«Чет тили билимдонлари» лойихаси



Download 37 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi37 Kb.
#568225
Bog'liq
Chet-tili-bilimdoni-loyihasi


"Chet tili bilimdonlari" loyihasi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi 2012 yil 10 dekabrdagi PK-1875-sonli qarorida uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarini o`rganishning umumyevropa kompetentsiyalari talablariga tayangan holda chet tillari bo`yicha yangi Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqildi va chet tillarini o`rganishni ommalashtirish va muloqot muhitini shakllantirish vazifalari qo`yildi.


Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai, robitai olamiyondur.
Avaz O’tar
Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama barkamol va yetuk ko`rish bizning ezgu intilishlarimiz garovi. Har bir yosh yuksak ma'naviyatli, bilimli, salohiyatli va jahon bilan bellasha oladigan intellektual qobiliyatga ega farzandlar tarbiyalash, ya'ni Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda "Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart!" degan fikrlariga amal qilish, biz pedagoglarning asosiy maqsadi.

Ushbu loyiha maqsadi:


O’quvchilar o`rtasida chet tilini targ’ib etish, ularning qalbida chet tiliga mehr va muhabbat uyg’otish, chet tilida mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarini qo`llab-quvvatlash, tarbiyaviy tizimni shakllantirish jarayonida ota-ona, o’qituvchilar, keng jamoatchilik tasavvuridagi chet tili bilimdoni o’quvchisini yuzaga chiqarishdan iborat. Bu g’oyaning obyektiv va subyektiv harakatlantiruvchi kuchlari - maktab jamoasi, sinf raxbarlari, kutubxonachi, fan o`qituvchilari, Kamolot YIH va Kamalak BT maktab kengashi sanaladi.


Loyihaning vazifalari:


-o’quvchilarni chet tiliga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish va chet tilida muloqot madaniyatini yuksaltirish;


-kompyuter to’garaklari orqali o’quvchilarni chet tilidagi savodxonligini oshirishga e'tibor qaratish;
-ma'naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish.

Loyihaning amalga oshirish yo’llari va usullari:


-maktabda chet tili to’garaklari sifatini oshirish;


-maktab kutubxonasida chet tilida yozilgan uslubiy qo’llanmalar va badiiy adabiyotlari bilan boyitish;
-xar bir darsning 5 daqiqasida chet tilida suhbat o’tkazish;
-maktab foyelariga, karidorlarga va sinf xonalariga chet tilida yozilgan terminlar, lug’atlar, maqollardan stendlar chiqarish.
-o’quvchilar o`rtasida "Chet tili bilimdonlari" bellashuvini tashkil qilish;
-"Chet tili bilimdonlari"ni ertalabki saflanishlarda rag’batlantirib borish.
O’quvchilarni chet tiliga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va chet tilida muloqot madaniyatini yuksaltirish uchun chet tili to’garaklarini doimiy nazorat qilib, uslubiy qo’llanmalar bilan ta'minlash zarur.
Hozirgi davr talabi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini mukammal bilishni taqozo etmoqda. Buning uchun chet tilini bilsak, kompyuter texnoligiyasini yaxshi o’zlashtira olamiz. Buning uchun chet tili to`garaklari orqali o`quvchilarni savodxonligini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir darsning 5 daqiqasida fanga doir terminlarni chet tilidagi izohini topish topshirigi beriladi.
"Chet tili bilimdonlari" bellashuvida salomlashish odobi, muloqot madaniyati, muhim sanalar, mehr -oqibat, tabiat go’zalligidan zavqlanish, buyuk ajdodlarimiz haqida tasavurga ega bo’lish, allomalarimiz o’gitlari, me'moriy obidalarimiz, oila haqida gapirish, shaharlarimiz haqidagi bilimlari orqali bilimdonlar aniqlanadi.
"Chet tili bilimdonlari" loyihasi sinflar kesimida aniqlab olinadi. Ya'ni namunali va ilg’or o`quvchi har bir sinf o`quvchilari orasidan hafta davomida fanlarni o`zlashtirish jarayonida faolligi, sinf va maktab jamoat ishlaridagi ishtiroklari bo`yicha "Ma'naviyat soati" yoki mahsus sinf yig’ilishida aniqlanadi. Maktabda har shanba kuni tashkil qilinadigan "Ertalabki saflanish"da "Chet tili bilimdonlari" e'lon qilinadi va rag’batlantiriladi.

Loyihani amalga oshirish bosqichlari:


2016-2018 yillar


1-bosqich: 2015-2016 o’quv yilida 1-2, 5-9 sinf o’quvchilari doirasida amalga oshirish mo`ljallangan. Chet tili bilimdonlari safi kengaytiriladi.


2-bosqich: 2016-2017 o’quv yilida 5-9 sinf o’quvchilari chet tilida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
3-bosqich: 2017-2018 o’quv yilida 2-9 sinf o’quvchilari o’rtasida "Chet tili bilimdonlari" banki yaratiladi.
Loyihadan kutilayotgan natija:

O`quvchilarning ijodiy birlashmalari faoliyatini yuzaga keltirish va iqtidorli bolalar jamg’armasini yaratib boriladi


Iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, rag’batlantirish va qo`llab-quvvatlash ularning iste'dodini yuzaga chiqarishga turtki bo’ladi.
O`quvchilarda izlanuvchanlik, tashabbuskorlik qobiliyatini mustahkamlash va
iqtidorli bolalar jamg’armasini yaratib borishdan iborat.
Ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o`sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo`lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Yoshlar iste'dodini yuzaga chiqarish va rivojlantirish maqsadida ta'lim jarayonida sifat ko’rsatkichga erishiladi. Loyihaga asosan ijodiy muxitda ilg’or va tashabbuskor o’quvchilar safi kengayadi. Ushbu tajriba o`z ustida ko’proq shugullanishga, o’z imkoniyatlaridan keng foydalanishga olib keladi. Har bir o’quvchida xaftaning namunali va ilgor o’quvchisi bo’lishga intilish xissi paydo bo’ladi. Natijada faol chet tili bilimdonlari safi kengayadi. Shunga muvofiq, ushbu loyiha ertangi kun egalarini har jixatdan intellektual saloxiyatli qilib tarbiyalash bilan uyg’un holda namoyon bo’ladi.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish