Byudjet soliq siyosatining mazmuni V


Iqtisodchi olimlarning byudjet - soliq siyosatiga oid nazariyalari



Download 0,72 Mb.
bet3/15
Sana08.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#333217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Solijonov Doston . Kurs ishi

Iqtisodchi olimlarning byudjet - soliq siyosatiga oid nazariyalari

Sohibquron Amir Temur o’z iqtisodiy qarashlarida soliq masalasiga alohida ahamiyat bergan. Sohibquron o’z davrida soliq siyosatini xalq manfaatidan kelib chiqqan holda amalga oshirgan. U agar aholi soliq tizimi orqali kambag’allashib ketsa, davlat ham oqibatda kambag’allashib boradi, aholining boy – badavlat yashamog’i uchun adolatli soliq tizimi zarur, deb hisoblagan.

Soliqlarning mohiyati to’g’risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda.

XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan, balki huquqiy ma’noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Aynan shu davrda soliqlarga fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz tilida hozirgacha ba’zi bir soliqlar “duty” deb nomlanadi, ya’ni qarz, majburiyat deganidir.

XVII asrgacha hamma soliq to’g’risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz xarakterga ega bo’lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag’ishlangan tadqiqotlar tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni doimiy va umumiy to’lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga olib keldi va bu holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi. Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya bo’lib keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari A. Smit tomonidan davlat moliyasi evolyutsiyasini o’rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektlar daromadidan davlat xazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq undirishning to’rt tamoyilini o’rtaga qo’ydi: tenglik, aniqlik, to’lashning qulayligi va arzonligi hisoblangan.

Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J. Mil lar iqtisodiyotni samarali va o’zini-o’zi boshqara oladi deb hisoblashgan. Ularning fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko’payib ketishsa ular o’zlari taqchil tarmoqlarga o’tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining manbai sifatidagina rol o’ynaydi xolos deb hisoblashgan.

Soliqlar bo’yicha olib borilgan izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan mablag’larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi. Ammo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy sikllarning bo’lib turishi klassiklar nazariyalarni bir qadar o’zgarishiga olib keldi, ya’ni davlatning ro’li va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsata olishini belgilab berish kerak bo’lib qoldi. Bundan tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak edi.

Asosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida “burjuaziya” ilmida umumiy soliq nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo’nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ta’siri ostida shakllandi.

Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati, ularning jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, ro’li va ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab davlatlarning soliq tizimlarini turli xil shakllanish modellarini o’zida aks ettiradi. Keng ma’noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni o’rganish bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida muammolarini ham o’rganadi (xususiy soliq nazariyasi).

Xususiy soliq nazariyalari turli xil soliqlarning o’zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va boshqalarni o’rganadi. Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, xususiyatlarini belgilab bersa, xususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat tarkibi qanday bo’lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish