Chirchiq davlat pedagogika instituti


Fatsial-genetik taxlil o‘zi nima?



Download 29,42 Mb.
bet82/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Fatsial-genetik taxlil o‘zi nima?Qadimiy geologo-geografik o‘tmish davrida yuzaga kelgan ilk-tub tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi jarayonlari majmuasini o‘rganish fatsial-genetik taxlil deb ataladi.

Buning uchun quyidagi fizik-geografik va stratigrafik omillarni bilib olish zarur:

1) Jinslarning hosil bo‘lishi miqdori muhitlari-suv muhitidami, quruqlik sharoitidami.

2) Suv havzalarining fizik-kimyoviy muhitini aniqlash-sho‘r suv muhiti, chuchuk suv muhiti, gazi ko‘p xolatidagi muhit.

3) Suv havzalarining va oqava suvlarining harakat yo‘nalishi.

4) Shamollarning harakat yo‘nalishi.

5) Suv havzalarining chuqurligi, relefi va quruqlik qismining relefi.

6) Muhit va taxlil qilinayotgan hududning iqlim sharoitlari.

7) Jinslarning mineralogik tarkibi, kimyoviy tarkibi, rangi, struktura va tekstura tafsilotlari.

8) Jinslarning va egallab turgan maydonning xajmi.

9) Jinslar tarkibida toshqotgan xolatida uchraydigan paleontologik dalillar.

10) Transgressiya va regressiya jarayonlari.

11) Muzliklarning yuzaga kelishi va ularning chekinish tafsilotlari.

Yana: Agar tekshirilayotgan chaqiq jinslarning dona va donachalarining katta-kichikligi har xil va har xil mineralogik tarkibida bo‘lsa, unda bu mahsulotlar yo yaqin hududlardan keltirilgan, yoki xar xil tub tog‘ jinslarining nurashidan o‘lgan mahsulotlar bo‘lib chikadi.

Biogen va xemogen jarayonlarda yuzaga kelgan tog‘ jinslari bo‘laklariga duch kelinsa, bunday xolatda atrof muhitdagi metamorfik va magmatik tog‘ jinslariga taqkoslash hech ham xojati yo‘q, demak shu atrofdagi cho‘kindi jinslar qatlamlari qidirib topib solishtirish kerak, chunki biogen va xemogen tog‘ jinslari butunlay boshqacha geoximik va geografik sharoitlarida hosil bo‘ladi.

Jinslarning Kimyoviy tarkibiga fatsial taxlil.

Jinslarning kimyoviy tarkibini bilishdan maqsad ularning qanday hosil bo‘lishidir.

Masalan, tuzlar birikmalarining cho‘kindilari, gips va angidrit uyumlari taxlil etilayotgan hududlarda qadimiy davrlarda suv muhitida sho‘rlikning oshib ketganidan darak beradi.

Agar u yoki bu muhitlarda kislorod miqdorining ortib borishi tarkibida temir modasi bo‘lgan minerallar vujudga keladi.

Oltingugurtli muhitda temirning sulfid minerallari hosil bo‘ladi. Taxlil qilinayotgan hududlardan kislorodning miqdori kam va kislorod tanqisligi xamda korbonat kislotasi yetarli darajada bo‘lganligi sababli siderit (temir korbonati) hosil bo‘ladi;

Oksidlangan muhitlarda esa temir va marganeslarning oksidli birimalari hosil bo‘ladi.



Tog‘ jinslarining rangiga qarab taxlil qilish.

Jinslarning rangi yoki tusi tarkibida uchraydigan mineral xillari bog‘liq, bu esa o‘z navbatida tog‘ jinslarining paydo bo‘lish sharoitlarini aniqlashda juda qo‘l keladi. Masalan, bo‘r jinsi, dolomitlar, ohaktoshlarning ilk rangi oq, oqish va kul rang oq ranglarda bo‘lsa, demak bu jinslarning hosil bo‘lishi sharoiti arid iqlimiga to‘g‘ri keladi. Tog‘ jinslarning rangi qoramtir kul rangda va qora tusda ko‘rinsa. Demak bu jinslarning tarkibida organik moddalarning ko‘pligidan dalolat beradi. Ayrim jinslar tarkibida magniy, gematit va marganes minerallarining miqdori ko‘p bo‘lsa, ular ham qora tusda bo‘ladi. Lekin organik birikmalarni metalli minerallardan farqlash mutaxxassislaga juda oson. Tog‘ jinslarining rangi sariq va jigarrangda bo‘lsa, ularning rang avvvalgi birlamchi rangi emas, bu ranglar tarkibida uchraydigan temir moddalaridan tashkil topgan-biotit, avgit, pirit, markazit, pirrotin va h.q. minerallarning kimyoviy o‘zgarishi-oksidlanishi natijasida rangi o‘zgarib ketadi.

Jinslar qizil va g‘isht kabi sariq-qizil rangda uchrasa. Ularning tarkibida temirning oksidi-gematit bo‘ladi. Gematit borgan sari oksidlanaveradi va temirning gidroksidi limonitga aylanadi. Ko‘pincha qum toshlar qatlami, qumoq tuproqlar va hatto ohak tolar ham shu rangda bo‘yalgan holida uchraydi. Bunday jarayonlar gumid iqlim sharoitida yuz beradi.

Ko‘pinchalik subtropik va tropik iqlim mintaqalarida faol ravishda rivojlanadi; demak bundan shunday xulosaga kelish mumkinki ana shu hududlarning iqlim sharoitlari tez-tez yog‘ingarchilik hamda quruq-issiq iqlim bo‘lganligini bildiradi. Hududlarda tropik va subtropik iqlim sharoitlari xukm surgan.

Tog‘ jinslarining rangi nafaqat paleogeografik ahamiyatga ega, balki paleogeografik ahamiyatini ham kasb etadi. Misol tariqasida quyidagi geologik sharoitni keltirishini o‘zi kifoya.

G‘arbiy O‘zbekistonda Zirabuloq tog‘ining sharqiy boshlanish hududida Rabinjon degan kompleks (mis, oltin, urana va boshqalar) koni topilgan. Kon hali topilmasdan oldin biologiya qidiruv va xaritalashtirish ishlari olib borilayotgan kezda Yer yuzasiga shunday chiqib turgan qum tosh va chaqmoqtoshlarga duch kelindi. Ularning rangi yashil va ko‘k tusda edi. Diqkat bilan taxlil qilingandan so‘ng bu qatlamlar orasidagi yashil va ko‘k moddalar o‘z qoldiqlarning oksidlanishi va parchalanib ketishi natijasida hosil bo‘lgan.

Malaxit, azurit va xrizakolla minerallar ekan. Bu minerallar misning korbonat va gidrooksidlar guruxiga kiradi. Konglomerat va qumtoshlar nurash jarayonlari tufayli hosil bo‘ladigan qadimiy allyuvial yotqiziqlaridir. Bunday ikkilamchi yotqiziqlar orasida mis va boshqa metallarning birlamchi sulfidi sindenga kiruvchi minerallar hosil bo‘lmaydi. Misning korbonatli va gidrooksidli minerallari qayoqdandir oqava suvlari bilan birga keltirib, qum va shag‘al toshlar orasidan sizib o‘tayotganda mis mahsulotlari shu qatlamlar orasida filtrlanib, shu joyda qolgan. Xulosa shundan iboratki, ana shu hududda qayerdandir misning birlamchi-tub koni bo‘lishi kerak. Keyingi o‘ra (shurf) qazish va burug‘lash ishlari jarayonida konglomerat va qumtoshlar orasida paleozoy erasiga ta’lluqli bo‘lgan jinslar (har xil slaneslar va marmarlangan ohaktoshlar) orasida haqiqatdan ham birlamchi ya’ni tub mis koni borligi aniqlandi.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish