Buxoroning tarixiy va me`moriy yodgorliklari


Qashqadaryoning tarihiy-madaniy joylari



Download 0,68 Mb.
bet9/19
Sana20.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#827147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Buxoro,xiva,shaxrisabz,toshkent

Qashqadaryoning tarihiy-madaniy joylari
M iloddan avvalgi IV asrda so’g’d hududi iskandar zulqarnayn imperiyasi tarkibiga kiritildi. Bu davrga oid oromiy tilidagi noyob xujjat yaqinda afg’oniston xududidan topildi. Unda xulma bagavand hokimi nikshap (naxshab) va kishning (kesh, sha?risabz) himoya devorlarni tuzatish uchun askarlarni jo’natganligi habar qilinadi. Bu Qashqadaryo vohasining tarixiy madaniy xududlari naxshab va kesh nomlari bilan mashhur o’rta asr vohalari tarixidagi eng dastlabki yodnomadir. Hujjat miloddan avvalgi 328 yilda bitilgan. Bizga yana shu ma’lumki, iskandar davrida Qarshi vohasida yagona shahar erqo’rg’on bo’lsa, Shahrisabz vohasida uzunqir shahri yagona bo’lgan. Shunday qilib aynan erqo’rg’on ushbu tarixiy hujjatda nikshapa, uzunqir esa kish sifatida qayd etilgan.
Erqo’rg’on va uzunqirning himoya devorlarida olib borilgan qazishmalar mobaynida miloddan avvalgi IV asrda bu erda ta’mirlash ishlari olib borilganligi isbotlandi. Iskandar davrida amalga oshirilgan mazkur ta’mirlash ishlaridan keyin erqo’rg’on devorining asosi 6 metr qalinlikka etgan. Ustki qismida esa maxsus yo’lakcha barpo etilgan. Tashqi tomondan esa devor sal bo’rtib chiquvchi to’g’ri burchakli minoralar bilan bezatilgan edi. Minoralar orasidagi devor minora qalinligi bilan bir xil bo’lgan. erqo’rg’on devorlarining bu tuzilishi qadimiy mesopotamiyaning fortifikatsiyalangan qoidalariga muvofiq kelar edi. Shunday tuzilishdagi devorlar keyinchalik barpo etilgan shimoliy mesopotamiyaning oy-xonim deb nomlangan yunon shaharchasida ham mavjud edi.
Iskandar zulsarnayn tarixchilari Qashqadaryo vodiysida 2 ta xudud - nautaka va ksenippani tilga oladilar. Ksenippani ko’pchilik mutaxassislar Qarshi vohasi bilan bog’laydilar. O’rta asr naxshabi bilan kurtsiy ruf va arian qayd etgan tarixiy ma’lumotlardagi ksenippa nekshapaning o’zgargan shakli deb taxmin qilishimiz mumkin.
Iskandardan keyin salavkiylar va yunon baqtriya ?ukmdorlari davrida o’rta osiyoning janubidagi vohalar madaniyati ellinlashib boradi. Masalan, erqo’rg’on shaharchasida idish shakli o’zgarib bordi. Buyumlarning bari tez harakatlanuvchi moslamada yasalgan bo’lib, yupqa devordan iborat och jigarrang loydan yasalgan edi. Ular go’zal qadahlar, kosa, likobcha va boshqa buyumlardan iborat bo’lgan. Bu erda koroplastika sana’ti vujudga kelgan edi. Noyob terrakota plakatlar va biriktirmalar yunon usulida yasalgan. Bu noyob gemma topilmasi ham aynan shu davrga tegishlidir.
Eramizdan avvalgi III-II asrlarda tektonik va iqlim o’zgarishlari ta’sirida sirdaryo o’z o’zanini o’zgartiradi. Shunda skif qabilalari sirdaryoning quyi oqimidagi o’z xududlarini tashlab janub tomon ko’chib ketganlar. Ular janubi - g’arbda parfiya davlatini tashkil etganlar. Sharqqa tomon siljishda ular dastlab so’g’dni, keyin esa baqtriyani qo’lga kiritganlar, biroz vaqt o’tgach ularning bir qismi galmend vodiysiga ketadi. U er keyinchalik seyiston deb atala boshlaydi.
Miloddan avvalgi II asrda Qarshi voxasida, erqo’rg’ondan janubroqda Qarshi shahrining temir yo’l vokzali yaqinida katta qal’a - qal’ai zaxoki maron bunyod etiladi. Qal’aning markaziy qismida to’rtburchak shakldagi ulkan qasr mavjud bo’lib, u taxminan 100x100 m hududga va 15 metrgacha balandlikka ega bo’lgan. u 200x200 m li birinchi qator devori bilan o’ralgan bo’lib, ikkinchi qator esa 400x400m hududga ega bo’lgan. Uchinchi (saqlanib qolmagan) qator, akademik m.e.masson fikricha, 1.5x1.5 km hududga ega bo’lgan. Ushbu uchinchi qator devorlarini m.e.masson revolyutsiyadan oldingi topografik xaritalar yordamida tiklamoqda. Minora ham devor kabi mil. Av. V-IV asrlarda bir necha marotaba qayta qurilgan. Zahoki maron qal’asining o’z arxitektura prototipi skiflarning babaishmulla qal’asi bo’lib, u sharqiy orolbo’yida joylashgan chirikrabot madaniyatiga tegishli xududdan topilgan. zahoki maron qal’asi hududi va uning gipertroflangan fortifikatsiyasi bu erda so’g’dning yangi xonliklariga oid qurilishlar mavjud bo’lganligini ko’rsatib turadi. Ularning xukmronlik doirasi naxshabdan ham o’tib ketib, butun so’g’d hududlarigacha yoyilgan. Erqo’rg’ondagi shahar o’zining ellinlashgan madaniyati bilan birga Qarshi vohasining ?unarmandchilik, savdo va madaniyat markazi rolini saqlab qolgan edi. yangi hokimlarning erqo’rg’onga e’tibor berayotganligi xaqida shu narsa dalolat beradiki, shahar kattalashib borar edi, u ikkinchi himoya devori bilan o’rab olinadi va bu devor 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turar edi. Erqo’rg’on tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda bo’lib, har 60 metrda yarim doirali minoralar qurilgan edi. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, o’q-yoychilar xonalari mavjud bo’lgan.
Erqo’rg’onning shimoliy-g’arbiy tomonida qazish ishlari olib borilganda shu davrga tegishli zardushtiylik ibodatxonasi ham topildi. Milodiy III asrdan boshlab erqo’rg’onda shaharsozlik yangi sifat bosqichiga ko’tariladi. Erqo’rg’onda katta xajmdagi qurilish ishlari olib borilgan bo’lib, bu erda shahar ibodatxonasi, ?ukmdor qasri, tsitadel bunyod etilgan xamda ichki va tashqi devor qayta ta’mirlangan. Kulollar va temirchilarning xududlari kengayib borgan. Xionitlar va eftalitlar davrida erqo’rg’on markaziy osiyoning gullab-yashnagan shaharlaridan biri bo’lgan. Markaziy shahar atrofida shahar oldi aglomeratsiyasi tashkil topa boshlagan. Qarshi vohasining III-IV asrlardagi poytaxt markazida bunyod etilgan jamoat binolaring mohiyatiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Shahar infratuzilmasi murakkab ko’rinishga ega bo’la boshlaydi. U alohida birliklarga bo’linar edi. Ko’chalar ibodatxona, qasr va tsitadelga olib borar edi. III-IV asr shahar tuzilmasi ikki qatlamli baland devor bilan chegaralangan bo’lib, jamoat binolari shakli bilan belgilangan. Ular shahar ijtimoiy hayotining yo’naltiruvchisi bo’lib, ma’muriy, diniy ?amda mudofaa markazlari hisoblangan.
E rqo’rg’onning kulollar va temirchilar ma?allalarida bunyod etilgan inshootlarning o’ziyoq bu erda shaharsozlik juda rivojlanganligidan dalolat beradi. V asrda shahar yong’in ostida qolgan, so’ngra esa yana qayta tiklangan. VI asrda esa shahar butunlay vayron bo’ldi. bu eftalitlarning turk hoqonlari va eron sosoniylarining birlashgan qo’shinlari bosqini natijasida xukmronlikni qo’ldan chiqarishi natijasida sodir bo’ldi. Shundan so’ng esa VI asr oxiri VII asr boshlarida tashlandiq shahar xarobalari ustida kulollar maxallasi bunyod etiladi. Shahar ibodatxonasi qayta tiklandi. Biroq avvalgi iloh xaykalchasi o’rniga to’g’ri burchakli olov mehrobi o’rnatildi. Bu ibodatxonaning so’ngi davri VII asrda keshda zarb etilgan tangalarda o’z aksini topgan.
Erqo’rg’ondagi qazishmalarda muhim topilmalar bu davr to’g’risida muhim ilmiy xulosalar chiqarishga to’la asos bo’la oladi. Olimlar bularga asoslanib, qadimgi nahshabliklarning ma’naviy dunyosiga sayohat qilishga muvaffaq bo’ldilar. Samarali nazariy tadqiqotlar olib borgan olimlar erqo’rg’onliklarning go’zallikka naqadar oshno bo’lganliklarini o’z ko’zlari bilan ko’rdilar.
Qadimgi Qarshi vohasining aholisining qadimiy madaniyati, san’ati va mafkurasiga tegishli bo’lgan topilmalar va kuzatishlar haqidagi hikoyani shundan boshlash kerakki, dastlabki temir davrida so’g’dda ham baqtriyada ham mil. Av VII-V asrlarga tegishli shaharlar axolisining izlari topilmagan. Bu fakt olim va mutaxassislarni shunday fikrga olib keladiki, ular ilm-fanga allaqachon ma’lum bo’lgan murdani tashlab ketish kabi zardushtiylik odatini qo’llaganlar. yunon-rim va arab manbalariga ko’ra markaziy osiyo islom dinigacha zardushtiylikning makoni hisoblangan. Zardushtiylar o’liklarni yoqishmagan xam, ko’mishmagan xam. Ular murdani balandliklar, qir-adirlarga tashlab ketishgan. Tana chirib bitgach, suyaklarni yig’ib olib ossuriy idishlariga solgan holda ko’mishgan. Ammo dastlab suyaklarga hatto tegishmagan bo’lsa kerak. Keyinchalik suyaklarni ko’mishni boshlaganlarida ham faqat kalla va yirik suyaklarni terib olishgan, xolos. biroz vaqt o’tgach zardushtiylar suyaklarni saqlash uchun maxsus bino - nauslar qurishgan. Nauslarda yiliga ikki marta navro’z va mehrjon bayramida ajdodlar ruhiga bag’ishlab diniy marosimlar amalga oshirilgan. Bular erqo’rg’onning o’ziga tegishlidir. Bizga shahar aholisining qabrlari noma’lumdir. Erqo’rg’onning qadimiy madaniy qatlamida olib borilgan qazishmalar natijasida ba’zi joylaridan ajralib ketgan inson suyaklari topilgan. Iskandar zulharnayn tarixchilarining xabar berishicha, so’g’d bilan qo’shni bo’lgan baqtriyada shahar devorlarining ichlari inson suyaklari bilan to’la bo’lgan va faqat iskandar davriga kelib bu odatga barham berilgan.

13.07.2006



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish