Charli va shokolad fabrikasi


Sahna ko’rinish quyidagi qissa asosida tayyorlangan



Download 115,46 Kb.
bet2/2
Sana20.08.2021
Hajmi115,46 Kb.
#151999
1   2
Bog'liq
CHARLI VA SHOKOLAD FABRIKASI

Sahna ko’rinish quyidagi qissa asosida tayyorlangan
JANOB VILLI VONKA

Fabrika darvozalari ochilganda ichkarida Villi Vonka J yolg’iz o‘zi turardi. Qandaydir g‘ayrioddiy odam edi u. Boshiga qora shlyapa 49 kiyib olgan edi. Egniga chiroyli vilvetdan tayyorlangan uzun palto kiygandi. Shimlari yashil, qo‘lqoplari kulrang. U bir qo‘lida oltinrang tayoqcha ushlab olgandi. Iyaklari ostida tartibli kalta soqol yarashib turardi. Uning ko‘zlari yashnab porlardi. Yuzidan nur yog‘ilardi. Uning ko‘rinishi ham aqlliligidan nishona berardi. To‘satdan u yoqimli harakatlar bilan qor ustida o‘ynay boshladi. Qollarini keng yozib darvozaga yaqin kelib: — Xush kelibsiz, mening jajji do^tlarim, xush kelibsiz fabrikamga! — dedi. Uning ovozi baland va jarangdor edi. — Iltimos, yonimga bittadan keling, ota-onangiz bilan! Oltin biletni ko‘rsatib, ismingizni aytasiz. Kim birinchi? Katta semiz bola oldinga yurdi. — Men Avgust Glopman, — dedi u. — Avgust! — yo‘g‘on ovozda takrorladi janob Villi Vonka va lining qo‘llarini siqdi. — Qadrli bolajonim! Qanday yaxshi ko‘rinasan-a! Ajoyib! Maftunkorsan! Biz bilan hah juda ko‘p zavqlanasan. Bu sening ota-onangmi? Keling, keling! — Villi Vonka ularning har birini yorug‘ yuz bilan iliq kutib oldi. — Mening ismim Veruka Salt, — dedi keyingi qiz yaqinlashib. — Oh, qadrli Verukam, qalaysan? Qara, seni qanaqa ajoyib, ^iziqarli isming bor ekan-a! Men, veruca —poyabzalning tagcharmi deb o‘ylardim. Ko‘ryapmanki men adashgan зкаптап. Shunday emasmi? Juda chiroyli, yoqimtoy SO ko‘rinasan! Men kelganingdan judayam xursandman! Bugun hayotingdagi eng ajoyib kun bo‘ladi, menga ishon! Sening otangmi? Ahvollar qalay, janob Salt, siz-chi,, Salt xonim? Sizlami ko‘rganimdan juda xursandman.Qani biletingiz? Mariiamat, ichkariga kiring! Keyingi ikki bola - Violet Bearugarde va Mayk Teavee o‘zlarimng biletlarini ko‘rsatishdi. Villi Vonka ulaming yelkasiga qoqib ichkariga taklif qildi. 51 Bizhing qaffiamonimiz hammadan oxiri ingichka ovoz bilan “ Mening ismim Charli Bakket”, deb pichirladi. — Charli! — qichqirdi janob Villi Vonka. — Yaxshi, yaxshi. Menimcha, sen Oltin biletni kecha topding, shundaymi? Men sen haqingda gazetada ertalab o‘qidim. Ammo ayni vaqtida topibsan-da! Men bundan judayam xursandman! Senchi? Sen ham xursand bo’lsang kerak? Bu kim? Buvangmi? Sizni ko‘rganimdan xursandman, janob! Juda soz! Ajoyib besh bola! Ha! Yaxshi! Endi sayohatimizni boshlashimiz mumkin. Sizlar birga bo‘linglar! Men birortangiz yo‘qolib qolishingizni xohlamayman. Charli yelkasi osha nazar tashlaganda temir darvoza orqasidanoq yopila boshladi. Tashqaridagi olomon haliyam baqirardi, shovqin solardi. Keyin, qattiqjaranglaganovozlar bilan darvoza yopilganidan so‘ng, tashqaridagi ovozlar, baqirchaqirlar mutlaqo eshitilmay qoldi. , Janob Villi Vonka yo‘1 boshladi: — Ushbu qizil eshik bo‘ylab yuring. To‘g‘riga! Ichkari issiq va ajoyib! Men fabrikamda issiqlikni saqlashga majburman.Chunki ishchilarim issiq iqlim odamlari! Ular sovuqqa chidolmaydi. Agar ular bu havoda tashqariga chiqishsa halok bolishadi, Ha, muzlab o‘lishadi! — Ishchilaringiz kimlar? — so‘radi Avgust Glop. — Hamma narsani o‘z vaqti boladi, bolajonim! — dedi Villi Vonka kulib. — Sabrli bolinglar! Biz oldinga yuramiz va siz hammasini bilib olasiz. Hammangiz ichkaridamisiz? Yaxshi! Eshikni yopsam bo‘ladimi? Rahmat! Charli o‘zini keng, uzun zalda ko‘rdi. Zal shunchalik keng ediki, katta mashina osonlikcha oldinga harakatlanishi mumkin edi. Devorlar nimpushti, yoritgichlar ajoyib edi. — Qandaydir yoqimli iliqlik! — pichirladi Charli. — Qandaydir ajoyib hid! — dedi Jo bobo chuqur nafas oUb. Dunyodagi hamma ajoyib hidlar aralashib atrofda bo‘y taratayotgandek edi; qovurilgan kofe, yondirilgan shakar, eritilgan shokolad, binafshalar hidi, olmali karamelning hidi... Sal to‘rda haybatli, katta mashina bo,‘g‘iq gumbirlash bilan katta tezlikda ishlardi. — Hozir, qadrli bolajonlarim, — dedi Villi Vonka ovozini sal ko4arib. — Bu asosiy zal. Siz bu yerdagi ilgaklarga kurtka, bosh kiyimlaringizni ilib, mening orqamdan yuring! To‘g‘ri oldinga! Yaxshi! Hamma tayyormi? Ketdik! Davom etamiz! Mehmonlar uning orqasidan yo‘lga tushdilar. Ular to‘qqizta katta yoshdagilar va 5 ta kichik bolalar — hammasi bo lib o‘n to‘rt kishi edilar. - Yuring! — baqirdi Villi Vonka. — Bunaqa imillab yurishingizda biz fabrikani aylanishga ulgurmaymiz. U to‘g‘riga burildi va asosiy zaldan torroq yo‘lakka o‘tdi. Keyin u chapga burildi. Keyin yana chapga. Keyin to‘g‘riga. 53 Keyin chapga. Keyin o‘ngga. Keyin o‘ngga. \ Keyin chapga. Bu joy katta labirintga o‘xshardi. Bu yerdan hamma yo‘nalishga boradigan yo‘laklar mavjud edi. — Mening qo‘limni qo^ib yubormagin! — pichirladi Jo bobo.' — Sezyapsizlarmi? Ushbu yolaklar asta-sekin pastlab boryapti, — dedi Villi Vonka. — Biz yer osti saltanatiga kirib boryapmiz. Mening fabrikam yer yuzasida joylashgandek ko‘rinsa ham, aslida hamma eng muhim, zarur xonalar yer ostida. — Nima uchun? — so‘radi kimdir. Yer ustida fabrikam uchun yetarli bo‘sh joy yo‘q edi. Siz ko‘rib turibsizki, xonalar judayam katta. Ularning ba’zilari hatto dunyodagi eng katta futbol maydonlaridan ham kengroq. Dunyodagi birorta qurilish kattaligi jihatidan bular bilan tenglasholmaydi. Yer ostida esa men xohlagan bo‘shliq bor, shuning uchun ham eng muhim xonalarni yer ostiga joylashtirganman. Xullas, bu yerda chegara yocq, ko‘rdingizku, uzun yo‘laklarimni! Villi Vonka o‘ngga burildi. Keyin chapga burildi. Yana o‘ngga burildi. Yoclaklar yurishgani sari pastga qiyalashib boraverdi. 54 Janob Villi Vonka to‘xtadi. Uning ro‘parasida yaltiroq metalldan qilingan eshik turardi. Kichkina guruh ham uning atrofida to‘plandi. Eshikka katta harflar bilan shunday so‘zlar yozilgandi: SHOKOLADLIXONA.
Download 115,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish