Byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi



Download 53,5 Kb.
Sana12.05.2023
Hajmi53,5 Kb.
#937135
Bog'liq
buxgalteriya-hisobi


Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi.Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan yilga o ‘sib borishida bir qator investitsion qulayliklar va qulay investitsiya muhiti shakllanganligini keltirib o‘tish joiz. Shuningdek, investitsion muhit farovonligiga ta ’sir ko'rsatuvchi quyidagi asosiy omillami ham qayd etish o'rinlidir. Bularga: 1. Siyosiy barqarorlik. Davlat tomonidan barcha ijtimoiyiqtisodiy sohalarda olib borilayotgan tizim li islohotlar va 0 ‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 100 dan ortiq xalq va elatlar uchun yaratib berilayotgan teng imkoniyatlar, har bir shaxs, har bir xo'jalik yurituvchi subyektlarga o‘z imkoniyatlarini to'laqonli namoyish etishlari uchun barcha sharoitlarning mavjudligi. 2. Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotganligi. 0 ‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini («o‘zbek modeli») tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslikka erishdi. 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti 1997—2003-yillar davomida yiliga 3,8— 5,2 foiz o‘sish sur’atlari bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islo h o tlarn i chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004-yildan e’tiboran yiliga 7—9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.Ayni paytda, jahonni larzaga solgan, ko‘plab m amlakatlar iqtisodiyotiga katta talofatlar yetkazib, izdan chiqargan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jarayonlarining murakkab va og‘ir sinovlaridan o‘tayotgan mamlakatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish orqali yanada samarali va mustahkam bo'lib bormoqda. 3. Geografik va geosiyosiy joylashuvi. 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoning chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy hamkorlik aloqaiarini o'rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda ishtirok etish uchun qulay transport koridorlariga ega mamlakatdir1. 4. Rivojlangan infrastrukturaning mavjudligi. Respublikada transport infrastrukturasi bo‘lmish temiryo'llar, avtomobil yo‘llari hamda havo yo'ilari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Temir yo'llarimi/ning uzunligi 6,5 ming km, avtomobil yo‘llarimizning uzunligi 43,5 ming km.ga teng. Milliy aviakompaniyamizda muntazam ravishda 40 dan ziyod chet el shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi, shuningdek, jahonning 24 ta davlatida 43 ta vakolatxonasiga ega. Respublikamizda yiliga 48 mlrd. k.s. elektr energiyasi va 10 mln. Gkal. issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bu nafaqat ichki ehtiyojimiz, balki xorijga eksport qilishimizga ham imkon yaratadi. 5. Qulay soliq va bojxona siyosati. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar uchun investorlarga qator imtiyoz va preferensiyalar yaratilgan va ularning kafolati qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, ular mulk solig‘idan, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad solig‘idan hamda bir qator bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etilganlar. 6. Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi. 0 ‘zbekiston yuqori salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarga ega bo‘lib, aholi savodxonligi darajasi 100 foizni tashkil etadi.Mamlakatda har to‘rtinchi kishi oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega hisoblanadi. Birgina ta’lim sohasini oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda o‘z mazmun va mohiyatiga ko£ra noyob bo‘lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu dastur o‘n ikki yillik yaxlit majburiy uzluksiz ta’lim tizimiga o ‘tish hamda ta’lim jarayonlarining sifatini tubdan va tizimli oshirishga, kadrlaming yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan yangi avlodini tarbiyalashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni ko'rish imkonini berdi. Aholining har bir a’zosi turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatim iz ijtim oiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ana shu ina’noda aholi muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, uning oila va jam iyatdagi o ‘rni hamda nufuzini ko‘tarish bilan bog‘liq. Binobarin, jam iyatning insonparvarligi m amlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun yo'naltirilgani bilan ham baholanadi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini oshirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soladi.
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish