Buyuk xizmatlari uchun


Malik Nabiyev. “Abu Rayhon Al Beruniy”. 1973 yil



Download 323,13 Kb.
bet3/6
Sana16.12.2022
Hajmi323,13 Kb.
#888399
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rassom Malik Nabiyev....

Malik Nabiyev. “Abu Rayhon Al Beruniy”. 1973 yil.


Rassom tarixiy janrlardagi asarlarida milliy san’at an’analarini yevropacha realistik maktab yutuqlari bilan uyg‘unlashtirib yubordi. Uning asarlarida buyuk olimlar, hukumdorlar va sarkardalar obrazi Abu Rayhon Al Beruniy, Mirzo Bobur va Al Xorazmiy kabi buyuk shaxslar yashab ijod etgan saroy intererlarida aks ettirildi. 1982 yili rassom Al Xorazmiy portretini ishladi, u O‘zbekiston badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanadi. Alloma ganch bezagi bilan ziynatlangan intererlarda tasvirlangan. Bundan tashqari Malik Nabiyev buyuk qomisiy olim Abu Rayhon Beruniyning siymosini ham yaratgan. Abu Rayhon Beruniyning portreti 1972-yili har jihatdan mukammal ishlangan.


Mutafakkir Beruniy obrazi rassomning bir necha yillik izlanishlari, portretning bir necha bor eskizlar va ranglamalarini ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Shu tariqa asarning bir nechta, bir-biridan farq qiluvchi nusxalari yaratilgan
G‘azna hukumdori Mahmud G‘aznaviy asirga oladi va saroy tarixchi olimi sifatida G‘aznaga olib ketadi. Al Beruniy Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida ishtirok etdi va u yerda matematikadagi o‘nlik raqamlar formulasi bilan tanishdi, bu yer sharining boshqa tomonidagi Amerika qit’asining joylash o‘rnini taxmin qilish va uni hisoblab chiqish imkonini berdi. U fundamental bilimga ega bo‘lgan edi va ko‘pgina ilmiy asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret kompozitsiyasi sodda va ifodali chiqqan. Olim oyoqlari o‘yma naqshli, o‘simlik naqshlari bilan bezatilgan kichikroq xontaxta yonida tomoshabinga qarab o‘tirgan holda tasvirlangan. Xontaxta ustida olim chap qo‘li bilan ushlab turgan qo‘lyozmalar turibdi. Uning egnida chetlari va yengiga bezakdor jiyak tikilgan shoyi, saroybop chopon. U murakkab, o‘zgaruvchan naparmon pushti rangda. Bir lahzaga Al Beruniy qo‘lyozmalardan bosh ko‘targan va qarashlariga qanchalik diqqat va taranglik jamlangan. Bu insonning fikri, aqli, ichki quvvatining ulkan
harakati his qilinadi va rassom bu hislatlarning barchasini o‘z asarida bera oldi.

M.Nabiyev. “Abu Rayhon Al Beruniy”. 1973 yil.


1949-yili Al Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan olim portretini yaratish uchun konkurs e’lon qilinadi. Bu konkursda o‘ttiz nafardan ortiq O‘zbekistonlik va boshqa xalqlarning yirik rassomlari ishtirok etishadi. Shu tanlovda Malik Nabiyev ham qatnashdi. Musavvirning asarlaridagi buyuk olim obrazi boshqa rassomlar tomonidan ishlangan na’munalarga nisbatan to‘laqonli, deb e’tirof etiladi. 1973 yilda esa Beruniy tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan ikkinchi marotaba konkurs e’lon qilinadi.
Rassom Malik Nabiyev Beruniy obrazi ustida izlanishni davom ettirib va nixoyat ikkinchi marotaba ham konkurs g‘olibi bo‘ldi. Bu portret konkursdan so‘ng YUNESKOning “Kur’er” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarning ko‘pgina jurnal va gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqariladi. Portretda ilm muammolarini yechishga chog‘langan, vazmin, nigohi olisni ko‘zlayotgan alloma xarakteri ifoda etilgan. Rassom ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan insonparvar olim Abu Rayhon Beruniyning butun salobatini tasvirda gavdalantirdi. Sur’atning keying etaplaridagi kitoblar ilm- fanga bog‘liq bo‘lgan buyumlar – Beruniyning qomusiy olim va mutafakkir ekanini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishga hizmat qilgan.

  1. Download 323,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish