Buyruq-istak mayli: o‘zbek va ingliz tillarida solishtirma tasnifi



Download 20 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi20 Kb.
#611880
Bog'liq
Maqola un material

Buyruq-istak mayli: o‘zbek va ingliz tillarida solishtirma tasnifi


Ingliz va o‘zbek tillarida modallik tizimini va uning o‘ziga xos uslubiy jihatlarini o‘rganish, ularni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashning samarali yo‘llarini tadqiq qilish hamda ingliz tilshunosligidagi modallik munosabatlar nazariyasini tahlil qilishdagi muammolar bilan ko‘plab xorij olimlari shug‘ullangan.

Xususan, V.V.Vinogradov, B.A.Serebrennikov, V.N.Yarseva, L.S.Barxudarov til oilalarini o‘rganishgan va ularga qiyosiy jihatdan yondashgan. Ularning izlanishlaridan tushunish mumkinki, ikki til oilalarining bir-biridan ulkan farq qilishiga qaramay, ko‘p o‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan tomonlari mavjud. Shuningdek, boshqa qator olimlar — Eun-Ju Noh, M.Ippolito, P.Egre, J.Perner, va E.Rafetseder ingliz tilida shart munosabat gaplarni ikki turga ajratadi: 1) indikativ va 2) subyunktiv.

Mayl kategoriyasi (The category of mood) harakat bilan subyekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabatini ko‘rsatadi. Bu aloqa va munosabatning turlicha bo‘lishidan maylning ham bir necha turi bo‘ladi va har bir turga xos ma’nolar maxsus shakllar orqali ifodalanadi. Mayl shakllari fe’llar orqali beriladigan modal ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu modal ma’nolar reallik, faraz, ikkila­nish, istak-xohish kabi ma’nolarni o‘z ichiga oladi.

Ingliz tilida quyidagi mayl kategoriyalari mavjud: aniqlik mayli (the indicative mood), buyruq mayli (the imperative mood), istak-xohish mayli (Subjunctive mood). Aniqlik mayli real borliqqa mos keladigan hara­kat va holatni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu mayl fe’llar­ning barcha zamon turlarini o‘z ichiga oladi. Bu zamon turlari sodir bo‘layotgan, sodir bo‘lgan va bo‘ladigan harakat yoki holatdan iborat.

Buyruq mayli ikkala tilda ham biror-bir harakatni bajarishga undash ma’nosini ifodalaydi. Muayyan bir harakatni amalga oshirishga undash ma’nosi buyurish, taqiqlash, iltimos kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.

Hozirgi zamon ingliz tilida fe’llarning buyruq mayli shakli fe’llarning infinitiv shakli bilan o‘xshash. Faqat infinitiv shakldagi to yuklamasi buyruq maylida tushib qoladi. Masalan, to put a pen — Put a pen!

O‘zbek tilida ham buyruq maylida gap tuzib, solishtirsak: Qo‘y ruchkani! hamda Ruchkani qo‘y! deyish mumkin. Bunda nutq vaziyatiga qarab ikkalasidan birini aytish mumkin. Ammo ingliz tilida bunday usuldan foydalanish semantik va grammatik jihatdan noto‘g‘ri.

Istak-xohish mayli faraz qilinadigan, mumkin bo‘ladigan, xohlanadigan harakatni, ya’ni real borliqdagi harakatlarga zid keladigan harakatni ifodalash uchun xizmat qiladi. Istak mayli Subjunctive Mood: S + SUGGEST + (THAT) + S + SHOULD + V1 formulasi yordamida yasa­lib, o‘zbek tiliga taklif ma’nosida tarjima qilinishi mumkin. Masalan, I suggest that we all go to the concert (Menimcha, biz hammamiz konsertga borishimiz mumkin).

Subjunctive moodning murakkab (analitik) shakllari; yordamchi fe’llarning birikmasi bor. Bular: should / would / might / could va asosiy fe’l keladi.

O‘zbek tilida maylning 5 turi mavjud: buyruq-istak mayli, shart mayli, maqsad mayli, shartli mayl, ijro mayli. Aniqlik mayli aniq harakatni ifodalab, har qanday zamon va nisbatda ishlatilishi mumkin. Masalan, men hozir bir qiziqarli kitobni o‘qiyapman.

Buyruq mayli buyruq va talabni ifodalaydi. Masalan, iltimos o‘qing.

Shart mayli (The Subjunctive mood) noreal harakatni ifodalab, so‘zlovchining voqea-hodisaga his-hayajonli munosabatini ifo­dalashda ishlatiladi. Masalan: U (taklif bildirdiki) savol muhokamasi kechiktirilishini aytdi. He suggested that the discussion of the quistion be postponed. If he were here, he would help us.

Tadqiqot natijasida quyidagi xulosa va tavsiyalarni shakllan­tirish mumkin:

a) chet tili grammatikasidan buyruq-istak maylini o‘rganishda birinchi tilning sintaksis hamda modal fe’llari o‘zaro qiyoslanib o‘rganiladi;

b) chet tilining mayl kategoriyasi mavzusini o‘zlashtirishda uning turli ma’nolarini hisobga olgan holda o‘zlashtirish va uni amalda to‘g‘ri qo‘llash;

d) chet tilidagi modal fe’l­ning birlikni ko‘plik shaklidan ajratishda konteksga e’tibor



berish muhim sanaladi.
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish