Buyuk ajdodlar


Avlodlar bizlardan ololsin o’mak



Download 67,5 Kb.
bet5/5
Sana15.01.2021
Hajmi67,5 Kb.
#55637
1   2   3   4   5
Bog'liq
zahiriddin Muhammad bobur

Avlodlar bizlardan ololsin o’mak,

Shunda rizo bo’lur Temurdayin zot.
AMIR TEMUR HAQIDA QO’SHIQ

Siz – Amirsiz, Siz-Temursiz,

jahongir Sulton.

Iymondirsiz, vijdondirsiz

Siz aziz inson.

Qalblar aro ko’tarmoqda

ruhingiz isyon,

Temur bobo, nomingizni

Yod etajakmiz.

Olam aro ruhingizni shod etajakmiz.

Tumorlarda, duolarda yashab qolasiz,

Ko’kni o’pgan binolarda yashab qolasiz,

Ko’zga ko’chgan ziyolarda yashab qolasiz,

Narziy bitgan navolarda yashab qolasiz.

Temur bobo, nomingizni yod etajakmiz,

Olam aro ruhingizni shod etajakmiz!


  1. O’quvchi

Temur otli pahlavon,

Topar chog’ida kamol —

Unga bo’ldi esh, hamdam

Shayx Shamsiddin Kulol.

2-o’quvchi:
Sohib karomatlarning

Biri edi Shayx Kulol.

Tarag’ay Bahodirning

Piri edi Shayx Kulol.

3-o’quvchi:
Amir Temur bahramand

Pirning o’gitlaridan.

Ixlos bilan ushladi

Shayx Kulolning baridan.
4-o’quvchi:

Bir tomondan qo’lladi



Suyub Said Baraka.

O’tmas edi uningsiz

Mashvarat-u ma’raka.
5-o’quvchi:

Shundan buyuk saltanat



Dovrug’ soldi jahonga.

Barcha ta’zim ayladi

Temur Sohibqironga.
6-o’quvchi;

Buyuk zotlar nafasi



Har doimo qo’llasin!

Ona yurtimni mudom

G’oliblikka yo’llasin!
Navbatni raqsga beramiz

  1. Boshlovchi : Shukurki Navoiy asarlarini sevib o’rganilayotgan dorilomon zamonda yashayapmiz. Istiqlolimiz tufayli ulug’ bobokalonlarimiz yaratgan necha minglab shoh g’azallarning, dostonlarning asl ma’no va mohiyati jonkuyar olimlarimiz tomonidan qaytadan sharh etilmoqda.




  1. Boshlovchi : Bilmak Navoiyni – bu zo’r ma’rifat nishoni,


Bilmak Navoiyni – bu yuksak eltar oni.
Bilmak Navoiyni – bu o’z naïf yo’q ziyoni,
Bilmak Navoiyni – bu oynai jahoni.


  1. O’quvchi “Sabbayi Sayyor” dan ko’p hikmat topdim,

Hayrat ul – abror ” dan hayratda qoldim.


Lison ut – tayr ” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o’qidim o’zimni tanidim.
2 – o’quvchi “Munojot ” aytilsa doim ko’zda yosh,
Qora ko’zim” kuylansa,misli bir quyosh.
Dillarni yoritar bir azmu dilkash,
Navoiyni o’qidim, xalqni tanidim.



  1. O’quvchi : So’z zohir etar kishi ko’kragidin


Til muxbir erur ko’ngil nihon emgagidin.
Fahm ayla kishi holini so’z demagidin,
Kim, berdi xabar hadisi ko’nglidagidin.
Azizlar Alisher Navoiy ruboiy va g’azallaridan tinglang.
Ko’nglungni arit barcha yomon xislatdin
Kim,yaxshi qilig’ dadil erur raxmatdin,
Badxo’ylik ul vahshat erur shiddatdin
Kim, elga xalosliq yo’q ul vaqshatdin.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,

Jismni qil sadha ano boshig’a…

Tun –kunung’a aylagali nur fosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo`lmas,

Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o`tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.


Har kimki, haloyi hra dono ko’rinur,

Oyini xirad aro tavono ko’rinur,

Faxr asl bila ajab tammano ko’rinur,

Faxr aylasa fazl birla avlo ko’rinur
Sahna ko’rinishi

Hind, o`zbek qizlari sahnadan o`tib ketadi.
Ortidan Bobur chiqadi:
Ko`ngil asli g`amxona ko`rinur kibi g`uncha
Yozdim ko`p Andijon yurtim haqida g`zal
Bu miskin zor Bobur sindiyda shoh bo`lguncha,
O`z yurtimda gado bo`lmoq erdi afzal
Avlodlarga qilgum eng pokiza tilak
Mehr - muhabbatli, sobit bo`ling har dam
Bo`ling she`r mardoni sizga bo`lsin katta yurak
Katta buyuklik sari olg`a tashlang qadam.

Sahnadan Bobur Mirzo chiqib ketadi.

Sahnaga hind, chin, misr, farang elchilari kiradi.
Sahna ortidan: “ Hirot taxtining hukmdori, Temuriyzoda, Ollohning yerdagi elchisi Husayn Boyqaro tashrif buyuradilar!”
Husayn Boyqaro:
Xush kebdurlar, elchibeklar dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Chin elchisi:

Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,

Hamma yoqda mehmondo`stlik e`htirom ko`rdik.
Hind elchisi:
Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsak,
Undan keyin ko`ra olsam janoblarini.
Zero hindning barcha orif va olimlari
Siz hazratning nomlarini ko`p ulug`laydi.
Misr elchisi:
Hatto bizning tilimizni tariximizni

Bizga ta`lim qilib turdi bu donishmandlar.

Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy

Bu kitoblar nusxasidan olib ketgaymiz.
Farang elchisi:

Ko`p bilimlar o`rgangusi faranglar sizdan,

Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz

Yo`l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga,

Mag`ribdagi insonlarga rostin aytamiz!

Hazrat Navoiy “Hamsa” sini olib ketmoq istarmiz.
Husayn Boyqaro:

Bajonidil bu buyuk asarning olam uzra tarqalmog`in biz ham istarmiz!

Qani buyuk Navoiy “Hayrat ul-abror”din bayt o`qing!

Sahnaga Alisher Navoiy chiqadi:
Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Qani buyuk Navoiy “Hayrat ul-abror”din bayt o`qing!
Alisher Navoiy:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
Kerak sher oldoda sher jangi,
Agar sher o`lmasa bori palangi.
Mana bolajonlar : Biz shunday buyuk shaxslarning vorislari ekanmiz. Qarang, bobolarimiz qanday buyuk ishlarni amalga oshirganliklarini bilib oldingiz. Birlari shunday katta davlatni tuzgan bo’lsalar yana birlari qalam bilan butun dunyoga tanildilar, birlari esa shosh va shoir bo’ldilar.

Qani aytingchi, siz bu bobolarimiz ishlarini davom ettirib qanday ulkan ishlarni amalga oshirmoqchisiz?
( Sarvara ) Men Alisher bobom kabi 100lab misra she’rni yod olib , o’z nutqimni boyitib kelajakda Zulfiyaxonim mukofotiga sazovor bo’lib, maktabim , shahrim , respublikam nomini yanada dunyoga tanitmoqchiman.
( Dilshod). Men Amir Temur bobom kabi mard , jasur, qo’rqmas , botir bo’lib , sroptnig “ O’zbek jang san’ati ” bo’yicha o’tkaziladigan musoboqalarida qatnashib, O’zbekiston bayrog’ini yanada yuqori cho’qqilariga ko’tarishga va’da beraman.
( Asadbek ) : Men Bobur Mirzo bobom kabi Vatanimni sevishga , uning har qarich yerini ko’z qorachigi’dek asrashga va’da beraman.
Hamma : biz bobolarimizga munosib vorislar bo’lib: 100 dan ortiq so’zni ifodali va tez o’qish, 100 dan ortiq so’zli diktantni chiroyli va xatosiz yozish , 100 dan ortiq she’rni ifodali va ohang bilan aytib , kelajakda vatanimiz ravnaqi uchun bor kuch- g’ayratimizni sarflaymiz.
Balli bolajonlar.


  1. Boshlovchi : Shuning bilan “ Buyuk ajdodlarimiz” mavzusidagi badiiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.




  1. Boshlovchi. Xayr salomat bo’ling.


  1. Boshlovchi : shuning bilan “ Buyuk ajdodlarimiz” mavzusidagi badiiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.




  1. Boshlovchi. Xayr salomat bo’ling.

Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish