Bxsr aholisining soni xsusida (1920-1924- yillar)



Download 24,96 Kb.
Sana28.05.2022
Hajmi24,96 Kb.
#613435
Bog'liq
BXSR aholisining soni xsusida


BXSR aholisining soni xsusida (1920-1924- yillar)

Hayitov Shodmon Ahmadovich
BuxDU Jahon tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori.
Buxoro xalq Sovet respublikasi (BXSR, 1920-1924 yillar) davri tarixi tadqiqtlarda ancha o`rganilgan bo`lsada, hanuzgacha ushbu hukumat yillarida respublika hududida necha kishi yashaganligi bilan bog’liq masalaga hamon aniqlik kiritilgan emas. BXSR aholisi bilan bog’liq ma`lumotlar 2million, 2,5 million, 3,5 million, 4 million, 5 million kabi turli raqamlarda ifodalanadi. BXSRning matbuot organi1 “Buxoro” gazetasida (1920-1923 yillar) Buxoro Respubliksida 1923 yilda 10 ta viloyat, 41 ta tuman 132 ta kentda aholi istiqomat qilib kelayotganligi, kishilar sonining zichligi jihatdan viloyatla bir-biridan farq qilishi qayd etilgan. Gazetada kiritilishicha, Buxoro viloyatida- 420000, Karmana viloyatida-180000, Behbudiy (Qarshi) viloyatida-220000, Karki viloyatida-160000, Chorjo’y viloyatida-250000, Sherobod viloyatida-220000, Hisor vioyatida-140000, Ko`lob viloyatida-140000, Garm viloyatida-80000 kishi yashagan. Viloyatlar bo`yicha barcha raqamlar umumlashtirilsa 1million 820 ming (2 millionga ham yetmaydi) yashaganligi ayon bo`ladi. O’zbekiston Milliy Arxivining BXRS bilan bog’liq fondlarida 1913-1914 yillarda Buxoro amirligi hamda 1923-yilda Respublika hukumatida istiqomat qilgan aholi xo`jaliklarining soni, shahar va qishloq aholisi, o`troq va ko`chmanchilar soni haqida yuqoridagi raqamlarga to`g`ri kelmaydigan raqamlar.

---------------------------------------------------------------------------------------



1. Buxoro jumhuriyatida qancha xalq bor? // Ozod Buxoro” 14 (227)-son, 1923 yil 21- noyabr. Hayitov Sh, Rahimov K. Buxoro Xalq Respublikasi va Germaniya; Hamkorlikning tarixiy lavhalari. –T:Fan; 2004- B.7. qayd etilgan.
Arxiv hujjati asosida quyidagi jadvalni keltirishni lozim topdik.
1913-1914 yillarda Buxoro amirligida 2 million 715 200 kishi istiqomat qilib, oilalar soni 480260 tani tashkil etgan holda shundan qishloq aholisi 2463400 kishini, shahar aholisi esa 25/ 800 ming kishi bo`lgan. Aholisining 2 million 359 900 nafari o`troq holda yashagan bo`lsa, qolgani ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi va yarim ko`chmanchilar bo`lgan2. 1923 yilga kelib, 2 million 660 ming aholi (1million 826 ming) yashab, shundan o`troq aholi 1million 707 800 nafarni, ko`chmanchi aholi 118 200 kishini tashkil etgan. Shahar aholisi 180 ming 600 kishi bo`lgan. Ta`kidlash joizki, amirlik davrida shaharlarda 25ming 800 kishi istiqomat qilgan3. BXSRda 1923-yil dalillarda oilalar soni 369 340 taga tushib qolgan. Yuqoridagi dalillardan ko`rinadiki Buxoro amirligi davriga nisbatan BXSR yillarida aholi soni salkam 1million kishiga kamaygan.
Oilalar soni esa 480.260 tadan 369.340 taga tushib 109.020 taga kamayib ketgan. Nafaat aholi soni, balki chorva mollarining soni ham BXSR hukumati yillarida 1913-1914 yillarga nisbatan 2 barobardan ortiq kamayib ketgandi.
Jumladan, 1913-1914 yilda amirlikda otlar soni -140,7 mingta, tuya - 40,5 mingta, kata tuyoqli chorva - 481,4 mingta, Eshak – 132,1 mingta, echki- 671 mingta, qorako`l qo`ylar- 2million 974,2 mingta Dumbali qo`ylar- 1064,2 mingta (jami: 4038,4 mingta) bo`lib, umumiy holatda 5 million 504,2 mingtani tashkil etgan. BXSRda esa 1923-yilda bor-yo`g`i 53,5 mingta ot, 18,2 mingta tuya, 328,7 mingta kata tuyoqli hayvonlar, 102 ming 800 ta eshak, 369,0 mingta qorako`l qo`y, 832 mingta dumbali qo`y (jami:1.701 mingta) 366 mingta echki boqilardi. Chorva mollarinig umumiy soni 2 million 570 ming 200 tani tashkil etgandi4. Ushbu raqam amirlik davridan 2,2 barobar oz bo`lib, BXSR hukumati 1924- yilda ham chorva mollari soni jihatdan amirlik davridagi natijaga erisha olmadi.
---------------------------------------------------------------------------------------

2. O`zbekiston Milliy Arxivi, R-50-Fond, 1- ro`yxat 5-yig`ma jild, 111- varoq.
3. O`sha arxiv, 112- varoq.
4. O`zbekiston Milliy Arxivi, R-50- fond, 1-ro`yxat, 5-yig`ma jild, 113,114 – varoqlar.
BXSR yillarida aholining amirlik davriga nisbatan 3/1 qismga kamayib ketishi bir qator omillar bilan bog`liq. 1920 yil sentabr oyi boshida amirlik tartibining ag`darilishi bilan mang`itlar sulolasi so`ngi hukmdori Amir Said Olimxon (1910-1920) ortidan ming-minglab kishilar ergashdi.
Amir bilan Buxoroni tark etganlar ijtimoiy tarkibi xilma-xil bo`lib, ular orasida amaldor-a`yonlar, svdogar, hunarmand, dehqonlar, ulamolar bor edi. Arxiv manbalarining ma`lumoticha, birgina eski Buxoro shahrida 4 mingdan ortiq hovli-joylar egasiz bo`lib qoldi, ushbu xonadonlar qarovsizligi tufayli ulardagi buyumlar, qurilish materiallarini tashib ketishdi5. Amir Olimxon noteng janglardan so`ng 1921-yil 4-martda Vaxsh daryosining Chubek irmog`idan Afg`onistonga o`tganida 200-250 ming kishi u bilan qo`shni davlatga o`tib ketdi. Bu haqida amirning o`zi xotiranomasida: “Bu bandayi ojiz Amudaryodan Afg`oniston tarafga kechib o`tayotganimda Buxoroning eng mo`tabar navkarlaridan taxminan 300 nafari menga hamroh edilar. Shu bilan birga har bir o`sha eslatib o`tilgan daryo guzarida taxminan 1lak (1lak- 100 ming) nafar odamlar o`tib to`planishar edilar. Bu jamoadan taxminan 500 nafarini, shu jumladan eng ko`zga ko`ringan Buxoro aholisidan o`zimga yo`ldosh qilib olib, Afg`onistonga qarashli turli-tuman yerlarga tayinladim”6 tarzida bayon etilgandi. Amir bilan Afg`oniston yeriga muhojirlikka o`tgan ming-minglab Buxoro aholisi vakillari Shimoliy Afg`oniston viloyatlari bo`ylab tarqalib ketishgandi. Tojikistonlik tarixchi olim K.N.Abdullayev Sharqiy Buxorodagi Qo`rg`ontepa viloyatidan amir Afg`oniston tomon o`tganida ushbu hududdagi 413 qism uy-joylar bo`shab qolganligi, aholining katta qismi xorijga qochib ketganligini qayd etadi. Afg`oniston bilan chegara hududlaruda ekin yerlari tashlandiq qamishzorlarga aylanib, hovlilar yarim vayrona holatiga kelib qolganligi manbalardan o`rin olgan7.
1923 yilda Buxorodan chekka o`lkalarga va xorijga chiqib ketuvchilar oqimi to`xtamaganligi ham aholi soni kamayishiga sabab bo`lgan BXSR yer ishlari (ziroat) nozirligi 1923 yil oktabridan 1924 yilning oktabriga qadar
---------------------------------------------------------------------------------------
5. R-59-fond, 1-ro`yxat, 118 yig`ma jild, 168- varoq, 171- varoq.
6. Amir Said Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. T: Fan, 1991. –B.17
7. Abdullayev K. N. Ot Sinvuzyanya do Xorosana. Iz istorii sredneaziatskoy ershtratsin XX veka.- Dushanbe : Irfon- 2009 – C. 326-327

Buxorodan qochib ketganlarning 1477 ta katta tuyoqli molini, 75 ta otini, 27 ta sigir, 35 ta buzog`ini, 16 ta eshak, 7ta tuya, 290 ta qo`y va 4 ta arobasini musodara qilgan. Shuningdek, 80.606 pud bug`doy, 10.598 pud arpa, 147.67 pud guruch, 375 pud zig`ir, 69 pud kunjut, 143 pud mosh, 765 pud tariq, 17 pud suli, 450 pud tuz, 3000 pud yong`oq, 13 pud quritilgan uzum (mayiz), 250 ta bo`yra, 6 pud meva, 10 ta palos xorijga ketganlar xonadonidan to`planib, kambag`allarga hukumat tomonidan taqsimlab berilgandi8. BXSR hududida aholi sonining kamayib borishiga ta`sir qilgan omillardan biri 1920 yil kuzida amir hokimiyati qulatilgan davrlarda Chorjo`y va Karki viloyatlaridan 35 ming oila chorvador turkman qabilalarining 2 millionli qo`y-qo`zilari va va qoramollari bilan qo`shni Afg`oniston yerlariga o`tib ketganligi edi. Ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi chorvachilik bilan shug`ullangan turkmanlar asosan Shimoliy Afg`onistonning Anxoy va Maymana viloyatlariga o`tib ketishgandi. Ular Buxoro ta`balari (fuqarolari) bo`lishiga qaramay, Afg`oniston aholisi safiga borib qo`shilshgan, keyinchalik BXSR hukumati sa`yi harakatlari bilan faqat bir qismiginasi asl vatanlariga qaytarildi xolos9, ma`lumki BXSR yillarida Qizil Armiya qismlriga qarshilik harakati goh kuchayib, goh pasayib muttasil davom etib turdi. Ushbu tengsiz janglarda ishtirok etgan vatanparvar kuchlarning bir qismi harbiy harakatlarda halok bo`ldi, omon qolgan bir qismi xorijga o`tib ketdi, ba`zilar esa obloq va chekka joylarda yashirinib yashashga majbur bo`ldi. Bu omillar ham BXSR aholisi sonini kamayishiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Ta`kidlash joizki, BXSR qisqa umr ko`rdi,ushbu hukumat yillarida aholini ro`yxatga olish tadbirlari amalga oshirilmadi. Shu sababli BXSR aholisi sonini aniq raqamlarda ifodalash mushkul.


Xullas, amirlik davriga nisbatan BXSRhududida aholi soni kamayib ketganligi yuqorida qayd etilgan omillar bilan bog`liq. 1920-1924 yillarda hozirgi O`zbekistonning ancha qismi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasini bir qismini o`zida birlashtirgan edi.
---------------------------------------------------------------------------------------
8. O`zbekiston Milliy Arxivi, R-48 fond, 1-ro`yxat, 267-yig`ma jild, 96-varoq.
9. O`zbekiston Milliy Arxivi, R-48 fond, 1-ro`yxat, 207-yig`ma jild, 2, 3, 7, 8-varoqlar, Buxoro axbori208-son, 1923 yil 30 oktabr / “Ozod Buxoro”, 68-son, 1924 yil 29 mart.
BXSRda 2,5 millon atrofida aholi istiqomat qilib, aholining asosiy qismi qishloqlarda Umr guzaronlik qilardi.

Rezyume
Ushbu maqolada 1920-1924 yillarda mavjud bo`lgan BXSRdagi aholining umumiy soni, viloyatlar bo`yicha joylashuvi, respublikadagi demografiya jarayoniga ta`sir ko`rsatgan omillar haqida birlamchi manbalar orqali fikr yuritilgan.

Ruscha:

Inglizcha:



Tayanch atamalar: Aholi, viloyat, BXSR, o`troq, ko`chmanchi, turkmanlar, muhojir, hukumat, chorva, shahar, qishloq, amir, nozir, xorij.
Download 24,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish