Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari


Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari



Download 44,55 Kb.
bet3/5
Sana21.05.2022
Hajmi44,55 Kb.
#606449
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro xonligida sud ishlari va shariat qonunlari qozilik idoralari jinoyat va jazo turlari

Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari

Buxoro amirligining huquq manbalarini islom huquqi (shariat), dunyoviy huquq (amirlarning farmonlari, yorhqlari) va odat huquqi tashkil etgan. Bu davrda huquq manbalarining xilma-xilligidan qat'i nazar, shariat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda markaziy o'rinda turgan.

Boshqa manbalar shariatga zid kelmasagina qo'llanilardi. Shuning uchun bu davrlarda ham, xuddi awalgi davrlardagidek, islom huquqining to'rt manbayi: Qur'on, Sunna-hadislar, ijmo, qiyos asosiy manbalar hisoblangan. Ular asosida yaratilgan Burxoniddin al-Marg'inoniyning «Hidoya» asari Ubaydulla bin Mahbubiy tomonidan unga yozilgan «Muxtasar» kabi fiqhiy qo'llanmalar awalgidek o'z ahamiyatini saqlab qoldi va keng qo'llanildi. Bulardan tashqari, jinoyat huquqi borasida hatto shariatga zid bo'lgan mezonlar va jazo choralari (masalan, «empale») bo'lgan. Ular aniq bir huquqiy holatga nisbatan hukmdor tomonidan belgilangan. Shuning uchun shu davr huquqini o'rganishda sayyohlar va boshqa kishilar tomonidan yozib qoldirilgan esdaliklar ham ma'lum darajada huquqni o'rganish manbayi bo'lib xizmat qiladi. XVIII asrda yozilgan tarixiy-huquqiy manbalardan bo'lgan «Majma' al-arqam» («Raqamlar va ruqum (siyoqat)lar haqidagi») rasmiy qoidalar to'plami1 huquqni o'rganish manbayi sifatida kam tadqiq qilingan

Bu asar O'zbekiston davlati va huquqi tarixidan bizgacha ham yetib kelgan va o'xshashi yo'q manbalardandir. Unda moliya, yer, soliq, hisob-kitoblarni yuritish bo'yicha rasmiy qoidalar va tavsiyalar berilgan bo'lib, amir devonidagi amaldorlar uchun ish yuritishga oid rasmiy qo'llanma hisoblanadi. Bulardan tashqari, soliqlar va boshqa tushumlar ro'yxati, xarajat qaydnomalari, yer mulklarini ehson, sovg'a qilish hujjatlarining mazmuni va shakli XVIII asrda Buxoro amirligidagi davlat mansablari, ularning vazifalari va suv taqsimotiga oid qimmatli ma'lumotlarni olish mumkin. Risola ma'lum ma'noda amir Shohmurod topshirig'iga binoan 1789-yiIda yozilgan.

Besh bob va mansablar haqidagi ilovadan iborat bu qo'llanmada davlat devonida xizmatni qanday o'tash, kirim-chiqim daftarlari, davlatning ma'muriy xo'jalik bo'linishi tamoyillari yoritilgan. Movarounnahr va Sharq davlatlarida davlat kirim-chiqimlari, xazina boyliklari miqdorini sir tutish va uni o'zgartirish, soxtalashtirishning oldini olish maqsadida faqat katta mirzolargagina ma'lum bo'lgan devon daftari ruqumlar va siyoqat (alohida raqamlar) bilan yozilgan. Kitobning ikkinchi, uchinchi boblari ana shunday yozuv va uning sirlariga, to'rtinchi bobi — arifmetika, geometriya, algebra hisob-kitoblari va qoidalariga bag'ishlangan. Beshinchi bob — falakiyot, arifmetik harakatlar jadvalidan iborat. Mansablar haqidagi ilovada XVIII asrda Buxoro amirligida mavjud bo'lgan 135 dan ortiq katta va kichik mansablar, vazifalar va ularning vakolatlari keltirilgan.

Xums - harbiy o'ljaning kambag'allar uchun ajratiladigan beshdan bir qismi.

Risolada shu davrdagi Buxoroda mulk egaligining shakllariga oid ma'lumotlar ham uchraydi. Jumladan, davlat yerlariga dehqonlar egalik qilib, soliq to'laganlar. Qizig'i shundaki, mo'g'ullar, Temur va temuriylar davridagi yer egaligi, suyurg'ol mang'itlar sulolasi davrida ham mavjud bo'lgan va uning egasi XVIII asrda ham ma'muriy daxlsizlikdan foydalangan. Bu yer mulkiga egalik xizmat evaziga berilib, merosiy hisoblangan, ammo asta-sekinlik bilan daxlsizlik huquqini yo'qota borgan. XVIII asrga kelib xizmat qiluvchi tabaqalarga amir oldidagi xizmatlari uchun beriladigan muvaqqat yer egaligi — tanho rivojlana boshlaydi. Yer egasi bunday yerlarda yashovchi dehqonlardan olinadigan soliqlarni qisman yoki to'la undirib olish huquqiga ega bo'lgan. Mamlakatning barcha pul va mablag' vositalari kitobda to'rt xazina — baytul molga bo'lingan. Ya'ni, keladigan manbayiga qarab, pul vositalari to'rtga bo'lingan deyish joizdir. Buni shartli ravishda Buxoro amirligi davlat budjeti daromad va xarajatlarining to'rt moddasi deb ham atash mumkin. Birinchisi — zakot, ushr va xums1 soliqlaridan


keladigan mablag'lar to'plangan. Nazariy jihatdan olganda, bu mablag' kambag'al fuqaro va miskinlar uchun sarflanishi lozim bo'lgan. Ikkinchisi (yer solig'i sifatida to'lanadigan asosiy davlat solig'i) — jiz'ya va musulmon bo'lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlardan tushadigan mablag'lar. Bu vositalar jangchilarga, amaldor va ruhoniylarga maosh to'lash hamda mamlakat obodonchiligi uchun sarflangan. Uchinchisi — xazinaga kirgan egasiz mulklar ularning mablag'lari kambag'allar, yetimlar, bemorlarga sarflangan, unga boshqa hech kimning haqi bo'hnagan. To'rtinchidan — xazinani topib ohngan mulklar tashkil etib, zakotdan foydalanuvchilarga berilgan.
Kitobning XVIII asr Buxoro amirligining ma'muriy bo'linishini yoritib beradigan ma'lumotlari ham qimmatlidir. Unga ko'ra, Buxoro davlati viloyatlar, tumanlar, hazora, yarim hazora, obikor, qoria, marzalardan iborat bo'lgan.

Viloyat katta ma'muriy birlik bo'lib, u davlat boshlig'i tayinlaydigan hokimlar tomonidan boshqarilgan. «Buxoro mamlakatida shunday odat va qonun qaror topganki, agar biror viloyatda katta e'tiborga loyiq unvonli amaldor bo'lsa, uni islom podshosi (amir. — Z.M.) shu viloyatning o'ziga hokim qilib tayinlagan. Hokim va qo'shinlarining xizmat haqlari ham o'sha hokimlikdan tushadi*.1

Demak, o'rta asrda Buxoroda ham xuddi Rossiyadagi singari «kormleniye» — boqimanda boshqarish tizimi mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Qolgan ma'muriy hududiy birliklar asosiga sug'oriladigan yer miqdori qo'yilgan bo'lib, bunday boshqarish sug'orish bilan bog'liq dehqonchilik davlatiga xosdir. Yevropa mamlakatlarida biz bunday holni ko'rmaymiz. Jumladan, bir qator ariq (kanal) bilan sug'oriladigan 100 ming tanob2 yer bir tumanni tashkil qilgan. Albatta, Buxoro amirligida tumanlar soni ko'p bo'lgan. «Majma' al-arqam»ning suvni taqsimlashga oid qismida Zarafshondan Qorako'lgacha bo'lgan o'n ikki tuman nomi keltirilgan. Bir katta ariq bilan sug'oriladigan 50 ming tanob yer hazora, 25 ming tanob yer yarim (nim) hazora, 10,15 ming tanob sug'oriladigan yer esa biror daryoning obikori, 400 tanob yerga ega aholi yashaydigan qishloq qoria, 300 tanob va undan kam yeri bo'lgan joy, aholi yashashi yoki yashamasligidan qat'i nazar, marza deb atalgan.

Buxoro amirligida ma'muriy-doiraviy bo'linish asosida aholi soni,


jo'g'rofiy nomi quyilmay sug'oriladigan yer miqdori — tanob bilan
belgilanganligi o'ziga xos xususiyatdir.

«Majma' al-arqam»ning «Mansablar va unga aloqador bo'lgan shaxslar» haqidagi ilovasi faqat Buxoro amirligida emas, balki o'zbek xonliklarining hammasida ham mansablar tizimi, ularning vazifalari, bo'ysunish va maosh olish tartiblari haqida birinchi manba sifatida qimmatli ma'lumot beradi.

Buxoro islom davlati bo'lganligi uchun jinoyat va jazo masalasi islom huquqi asosida hal etilardi. Ammo Buxoro amirligiga turli yillarda elchi, josus yoki sayyoh bo'lib kelgan kishilarning xabar berishlaricha, bu sohada o'ziga xos xususiyatlar, jazoni ijro etish usullari ham bo'lgan. Bular tarixiy-!. huquqiy jihatdan ma'lum qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, Qur'onda sodir qihngan o'g'rilik uchun dastlab tan jazosi berish nazarda tutilgan. Sayyoh Filipp Yefremovning xabar berishicha, XVIII asrning 20-yillarida Buxoro . amirhgida o'g'rilik uchun erkak kishi osib o'ldirilgan, ayol kishi esa : ko'kragigacha ko'mihb, toshbo'ron qillb qatl etilgan. Agar odam o'ldirish yoki tanga jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo'lsa, otaliq aybdorni tutib, o'ldirgan yoki uni yarador qilgan odamning qarindoshlariga ushlab ; bergan. Ular esa aybdorni islom huquqidagi «tishga-tish», «ko'zga-ko'z» qoidasiga ko'ra jazolaganlar, yarador qilgan bo'lsa, yarador qilishgan, o'ldirgan bo'lsa, qatl etishgan. Bu dahllardan o'sha davrlarda o'ldirilgan odam uchun qon bahosi - xun 


Download 44,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish