Buxoro tarixi


ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس 
Саййид Мансур Олимий. Бухоро-Туркистон 
бешиги. Анқара – 1996.


27 
harakati, bu harakatning ko‘zga ko‘ringan vakili Mullo Ibrohimbek 
tarjimasi holi, Amir Olimxonning Afg‘onistondagi iztiroblarga to‘la 
hayoti kitobdagi voqealar negizini tashkil etadi. Kitobning bir 
e’tiborga molik jihati, Amir Olim nafaqat hukmdor, balki shaxs 
sifatida ham talqin qilingan. Kitob Buxoroda o‘rnatilgan sovet 
rejimiga qarshi ruhda yozilgan va unda ba’zi munozarali masalalar 
ko‘zga tashlanadi. Muallif mang‘itlar xonadoniga mansub bo‘lganligi 
sabab, ayrim masalalalarga sub’ektiv yondashgan. Muallifda mang‘it 
hukmdorlari va ular hukmronlik davrini faqat ijobiy bo‘yoqlarda 
ko‘rsatish tendensiyasi ustuvor. 
Xorijlik tadqiqotchilar ilmiy merosi so‘nggi yigirma yilda 
Buxoro tarixining turli tomonlarini qamrab olish bilan yanada boyidi. 
Yurgen Paul
1
, Devin Devis
2
, Florian Shvars
3
, Anke fon Kyugelgen
4

Mariya Shuppe
5
, Oleg Akimushkin
6
, Aleksey Xismatulin
7
va boshqa 
xorijlik hamda rossiyalik tadqiqotchilar ilmiy yo‘nalishida Buxoro 
alohida ahamiyat kasb etib, maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Bu 
tadqiqotchilarning aksariyati Buxoroda shakllangan Naqshbandiya 
tariqatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni masalasini chuqur tahlil qilishni 
asosiy vazifa sifatida tanlab, shu yo‘nalishda qator tadqiqotlarni 
amalga oshirdilar. Aynan shunday holat birinchidan, bu mualliflar 
ishlaridan faqat tor mavzular doirasida foydalanish mumkinligini 
taqozo etsa, ikkinchidan bu asarlar orqali Buxoro tarixining barcha 
masalalari yuzasidan ma’lumot olish imkonini cheklaydi. SHunga 
1
Jürgen Paul. Doctrine and Organization the Khwajagan-Naqsbandiya in the Fist Generation 
After Baha’uddin: Das Arabische Buch, 1998 (ANOR 1).
2
Devin De Weese. Kojagani Origins and the Critique of Sufism …, Ed. by Frederick De Jong 
and Bernd Radtke. Leiden-Boston-Köln, 1999. – Р. 492-519.
3
Florian Schwarz. Unser Weg schließt tausend wege ein. Derwische und Gesellschaft im
islamischen… Berlin, 2000.
4
Anke von Kugelgen. Die Legitimierund der mittelasiatishcen Mangitendynastie. – 
Stambul, 2002.
 
Шу муаллиф, Легимитация среднеазиатских династии мангитов в произведениях их 
историков (XVIII-XIX вв). – Алматы: Институт Востока Германского Восточного 
общества, 2004.
5
Bakhtiyar Babajanov et Mariya Szuppe. Les inscription persanes de Char Bakr, necropole 
familiale des Khwaja Juybary pres de Boukhara // Corpus Inscriptionum Iranicarum. London, 
2002.
6
Акимушкин О. Накшбанд // Ислам на территории бывшей Российской империи. 
Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б.299-301.
7
Хисматулин А. Ходжаган // Ислам на территории бывшей Российской империи. 
Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б. 417-425.


28 
qaramasdan, tilga olingan mualliflar tarafidan e’lon qilingan ishlardan 
xorijiy mamlakatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida professor 
o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar foydalanib, o‘z bilimlarini 
oshirib kelmoqdalar. Bular ichida Anke fon Kyugelgenning “Mang‘it 
tarixchilari asarlarida O‘rta Osiyo mang‘itlar sulolasi legimitatsiyasi 
(XVIII – XIX asrlar)” nomli kitob g‘arb tarixshunosligi zamonaviy 
metodologiyasining 
prinsipial jihatlarini o‘zida aks ettirgan 
fundamental tadqiqot sifatida jahon sharqshunoslari tomonidan iliq 
kutib olindi va unga ko‘plab taqrizlar yozildi. Kitobda mang‘it 
amirlaridan Muhammad Rahimxon, Amir Shohmurod va Amir 
Haydar ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ularning toj-taxtga nisbatan 
qonuniylik va vorisiylik huquqi tahlil qilinadi. Kitobda Naqshbandiya- 
mujadiddiya ta’limotining amaliy ko‘rinishi va amirlik ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni nemis olimi Florian Shvars ilgari 
surgan “Shayxsiz imperiya yo‘q” tezisi doirasida ochib beriladi. Shu 
munosabat bilan Amir Shohmurodga ma’naviy ta’sir ko‘rsatib, uning 
piri maqomida turgan Shayx Safar ma’naviy merosiga maxsus e’tibor 
qaratilgan. Shayxlar merosiga munosabat masalasida g‘arb 
metodologiyasining barcha jihatlarini qabul qilish va ulardan ayniqsa 
darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanish ehtiyotkorlikni 
talab qiladi. Chunki xorij tarixshunosligida bu masalaga o‘zgacha 
yondashiladi va ayrim hollarda shayxlar merosi hatto tanqid ostiga 
olinadi. Shayxlar va ularning ma’naviy merosi biz uchun o‘tmishda 
ham, hozir ham ibrat namunasi bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Umuman 
Anke fon Kyugelgen kitobi talabalarga Buxoroning ijtimoiy-siysiy 
tarixiga doir yangi yoki kam ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim 
etishi bilan e’tiborga sazovor. 
Venada Buxoro mavzusiga e’tiborning mavjudligi keyingi 
yillarda e’lon qilinayotgan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy nashrlar orqali o‘z 
tasdig‘ini topmoqda. Avstriyalik olim Paolo Sartori va o‘zbekistonlik 
yosh tadqiqotchi Ulfat Abdurasulov o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik 
o‘zining ijobiy samarasini namoyon etmoqda. Ular hamkorligining
go‘zal namunasi bo‘lmish Mamed Yusupovning “Buxoroda sud 
ishlari”
1
asarining 2016-yil Venada nashr etilishi buxoroshunoslikda 
haqiqiy ilmiy voqelik bo‘ldi. Mamed Yusupovning bu ishi 1941 yil 
1
Юсупов М.С. Суд в Бухаре. Судоустройство и судопроизводство в Бухарском 
эмирате в конце XIX – начале XX в. / Текст и вводная статья: Ульфат Абдурасулов и 
Паоло Сартори. – Ташкент – Вена 2016.


29 
nashrga tayyorlanib, qo‘lyozma holda qolib ketib unut bo‘lgan edi. 
Ushbu asar Buxoro tarixining o‘rganilmagan sahifalarini ochishga 
ko‘mak beradi. Unda Buxorodagi sud tizimi, jazo turlari, guvohlik 
berish tartibi, qatl, minoradan tashlash kabi jazo turlari xususida 
muhim va mukammal ma’lumotlar beriladi. Buxoro tarixi bilan 
qiziquvchilar, shuningdek, Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalariga 
ushbu kitobdan foydalanishni tavsiya etamiz. 
Ma’lumki, Buxoro tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi 
talabalariga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanmada aynan shu holat 
inobatga olindi va undagi mavzular shu aspektda yoritib berildi. 
Buxoro tarixi O‘zbekiston arxeologiyasi, etnografiyasi, madaniyati, 
san’ati tarixi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga jahon tarix fanida 
amalda bo‘lgan “mikro tarix”, ya’ni kichik tarix, aniqrog‘i tarix 
masalalarini muayyan mintaqa doirasida o‘rganish va o‘rgatish 
an’anasi mazkur o‘quv qo‘llanmaga nisbatan ham tadbiq etildi.
Keyingi uch yilda Oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan tub 
burilishlar, 2020 yilni Prezidentimiz tomonidan “Ilm-ma’rifat va 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb elon qilinishi nafaqat aniq 
fanlar, balki ijtimoiy-gumanitar va uning bir sohasi bo‘lgan tarix 
fanini 
ham 
jahon 
standartlariga 
muvofiqlashuvi 
va 
integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib 
qaraganda, zamonaviy talablarga javob beradigan, bir-birini 
takrorlamaydigan o‘quv adabiyotlarini yaratish, jumladan, Buxoro 
tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalarini shunday o‘quv adabiyotlari bilan 
ta’minlash Oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan 
biridir. Shu talab va mas’uliyatdan kelib chiqib tayyorlangan ushbu 
o‘quv qo‘llanma yuqorida tilga olingan o‘quv adabiyotlaridan ayrim 
jihatlari bilan farq qiladi. Buxoro tarixi o‘quv qo‘llanmasida mavzu va 
ma’lumotlarning ixchamligi, talabalar bilimi va ilmiy dunyoqarashi, 
tafakkuriga mosligiga e’tibor qaratildi. Mavzular xronologik va 
sulolalar kesimida berildi. Buxoroning ilmiy, ayniqsa arxeologik 
jihatdan o‘rganilish masalasiga e’tibor qaratilishining boisi, shu 
arxeologik tadqiqotlar natijasi o‘laroq, Buxoroning yoshi aniqlanib, u 
qadimiy shahar sifatida YUNESKO tarafidan e’tirof etildi va 
shaharning 2500 yilligi Mustaqillik yillarida umumjahon miqyosida 
nishonlandi. Vohada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularning 
natijalari, shuningdek, bevosita shahar ichida o‘tkazilgan arxeologik 


30 
izlanishlar, Buxoro shahrining tarixiy topografiyasi, vohaning tarixiy 
geografiyasi masalalari yondosh o‘quv adabiyotlardan farqli ravishda, 
ushbu o‘quv qo‘llanmada maxsus yoritildi. Har bir bob madaniyat 
tarixi masalalari bilan nihoya topishi keyingi davr ilmiy nashrlari va 
o‘quv adabiyotlarida negadir e’tibordan chetda qolmoqda. Mazkur 
o‘quv qo‘llanmada shu kemtikni to‘ldirishga harakat qilindi. Yana bir 
o‘ziga xoslik, ushbu o‘quv qo‘llanmada ilova va illyustratsiyalar 
salmoqli miqdorni tashkil qiladi va ular alohida-alohida berilgan. 
“Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” an’anaviy uch qismdan emas
balki to‘rt qismdan iborat qilib belgilandi va unga “Mustaqil o‘qish 
uchun tavsiya etilayotgan manba va adabiyotlar” ro‘yxati alohida 
tarzda qo‘shildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi bo‘yicha kichik 
xrestomatiya jihati bilan ham boshqa o‘quv adabiyotlari va yuqorida 
tilga olingan kitob va qo‘llanmalardan farq qiladi. “Ilova”da Buxor 
tarixiga doir asosiy qo‘lyozma manbalar, toshbosma asarlar, nashr 
etilgan manbalar hamda e’lon qilinmagan tarixiy hujjatlar tarjimasi, 
ayrimlarining fotonusxalari aynan berildi. Amir Muzaffarning Rum 
(Turkiya) sultoniga yozgan maktubining biz tomondan o‘zbek tiliga 
qilingan tarjimasi o‘quv adabiyotida ilk bor berilmoqda. Oldindan 
shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi 
fani bo‘yicha istiqbolda yaratilajak alohida xrestomatiya uchun asos 
bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan 2019-yil 17.08 № 5121000-2.02 bilan ro‘yxatga olingan 
va 2019-yil 6.10 sana bilan tasdiqlangan Buxoro tarixi fan dasturi 
asosida yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti 
Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mazkur fanni 
o‘zlashtirishga baholi qudrat ko‘mak beradi, degan umiddamiz.

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish