Darsni boshqarish modeli



Download 3,61 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi3,61 Mb.
#222871
Bog'liq
1-sinf Sher va sichqon dars ishlanma



DARSNI BOSHQARISH MODELI




Dars boshqichlari

Vaqt


1

Tashkiliy qism

2 daqiqa


2

O’quvchilarni darsning maqsadi va borish tartibi bilan tanishtirish

2 daqiqa


3

Guruhlarga topshiriqlar orqali o’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorgarlik ko’rish

2 daqiqa

5

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

6

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

7

Yakunlash va baholash

2 daqiqa

8

Uy vazifasini berish

2 daqiqa







Mavzuning texnologik xaritasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish

( 2 daqiqa)



1.1Mavzuning nomi, maqsad va kutiliyotgan natijalarini yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.2. O’quv mashg’uloti qoidalari va o’quv ishlarini baholash mezonlarini tanishtiradi.




Tinglaydilar

2-bosqich.

O’tilganlarni takrorlash.

( 10 daqiqa)


2.1.Bo’lim yuzasidan takrorlash, boshqotirma va rebuslar bilan ishlash

2.2 Tezkor savol-javoblar, xulosalash



Tezkor savol-javoblar orqali o’quvchilar bilimlarini mustahkamlaydilar, rebus va boshqotirma ishlaydilar

3-bosqich

Yangi mavzu bilan tanishtirish

(14 daqiqa)


3.1. .”Sher va sichqon” ertagi haqida tushuncha berish.

3.2. “Ertak bilag’oni” didaktik o’yini, boshqotirma




Tinglaydilar, tomosha qiladilar, bajaradilar



4- bosqich

Mavzuni mustahkamlash.

(13 daqiqa)


4.1. Yangi mavzuni mustahkamlaydi.

4.2. “O’ylab ko’r” o’yini, “Hamkorlokda qayta hikoyalash” mashqi o’tkaziladi.




Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot

qiladilar


5- bosqich.

Dars yakuni.

( 6 daqiqa)


5.1. Test topshiriqlari.

5.2. O’quvchilar ishlarini baholaydi.

5.3. Uyga vazifa beradi.


O’z-o’zini baholashni
o’tkazadilar. Savol beradilar,
eshitadilar.


Sinf: 1


Sher Va Sichqon” ertagi


Mavzu :


Darsning maqsadi:

а) Ta'limiy maqsad: O'quvchilarni “Sher va sichqon” ertagi mazmuni bilan tanishtirish, ertak qahramonlari haqida ma’lumot

berish, ertakdan xulosa chiqarishga o’rgatis



b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga do’st orttirish, do’stlikni qadriga yetish, vafodorlik, o’zaro hurmat tuyg’usini sigdirish,hayvonlarni asrashga, ularni sevishga o’rgatish;

c) rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning nutq boyligini o’stirish, fikr doirasini kengaytirish, rasm asosida hikoyalash

malakalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish.



Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi

Dars metodi: savol-javob, suhbat, boshqotirma, “Hamkorlikda qayta hikoyalash” mashqi, “Ertaklar bilag’oni”, “Davom ettir” o’yinlari

Dars jihozi: darslik, mavzu asosida ishlangan rasm, yumshoq o’yinchoq, tarqatma materiallar, videolavha, multimediya ilovalari

I. Darsning borishi:

Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti tinglanadi.

O'quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta'minlash.

Ularni guruhlarga ajratish:

1-guruh; “Bilimdonlar”

2-guruh: “Zukkolar”

3-guruh: “Quvnoqlar”

Dars “Milliy istiqlol g’oyasi” faniga bog’lanadi.



Dars shiori:

A’lo o’qiymiz har dam,

Kelajakga boramiz ildam.

O’qituvchi: Hamma quvnoq sog’lommi?

Darsimizga tayyormi?

O’quvchilar: Biz quvnoq sog’lommiz

Darsingizga tayyormiz

O’qituvchi: Biz kimmiz?

O’quvchilar: Barkamol avlod

Shioromiz:

Biz barkamol o’ktam avlodmiz

Kelajagi buyuk davlatmiz”

(Prezidentimizning “Chet tillarni o’rganish” to’g’risidagi farmonini amalda bajariish).

O’qtuvchi o’quvchilardan hafta kunlarini ingliz tilida so’raydi:

Monday – Dushanba Tuesday – Seshanba

Wednesday – Chorshanba Thursday – Payshanba

Friday – Juma Saturday – Shanba Sunday – Yakshanba

II. Uyga bergan vazifani so’rash

Savollarga javob yozganliklarini daftarlaridan o’qitib tekshirish.



  • Kitobni qanday asrash kerak?

  • Avaz qanday niyat qildi?

  • Kompyuter qanday vazifalarni bajaradi?

  • Quyon musobaqada nima uchun yengildi?

Boshqotirma.

Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, ilm manbayiga oid so’z kelib chiqadi.






Rebus.

Rebusni yechsangiz, kitob haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi.



Boshqotirma.

O’quvchiga maktabni topib borishiga yordam bering.





O’quvchiga yordam berib, qaysi hikmatli gapni o’rganib oldingiz?

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

-Aziz bolajonlar, biz siz bilan “Xalq o’giti-baxt kaliti” bo’limi bilan tanishamiz.

( Dars adabiyot faniga bog’lanad i).

Xalq o’giti, deganda xalqning aqli, dono kishilarni aytib, og’izdan-og’izga ko’chib yurgan pand-nasihat va hikmatli gaplarga aytiladi. Bular xalq og’zaki ijodi namunalaridan o’z aksini topadi. Ularga maqol, topishmoq, ertak, latifa, masal, rivoyatlar kiradi. Bugungi darsimizda biz ertak bilan tabishamiz. Ertaklarda kishilarning orzu-umidlari, armonlari aks etgan bo’lib, insonlarni yaxshilikka, ezgulikka chorlaydi.


  • Siz qanday ertaklarni bilasiz?

Ertak bilag’oni” didaktik o’yini.

O’yin sharti shundan iboratki, o’quvchilar yumshoq o’yinchoqni bir-biriga uzatgan holda o’zlari bilgan ertak nomlarini aytib beradilar.



Boshqotirma

B oshqotirmani to’g’ri yechsangiz, ertak qahramonlari kelib chiqadi.



  1. O’rmon hayvonlarining shohi. ( sher )

  2. Soqoli bor, chol emas. ( echki)

  3. Y ozuv quroli ( ruchka)

  4. Baliq u siz yasholmas. (baliq)

  5. O’n va sakkizning ayirmasi (ikki)

  6. Piyolaga bosh egadi. (choynak)

  7. Unda baliq tutamiz. (qarmoq)

  8. Kim alla aytadi? (Ona)

  9. Dasturxonning ko’rki (non)

-Demak, bugun “Sher va sichqon” ertagi bilan tanishamiz.

Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon sedan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.

-Qani ayting-chi, siz ingliz tili darsida qaysi hayvonlar bilan tanishgansiz? Unda sher va sichqon so’zlarini ingliz tiliga tarjima qilib bering-chi?

(Dars ingliz tiliga bog’lanadi)

Sher – lion Sichqon – mouse

“Sher va sichqon” ertagi ekran orqali namoyish qilinadi.

Savollar :


  1. Ertak nima haqida ekan?

  2. Ertakdan qanday ibrat oldingiz?

Lug’at ishi: (Ekranda ko’rsatiladi)

( Ona tili faniga bog’lanib, ona tilimizning boy va sermazmun ekanligi o’quvchilarga aytib o’tiladi)

Oq ko’ngil - mehribon

tasodifan – to’satdan

najotkor – ko’mak beruvchi

O’qituvchi ertakni ifodali o’qib beradi, o’quvchilar kuzatib boradi.

Darslikdagi maqol, hikmatli so’z, tez aytish bilan ishlash.

(Darsda xalq og’zaki ijodidan unumli foydalaniladi)



Hikmatli gap

Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda,

Yomonnning yomonligi tegar har yerda.

Maqol

Yaxshilik qilsang-yaxshilik ko’rasan.



Topishmoq

Toping-chi uning nomin,

Sichqonning berar dodin?

Tez aytish

Qobil qozonda qovurdoq qovurdi,

Qodir qag’allagan qarg’aga qaradi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Davom ettir” o’yini. (Ona tili faniga bog’lanadi). O’quvchilarga ertakni so’z birikmasi tarzida o’qitiladi. Barcha o’quvchilar diqqat bilan kuzatib borishlari aytiladi.

Hamkorlikda qayta hikoyalash” mashqi.

O’quvchilar to’rt kishilik kichik guruhga bo’linadi. Har bir o’quvchi bitta gapdan ichida takrorlab turadi. Tayyor guruh o’zlari tayyorlagan gapni ketma-ketlikda aytib, ertakni to’liq qayta hikoyalab beradilar.



Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.

Dam olish daqiqasi “Pantomima” o’yini.

Atrofimizdagi olam faniga bog’lanadi. Hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrashni o’rgatish, kasbga yo’naltirish)

O’quvchilar juftlikda bir-birlariga qarab, biri hayvonlarning harakatini ko’rsatganda, ikkinchisi uning nomini topishi kerak.

V. Darsni yakunlash va baholash.

Test topshiriqlari:


  1. Sher nimani qutqardi?

a) sichqonni b) chumolini d) bo’rini e) olmaxonni

2. Sher nimaga ilindi?

a) qarmoqqa b) qopqonga d) tuzoqqa e) to’rga

3. Nima yordamga keldi?

a) bo’ri b) tulki d) sichqon e) olmaxon

4. Sichqon nima bilan to’rdan qutqardi?

a) o’tkir tishlari bilan b) pichoq bilan

d) qo’li bilan e) qaychi bilan




O’qituvchi:

-Aziz bolajonlar, mana bugun biz siz bilan “Sher va sichqon” ertagini o’rganib oldik. Demak, har birimiz hayvonlarni asrab-avaylashimiz,ularga g’amxo’rlik qilishimiz kerakligini tushundik. Ertakdan xulosa chiqarib, o’rtoqlarimizga qiynalib qolgan paytda yordamimizni ayamaslikni, yaxshilik hech qachon yerda qolmasligini, yaxshilikka yaxshilik qaytishini guvohi bo’ldik. Shunday ekan, biz har doim tabiatga nisbatan mehrli,

bir-birimizga oqibatli bo’lishimiz kerak.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanad. ”Oqish fanining eng faol o’quvchisi” nominatsiyasi



bo’yicha e’tirof etiladi.

VI. Uyga vazifa.
“Sher va sichqon” ertagini o’qib so’zlash, hikmatli gap, maqolni yod olish, ertak asosida rasm chizish.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish