Chi 18 guruh talabasi Davronova Shaxinaning


INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA CHET TILINI HARAKATLAR ORQALI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI



Download 90,27 Kb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi90,27 Kb.
#253935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davronova Shakhina 11-13chi

5.INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA CHET TILINI HARAKATLAR ORQALI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI

Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta‘limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, o‘quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o‘rganishga yordam beruvchi asosiy ma‘lumot to‘plamlari bilan tanishgan holda o‘rganadilar. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o‘quv materiallarining katta to‘plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi.1 Turli usullarni birlashtirib o‘qituvchi muayyan ta‘lim dasturlarini yechishga qodir bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak.8 Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko‘nikmalari shakillanadi. Bunda o‘qitish va o‘rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O‘qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o‘quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi.2.Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko‘payib bormoqda. Til o‘rgatishda ham turli uslublar paydo bo‘lmoqda. Ingliz tilini o‘rgatishda o‘rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o‘rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o‘quvchilar boshlang‘ich bosqichda o‘qitish, o‘rta bosqichda o‘qitish, yuqori bosqichda o‘qitish asosida guruhlarga bo‘linadi. Har bir bosqich uchun o‘qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Boshlang‘ich bosqichda talaffuzga muhim e‘tibor beriladi. Harmerning ta‘kidlashicha, suhbat davomida ona tilini biladiganlardan birinchi talab- bu talaffuz. O‘quv jarayonining boshlanishida o‘qituvchi asosiy e‘tiborni o‘quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Grammatika va lug‘at asosiysi hisoblansada, ma‘ruzachi talaffuzi notog‘ri bo‘lsa, buning hammasi befoyda. Native speakerlar agar so‘zlovchi so‘zlarni to‘gri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin.3 Shuning uchun o‘qitishda dastavval asosiy e‘ribor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi dars davomida harflar, so‘zlarni to‘gri talaffuz qilishni o‘rgatishi kerak. Shunungdek boshlang‘ich bosqichda og‘zaki nutqqa va o‘qish texnikasini o‘stirishga katta e‘tibor beriladi. Bunda chet tilini o‘qitishning nutq faoliyati turlari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularni o‘rgatishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur:

a) O‘qish mexanizmini hosil qilish;

b) Og‘zaki o‘qish texnikasini o‘stirish;

c) O‘qiganini tushunishga o‘rgatish .

Boshlang‘ich bosqichda o‘qishning asosan ovoz chiqarib o‘qish turiga kеng o‘rin ajratiladi. O‘qish uchun ajratilgan matnlar ham eng sodda va oddiydan asta-sеkin murakkablashib boradi. Lеkin shuni aytish kеrakki, boshlang‘ich bosqichlardagi ish faoliyati asosan og‘zaki nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishiga qaramay ingliz tilida og‘zaki nutqni o‘stirish masalasini hal qila olmaydi. U haqiqiy og‘zaki nutq ustida ishlash uchun faqat tayyorgarlik bosqichini o‘taydi. Qolaversa, so‘zlarni chiroyli va ravon o‘qish o‘quvchining shu tilni o‘rganishga bo‘lgan muhabbatini oshiradi. Bundan tashqari o‘quvchilar boshlang‘ich bosqichda The Present indefinite Tense., The Past indefinite Tense. , The Future indefinite Tense kabi fе'l zamonlarini yaxshi bilishlari va fе'l shakllaridan ushbu zamonlarda yorqin foydalana oladigan bo‘lishlari talab etiladi. O‘quvchilar otlarni birlikda va ko‘plikda ishlatilishini, hozirgi noaniq zamonda kеlgan fе'lning III shaxs birlikdagi shakliga "s" yoki "es" qo‘shimchalarini qo‘shilishini, gaplarning so‘roq, inkor va buyruq shakllarini ham boshlang‘ich bosqichda o‘qish davrida egallaydilar. Ingliz tilini o‘rgatishning o‘rta etapida asosiy e‘tibor ko‘proq hajmdagi matnlarni o‘qib tushunishda fikrlashni, nutq faoliyatini, tashabbuskorlikni oshirishga yordam bеradigan usullardan foydalanish kеrak. O‘quvchilarga uy vazifasi sifatida matnlar berib boriladi. Masalan:Matnni tushunganligini tekshirishga mo‘ljallangan mashqlar berilib ular quyidagicha ifoda etilishi mumkin:

Answer the question on the text Samarkand:

Why Samarkand is called like this?

Where is the ancient centre of the city?

How many population is there?

Savol - javob mashqlaridan foydalangan holda o‘quvchi nutqini kuchaytirish, xotirasini yaxshilash, takrorlash natijalariga erishiladi. Matnlar ichidan chiqqan yangi so‘zlar yod olinadi. Savol-javob qilish natijasida o‘sha so‘zlarning xotirada takrorlanishi hamda nutqda qo‘llay bilish ko‘nikmalari shakllanadi. Bundan tashqari darslarda turli xil o‘yinlarni tashkil etish o‘quvchini til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirib, o‘rganish sur’atini oshiradi. “Hot ball” 9o‘yinida o‘quvchilar aylana bo‘lib oladilar, koptokni bir-birlariga yangi so‘zlardan birini aytib otadilar. Ishtirokchilar bir-birlarining aytgan so‘zlarini takrorlamaydi, takrorlagan yoki so‘z ayta olmay to‘xtab qolgan holda o‘yindan chiqariladi. Shu tarzda o‘yin davom ettiriladi. O‘rta bosqichda grammatika birinchi bosqichga nisbatan chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, o‘tilgan grammatik qoidalar asosida o‘quvchilarga mashqlar, testlar berilib bilimlari sinaladi. Kompyuter, telefonlardagi til o‘rgatuvchi programmalar ham boshlang‘ich va o‘rta bosqichda til o‘rgatishga yaxshi yordam beradi. Talk (English speaking practice), Daily English, Learn English (English master), How to speak real English kabilarni misol qilsak bo‘ladi. Bu programmalar shunday tuzilganki, ularda reading(o‘qish), listening(eshitish), test bo‘limlarining barchasi o‘rin olgan. O‘rganilgan yangi so‘zlarni telefon diktafoniga yozdirib bo‘sh vaqtlarda eshitish takorlash uchun yana bir yaxshi usul. Bundan tashqari ingliz tilidagi subtitrli filmlarni, multfilmlarni ko‘proq ko‘rsatish ham til o‘rgatishda samarali usullardan hisoblanadi. Yuqori bosqichda mustaqil ishlash alohida rol o‘ynaydi, ayniqsa chеt tili bilan. Bu bosqichda darsga qo‘yilgan talablar oldingi etaplardagidan farq qiladi. Endi dars og‘zaki nutq asosida ko‘rilmaydi, chunki bu bosqichda til matеrialining ko‘pchilik qismi passiv ravishda (rеtsеptiv holda) o‘rganiladi. Ya‘ni o‘qib tushinish asosiy rol kasb etadi.4 Tеkstlar ham hajmi jihatidan katta, til matеriali esa murakkabdir. Reading, speaking, listening mashqlari doimiy o‘tkizib boriladi. Darsni tashkil etishda Readingga alohida kun, Speakingga alohida kun, Listeningga alohida kun belgilanadi. Uyga beriladigan vazifalar ham oldingi bosqichlardan ko‘proq va murakkabroq tuziladi. Speaking darslarida o‘rtaga biror mavzu tashlanib 2 daqiqalik nutq belgilanadi. Yana bir usulda matn mavzulari yozilgan kartochkalar o‘quvchilarga tarqatiladi. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan kartochkada berilgan mavzu haqida o‘z fikr mulohazalarini bildiradi. Nutqda avval o‘tilgan birikmalar, frazalar, kirish so‘z, yangi so‘zlar, sinonimlardan foydalanish talab etiladi.

Matbuot, davriy nashrlar, ommaviy axborot vositalari, internet materiallaridan foydalanib qo‘shimcha matn mavzularini tayyorlab kelishni uy vazifasi sifatida berish mumkin. Qiziqarli izlanishlar va ilmiy kashfiyotlar haqidagi matnlarni o‘quvchilar qiziqish bilan o‘rganadilar.

Ingliz tilini o'rganish bo'yicha innovatsion ta'limning mohiyati shundaki, o'quv jarayoni deyarli barcha talabalar bilim jarayoniga jalb qilinishi, ular bilgan va o'ylagan narsalar to'g'risida tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega.

Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. Yangilik ko‘pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi o‘quv dasturlari kiritishni hamda qo‘llanishga xosdir.Innovatsiyaning turli ta’riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu yangilik, yangi tartib qoida, o‘zgarish degan ma’noni anglatadi. Yunesko hujjatlaridan birida «... Yangilik albatta yangi bo‘lishi shart emas, biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va o‘z-o‘zidan namoyon etilishi mumkin bo‘ladi»-deb ko‘rsatilgan.Innovatsion muammolari bilan bog‘liq bir qator tadqiqotlarda o‘zgarishlar yangilik bo‘lishi, biroq har doim butunlay yangi g‘oyalar yoki shakllar bo‘lmaslik mumkinligi faraz qilinadi.Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali o‘quv - tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirishga yo‘naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik o‘zgarishlarni tushunamiz.Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda o‘qituvchining ijodiy faoliyati eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. (eng zarur pedagogik texnikani egallash, tarkibiy qismlari).Shu boisdan o‘qituvchi mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi uning pedagogik tizimda tutgan o‘rni haqida batafsil to‘xtalamiz.



  1. O‘qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishish uchun ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin bo‘lsin.

  2. O‘qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.

  3. O‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo‘lishi kerak: bu-jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma’lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil - talablarning ma’lum faoliyatini o‘zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‘diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: talabalarning o‘qishga bo‘lgan xoxishi, o‘quv mehnatiga munosabati.

  4. O‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga o‘qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog‘liq ekanligini bildiradi. Bu bog‘lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo‘lgan tashkiliy shakllar topish ta’limda rasmiyatchilikni yo‘qotishga yo‘l ochadi.

  5. O‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan talabaning ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to‘g‘rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.

Shunday qilib, pedagogikaga xos bo‘lgan texnologik jarayonni amaliyotga tadbiq qilishdan pedagog mahoratining ba’zi qirralari to‘g‘risida to‘xtaldik. Ptning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e’tiboran qaratgan holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e’tirof etish kerak.

Pedagogikaning ijodiy salohiyati uning ijodkor shaxsni shakllantirishga intilmoqda, pedagogik odobning namoyon bo‘lishi, empatiya, qobiliyat, tasavvurni rag‘batlantirish, qiziqarli, muammoli savollarni berish va hokazo orqali amalga oshirilishi mumkin.



XULOSA

O'qituvchi o'quvchilarga rahbarlik qilishi, har bir darsda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo'shishi kerak. Faqatgina maqsadga muvofiq mehnatsevarlik jarayonida ma'lum fazilatlarni shakllantirish va darsga qiziqishga erishish mumkin bo'ladi. Didaktik ishlarning xilma-xilligi o’quvchilarda turli xil maqsadli munosabatlarni vujudga keltiradi, mustaqil ishlashga sarflanadigan vaqt ko'payadi. Mustaqil ishlash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash o’quvchilarni ijodiy ishlarga o'rgatadi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, ularni kasbiy faoliyat tizimida qo'llash uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi, og'zaki va yozma nutq qobiliyatini yaxshilaydi, fikrlarni, his-tuyg'ular va his-tuyg'ularni ifodalashga ustunlik beradi, shuningdek fikr yuritish qobiliyatiga ega. Har xil vazifalardan qanchalik ko'p foydalanilsa, natijalar shunchalik samarali bo'ladi. Men o'z tajribamda har xil interaktiv o’qitish usullardan 2-5 sinflar orasida keng foydalanaman, albatta, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda. Til o'rganishni boshida, bu "Men haqimda", "Mening oilam", "Mening sevimli o'yinchog'im", "Mening chorva molim" kabi mavzularda taqdimotsiz oddiy loyihalar. Bunday topshiriqlar tildan amaliy foydalanishga yordam beradi. Bolalar gaplashishdan qo'rqmay, yanada erkinlashadilar. Bundan tashqari, bu usullar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida hamkorlikda ish olib borishga ko’maklashadi, bunday vazifalar foydalidir. O'quvchilar shaxsiyatining ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo'lishini ingliz tili darslarida matn bilan ishlash misolida ishni tashkil qilishda kuzatish mumkin. Matn yoki uning kichik bo'lagi bo'lgan har qanday asar badiiy bayonot bolalar ongida shakllantiriladi. Va hozirgi bosqichda o’quvchilarni ushbu matnning badiiy tasvirlari tizimi bilan tanishtirishga yordam beradigan bunday muammoli vaziyatlarni yaratish juda muhimdir. Matnni (parchani) idrok etish jarayoni va o'qilgan ustida ishlash turli xil topshiriqlar-savollar yordamida tashkil etilgan:

Sizningcha, shoir ushbu parchada yilning qaysi davrini tasvirlaydi? Buni qanday belgilar bilan taxmin qildingiz?

Tasvirlarga qarang va matn nima haqida bo'lishini taxmin qiling?

Matn sarlavhasini qanday tushunasiz? Nima haqida hikoya bo'lishi mumkin

O'qigan matningiz uchun rasm chizib oling.

O'quvning barcha bosqichlarida, sinfdan tashqari ishlarga tayyorgarlik ko'rishda qo'shiq va she'rlarni o'rganishga katta e'tibor berilishi kerak, bunda qofiyalangan matni notanish so'zlarni oson va tez o'zlashtirishga yordam beradi, ba'zi grammatik tuzilmalarni ishlab chiqish va fonetik qiyinchiliklarni olib tashlashga imkon beradi. Bolalar ota-onalarini va o'qituvchilarini barcha sinfdan tashqari ishlarga taklif qilishadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mavjudligi juda foydali bo'ladi, chunki bu o'qituvchiga yangi mavzuga qiziqish va ta'tillarni nishonlashga jalb qilish imkoniyatini beradi.

Men odatda darslarni va sinfdan tashqari ishlarni o'ziga xos, noan'anaviy shaklda , harakatlar orqali o'tkazishni afzal ko’raman. Bu nafaqat nutq faoliyatini rivojlantirishga, balki fikrlash, xotira, jamoada muloqot qobiliyatlarini shakllantirishga ham yordam beradi.




Download 90,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish