Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining asoslari



Download 20,52 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi20,52 Kb.
#280435
  1   2
Bog'liq
мақола чқбт



Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining

asoslari.

Avalom bor ushbu savolga javob topish uchun O‘zbekiston Respublikasida qanday normativ xujatlar mavjudligiga etibor qaratishimiz zarur O‘zbekiston Respublikasi qanday normativ xujatga asosan o‘z foliyatini olib boradi,xalqimizni tinchligini o‘z insoniylik xuquqlarimizni,davlatimiz va insoniy majburiyatimizni qaysi normativ xujatga asosan belgilaymiz keling ushbu savolga chuquroq yondashamiz.

O‘zbekiston Respublikasining asosiy normativ xujati bu O‘zbekiston Respublikasining konistitutsiyasidir agar ushbu normativ xujat O‘zbekiston Respublikasining asosiy normativ xujati xisoblansa unda,Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani ushbu asosiy normativ xujatga qanday daxiligi bor.Biz yaxshi bilamizki O‘zbekiston Respublikasining konistitutsiyasi 6 ta bo‘lim, 26 ta bobda tashkil etgan bulib 128 moddani o‘z ichiga oladi.

Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik haqida O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasining birorta bob va modalarida qayd etilmaganku degan savolga duch kelishimiz aniq. Yuqorida qayd etilgan savolga javob topishimiz uchun biz qanday yo‘l tutamiz keling ushbu borada biz O‘zbekiston Respublikasining konistitutsiyasiga murojat qilamiz va uning tarixiga nazar solamiz.Har bir xalqning taqdirida muhrlanib qoladigan tarixiy xujjatlar millat ravnaqi, davlatchilik poydevorining mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir. O‘zbek xalqi tarixida ham keskin burilish yasagan, istiqlol uchun kurashlar samarasi bo‘lgan, ahamiyati jihatidan asrlarga tatigulik huquqiy xujjatlar qatorida “Mustaqillik deklaratsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror,“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun va albatta, Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamizni alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Mustaqil davlatchilikning belgisi hisoblanmish Konstitutsiya avvalo millatning yuzi, xalqning erki ifodasi, jamiyat taraqqiyotining asosidir. Tom ma’noda yangi demokratik tuzumni barpo etish maqsadida qabul qilingan Konstitutsiyamizning g‘oyasi, asosiy prinsip va qoidalari umum e’tirof etilgan xalqaro talablar bilan birga xalqimizning ming yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlarini ham o‘zida mujassam etgan.

Qabul qilinish tartibining o‘ziyoq jahon konstitutsiyaviy tajribasida alohida o‘rin tutuvchi, ya’ni loyihasi ikki marotaba umumxalq muhokamasidan o‘tgan Konstitutsiyamizning yaratilish davri o‘ta murakkab tarixiy jarayonlar silsilasiga to‘g‘ri keldi. Oz fursat ichida mamlakatimiz Konstitutsiyasini qabul qilish zarurati mas’uliyatni yanada oshirdi. Davlat qurilishi sohasida mustaqil tajribaning endigina shakllanayotgani davlat boshqaruvi, jamiyatni idora etish masalalariga tamoman yangicha yondashuv lozimligi, ijtimoiy munosabatlarni tamoman yangidan huquqiy tartibga solish ehtiyoji Konstitutsiyani qabul qilishga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi murakkab omillardan edi.

XX asrning 90-yillarida O‘zbekistonning siyosiy tizimida vujudga kelgan murakkab ijtimoiy munosabatlar mamlakat rahbariyati zimmasiga jiddiy sinovlar olib keldi. Mustaqil davlat sifatida siyosat yuritish, bunda jahon hamjamiyatining e’tiborini qozonish, mamlakat ijtimoiy hayotining osoyishtaligini ta’minlash, millatlararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, iqtisodiy rivojlanish hamda ma’naviy yuksalish poydevorini shakllantirish kabi masalalarga oydinlik kiritish, uning huquqiy asosini yaratish mas’uliyati ham davlat oldida turgan dastlabki vazifalar edi.

1990 yilning iyun oyida Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida yangi konstitutsiya loyixasini tayyorlash uchun konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Sobiq imperiya davrida bunday dadil siyosiy qadamni qo‘yishning o‘zi katta jasorat va mardlikni talab qilar edi.

Bu davrga kelib O‘zbekiston siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz berdi: mamlakat boshqaruvida prezidentlik va hokimlik institutlari joriy etildi, yagona partiyaviylik – hukmron kommunistik mafkuraga barham berildi, mulkchilik shakllari o‘zgardi, hur fikrlilik, vijdon erkinligi g‘oyalari qaror topdi.

Shunga qaramay, hali oldinda o‘z echimini topishi zarur bo‘lgan qator muammolar ko‘ndalang bo‘lib, konstitutsiyaviy komissiya a’zolariga ushbu savollarga to‘g‘ri javob topish va tahlil qilish, horijiy tajribani o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni konstitutsiya g‘oyalariga singdirish kabi vazifalar qo‘yildi. Ushbu konstitutsiyaviy komisssiyaning Raisi – Respublika Prezidenti zimmasiga ulkan va sharafli mas’uliyat yuklatilgan bo‘lib, I.Karimov Konstitutsiya loyihasidagi har bir modda va qoidani o‘ta sinchkovlik bilan qarab chiqish barobarida yangi konstitutsiyaviy tuzumni, mamlakatimiz kelajagini hamda taqdirini oldindan ko‘ra oldi.

Mazkur komissiya konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda e’lon qilindi. Ushbu loyiha bo‘yicha umumxalq muhokamasi juda qizg‘inlik bilan, keng jamoatchilik doirasida o‘tkazildi. Bildirilgan takliflarininobatga olinib, 1992 yilning 21 noyabrida Konstitutsiya loyihasi ikkinchi bor matbuotda e’lon qilindi. Natijada olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi va loyihaga qator tuzatish hamda aniqliklar kiritildi.

Xalqimiz tomonidan bildirilgan fikrlar Konstitutsiya mazmunini yanada boyitdi. Jamiyatimizning millionlab a’zolari taqdiri bilan bog‘liq ushbu jarayon siyosiy faollik namunasi bo‘ldi, deb ta’kidlash joiz.

Tarixiysana–1992 yil 8 dekabr kuniO‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasidaO‘zbekistonRespublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi.

O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi Muqaddima,“Asosiy prinsiplar”, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari”, “Jamiyat va shaxs”, “Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi”, “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi”, “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi” deb nomlangan 6 ta bo‘lim, 26 ta bobni tashkil etgan 128 moddani o‘z ichiga oladi.

Xalqimiz Konstitutsiyamizni qabul qilinishi orqali dunyo hamjamiyatiga o‘zining umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ekanligini namoyon qildi. Ushbu umuminsoniy qadriyatlarning diqqat markazida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini ta’minlash davlatimiz oldidagi oliy mas’uliyat ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy g‘oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklarni ta’minlashda aks etadi.

Shu bilan birgalikda xalq hokimiyatchiligi institutining mazmunida butun hokimiyat va suverenitet xalqqa tegishli ekanligi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb e’tirof etilgan Konstitutsiyamizning xalqchil tabiatini namoyon etadi. Konstitutsiyamizning52-moddasida shunday iboralar keltirilgan O‘zbekiston Respublikasini ximoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqorasining burchidir.Fuqoralar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasini ximoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqorasining burchi xisoblansa biz nimalarga etibor qaratishimiz kerak avolom bor bizning fuqoralarimiz shunday sharafli burchni utashga tayyormi ushbu tayyorgarlikni asil uzagi qaysi qayrdan bshlanmog‘i zarur.

Konstitutsiyamizning 52-moddasining uzi bizni O‘zbekiston Respublikasini ximoya qilishga chorlamadimi shunday ekan biz tayyorgarlikni qayrdan boshlamog‘imiz zarur deb uylaysiz.Halqimizda shunday bir ibora bor yoshlikda olgan bilim toshga uylgan muxir kabidir bas shunday ekan biz kuzlarimizni katoroq ochgan xolda biz bor bilimimizni kuchimizni vatanimizning himoyasiga uning yanada yashnab gulashiga qaratmog‘imiz zarur.

Yoshlarimiz umumta’lim maktablarida va o‘rta maxsus,kasb-xunar ta’lim muassasalarida vatanparvarlik ruxida tarbiyalanar ekanlar ularga avolom bor ushbu borada chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani asosiy yordamchi xisoblanadi ular faqat ushbu fan orqali harbiy tayyorgarlikdan kerakli ta’lim - tarbiyani oladilar va o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsisining 16 bobi mudofa va xavsizlikga qaratilgan asosiy boblardan biri xisoblanadi ushbu bob kerakli modalar bilan boytilgan maslan 125-modada shunday iboralar keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi bas shunday ekan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasi qayrlarda tayyorlanadi kimlar unga masul bu borada yana biz takiror takiror chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik faniga murojat qilishga majbur bulamiz. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi shunday ekan Qurolli Kuchlarning tuzilish va ularni tashkil etish uchun bizlarga kimlar va nimalar kerak avolom bor puxta harbiy bilimga ega bulgan harbiy mutaxasislar kerak ular boshlang‘ich bilimlarni qayrdan oladilar albata umumta’lim maktablaridan va o‘rta maxsus,kasb-xunar ta’lim muassasalarida utilayotgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini chuqur uzlashtirishlari orqali harbiy bilimga ega buladilar va ulardagi ushbu fanga bulgan qiziqish ularni oliy harbiy bilim yurtlariga yitaklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsisining 126 moddasi shunday boshlanadi O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada qurolli kuchlarga ega.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zxavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada qurolli kuchlarga ega shuni etiborga olgan holda shunga etibor qaratishimiz kerak O‘zbekiston Respublikasini xavfsizligini ta’minlash harbir O‘zbekiston Respublikasi fuqorasining konstitutsiyavion burchidir. O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligin ta’minlash uchun avalambor yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichkii shlar vazirligi, Milliygvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bulinmalari foliyat olib borib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo‘lmish Konstitutsiyada mudofaa, xavfsizlik va harbiy xizmatga taalluqlilik asoslari bir necha moddalarda va XXVI bobda ravshan ko‘rsatib o‘tilgan.




Download 20,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish