Buyuk ajdodlarga ehtirom



Download 21,08 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi21,08 Kb.
#386839
Bog'liq
Buyuk ajdodlarga ehtirom


Buyuk ajdodlarga ehtirom

Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham olimu ulamolar, mutafakkiru donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g’ururu iftixorga to‘lgan. Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ular aql-zakovati, tafakkur dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan bebaho asarlariyu buyuk kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki jahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.

Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davridagi buyuk allomalarimizga nisbatan bo‘lgan adolatsizliklar va nohaqliklar tufayli ular o‘z maqomlariga yarasha qadr-qimmat ko‘rmay, asarlari ham munosib bahosini topmagan edi. Binobarin, xalqimiz, keng jamoatchilik u zotlarning olamshumul ahamiyatga molik boy va qimmatli merosidan bebahra bo‘lib keldilar.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xalqchil va dono siyosati tufayli, aytish mumkinki, bu buyuk zotlar o‘z yurti, o‘z xalqi bag‘riga qaytib, ilm-fan rivojidagi yuksak maqomlariga yarasha munosib hurmat-e’tiborni topib keldi. Ularning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganib, keng halq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Istiqlol yillarida bu muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha e’tiborga molik ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

2014-yil 15-16-may kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi nufuzli xalqaro konferensiya bu yo‘nalishda amalga oshirilgan tom ma'nodagi ulug‘vor ishlardan biri bo‘ldi desak, hyech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoning ellikka yaqin mamlakatlaridan taniqli olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va ilmiy markazlarning rahbarlari qatnashgan ushbu anjumanda, alohida ta’kidlanganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liq. Bunda esa, tabiiyki, buyuk ajdodlarimiz faoliyati, hayoti, o‘lmas merosi yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ahamiyatga molik merosini izchil o‘rganish va uni yanada kelajakda rivoj toptirish masalasiga to‘xtalib, Birinchi Prezidentimiz: “Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytgan edi. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, degan g‘oyatda purma’no so‘zlari barcha ilm ahllari uchun ayniqsa, yoshlarimiz uchun asosiy dasturulamal bo‘lmog‘i davr talabidir.

Bu yilning 28-30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo renessansi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining abadiy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, mamlakat va jahon jamoatchiligini o‘zbek mutafakkirlarining aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar va dunyoning yetakchi olimlarini ularning ishlari va kashfiyotlarini har tomonlama o‘rganishga jalb etish, ushbu beqiyos intellektual boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya 2014-yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyaning mantiqiy davomi ekani qayd etish lozim. Konferensiyada IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining tarkibiy qismlaridan bo‘lgan islom ilmlari bo‘yicha boy meros ham muhokama qilindi.

Konferensiya ishida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqalarning, shuningdek, Imom al-Buxoriy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Imom Iso at-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi diniy ulamolarning ilmiy merosi tahliliga alohida e’tibor qaratildi.

Mutafakkir olimlarning ilmiy faoliyati tahliliga bag‘ishlangan mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi tadqiqotchilarning ma’ruzalarida Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ro‘y bergan ilmiy madaniy uyg‘onishning turli jihatlari keng yoritildi.

Darhaqiqat, benazir allomalarimizning dahosi, shaxsiyati, ibratomuz faoliyati behad ulug‘vordir. Shu ma’noda, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida ularning muborak nomlarini tiklash, qadrlash, asarlarini qunt bilan o‘rganish maqsadida olamshumul ishlar amalga oshirildi. Xususan, bir paytlar Imom Buxoriyning abgor ahvolda yotgan so‘nggi manzili bugun dunyoga ko‘z-ko‘z etsa arziydigan ziyoratgohga aylangan. Xuddi shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy kabi o‘nlab fozillarning tavallud sanalari bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazildi. Bularning barchasi ulug‘larga ehtirom ko‘rsatish, ulardan har tomonlama saboq olishga qaratilgan oqilona siyosat tufaylidir.

- Bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga loyiq - deydi Ispaniyadagi San-Pablo Madrid universiteti professori Rikardo Ruiz de la Serna. - Negaki, men ushbu anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida birgina shu yilning o‘zida davlatingiz rahbari tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilingani bilan tanishib, hayratlandim. Bunday ehtirom ulug‘ olimlar va ularning ilmiy asarlarini o‘rganishga katta turtki berishi, shubhasiz. Ushbu anjumanda “Markaziy Osiyo musulmon Renessansi merosi va dinlararo muloqot: Abu Mansur al-Moturidiy asarlarida e’tiqod va aql” mavzuida ma'ruza qilish menga g‘oyat yuksak faxr baxsh etdi”.

Anjuman ishtirokchilari seksiya majlislarida O‘rta asrlar Sharq allomalari hamda mutafakkirlarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy hamda falsafiy merosining ahamiyatiga oid masalalarni muhokama etdilar. Ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Haqiqatan ham, jahon miqyosida buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan.

Jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan qutlug‘ ona diyorimizdan ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, islomiy ilmlarda ham jahonga dong taratgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Vatanimiz tarixining o‘chmas sahifalari ana shunday buyuk va mo‘’tabar zotlarning hayotlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois vatanimizning “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” deya atalishi ayni haqiqatdir.

Sharqu G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning ma'naviy mulki hisoblanadi.

O‘sha davrdagi eng buyuk mutafakkir olimlardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Bugun butun dunyo foydalanadigan hisob-kitob amallari, zamonaviy texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi.

Butun dunyo Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo‘lidagi hissasini yuksak qadrlaydi, uni voyaga yetkazgan zaminga alohida ehtirom bilan qaraydi.Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘n ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSh kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning naqadar ulkan ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.Allomaning Yer sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirgan. O‘n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan.YUNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida mutafakkir haykallari bunyod etildi, Farg‘ona davlat universitetiga Ahmad Farg‘oniy nomi berildi.O‘rta asrlarda Sharq ilm-fani rivojida Xorazm Ma’mun akademiyasi alohida o‘rin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega bo‘lgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy va Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi qomusiy olimlarning umumbashariy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.Ibn Sino nomi dunyo fani va madaniyati tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Doimo yashil bo‘lib turuvchi tropik o‘simlik “Avitsenniya” deb atalgan. Ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot muassasalariga uning nomi qo’yilgan, alloma sharafiga medal va mukofotlar ta'sis etilgan.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998-yil 6-noyabrda YUNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo‘ldi.YUNESKO shafeligida Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. Hozir bu qadimiy va navqiron ilm maskanida Xorazm tarixi, uning o‘ziga xos madaniyati, ekologiyasi, yer va suv resurslarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.Mirzo Ulug‘bek yurtimizning bir qator shaharlarida madrasalar qurdirgan, Samarqandda o‘ziga xos ilmiy muhit, hozirgi tilda aytganda, akademiya tashkil etgan. U yerda 200 dan ortiq olim faoliyat yuritgan.Falakiyot ilmining nazariy va amaliy masalalari to‘la qamrab olingan Ulug‘bekning “Zij”i o‘rta asrlardayoq Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Yevropalik astronom olimlar uni lotin, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilgan, sharhlar bitgan.“Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” nomlari bilan shuhrat qozongan bu asarda 1018 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan. Yulduzlarning balandligi va ular orasidagi masofa, quyosh va oyning harakati, ularning tutilish vaqtlari bayon qilingan. Bu hisob-kitoblar zamonaviy texnologiyalar orqali aniqlangan kuzatuv natijalaridan deyarli farq qilmaydi. Masalan, Ulug‘bek hisobi bo‘yicha bir yil 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyani tashkil etadi. Bugungi kunda bir yil 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniyaga teng.

“1996-yili Parijda YUNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor janoblari bilan bo‘lgan bir suhbat yodimga tushadi, - deb yozgan edi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida. O‘shanda janob Mayor Ulug‘bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda marhum Islom Karimov unga qarab, yo‘q janob Federiko Mayor, Ulug‘bek xato qilgan bo‘lishi mumkin emas, balki kompyuterlar xato qilgan bo‘lishi mumkin, degan edi.

Istiqlol yillarida Mirzo Ulug’bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1994-yil mamlakatimizda Ulug‘bek yili, deb e’lon qilindi. O‘sha yili Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.Mirzo Ulug’bek siymosi xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Yurtimizda Ulug‘bek nomi berilgan tuman, ma'naviyat maskanlari, mahallalar, ko‘chalar ko‘p. Ota-onalar ezgu niyatlar bilan farzandlariga Ulug‘bekning muborak ismini qo‘yishadi. Bularning barchasi xalqimizning buyuk allomaga cheksiz hurmatidan darak beradi.Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so’nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko‘rish mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug‘bekka, Yaponiya, Rossiya, Xitoy va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga o‘rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir.Ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.Yurtimiz muhaddislari. Islom dini Arabiston yarim oroli hududidan tashqarida yoyilishi barobarida hadis ilmi ham rivojlana bordi: Makka, Madina, Misr, Iroq, Xuroson, Movarounnahr o‘lkalarida hadisshunoslikning alohida markazlari vujudga kela boshladi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududida birinchilardan bo‘lib hadis markazlari shakllanib ulardan ko‘plab muhaddislar yetishib chiqdi. Mashhur to‘qqizta hadis to‘plamidan yettitasining jamlovchisi ushbu o‘lka muhaddislaridir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasaiy, Imom Dorimiy va Imom Abu Dovuddek muhtaram zotlar islom olamida dong‘i ketgan muhaddis peshvolar sifatida e'tirof etiladilar.

Yurtimiz aqida (kalom) maktabi ulamolari. Ma’lumki, Ahli sunna val jamoa mazhabi aqidasini ikki yirik yo‘nalish: moturidiylik va ash’ariylik tashkil etadi. Imom Abu Mansur Moturidiy hazratlari (vaf. 944-45y.) tomonidan asos solingan moturidiya ta’limoti hanafiylik yo‘nalishidagi musulmonlarning aqidaviy qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan. O‘rta asrlardagi g‘oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ysa-da, avlodlarga ibrat bo‘larlik ma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatgan bu mo‘’tabar zotning islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgani uning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi.

Mufassirlarimiz. Diyorimizda boshqa ilmlar qatorida tafsir ilmi ham rivoj topdi. Uning vujudga kelishida muhaddislar maktabi asos bo‘lib xizmat qildi. Xususan, muhaddislarning peshvosi bo‘lgan Imom Buxoriyning “Tafsiri Kabir” nomli asari alohida kitob shaklida yozilgan ilk tafsir deb e’tibor qilinadi. Boshqa muhaddislar ham o‘zlarining hadis to‘plamlarida Qur’oni karim tafsiri uchun alohida bo‘limlar ajratib, oyatlarning tafsiri borasida kelgan sahih rivoyatlarni naql qilganlar.Hijriy ikkinchi asrda tafsir ilmi alohida ilm sifatida shakllandi. Ana shu davrdan boshlab yurtimizdan dunyoga dong taratgan mufassirlar ham yetishib chiqa boshladi. Chunonchi, Imom Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot ahl as-sunna” nomli tafsiri Qur'oni karimning aqidaviy tafsiri sifatida tan olingan bo‘lsa, Imom Abu Lays Samarqandiyning “Bahrul-ulum” asari oyat, hadis hamda sahoba va tobeinlardan naql qilingan asarlar asosida tafsir qilishda muhim manba hisoblanadi. Imom Jorulloh Mahmud az-Zamahshariyning “Kashshof” nomli tafsiri esa Qur’oni karimning arab tili qoidasi va balog‘ati jihatidan qilingan eng e’tiborli tafsir sifatida bugungi kunimizda ham ahamiyatlidir. Bu haqda ba’zi ulamolar: “Agar Kashshof bo‘lmaganida, Qur’onning ma’nolari kashf bo‘lmas edi”, - deganlar.



Faqihlarimiz. Diyorimizda hanafiylik mazhabi asosiy fiqhiy mazhab sifatida tarqalgan. Bunda imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning shogirdlari Muhammad ibn Hasanda ta’lim olgan Abu Hafs Kabir Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir. Bu zot Buxoro shahrini yirik hanafiy maktabi markazlaridan biriga aylantirdi. Uning o‘g‘li Abu Hafs Sag‘ir Buxoriy ham yetuk faqih bo‘lib, qator fiqh namoyondalarni yetishib chiqishida o‘z hissasini qo‘shgan.Hanafiy fiqh kitoblarida “al-Faqih” deyilganda, odatda, Abu Lays Samarqandiy tushuniladi. Islom olamida “al-Faqih” unvoni faqat Abu Mansur Moturidiy va Abu Lays Samarqandiyga nisbatan qo‘llanilganligi jihatidan u zotning fiqh yo‘nalishida naqadar shuhrat topganining dalolatidir.Imom Burhoniddin Marg‘inoniyning “al-Hidoya” asari hanafiy fiqhida asosiy manbalardan biridir. Musulmon bo‘lmagan diyorlarda ham huquqshunoslik sohasida hozirgi kungacha undan keng foydalanib keladi. Shuningdek, Ubaydulloh ibn Mas’udning “al-Hidoya”ning saylanma qisqartmasi sifatida yozilgan “an-Niqoya” asari ham diniy o‘quv dargog‘larida asosiy fiqhiy qo‘llanmalardandir. Imom Kosoniyning “Badoi’us-sanoi'” asari esa bugungi kungacha tolibi ilm uchun qimmatli asar hisoblanadi. Bu kitob haqida o‘z vaqtida ibn Obidiyn: “Uning o’xshashini ko‘rmadim”, - deb alohida ta’kidlagan.Tasavvuf ilmi allomalari. Yurtimizda tasavvuf ilmi ham yuksak darajada rivoj topib, ko‘plab ulamolar tarbiya topgan. Ular o‘z intilishlari orqali insonlarni Qur’on va Sunna asosida ichki olam – botiniy ahvollarini rivojlantirish, sayqallash kabi komillikka yetaklovchi kuchli ruhiy-axloqiy tushunchalarni yoyishga intilganlar. Natijada mazkur yo‘nalishga xos bo‘lgan ilm turi shakllanib, qator tasavvufiy ta’limotlar vujudga kela boshladi. Xususan, Bahouddin Naqshband va Ahmad Yassaviy hazratlari tomonidan asos solingan tariqatlar hozirgacha musulmon olamining katta qismida amal qilib kelinmoqda. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda ko‘zga ko‘ringan zotlardan Hakim Termiziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Mirkulol, Xoja Orif Revgariy, Fariduddin Attor, Muhammad Porso, Xo‘ja Ahror Valiy, Abdurrohman Jomiy, Alisher Navoiy, Maxdumi A’zam, Xushxonxon Xatak, Ya’qub Charxiy, Ahmadshoh Durroniy, Mahmudquli Firog‘iy va kabi zotlarning ism-shariflarini keltirib o‘tishimiz mumkin.

Eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Bunda esa ajdodlarimiz o‘giti yo‘lchi yulduz sifatida ko‘zlagan maqsadlarimizga erishishda mash’ala va mayoq vazifasini o‘tamoqda.
Download 21,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish