«byudjet hisobi va g’aznachiligi ishi» kafedrasi «byudjet hisobi» fanidan


Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagilar



Download 170,86 Kb.
bet3/9
Sana10.07.2022
Hajmi170,86 Kb.
#768335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rustamov

Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagilar:




1-rasm. Moliyaviy nazoratning predmeti
Moliyaviy nazorat predmeti bo‘lgan yuqoridagi ko‘satkichlarning koֳֳ‘plari hisobli ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi va bu narsa, o‘z navbatida, ular amaldagi qonuniy hujjatlarga qay darajada muvofiq, to‘g‘ri va ishonchli ekanligini tekshirishni taqozo etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U davlat va boshqa barcha iqtisodiy sub'ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, o‘zaro ta‘sirchan hamda mustaqil bo‘lgan ikki sohaga bo‘linadi:

  • davlat moliyaviy nazorati;

  • davlatdan tashqari moliyaviy nazorat.

Davlat moliyaviy nazorati - davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining ma‘lum maqsadga yo'naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati YaIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, to‘liq va uzliksiz tushib turishi va maqsadli foydalanish bilan bog‘liq pul resurslari harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Umummilliy iqtisodiy manfaatlarga, aloqador bo‘lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida ham xususiy va korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning davlatdan tashqari sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo'shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlari qanday bajarilayotgani, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikka rioya qilinishi, shuningdek, hukumat tomonidan belgilangan pul hisob-kitoblarini tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalarini nazorat qilish ham qamrab oladi.
Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish hisoblanadi.
Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar davlat moliyaviy nazoratning obyekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:

  • byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);

  • byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;

  • o‘zaro soliq munosabatlari.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat moliyaviy nazorati tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:

  • bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o'rnatishdir;

  • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi;

  • quyi tashkilotlarni tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlari tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;

  • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.

O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba‘zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bozor xo‘jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq qiyofaga ega bo‘lib, sekin-astalik bilan g‘arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o‘z samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan.
Davlat moliyaviy nazoratining oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • pul fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta‘sir ko‘rsatish;

  • davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta‘minlash;

Har bir davlat, odatda, moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‘rsatuvchi qonunlar qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o‘z reglamenti (tartibi) mavjud bo‘lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazorat natijalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlatning maqsadli byudjetdan tashqari fondlarining loyihalarini ko'rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo'yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohaiarda byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.



Download 170,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish