Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti



Download 121 Kb.
bet6/10
Sana24.01.2022
Hajmi121 Kb.
#406707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ATOIYNING G‘AZALDA HUSNI TA’LIL SAN’ATINI QO‘LLASH MAHORATI KURS

Ishning tarkibi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, 2 bob, unga tegishli fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 52 betni tashkil qiladi.

I BOB

Badiiy manzara yaratishda husni ta’lilga murojaat

1.1 Ijodkorlarning samoviy timsollar vositasida badiiy manzara yaratish mahorati

Shoirlarga xos badiiy idrok iqtidori, xususan, oddiy odamlar ilg`ab ololmaydigan manzaralarni ko`ra olish qobiliyati doimiy tabiiy hodisalardan ham, lahzali oddiy voqeliklardan ham g`ayritabiiy talqinning kitobxonlar ongida bir umrga naqshlanib qoladigan yorqin tasvirlar chizish imkonini beradi.



  • Husni ta’lil san’ati badiiyat ilmining eng murakkab, ammo eng samarador san’ati sifatida ijodkordan kuchli badiiy salohiyat, kashfiyotchilik, o`tkir xayolot iqtidori, shuningdek, turli sohalardagi bilimlarni talab qiladi. Bir so`z bilan aytganda, daho shoirlargina ushbu san’atning ko`plab betakror va nafis ifodalarini, yangidan-yangi g`ayritabiiy talqinlarni yarata oladilar, tabiatning beqiyos keng manzaralari, ijtimoiy hayotning rang-barang voqeliklarini sinchkovlik bilan kuzatib, husni ta’lilning noyob va hayratomuz lavhalarini, badiiyatning ajoyib mo`jizalarini kashf etadilar. Atoyi lirikasida mavjud borliq, koinot va hayot, inson va uning shodligi, hasratu alamlari o’z aksini topgan. Bahor fasli, chaman sahni, gul isi va bulbul honishi unga zavq-shavq bag’ishlaydi. U go’zal tabiat qo’ynida do’stlari bilan birga bo’lishni, yorning visoliga va lutf-ehsoniga musharraf bo’lishni istaydi.

  • SHoir she’riyatida tabiat bilan bog’liq holatlar ko’plab kuzatiladi. Bahor–ko’rk va chiroy, tug’ilmoq va unmoq fasli, u yasharish fasli hamdir. Inson esa bularning hammasidan yanada ko’rkli va dilrabo. YOr–sevgi, hayot va insonga muhabbatning tajassumi. YOrsiz shoirga va bahorning ko’rki va na uning zavqshavqi tatiydiki, bu holatni quyidagi misralarda ko’ramiz:

  • Vaslingiz umrum gulidur, shavqida men andalib, YOz faslinda bo’lur–vaqti hazon sizsiz mango.



  • Men bu yuz mushtoqidurmen, bog’u bo’ston kim bo’lur? Bo’lmasun nasrinu lola, arg’uvon sizsiz mango. (Devon, 36-bet)

SHoirning deyarli har bir g’azali hayotga, nafosat va muhabbatga tashnalik, olam va odamning mohiyat muammolariga bag’ishlangan. Mana u bir g’azalida nima deydi:

Kel, ey dilbar bo’ston vaqti bo’ldi,

Gul ochildi guliston vaqti bo’ldi. (Devon, 178-bet)

Zotan, bu vaqt, shoirning o’z ta’biri bilan aytganda, “hazoron nav’ alhon vaqti”, ming ohangda xonish qilish fursati. Demak, Atoyi she’riyati– tabiatdan, tabiatning inson ichki olamiga ta’sir etishga qodir go’zalliklaridan uzilib qolmagan she’riyat. Bu esa uning doimiy g’oyaviy qimmatini saqlab qoladigan eng muhim jihatlaridan yana biridir. Atoyi lirikasida bu da’voni dalillaydigan misollar ko’p. Bu haqda aniq tasavvur paydo qilish uchun quyidagi satrlarni keltirish o’rinli:

Soqiyo, keltur mayi gulgunki, xush damdur bukun,

Olami farxunda navro’zi olamdur bukun...

Er yuzinda gulshanu bog’i bahoru bog’cha,

Gunbazi hazro mengizlik sabzu xurramdur bukun...

Ey Atoyi, bo’lma g’ofil, bir nafas hamdam tila,

Umrni hamdam kechurmalik base kamdur bukun. (Devon, 132-bet)

Adabiyotimizning ko`p asrli tarixi ko`rsatishicha, ushbu san’at ifodalayotgan sababning albatta g`ayritabiiy, hayot haqiqatiga mos kelmaydigan bir tarzda bo`lishini shart qilib qo`yadi. Sabab asosida so`zsiz ijodkor ta’kidlayotgan hayotiy haqiqat, holat yoki afsonaviy rivoyatda tilga olinayotgan shaxs yoki biror bir narsa-buyum, ba’zan mavhumiy tushuncha (masalan, jon, ko`ngul) nomi yotadi, so`ng u bilan aloqador g’ayritabiiy dalil keltiriladi. Natijada, bir shaxs, narsa-buyum, hayvon, o`simlik, mavhum tushuncha haqida o`zaro uzviy aloqada bo`lgan ikki fikr yuzaga chiqadi. Keyingi hukm oldingi hayotiy voqelikning sababi qilib ko`rsatiladi-yu, lekin har ikki fikr o`rtasida mantiqiy muvofiqlik bo`lmaydi, aniqrog`i, sabab soxta, hazilnamo mazmunga, lutf, so`z o`yini ma’nosiga ega bo`ladi. Mazkur ko`rinishdagi “yolg`onchilik” so`z san’ati tabiatiga mos kelganligi sababli bu ijodkorning yolg`onchiligi emas, aksincha, topqirligi, deya baholanadi.

Kitobxon, albatta, shoir keltirayotgan sababning g`ayri hayotiy ekanini, u o`z g`oyaviy-badiiy niyatidan kelib chiqib, ataylab “yolg`on” ishlatayotgani, bu xil g`ayritabiiy, nomantiqiy dalil ataylab shu tarzda ifodalanayotganini anglab yetadi va bu xil fikrlarni shartli qabul qiladi-da, muallif mahoratiga tasanno aytadi.

Shoirlar ko`pincha samoviy mavjudodlar holati va harakatini g`ayritabiiy izohlash yo`li bilan husni ta’lil san’atiga xos lavhalar chizadilar.

Mumtoz she’riyatimizda yaratilgan husni ta’lil namunalarini kuzatar ekanmiz, ularda, avvalo, samoviy jismlar, xususan, quyosh, oy, yulduzlar harakati va holatini g`ayritabiiy asoslagan holda mahbuba latofatini ta’sirchan ifodalashga intilishni kuzatamiz.

O`z g`azallarini samimiy sevgi, pokiza muhabbat va ilohiy ishq mavzulariga bag`ishlagan Atoiy husni ta’lil san’atida go`zal mahbubaning beqiyos latofatli qiyofasini g`ayritabiiy tasvir usuli vositasida yorqin ifodalash maqsadida, samoviy timsollarga murojaat etib, ularning turli holatlari, chiqish va botish manzaralari tasvirini g`ayritabiiy talqin qilish vositasida bir qator ta’sirchan ifodalar yaratgan.

Ularning orasida ajralib turgan bir baytga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Azalda yuzungiz aksi falak ko`zgusiga tushdi,

Bu kun ul nurning oti jahonda oftob o`ldi [31.333];

misralarida mahbuba ruxsori tasvirining eng yuqori cho`qqisini ko`rishimiz mumkin. Azalda ma’shuqaning nurli jamoli aksi osmon ko`zgusiga tushgani boisidan ham butun olam yorishib ketdi, bugunga kelib esa, bu nurning nomini barcha oftob deb ataydigan bo`ldi. Parichehra mahbuba har tong shaffof ko`zgusiga boqib, o`ziga ora berar ekan, uning go`zal orazi jumlayi jahonni nurga chulg`ab munavvar aylaydi. Boshqa bir baytda esa, shoir quyoshning tush chog`ida tikka kelib to`xtab qolgandek bo`lishi holatini quyidagicha chiroyli dalillaydi.

Bilurmusenki, kun tushta ne uchun sayrdin qoldi

Yuzungni ko`rdi sorg`orib, iliktin bordi safrodin [31.181];

Cheksiz samoda sayr qilib yurgan quyoshning nigohi bexosdan malohatda tengsiz mahbubaning yuziga qadaldi-yu, uning bag`oyatda go`zalligidan quyosh hushini yo`qatayozdi, ranglari sarg`ayib, turgan o`rnidan siljiy olmay, beqiyos go`zallik oldida hang-u mang bo`lib qoldi. Shoirning tabiat manzarasini kuzatib, bu qadar topqirlik bilan bitgan baytlari o`quvchiga o`zgacha ehtiros baxsh etadi.

Iste’dodli shoirlarga xos muhim fazilatlardan biri shundaki, ular qaysi davr, qaysi adabiy maktab vakili bo`lmasinlar, doimo xalqning qalbiga, ma’naviy estetik olami markaziga yaqin turadilar. Lutfiy xuddi shunday shoirlardan bo`lgan. Shoir she’riyatining nafasi, uning davr, zamon ruhidagi silishlarni, xalq didi va zavqidagi yuksalish to`lqinlarini yaxshi idrok eta olganligidan dalolat beradi.

Ha, maʼshuqa goʻzalligiga chek-u chegara yoʻq. Hatto, koʻplab qissalarda goʻzallik timsoli sifatida tasvirlangan Yusuf ham unga teng kelolmaydi:


Gar husn budurkim, sanga bor, kes bu tilimni,
Yusuf soʻzidin qilsam agar zarra hikoyat.
Shoirning qator sheʼrlarida real yor, dunyoviy ishq, yaʼni insonning insonga boʻlgan muhabbatini koʻrish mumkin.
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek oʻlturur,
Gʻoyati nozikligindin suv bila yutsa boʻlur, –
baytida noziknihol qiz tasvir etilayotganiga shubha yoʻq. Sheʼrda maʼshuqa shu qadar nozik, shunchalar goʻzal qiz sifatida tasvirlanadiki, goʻyo uni bir qoshiq suv bilan yutib yuborish mumkinday. Atoyi xalq iboralarini gʻoyat yaxshi biladi va undan oʻrinli foydalana oladi. Gʻazalning matlaʼsida ham shu hol sezilib turibdi.
Shoir navbatdagi oʻxshatishni keltiradi. Maʼshuqaning bogʻ ichidagi ariq boʻyiga kelishi goʻyo jannat bogʻidagi Kavsar suvi (hovuzi) yoniga hur-u parining kelishiga oʻxshaydi:
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
Qizning goʻzalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u qoʻlini suvda yuvib tozalamaydi, balki qoʻlini yuvib suvni poklaydi:
Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suvda,
Balki suvni pok boʻlsin deb iligi birla yur.
Oshiq suv yoqasida paridek oʻltirgan tengsiz goʻzalga qarab, hayrat bilan “suv qizi”, yaʼni suv parisining “goh-goh koʻzga koʻrinishi”ga imon keltiradi. Gʻazal maqtaʼsida shoir oʻzining ibodati ham yor husnini koʻrishning tavallosidan iboratligini bildiradi. Atoyining ushbu gʻazaligacha yor koʻngliga gʻulgʻula solgan sanam timsoli bu qadar jonli, taʼsirchan va ayni vaqtda ilohiy yoʻsinda tasvirlanmagan edi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizardi gul uyottin anjumanda, –
matlaʼli gʻazali – shoirning badiiy yetuk asarlaridan biri. Birinchi baytda ajoyib bir manzara chizilgan: lirik qahramon – shoir gulzorga kiradi. Anvoyi gullar ochilib yotibdi. Yoʻq-yoʻq, bu shunchaki gulzor emas, gullarning anjumani – yigʻilishi, har bir gul oʻzini namoyish etadi, koʻz-koʻz qiladi. Shoir ushbu anjumanda yorning goʻzalligini taʼriflagan ekan. Gullar xijolatdan – uyatdan qizarib ketibdi. Aslida, ular qizil emas edi, maʼshuqaga qaraganda xunukroq ekanliklaridan uyalib qizardilar. Sheʼrda qizarishning oʻz va koʻchma maʼnolaridan samarali foydalanilgan. Ikkinchidan, gulga insoniy sifatlar beriladi, shaxslantiriladi. Chunonchi, gulzorning anjumanga oʻxshatilishi, gulning uyatdan qizarishi kabi. Bu tashxis sanʼatiga xos xususiyatdir. Birinchi bayt yorning jamoli taʼrifida edi. Ikkinchi bayt yorning labi va ogʻzi taʼrifida:
Tamanno qilgʻali laʼlingni koʻnglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
Bu baytda koʻnglim sening laʼli labingni orzu qilgan edi, istab topolmadi, degan mazmun ifodalangan. “Laʼl”, ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq soʻzni ham anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil boʻlgani uchun ham qizil qimmatbaho tosh – laʼlga oʻxshatiladi. Mumtoz adabiyotda oʻymoqdakkina, kichik ogʻizli qizlar goʻzal hisoblangan. Oshiq oʻzicha yorning ogʻzini koʻrmoqchi edi. Lekin u shunchalar kichik ekanki, qayerdaligini hech kim bilmadi! Keyingi baytlarda tasvir oʻzgaradi. Taʼrif eʼtirof va shikoyat bilan almashadi. Lirik qahramon dil izhoriga oʻtadi, ishq va sadoqatini bildirishga tushib ketadi:
Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprogʻi basdur kafanda.
Lirik qahramon yorini jonidan aziz tutmoqda. U dunyodagi jannatdan yor eshigining tufrogʻini afzal bilmoqda. Beshinchi baytda talmeh bor. Shoir yorini “Yusufi husn” deb taʼriflab, Yaʼqubning ahvoliga tushib qolishdan xavotir olmoqda. Yusuf haqidagi rivoyatlarga koʻra, u – Yaʼqubning sevikli oʻgʻli. Akalari bunga hasad qilib, otasi oldidan aldab dalaga olib chiqadilar va quduqqa tashlaydilar. Soʻng “Boʻri yedi!” – deb yolgʻon ovoza tarqatadilar. Oʻgʻlining hajrida yigʻlayverganidan Yaʼqubning koʻzlari koʻr boʻlib qoladi. Mumtoz adabiyotimizda Yaʼqubning ayriliqdagi hayoti “Bayt ul-hazan” (gʻam uyi) sifatida tilga olinadi. Yusuf tashlangan quduq esa, uning husni tufayli yorishib turar edi.

Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish