D a V l a t b y u d j e t I



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana08.02.2023
Hajmi0,75 Mb.
#909151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15-mavzu Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyatiu

NLoUya
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foyda­
laniladi:
1) byudjetga.to'lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil m a’noni anglatadi. Chunki ularning 
ikkalasi ham davlat va mablag4 to'lovchilar o'rtasida vujudga 
keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu 
yerda faqat m a’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir 
xillikka erishilgan. Zero, ularning h a r ikkalasi ham milliy 
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning 
ikkiyoqlamalik xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to'lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va 
boshqalar), eng avvalo, to'lovchilaming xarajatlaridan iborat bo'lib, 
ulaming daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o'zida ular davlat 
byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan 
taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) 
o'rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat 
byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo'lsa, bu narsa 
uyoki bu darajada to'lovchilaming (yuridik va jismoniy shaxslaming) 
manfaatdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, «byudjetga to'lovlar» va «davlat byudjetining 
daromadlari» tushunchalari yuqorida ko'rsatilgan umumiylikka ega 
bo'lsalar-da, bir vaqtning o'zida, ular o'rtasida ob’ektiv farqiar ham 
mavjud. Byudjetga to'lovlar xo'jalik yurituvchi sub’ektlar yoki 
to'lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va 
boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o'zaro organik ’oog'liqlikda 
ko'riladi; davlat byudjetida ular darom adlar shaklini oladi va 
byudjetning sub’ektiar (xo'jaliklar) bilan byudjet munosabatlari keng 
sohalarining boshqa elementlari bilan o'zaro bog'liqlikda tahlil 
qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy daromadning yagona 
qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining 
turli bo'linmalarida turlicha ko'rinishga ega bo'ladi.
Davlat byudjetining daromadlari o'zining yaxlitligi (yagona- 
ligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy 
ehtiyojlam i qondirishga xizmat qiladi. Undirish m etodlari, 
to'lovchilaming tarkibi, to'lash muddatlari va hokazolarda katta


farqlanishlar bo'lishiga qaramasdan, ularning barchasi davlat pul 
fondini shakllantirish bo'yicha davlat va to'lovchilar o'rtasida 
vujudga kelgan taqsim lash m unosajbatlarini ta sh u v c h ila r 
(ifodalovchilar)dir. Bu o'z navbatida, mablag'larni to'lovchilar bilan 
davlat o'rtasidagi munosabatlaming barchasi orasidan moliyaviy 
(byudjet) k ateg o riy an in g bir k o 'rin is h i sifa tid a a lo h id a
munosabatlami ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya 
iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo'lsa, byudjet bu 
kategoriyaning tarkibiy qismi, ko'rinishlaridan biridir. O 'z navbatida, 
byudjet o'ziga tegishli bo'lgan (byudjetli) kategoriyalarni vujudga 
keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan 
ma’lum darajada bo'ysunuvchanlik xarakteriga ega bo'lib, uning 
tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday byudjet 
kategoriyalaridan biri davlat byudjeti daromadlaridir.
Davlat byudjeti darom adlarining byudjet kategoriyalari 
ko'rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy 
asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon 
yaratadi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo'jaliklar va 
aholi) bilan o 'zaro m unosabatlarining aniq chegaralangan, 
aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo'lishiga 
qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, 
abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida 
elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o'zlarining 
iqtisodiy tabiatiga ko'ra ob'ektiv bo'lib, ulai davlatning sub’ektlar 
(xo'jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning 
ob’ektiv zarurligi davlatning o'ziga xos funksiyalarga ega bo'lgan 
mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng m a’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod 
ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, 
korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi 
(masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo'lishi mumkin. Davlat 
byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular 
taqsimlash natijasi (byudjetga to'lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti 
(byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida 
maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq 
ifodalangan byudjet kategoriyasi bo'lib, ularni shakllantirish va


ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga 
oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko'rinishlarini (qo'shilgan 
qiymat solig'i, aksizlar, daromad solig'i va boshqalar) byudjet katego- 
riyalarining navbatdagi ko'rinishlari sifatida talqin qilish uchun 
asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko'ra iqtisodiy kategoriyalar 
ob’ektiv bo'lib, ular iqtisodiy qonunlaming harakatini ifodalasa, 
ularning namoyon bo'lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv 
bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlaming har bir 
ko'rinishiga tegishli bo'lgan xususiyatlar o b ’ektiv harakatdagi 
iqtisodiy kategoriyaning — davlat byudjeti daromadlarining namoyon 
bo'lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to'g'riligini ko'p yillik 
amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to'lovlar ham mavjud bo'la­
di. Lekin byudjetga to'lovlaming shakli m a’lum bir bosqichda 
jamiyatning oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o'zgarib 
boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga 
to'lovlaming u yoki bu turi hal qiluvchi rol o'ynashi, vaqt o'tishi 
bilan esa ular o'z ahamiyatini yo'qotib, boshqa to'lovlar bilan 
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, davlat byudjeti daro­
madlari kategoriyasining namoyon bo'lish shakllarining o'zgarib 
borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini 
anglatadi. Demak, byudjetga to'lovlar ko'rinishining o'zgarishi, bir 
to'lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya 
mazmunining emas, balki shakllarining evolyusiyasidir. Biroq 
bundan moliyaviy va byudjet kategoriyalari q at’iyan ob’ektiv, 
ularning namoyon bo'lish shakllari esa sub’ektivdir, degan xulosa 
chiqarmaslik kerak. Iqtisodiy qonunlaming harakati, iqtisodiyotning 
taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining yetukligi va 
boshqa omillar, ma’lum darajada, davlat byudjeti daromadlarining 
shakllarini ham belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti (yoki unga o'tish) 
sharoitida eng asosiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, uning 
samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshligiga erishish hisoblansa, 
bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga to'lovlaming shakllari ham 
o'zining sezilarli hissasini qo'shishi kerak. Ular byudjet daromad­
larini miqdoriy jihatdan ta ’minlabgina qolmasdan, balki ishlab


chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslaming oqilona 
va maqsadli taqsimlanishini rag'batlantirishi ham kerak. Shunday 
qilib, davlat tomonidan o'matilgan tartib natijasida vujudga kelgan 
byudjetga to'lovlaming turli shakllari davlatning qonunlarida, 
moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o'z ifodasini 
topgan ob’ektiv omillarga m a’lum darajada bog'liq bo'ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum 
maqsadlarga mo'ljallangan ko'p sonli fondlarning shakllanishi yuz 
beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo'lishning murakkab 
taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha 
ijtimoiy bo'linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko'rinadi. 
Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlaming barcha 
sohalarini qam rab oladi. Bu bosqichda jam iyatdagi barcha 
sub’ektlaming manfaatlari o'zaro to'qnash keladi. Mamlakatdagi har 
bir ma’muriy-hududiy birlik o'z byudjetiga ega bo'lganligi uchun bu 
•bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo'ljallangan 
fondlarning) umumiy hajmini to'g'ri aniqlash alohida ahamiyat kasb 
etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlaming 
hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ulami qo'shimcha mablag'lar 
bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlami 
balanslashtirish zarurati paydo bo'ladi. Shunday qilib, murakkab 
taqsimlash jarayoni sodir bo'ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy 
bo'linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o'z 
mablag'larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu 
mablag'lami oladi.
Sirtdan qaralganda, hududlararo byudjetli taqsimlash byudjetlarning 
yuqori va quyi bo'g'inlari o'rtasidagi munosabatlardek ko'rinadi. Chunki 
byudjetli tartibga solish yuqori byudjetlarning mablag'lari hisobidan 
amalga oshiriladi. Biroq o'z daromadlari hisobidan quyi bo'g'inlarning 
byudjet munosabatlarini tartibga soluvchi har bir byudjet bo'linmasi 
amalda bu munosabatlam ing tarkibiga yuqorida ko'rsatilgan 
balanslashtirish sodir bo'layotgan ko'plab ma’muriy-hududiy birliklami 
kiritadi. Ular esa, o'z navbatida, byudjetli tartibga solishda xo'jalik 
yurituvchi sub’ektlar va aholidan tushgan mablag'lami sarflaydi. Demak, 
bujarayonda ham turli sub’ektlar o'rtasida murakkab va ko'p tomonlama 
taqsimlash munosabatlari vujudga keladi.


Bir vaqtning o'zida, byudjet va uning barcha bo'linmalarida 
iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan 
investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va bosh- 
qalarning ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan maqsadli fondlar 
shakllantiriladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy 
sohaning bo'linmalari va hokazolar o'rtasida mablag'lami qayta 
taqsimlash sodir bo'ladi.
Byudjet fondlari o'zining miqdoriga ko'ra ko'p sonlidir. Ular 
davlat byudjetining barcha bo'g'inlarida va bo'linmalarida yaratiladi. 
Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik byudjet fondlari 
nisbatan tor doiralarga mo'ljallangan boshqa fondlarga bo'linadi. 
Masalan, «Iqtisodiyot xarajatlari» fondi alohida tarmoqlar fondi, 
ular esa, o'z navbatida, yana bir necha fondlarga bo'linishi mumkin. 
Bularning hammasi davlat byudjetining asosi sifatida umumdavlat 
pul fondi turli maqsadlarga mo'ljallanganligi, ma’muriy hududlarga 
tegishliligi va o'zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko'p sonli 
fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos 
bo'la oladi. Bu fond ko'p sonli taqsimlash kanallari orqali bir 
tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi tomondan esa, to'ldirilib boriladi.
Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga 
mo'ljallanganligi bo'yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko'pchilik hollarda, 
bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag'larini qaytarilmaslik 
tarzida berish sodir bo'ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa 
byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet 
mablag'larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, 
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, 
boshqa tom ondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan 
qaytarilmaydigan mablag'lar bo'lib, ularning daromadlariga aylanadi 
va ular tomonidan turli maqsadlarga mo'ljallangan tegishli fondlarni 
shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat 
byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonla­
rining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda byudjet 
fondlarining egasi — davlat va pul mablag'larini oluvchilar — 
sub’ektlar o'rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo'ladi. 
Bu bosqichda (birinchisidan farqli o'laroq) davlat va aholi o'rtasida


bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bo‘lmaydi. Chunki bu 
bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha byudjet 
resurslari tegishli sub’ektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha 
xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) 
shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv 
iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetli 
taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt 
holda um um lashtiradi. Ularning moddiylashuvi byudjetdan 
sub’ektlarga pul mablag'larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. 
Bu m u n o sab a tla m in g asosida m oliya tiz im in in g barch a 
bo'linmalariga xos bo'lgan taqsimlash jarayoni — pul fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon 
teskari tartibda sodir bo'ladi: pul fondlarini shakllantirish ulardan 
foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, byudjet mablag'laridan 
foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi.
Byudjet mablag'larini ish bilan sub’ektlar o'zlarining pul 
fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o'z navbatida, ma’lum 
maqsadlaiga mo'ljallangan kichik fondlarga bo'linadi. Shuning uchun 
ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit xarakterga ega bo'lib, ulami 
tom ma’nodagi xarajatlar deb bo'lmaydi. Byudjet bu xarajatlarning 
o'lchamini limitlashtiradi (biroq to'liq darajada emas), xarajatlar esa 
sub’ektlaming o'zi tomonidan amalga oshiriladiki, bunda byudjetdan 
moliyalashtirish tartibida pul mablag'lari yo'naltiriladi va shu yerning 
o'zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas, balki 
amalda (haqiqatda) byudjet assignovaniyalari tushuniladigan davlat 
byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish 
maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan byudjet 
xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb 
bo'lmaydi.
Byudjet kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari 
o'zining turli ko'rinishdagi shakllariga ega. Ulaming shakllari 
quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
— smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o'z


daromadlariga ega bo'lmasdan davlat byudjetining mablag'lari 
hisobidan to'liq saqlanadi);
— davlatning korxona va tashkilotlariga mablag' berishi (bunda 
moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qo'yilmalar, aylanma 
mablag'lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
— dotatsiyalar (bunda byudjet rejali-zararga ishlaydigan 
korxonalaming zararlarini qoplaydi) va boshqalar.
Byudjet xarajatlari byudjet daromadlarining ayrim shakllariga 
o'xshash baholami shakllantirish bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. 
Bunda byudjet xarajatlari tovarlam ing bahosi uning haqiqiy 
qiymatidan past darajada o'rnatilib, sotilganda vujudga kelgan 
zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
«Davlat byudjetining xarajatlari» va «byudjetdan moliyalash­
tirish» tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng 
tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari byudjet 
kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa bu 
kategoriyaning amalda sub’ektlarga barcha aloqador tadbirlar bilan 
m ablag'lam i berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini 
shakllantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub’ektlarga mablag'lar 
berilganidan so'ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan 
tashqarida davom etib, sub’ektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va 
ularning tarm oqlari, korxonalar va boshqalar) moliyasining 
elementlarini tashkil etadi. Biroq byudjetdan sub’ektlarga mablag' 
berish, yuqorida sanalgan usullarning istalgan birini mustaqil byudjet 
kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning 
har biri byudjet kategoriyasi hisoblangan davlat byudjeti xarajatlari­
ning namoyon bo'lish shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda 
umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag'lami byudjetlar 
ichida taqsimlash va sub’ektlam i byudjetdan moliyalashtirish 
natijasida vujudga keladigan, o 'zaro bog'langan taqsim lash 
munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan 
tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlaming buyumlashgan qatlami 
yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida 
qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga,


ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlaming ta ’siri ostida boMgan 
moliyaviy aloqalaming keng doirasi xarakteriidir. Davlat byudjeti 
ko‘p sonli va bo'lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi 
ichki (milliy) mahsulot harakatining asosiy yo'nalishlarida namoyon 
bo'ladi. Aynan byudjet iste’mol va jamg'arish fondlarining shakl- 
lanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning 
davlat va sub’ektlar o'rtasida bo'linishiga hal qiluvchi ta ’sir 
ko'rsatadi.
I Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida 
bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab 
beruvchi quyidagi ta ’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy 
moliyaviy rejasi ko'rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul 
fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi 
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga davlat byudjeti 
deyiladi.
v. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa 
taqsimlash vositalari va moliya tizimining bo'linmalari bilan o'zaro 
aloqalari muhim rol o'ynaydi. Shu bois ta ’kidlash joizki, davlat 
byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, 
ish haqi va boshqalar) va moliya tizimining bo'linmalari bilan uzviy 
bog'langandir. Bunday o'zaro bog'liqlik davlat byudjetining mohiya- 
tidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va o'm idan kelib 
chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taqsimlash mexanizmi sifatida 
foydalanadi, u ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi proporsiya (nisbat)larni 
tartibga solishga yordam beradi/
Davlat byudjetining baho bilan o'zaro bog'liqligi ikki yoqlama 
xarakterga ega. Bir tom ondan, byudjet baho m exanizm idan 
moliyaviy resurslami jalb qilish uchun foydalanadi. Masalan, davlat 
byudjeti daromadlaming bir qismi qo'shilgan qiymat solig'i shaklida 
bo'lib, bu soliq bahoning, aniqrog'i, sof daromadning elementlari 
tarkibiga kiradi. Bu baho holda davlat byudjeti tomonidan sof 
daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida 
mexanizm rolini o'ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti 
mol yetkazib beruvchilaming yo'qotganlarini kompensatsiya qilish 
yo'li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar 
yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi. Masalan,


mamlakat agrar sektori uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari va mineral 
o‘g‘itlar yetkazib berish bu sohada faoliyat ko'rsatuvchi sub’ektlarga 
ulaming haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshirilib, baholar 
o'rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi 
(qoplanadi). Bunday hollarda davlat byudjeti baholarni shakllantirish 
mexanizmidan foydalangan holda agrar sektomi bilvosita qo'shim­
cha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi 
xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham xuddi 
shu mexanizmga asoslangan.
/ Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o'za­
ro bog'liqligi ham uncha oson emas. Eng avvalo, amaliyotda byudjet 
va kredit resurslarining o'zaro almashuvchanligi tarkib topganligini 
e ’tirof etish kerak. Mablag'laming kredit va byudjet manbalari bir- 
birini to'ldirib turishi mumkin. Albatta, bunday o'zaro ta ’sirchanlik 
(bog'liqlik) ob’ektiv ravishda o'zining chegarasiga ega bo'lib, undan 
chetga chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq-emas. Masalan, 
shunday faoliyat sohalari va moliyalashtirish ob’ektlari mavjudki, 
unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijoriy turlarida, 
asosan, kredit hal qiluvchi rol o'ynashi kerak.
Davlat byudjeti va kreditning o'zaro ta ’sirchanligi banklarning 
kredit resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon 
bo'lishi mumkin. Davlat byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning 
qat’iy passivlarini shakllantirishning muhim manbai sifatida may­
donga chiqadi. Ular, o'z navbatida, uzoq muddatli kreditlashtirish 
(ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to'ldirish 
uchun maxsus byudjet assignovaniyalari va boshqalar) uchun zarur. 
Bundan tashqari, byudjet hisobvaraqlarida va byudjet tashkilotlari­
ning hisobvaraqlarida bo'lgan davlat byudjetining vaqtincha bo'sh 
mablag'lari qisqa muddatli kreditlashtirish yo'li bilan banklarning 
kredit resurslarini to'ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklar­
ning kredit operatsiyalari daromadlami shakllantirib, bu ularning 
daromadi bir qismini byudjetga olishda manba bo'lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan 
uzviy bog'langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko'rsatayotgan 
xodimlaming ish haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining 
mablag'lari hal qiluvchi rol o'ynaydi.


Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o'rin 
egallab, uning barcha bo'linmalari bilan bog'langan. Bunday bog'la­
nish ikki yo'nalish-byudjetga to'lovlar va byudjetdan moliyalashtirish 
orqali amalga oshiriladi.
'^Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa 
bo'linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati 
naVrioyon bo'ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayot­
gan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol ko'rinadi. 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jara­
yonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat 
byudjetining taqsimlash funksiyasi o'ziga xos bo'lgan xususiyatga 
ega bo'lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta 
taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida 
byudjet mablag'lari (byudjetga to'lovlar) milliy daromadda davlat­
ning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida 
esa ana shu ulush qismlarga bo'linadi va ko'p sonli kanallar orqali 
turli tadbirlami moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga 
yo'naltiriladi.
Aholining byudjetga to'lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga 
ega. Ularning byudjetga turli soliqlar ko'rinishida kelib tushishi 
ikkinchi taqsimlash aktidan iboiatdii. Ayniqsa, ijtimoiy sohada 
faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar tomonidan turli ko'rinishdagi 
soliqlaming byudjetga to'lanishi ham bu mablag'laming ko'p sonli 
taqsimlash bosqichlaridan o'tishini taqozo etadi. Chunki juda ko'p 
hollarda bu mablag'lar ancha oldinroq byudjet yordamida taqsimla­
nish bosqichidan o'tib, ijtimoiy sohaga byudjet assignovaniyalari 
shaklida yetib borgan bo'ladi.
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot 
(milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning 
byudjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta 
taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining 
birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko'lamining, pul oqimlari-


ning kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi 
davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining ikkinchi xususiyati bo‘lib 
hisoblanadi. Byudjet yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad) 
ning kattagina qismini taqsimlab, turli maqsadlarga moMjallangan 
ko‘p sonli fondlarni shakllantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot 
va ijtimoiy sohaning barcha boMinmalari bevosita yoki bilvosita 
bog‘langandir.
Davlat byudjetining taqsim lash funksiyasining uchinchi 
xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy 
ob’ekti bo‘lib jamiyatning sof daromadi (qo'shilgan qiymat soligM, 
foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu milliy daromad, 
yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa elementlari 
ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Byudjet 
orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslaming daromadlari ham qayta 
taqsimlanadi. Shuningdek, byudjet mexanizmi orqali xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar o'rtasida ham mablagMar qayta taqsimlanishi 
mumkin.
Byudjet kanallari bo'yicha qiymatning jamg‘arish va iste’mol 
fondlari tomon harakati sodir boMadi. Iqtisodiyotga xarajatlarning 
m a’lum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalami moliyalash­
tirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bogMiq xarajatlarning asosiy 
qismi byudjet mablagMari hisobidan amalga oshiriladi. Davlatning 
moddiy rezervlari o'sgan qismining hammasi ham byudjetdan to'liq 
moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini 
shakllantirishning asosiy manbai boMib xizmat qiladi, ijtimoiy soha 
xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta ’minlaydi.
Byudjet orqali taqsimlash jarayoni ko'p bosqichda amalga 
oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida 
(birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, byudjet orqali yalpi ichki 
(milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) 
sodir boMadi. Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan moliyalashtirish) 
iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning bo'linmalarini qamrab oladi. 
Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim 
elementlari byudjet orqali ko‘p martalab ham taqsimlanishi mumkin. 
Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug'urta fondiga 
toMovlari byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha


tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalashtirish asosida 
vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan o‘tib, 
ular yana ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar shaklida byudjetga kelib 
tushadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi 
taqsimlashning ko‘p martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy 
munosabatlaming barcha sohalarida namoyon bo'ladi. Jamiyat 
iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at, mudo­
faa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi. 
Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsim­
lashning ana shunday xilma-xil shakllari va metodlari taqdim etilgan.
|JDavlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o ‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog'liqligi 
takror ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida ahvolning qandayligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta ’minlab turadi.
Mablag'laming byudjetga kelib tushishi, byudjet assignovaniya- 
larining yo‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsim­
lash, almashuv va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchiliklami ifoda 
etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklarning vujudga 
kelayotganligi, rivojlanish sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtiso­
diyotda sodir bo'layotgan taqsimlash jarayonlarining to ‘g‘riligi va 
o‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar 
to‘g‘risidago‘yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyotning istalgan 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish