Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi



Download 102,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.04.2022
Hajmi102,61 Kb.
#524338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

2-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
6. Boshlang‘ich hujjatlar qog‘oz shaklida tuzilib, quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
Keyingi
 tahrirga qarang.
a) korxonaning nomi;
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura
va pulda ifodalangan holda);
g) xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan
familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va
imzolari.
6 . Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
1


8. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar, amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
9. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli
tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga
javobgardir.
10. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan blankalarda yoki qonun hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
11. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan
siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga
oshirilishi lozim.
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
12. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.
13. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona
rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan
tasdiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
14. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob
majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha
qo‘shimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan
belgilanadi.
15. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni
bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi)
amalga oshiriladi.
16. Qonun hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash
va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari
yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun
topshirilishi kerak.
Keyingi
 tahrirga qarang.
17. Tekshiruvdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega
bo‘lishi lozim:
a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda
ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.
18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos
bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun,
yil) ko‘rsatish lozim.
19. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar
hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.
20. Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Bunda korxonalar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
21. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni o‘chirishga va izoh berilmagan
tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.
23. Boshlang‘ich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan
shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.
24. Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar qonun hujjatlarida belgilangan muddat
davomida saqlanadi. Elektron shakldagi boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar, agar
qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qog‘oz shaklidagi aynan shu maqsaddagi hujjatlar
uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
26. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar buxgalteriyada maxsus xonalarda yoki
yopiladigan javonlarda korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilangan
shaxslar tomonidan vakolat bergan shaxslar javobgarligida saqlanishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.


27. Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik
tartibda jamlanadi.
Kassa orderlari, bo‘nak hisobotlari, bank ko‘chirmalari ularga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan birgalikda
xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yo‘qolishi
yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
28. Korxonalardan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qo‘yish qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura idoralari va sudlar
tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonun hujjatlariga
muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo‘yish bayonnoma bilan
rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning
tegishli mansabdor shaxslari olib qo‘yilayotgan hujjatlardan, asoslarni va olib qo‘yish sanasini ko‘rsatgan holda
nusxa olishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo‘yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib
qo‘yilayotgan bo‘lsa, olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida
korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro‘yxatini tuzishi,
varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi yoki olib qo‘yilayotgan hujjatlarning ro‘yxatini har bir
hujjatdagi betlar sonini ko‘rsatgan holda tuzishi kerak. Bunda ro‘yxatni olib qo‘yishni amalga oshirayotgan
idoralarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-
son)
29. Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotish hollarida korxona rahbari buyruq bilan yo‘qotish sabablarini tekshirish
bo‘yicha komissiya tayinlashi mumkin.
Bunda, tekshiruv natijalari korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda
belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka
tortiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 102,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish