlar va zobitlarning aniq aks etganini ko'rish mumkin.

Dongshon madaniyati yaratuvchilari bo'lmish Lakvetlarda asir tushganlarni qurbonlik qilish odati bo'lgan. Dongshon sivilizatsiyasida sehr-jodu (magiya) katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'sha davrda topilgan barabanlarda yomg'ir chaqiruvchi ilohiy qurbaqa tasvirlari, insonlarning u dunyodagi hayotlari (xudolarsiz) ruhoniylarning rolisiz tasvirlar bundan guvohlik beradi.

Dongshon sivilizatsiyasi aholisi dehqonchilik - birinchi navbatda sholichilik bilan shug'ullanganlar. Mil.av. X-V asrlarda Irovadi, Menam, Mekong daryolari, Tanlesan ko'li kabi umumdor hududlarda ilk sun'iy sug'orish inshootlari shakllangan4. Shuningdek, ovchilik ham xo'jalik hayotda ustun mavqeni egallagan. Aholi urug'chilik tuzumi yemirilib, sinfiy jamiyat, mulkiy tabaqalanish bosqichida turgan. Bambuk shoxlaridan qurilgan chayla uylarda butun boshli urug' istiqomat qilgan. Ayrim aristokratlarning ham ajralib chiqa boshlaganini ko'rsatadi. Patriarxal urug'chilikda urug' boshliqlari (lak-tiang) roli oshib borgan.

Mil.av. VI-IV asrlar Dongshon sivilizatsiyasining eng rivojlangan davri deb hisoblangan. Bu davrda bronzadan tayyorlangan barabanlar gardishiga turli tuman tasvirlar tushirilgan bo'lib, urushlarda asirga olinganlarni qulga aylantirilishi ijtimoiy tengsizlikni ko'rsatadi. Ayniqsa askarlar tasviridayoq ularning ijtimoiy jihatdan turli tabaqalarga mansubligini ko'rish mumkin. Dongshonliklar diniy e'tiqodida ajdodlar ruhiga e'tiqod qilish kuchli bo'lib, bu janubiy Xitoy, Hindixitoy va indoneziyaliklarning diniy tasavvurlariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Buddizmning kirib kelishi bilan Dongshon madaniyati inqirozga uchray boshladi. Dongshon sivilizatsiyasi Hindixitoy yarim oroli va Indoneziya orollari hududiga tarqalib, bu hududlarda dastlabki sivilizatsiyalar va davlatlarning vujudga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi5.

Miloddan avvalgi 400-300 yillardan bu yerda Hindixitoy va Xitoydan keltirilgan bronza madaniyati unsurlari uy-xo'jalik asbob-uskunalari va ish qurollari istifoda etilgan. Miloddan avvalgi birinchi mingyillikning oxirlariga kelib esa, orollar aholisi hayotida jamiyat va madaniyat asoslari paydo bo'­lib, hatto dehqonchilikda sholi ekib yetishtirish ham yo'lga qo'yilgan.

Misol uchun, orollar hududida topilgan Xan imperiyasi davri sopol idishlari qoldiqlari Indoneziyaning qo'shni mamlakatlar bilan yaxshi tashkil qilingan savdo-tijorat ishlari tarixiga guvohlik beradi. Bundan tashqari, indoneziyaliklar o'z davrining juda tajribali dengizchilari edi. Ular o'z yasagan kemalarida o'sha vaqt dengizchiligi inkoniyatlariga nisbatan uzoqroq yerlarga suzib borganliklari ma'lum, hattoki, Madagaskar orollarigacha.

Yaqin-yaqinlargacha Indoneziyaning taraqqiyot tari­xiga faqat uning bevosita Hindiston bilan bo'lgan aloqalari ta'siri sifatida qaralardi. Vaholanki, arxipelagdagi barcha sohalar bo'yicha rivojlanishning bevosita mahalliy omillarga taalluqli ekanligi ilgaridan hind dostonlarida zikr etilgan edi. Masalan, "Yavadvipning yetti davlatlar bilan bezalganligi va ular­ning ta'rifga yarasha harbiy kuch-qudrati, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti xususida nazarda tutilgan orollar, albatta, Yava yoki Sumatra bo'lgan bo'lishi kerak6.

Agar shu nuqtai nazardan bevosita indonez san'ati tarixiga yondashsak, ma'lum bo'lishicha, o'z davrida Yava orolidagi saroylarda mahalliy mumtoz musiqa va raqslar ijro etilgan. Raqslar nihoyatda ohista bir maromda bajarilib, ulardagi har bir barmoq hatti-harakati muayyan ma'noni anglatgan. Sahnalashtirilgan ra­qslar majmui odatda biror tarixiy voqea, ishq-muhabbat yoki jangu jadallarni aks ettirgan. Yerlik san'at turlari ichida qo'g'irchoq teatri alohida o'rin tutgan. Qo'g'irchoqlar nihoyatda yuksak did bilan maxsus yog'och va charm parchalaridan tayyorlangan7.

Indonez xalqlari madaniyatining rivojlanishi jarayonida qo'shni mamlakatlarning madaniy, ma'naviy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari ham chetda qolmagan, ayniqsa, hind diniy-falsafiy qadriyatlari yoki hind eposlarining indonez tillarida o'zlashuvi, yoxud dastlabki indonez rojalarining hind uslubida kiyinishi hamda qisman ibodatxonalarning qurilishi shular jumlasidan edi. Me'morchilik obidalari ichida Borobudurdagi 772 yilda qurilgan Budda ibodatxonasi yoki balandligi 48 metr bo'lgan Shiva ibodat maskanlari o'zining betakror mahobati bilan alohida ta'rifga sazovor. Muhimi, mazkur muazzam ob'ektlar qurilishida me'morlar hali sement nimaligini bilmagan va ular toshlarning o'zidan qulf-kalit yasash uslubida devor ko'targanlar.

Arxipelagda dastlabki davlatlarning paydo bo'li­shi bilan nohiyalarda yerga ishlov berish, hosildorlik, chorvachilik va savdo masalalari ijobiy tarzda hal qilingan. Orollarda o'stirilgan muskat yong'og'i, shakarqamish, banan va tabobatga doir o'simliklar hamda turli dorivorlar tashqi dunyo bilan savdo-tijorat ishlarida juda xaridorgir mollar sanalgan.

Indoneziyaning ilk o'rta asrdagi yirik davlatlaridan biri Yava oroli markazida qad ko'targan. Sanjaya ismli taxt sohibi o'z faoliyatida erishgan siyosiy va madaniy sohadagi muvaffaqiyatlari sharafiga "Shri Maharaja-Ulug' roja"8 unvoniga muyassar bo'lib, davlati esa "Mataram I" deb atalgan9.

Davlat ta'sir doirasini kengaytirish maqsadida ulug' roja Kambodja, Xitoy va Hindistongacha harbiy yurishlar qilgan. Uning nabirasi Shaylendra o'z hukmronligining dastlabki yillaridan bobosi siyosatini davom ettirib, o'sha davrning Sumatradagi yirik Shrivijaya davlati bilan sulh tuzishga muvaffaq bo'lgan.

VII asrning ikkinchi yarmidan faoliyat ko'rsatgan sharqiy Sumatradagi Shrivijaya davlatining asosiy daromadi savdo yo'llarini nazorat qilish hamda kemalardan olinadigan boj-xirojga asoslangan edi. Arxipelagdagi gegemonlik uchun Mataram bilan bo'lgan janglarda avval mag'lub bo'lib, so'ng g'alaba qozongan Shrivijaya, keyinchalik Hindistondan bostirib kelgan Chola davla­ti hujumiga dosh berolmay, o'z yerlarining bir qismini boy bergan.

Shunga qaramay, Shrivijaya Indoneziyaning eng yirik va qudratli davlati sifatida arxipelagning katta bir hududini siyosiy va madaniy jihatdan birlashtirib, o'z savdo yo'llarini Bengaliya, Fillippin, Seylon, O'rta yer dengizidan to O'rta Osiyogacha yetib borishiga erishgan va taxt sohibi o'z davrida nafaqat dengiz yo'llaridagi savdo-sotiq ishlarida tan olingan hukmdor, balki uning davlati shu vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyo va hattoki dunyo miqyosidagi buddizm markazi sifatida ma'lum va mashhur edi10.

Hattoki, Hindistondan kelgan cholaliklar ko'p o'tmay ortga qaytgan bo'lsalar-da, ammo Shrivijaya davlati ular­ning hujumlaridan keyin uzoq vaqtlargacha o'zini o'nglay olmadi. Buning ustiga, XII asr oxirida uning eng yirik vassallari Jambi va Malayu mustaqil bo'lib ajralib chiqdi. Shundan boshlab savdo markazi ham Jambiga o'tdi. Nihoyat, Shrivijaya imperiyasi Kertanagar va Sukoti davlatlari bilan bo'lgan janglarda o'zining Sumatra va Malak yarim orollaridagi so'nggi vassallaridan ayrilib, oqibatda 600 yillik hukmronlikdan so'ng inqirozga uchradi.

Indonez madaniyatining Hindistonga taalluqli jihatlari qayd etildi. Bu holat bejiz bo'lmay, uning rishtalari muayyan darajada hind e'tiqodlariga aloqador edi. Demak, Indoneziyadagi islom dini tarixiga o'tishdan oldin shuni qayd etish lozimki, indonezlarning ma'lum qismi tub animistik e'tiqoddan tashqari, buddizm hamda hinduizmni ham din sifatida qabul qilganlar. Bu diniy e'tiqodlar, turli orollar aholisi o'rtasida hali ham o'z kuchida.

Tarixiy malumotlarga qaraganda, Ma­layziya yarim oroli aholisi ajdodlari aslida bu yerga miloddan avvalgi ikkinchi va birinchi mingyilliklarda Xitoyning janubidan kelib, so'ng qolib ketganlar.

Milodning dastlabki asrlaridan Malakka bo'g'ozining har ikki tomoni o'zaro savdo munosabatlarida Hindiston va Xitoy kemalari uchun juda qulay savdo bandargohi edi. Bu vosita yerliklar uchun faqat daromad keltiruvchi omil bo'lib qolmay, mahalliy savdo-tijorat rastalari va qarorgohlarining tashkil topishiga ham qulay imkoniyat yaratgan.

Malakka bo'g'ozidagi maz­kur holat shuningdek, Indoneziyaning eng yirik davlati Shrivijaya nazaridan ham chetda emasdi, lekin u XIV asrga kelib Majapaxit imperiyasiga tobe bo'lgach, indonezlar uchun bo'g'oz o'z mohiyatini yo'qotgan. Oradan ko'p vaqt o'tmay, Shrivijaya kabi Majapaxit ham rojaliklarga bo'linib ketish oqibatida inqirozga uchragan.

Qadimdan Indoneziya va Malayziya xalqlari o'rtasi­da madaniy-ma'rifiy rishtalar bo'lganligi shubhasiz. Buning isbotini shundan ham bilsa bo'ladiki, "VII asrda Shrivijaya davlati sarhadiga kirgan Sumatraning janubi-sharqiy qismida topilgan toshdagi o'yma bitiklarni olimlar malay tilining dastlabki namunalari deb hisoblaydilar"11.

XV asrning boshlanishi malayya xalqi taqdirida muhim siyosiy va ma'naviy o'zgarishlar davri sifatida o'rin oldi. Bu voqelikning ibtidosi Indoneziyadagi shaylendrlar sulolasining rojasi Parameshvaraning Malakka yarim orolida qo'nim topishi bilan bog'liq edi. U o'z hukmronlik mavqeini mustahkamlash yo'lida asosiy kuchini o'sha paytlarda Hind okeanida savdo-sotiq ishlarini o'z qo'liga olgan musulmonlar bilan yaxshi aloqa o'rnatishga qaratdi. Hukmdor asosan, hind va arab savdogarlari hamkorligiga suyangan holda ish tutdi12. So'ng o'z muvaffaqiyati garovi bo'lgan islom dinini qabul qilib, Iskandarshoh nomi bilan tanilgach, u Xitoy tomonidan ham rasman tan olindi.

Yerlik animistik e'tiqod hamda hind dinlari ta'sirida bo'lgan aholi va nufuzli yer-mulk egalari o'rta­sida yangi din va dunyoqarashning joriy etilishi muayyan ichki va tashqi qarshiliklar sababli avvaliga ju­da og'ir kechdi. Lekin muammoni hal qilishda jonbozlik ko'rsatgan Qosim ismli rojaning Muzaffarshoh nomi bilan Malakkaning birinchi sultoni sifatida taxtga chiqishi muayyan darajada masalaga oydinlik kiritdi. Yarim oroldagi barqarorlik va yangi ijtimoiy - siyosiy hayotning nisbatan tez yo'lga tushishida Malakkadagi savdo uchun mavjud qulayliklar hamda mazkur sohada musulmon savdogarlarining qo'li balandligi va ularning sultonlikni har jihatdan qo'llab - quvvatlashi so'zsiz yetakchi rol o'ynadi. Qolaversa, qimmatbaho metallar, mahalliy va xorijiy dorivorlar hamda Xitoyning an'anaviy chinni, shoyi matolarining tashqi bozorlarga chiqarilishi va undan Yevropa mamlakatlariga yetkazilishidan chiqqan tushum, Malakkaning iqtisodi, dengizchiligi va davlat mahkamalari ishlarini bevosita sulton va uning oila a'zolari olib borishini kafolatladi. Islom dinining sultonlik va unga tobe viloyatlar taraqqiyotida asosiy ma'naviy poydevor bo'lganligi uning Indoneziya, Shimoliy Kalimantan va hat­to Fillippinning janubiy orollarigacha yetib borishi va yoyilishiga sabab bo'ldi. Bu omil Malayziyaning atrofdagi qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik rishtalarini endi diniy asosda mustahkamladi.

Filippin orollarining qadimda qanday atalganligi xususida biror aniq ma'lumot yo'q. Lekin shunisi aniqki, bu yerga XVI asrning birinchi yarmida kelgan Magellan, orollarni Ispaniyaning tasarrufiga o'tganligini e'lon qil­gan. Shundan so'ng Magellan izidan kelgan Lopes de Vilyalobos ekspeditsiyasi orollarni Ispan qiroli Filipp II sharafiga «Filippinlar» deb atagan13.

Arxipelagdagi orollaridan tashkil topgan mamlakatning qadim tarixi to'g'ridagi manbalarda ayrim noaniqliklar - bir-biridan farq qiluvchi ma'lumotlar uchraydi. Ya'ni, ba'zi tarixiy talqinlarda Filippinlarning birinchi aholisi bu manzilga taxminan uch yuz ming yil muqaddam materikdan keganligi zikr etil­gan. Ular ortidan chorak asr keyin kelgan negroid va ,,aeta"larni esa, indoneziyaliklar bir necha bor orollardan chiqarib yuborishga uringanlar. Ammo ulardan ke­yin orollarga ko'chib kelgan malayziyalik jamoalar yerlik aholiga aralashib yashab ketganlar.

Shu kabi Filippinlar tarixiga doir yana boshqa ma'lumotlarda, mazkur hududda V asrdan boshlab turli millat va elatlarning mushtarak sivilizatsiya unsurlari paydo bo'lganligi ko'rsatilgan. Oradan uch yuz yil o'tgach, VIII asrda orollarda oldin xitoyliklar hamda XIV asr­dan arablar qo'nim topganlar. XV asrning ikkinchi yarmidan esa, yuqorida qayd etilgandek, "filippinos"lar yerida ispan qarorgohlari faoliyat ko'rsatgan. Bu vaqtda yerlik davlatlarni rojalar boshqarar va ular Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Shrivijay podsholigiga boj-xiroj to'lar edilar.Aslida Filippinlarda turli millatga mansub jamoalarning yashab qolganligining asosiy sabablaridan biri - bu suv yo'llari orqali aholi yashaydigan ikki mingga yaqin arxipelag orollarining sharqda Filippin dengizi, janubda Sulavesi dengizi, shimolda Tayvandan ajratib turuvchi Banshi bo'g'ozi bilan turli mamlakatlarga "chegaradosh"ligi edi.

Ikkinchisi esa, tabiiy boyliklari: tropik iqlimga xos meva-chevalar, dengiz va yer ostidan olinadigan marvarid, oltin, nikel, xrom, jez va boshqalar. Holbuki, qariyb yana uch mingga yaqin orollarda o'tmishda odamlar yashamagan va hattoki ular­ning to hozirgacha aniq nomlari ham yo'q14.

Arxipelag tarkibiy jihatdan uch guruhga bo'linadi: shimolda Luson va uning atrofidagi orollar, markazda Visayan va uning atrofidagi orollar hamda janubda Mindanao va uning atrofidagi orollar. Nisbatan yi­rik orollar vulkanlar asosida paydo bo'lganligi uchun ham, ulardan daf'atan ob-otash otilib chiqishi istisno emas.

Zikr etilgan orollarning 66 foizi mamlakat hududiga kiradi, ularning ichida eng yiriklari: Luson, Samar, Panay, Palavan, Negros, Mindora, Mindanao, Leyte15. Filippinlarda ilgaridan turli millat va elat jamoalaridan shakllangan o'zaro qardosh etnik guruhlar yashagan: bikallar, bisaylar, samballar, tagallar va boshqalar16. Shu boisdan ham mamlakat aholisi aksariyati o'zlarining avstroindonez guruhiga xos tillari orqali o'zaro muomala-munosabatda bo'lganlar. Ular hatto hozir ham davlat tili tagal va ingliz tillari bo'lishiga qaramay, hamon o'z tillarida gaplashadilar. Arxipelag aholisi qadimdan asosan baliqchilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan kun kechirgan.


Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish