«buxoro tarixi» kafedrasi


II BOB. CHOR ROSSIYASI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDA TUZILGAN SHARTNOMALAR



Download 215,15 Kb.
bet11/16
Sana04.07.2022
Hajmi215,15 Kb.
#738774
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi KURS ISHI

II BOB. CHOR ROSSIYASI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDA TUZILGAN SHARTNOMALAR.
II.1.Chor Rossiyasi va Buxoro amirligi o’rtasida tuzilgan shartnomalar.
Chor Rossiya bilan Buxoro amirligi o'rtasida 1868-yildagi «Sulh»1873-yil 28-sentabrdagi «Do'stlik» shartnomalariga ko'ra amirlikning davlat tuzumi o'zgarishsiz qoldi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad  siyosat sohasida mustaqillik berish emas, balki katta mablag' yoki mehnat sarflamasdan unga tegishli ta'sir ko'rsatuvchi vositalar orqali mamlakatni boshqarish edi. Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi oʻrtasida 1868, 1873, 1885, 1894, 1900-yillarda tuzilgan shartnomalar. Bu shartnomalar podsho Rossiyasiga Buxoro amirligi xududidan har tomonlama foydalanish imkoniyatini bergan. 1868-yil 23 iyun sulh shartnomasi. Buxoro bilan Rossiya qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga binoan, Xoʻjand, Oʻratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon sh.laridan to Zirabuloqqacha boʻlgan Buxoro amirligining yerlari Rossiyaga kiritildi va Turkiston generalgubernatorligi tarkibida Zarafshon okrugi (keyinchalik Samarqand viloyati) tashkll qilindi. Buxoro amiri Muzaffar oltin hisobida 500 ming rubl harbiy tovon toʻlagan va rus savdogarlariga amirliqda erkin savdosotiq qilish uchun qulay shartsharoit yaratib berish majburiyatini olgan12. Rus mollaridan ular qiymatining atigi 2,5% miqsorida boj oladigan boʻlgan. 1873-yil 28 sentabr shartnomasida Buxoro amirligi Rossiyaning protektorati (tobesi; homiyligi ostidagi hudud) deb eʼlon qilingan. Zarafshon daryosining yuqori qismi — Sharqiy Buxoro (Badaxshon, Pomir)dagi ayrim viloyatlar qoʻldan ketgan; Amudaryoning chap sohilidagi yerlar esa (Balx, Mozori Sharif, Shibirgʻon, Qunduz va boshqalar) Afgʻonistonga berilgan. Buxoroning xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqa yuritishi taqiklangan. 1885-yil 25 iyul shartnomasida Buxoro amirligi hududidan temir yoʻl oʻtkazishga kelishilgan. Yoʻl qurilishi uchun 6 ming desyatina yer ajratilib, rus maʼmurlari ixtiyoriga topshirilgan. 1885-yil 12 noyabrda Buxoro amirligida "Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi" taʼsis qilingan 1894-yil 27 may shartnomasi iqtisodiy xususiyatga ega boʻlib, unga koʻra har yili 15 noyabrdan 10 martgacha Zarafshon daryosining suvi amirlik yerlariga toʻliq, 10 iyundan 15 avgustgacha (dehqonchilik uchun suv eng kerak paytda) esa faqat 40% oqiziladigan boʻlgan13.
1873-yilda Buxoroda podsho hukumatining Buxoroga o`z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shart bilan to`ldirilgan yangi shartnoma imzolandi. Bu vakilning roziligisiz bironta na ichki, na tashqi siyosiy masala hal etilishi mumkin emasdi. Har kuni erta bilan uning huzuriga qushbegi kelib, yo’1-yo’riq olar, zarur ko`rsatmalarni imzolar va ularni amir huzuriga keltirardi. Amir esa bu hujjatlarni rasman tasdiqlardi, xolos. Rossiyaning taniqli diplomati P.M.Lessar birinchi diplomatik vakil etib tayinlangandi. U ko`plab xalqaro muzokaralarda qatnashgan hamda Sharq tarixining katta bilimdoni edi. Uning xonasi bamisli o`rta Osiyo, Hindiston va Afg`oniston tarixi bo`yicha ingliz, fransuz, nemis va rus tillaridagi kitoblardan tarkib topgan kutubxona edi. Diplomat vakil Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori bo`lib qoldi. Bu yerda istiqomat qiluvchi barcha chet elliklar uning yurisdiksiyasi (sudlov tizimi)ga kirar edi. Kaufrnan shu vaqtdan boshlab amir hokimiyati mavjudligining kafolatiga aylandi.Vakil Buxorodan 15 km uzoqda Yangi Buxoro (Kogon) shahrida istiqomat qilar edi. Shunday qilib, chorizm Buxoroni o`zining davlatiga to`liq qo`shib olishga intilmadi. Chunki mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali boshqarish ancha qulay edi. Rossiya imperiyasi Buxoro amirini asta-sekin o`z hukmiga bo`ysundirib, o`rta Osiyodagi siyosiy o`yinlarida o`ziga bo`ysunuvchi shaxsga aylantirib bordi.Rossiya imperiyasi bu yerdagi hukmronligini abadiylashtirish maqsadida o`rta Osiyoni boshqa mamlakatlardan ajratib olishga qaror qildi. Shu maqsadda, 1869-yildan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg`oniston va o`rta Osiyodagi rus yerlari o`rtasidagi chegara o`tkazish to`g`risida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasida chegaralar Amudaryo bo`ylab Panj tumanidan o`tkazilishi kelishib olindi. Chegaraning boshqa, Turkmanistonni Erondan ajratib turuvchi qismi 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada aks ettirildi. Bu chegaralar hozirgacha saqlanib qolgan, Kopetdog` tog`lari davlatlar o`rtasidagi tabiiy chegara bo`lib hisoblanadi. 1885—1887-yildagi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash bo`yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiyaning o`rta Osiyodagi (Buxoro) yerlari bilan Afg`oniston o`rtasidagi chegara chizig`ini belgiladilar, 1895-yilda esa Buxoroning Pomirga o`tishi natijasida tortishuvga sabab bo`lgan Pomir masalasi o`z yechimini topdi. Bu chegaralar o`rta Osiyoni tashqi olamdan ajratib turuvchi tosh devorga aylandi. Zirabuloqdagi mag‘lubiyatdan so‘ng amir Muzaffar ruslarning og‘ir shartlar asosidagi sulh shartnomasini imzolashdan boshqa chora topolmadi. 1868-yilning 28-iyun kuni mazkur shartnoma imzolandi. Shartnoma Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman hamda Buxoro elchisi Musabek tomonlaridan imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand shaharlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgani belgilandi va bundan buyon bu shaharlar Rossiya shaharlari sifatida yuritila boshladi.Amir 125 ming tillo tanga (500 ming rubl) miqdorida kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi. Shuningdek, rossiyalik savdogarlar amirlik hududida erkin savdo qilish huquqini va musulmon savdogarlar bilan bir xil savdo bojlarini to‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Rossiya tovarlariga 2,5 foiz miqdorida boj belgilandi. Rossiya fuqarolarining amirlik hududida erkin harakatlanishlari kafolatlandi. Samarqand va Kattqo‘rg‘on shaharlari Rossiyaga vaqtinchalik berildi.Ammo ushbu shartnoma Aleksandr II tarafidan ratifikatsiya qilinmadi. 1873-yilda Toshkentda Kaufman, Shahrisabzda amir Muzaffariddin tomonidan imzolangan Shahrisabz shartnomasiga muvofiq Buxoro rasman Rossiya protektoratiga aylandi. Amalda esa 1868-yildan Buxoro amirligi Rossiya protektorati bo‘lib kelayotgan edi. Shuningdek, shartnomaga muvofiq Samarqand va Kattqo‘rg‘on shaharlari bundan buyon Rossiya imperiyasining “ajralmas” qismi sifatida e’tirof etildi14.


Download 215,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish