Buyrak Siydik yo’li Siydik organlarining rivojlanishi



Download 0,82 Mb.
bet15/19
Sana11.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#776457
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Siydik-tanosil a’zolari sistemasi. Siydik a’zolari

QALQONSIMON BEZ


Qalqonsimon bez (glandula thyroidea, 149,150 - lar) toq bez bo‘lib, bo‘yin sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekirdakning yuqoridagi 3–4 tog‘ay halqalari oldida joylashgan. Taqasimon shakldagi bez katta odamlarda 30–50 g, chaqaloqlarda 1,8–2,5 g bo‘ladi. Bolalarning keyingi o‘sish davrlarida 10–15 g gacha kattalashadi. Qarilik davrida uning asta-sekin kichiklashishi kuzatiladi. Ammo bezning katta-kichikligi buqoq kasalligi bor odamlarda boshqacha bo‘ladi, ya’ni kattalashib og‘irligi hatto 1–1,5 kg ni tashkil etadi. Qalqonsimon bezning o‘ng (lobus dexter) va chap (lobus sinister) bo‘lakchalari, oraliq qismi bo‘yin (isthmus gl, thyroidei) orqali o‘zaro qo‘shiladi. Taxminan 25–30 foiz odamlarda bezning bo‘ynidan tepaga qarab joylashgan (lobus pyramidalis) piramidasimon bo‘lagi uchraydi. Bezni o‘rab turgan fibroz pardadan (capsula fibrosa) o‘sib kirgan o‘simtalar (trabekulalar) bez ichkarisini bo‘lakchalarga ajratadi. Bez bo‘lakchalari pufakchalar (follikulalar)dan iborat bo‘lib, uning ichki yuzasi kubsimon hujayralar bilan qoplangan. Follikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo‘lib, uning tarkibida yodga boy aminokislotalar, oqsil bo‘ladi. Bez tarkibida yod qon plazmasi tarkibiga nisbatan 300 marta oshiq bo‘ladi. Bezning yuzasini qon tomir to‘rlari va nerv chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi.


Qalqonsimon bez.


1–a.laryngea superior; 2–a. thyroidea superior; 3–m. thyrohyoideus; 4–cartilago thyroidea; 5–v. thyroidea superior; 6–r. cricothyroideus; 7–lobus dexter; 8–m. cricothyroideus; 9–cartilago cricoidea; 10–a. thyroidea inferior; 11–a. thyroidea ima; 12–a. thyroidea inferior; 13–trachea; 14–plexus thyroideus impar; 15–v. thyroidea inferior; 16–isthmus glandulae thyroideae; 17–lobus sinister; 18–a. thyroidea superior; 19–lobus pyramidalis; 20–lig. thyrohyoideum medianum; 21–os hyoideum.

I n n e r v a s i y a s i: nn. Laryngei superior et interior (n. vagus).
Q o n t o m i r l a r i: aa. thyroidea superior dextra et sinistra (a. carotis externa tarmoqlari), aa.thyroidea inferior dextra et sinistra (a. subclavia tarmoqlari). Ba’zida yelka-bosh arteriya poyasidan qo‘shimcha a. thyroidea ima ham chiqadi. Bu arteriyalar bez kapsulasi ostida o‘zaro qo‘shilib, qon tomir to‘rini hosil qiladi.
Qalqonsimon bezning orqa tanachalari (glandula parathyroidea, 361- ) to‘rtta, ba’zan beshta bo‘lib, qalqonsimon bez yon bo‘laklarining orqa yuzasiga ikki juft – glandula parathyroidea superior (bir juft), glandula parathyroidea inferior (bir juft) bo‘lib yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bo‘lgan bu bezlarning uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga boy parda bilan o‘ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi.




Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez orqa tanachalari.
1–m. constrictor pharungis medius; 2–lig. thyrohyoideum; 3–raphe pharyngis; 4–glandula thyroidea (lobus sinister); 5–oesophagus; 6–cartilagines tracheales; 7–glandula parathyroidea inferior; 8–glandula thyroidea (lobus dexter); 9–glandula parathyroidea superior; 10–m. constrictor pharyngis inferior.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish