Dasturlash usullari, texnikasi va texnologiyalari dasturlar ishlab chiqishning loyiha usullari



Download 16,78 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi16,78 Kb.
#405626
Bog'liq
Dasturlash


DASTURLASH USULLARI, TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARI

  1. DASTURLAR ISHLAB CHIQISHNING LOYIHA USULLARI

  2. O‘quv maqsadi O‘quvchi dasturlar ishlab chiqishning eng muhim loyiha usullarini biladi va ularni misollardan biri orqali tushuntirib berishi mumkin. Tarkibi · Modul texnikasi · Faza chizmasi · Top Down – loyiha (pasayuvchi loyiha) · Boshqa loyiha usullari · Ob’ektga mo‘ljallangan tahlil 1.1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi Apparat vositalari sohasida ma’lumotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlah so‘nggi yillarda konstruktsiyada va texnologiyada jiddiy muvaffaqqiyat qozondi. Har ikki-besh yilda yangilanadigan kompyuterlarning yanada samaraliroq avlodlari buning natijasidir. Dasturiy ta’minot sohasi o‘tmishda mahsulotning hayotiy sikli bilan 10 yil atrofida ishlardi. · Amaliy dasturiy ta’minot sohasidagi mahsulotning ancha uzoq hayotiy sikli shunga asoslanadiki, professional talablar apparat vositalarining texnik imkoniyatlari singari tez o‘zgarmaydi. Apparat vositalarining o‘zgarishi, shuningdek yangi kompilyatorlar (Compiler) va operatsion tizimlar paydo bo‘lishi sababli dasturiy ta’minot xizmat muddati davomida o‘zgartirishlarning katta miqdori zarur bo‘lib qoladi. Ma’lum darajada ular “yuqoridan pastga” qoidasi ishlamaydi, chunki yangi muhit eski dasturlarga xizmat ko‘rsata olmaydi va eski turdagi kompilyatorlar komandasini uzoqroq tutib turmaydi. Bundan tashqari mazkur yangi vositalar eski dasturlashni osonlashtiradigan yangi vositalarning katta miqdoriga ega. Keyingi sabab shuki, kompilyatorlarning dolzarb versiyasi apparat vositalari yangi platformasidagi ortiq ishlashga qodir emas (ya’ni funktsional bo‘lmay qoladi) va ularni PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com tegishlisi bilan almashtirishga tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu asosda o‘zgarishlarning natijasi shuki, ko‘p hollarda iloji boricha ko‘proq dasturlarni tez o‘zgartira olish uchun ularni notartib deb atalgan o‘zgartirishlar natijasidir. Etarli darajada hujjatlashtirishni o‘zgartirishni amalga oshirmaslik dasturlarni tushunib bo‘lmaydigan qiladi. Bundan tashqari, ko‘pincha shunday ham bo‘ladiki, xodim (mutaxasis) tashkilotni tark etadi, dasturlarda xatolar bo‘lib, hujjatlar to‘liq bo‘lmasa va shunday qilib bu dasturdagi Nou-Hau yo‘qotiladi. Shuning uchun ayrim tashkilotlar “So‘nggi chora”ni yangi tizimni qo‘lga kiritishda ko‘radi. Shu bilan birga tan olishmaydiki yangi standart dasturiy ta’minotni rejalashtirish va kiritishning o‘zi ko‘pincha juda uzoq davom etadi va o‘z kuchlari bilan ishlab chiqilgan va yana kutish kerak bo‘ladigan bir qator to‘ldirishlar bilan tugaydi. Mana shu sabablarga ko‘ra sanoati industrallashgan mamlakatlarda eski odatlarni yengib o‘tish yoki texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘yicha dasturiy ta’minot sohasida mashg‘ul bo‘lgan barcha xodimlarning 50 dan 80 foizigina mehnat qiladi. Qolgan 20-50 foiz xodim tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va uni kelgusida rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda sobiq sovet davridan qolgan zamonaviy dasturiy ta’minot bilan baravar qo‘llaniladigan va albatta, dasturiy ta’minot bilan soddalashtirilmagan bir qator o‘ziga xos dasturiy ta’minot mavjudki, mamlakatda umuman olganda bu o‘ziga xos xususiyat bilan qiyoslasa bo‘ladigan vaziyat hukmronligini ifoda etadi. Bu erda dasturchilar uchun dasturiy ta’minot xizmatini ko‘rsatish, uni bundan keyin rivojlantirish (takomillashtirish) bo‘yicha, zarurat tug‘ilganda esa mamlakatning iqtisodiy va ma’muriy jarayonlari uchun zarur bo‘lgan yangi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatning keng maydoni mavjud. Bu jihatdan mazkur o‘quv qo‘llanmaning “Xizmat ko‘rsatish va bundan keyingi rivojlantirish” masalalari bo‘yicha qo‘llanmaning alohida bobida ma’lumot beriladi. Keyingi mulohozalar eng avvalo, dasturiy ta’minotning turlari va ularning vazifalari haqidagi tasavvurlar dasturlar yoki butun bir amaliy tizimlarni loyihalash, amalga oshirish va xizmat ko‘rsatishdagi harakat usullari va chizmalari bilan birga beriladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Dasturiy ta’minot va ularning turlari Inson va ma’lumotlarga ishlov berish o‘rtasidagi aloqa kompyuter dasturlari orqali boshqariladi. Markaziy protsessor (CRI) belgilari to‘plami ikkita belgigacha “0” va “1” yoki “yoqilgan” va “o‘chirilgan ” bilan chegeralangan. Inson harflardan, raqamlardan,tasvirlardan foydalanadi. Inson va mashina o‘rtasidagi interfeysni (muloqotni), (kodlashtirish)ni dasturiy ta’minot tartibga solib turadi. Bu vazifadan tashqari kompyuter dasturi operatsion tizimi ko‘rinishida kompyuterni butun apparat qismini boshqarilishini tartibga soladi. Shunday qilib dasturiy ta’minot ikki qismga bo’linadi: · tizimli dastur ko‘rinishidagi apparat qismining boshqarilishi va · muammolarning echilishiga qaratilgan amaliy dasturlar Bu bilan bir qatorda tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqish va kompyuter xizmatini engillashtirish uchun bir qator dasturlash tillari va qo‘llash servisi mavjud Dasturni aniqlash: Dastur- bu kompyuter uchun tushunarli bol’gan buyruqlar ko‘rinishidagi ishchi konstruktsiyalarning takrorlanib turuvchi izchillik (ketma-ketlik) bo‘lib, bu buyruqlar ma’lumotlarga foydalanuvchi istagan shaklda ishlov berish uchun barcha apparat vositalarini faollashtirish, boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Tizimli dastur shu bilan birga, kompyuter va unga tegishli periferiyalardan foydalanishga imkon beradi. Tizimli dasturlarga foydalanuvchining ma’lumotlarga ishlov berish tizimining ishlash tamoyillari bo‘yicha keyingi texnik belgilarga ega bo‘lishini talab qilmasdan, masalani kiritish va chiqarish boshqaruvini tayyorlaydigan operatsion tizimlarini o‘z ichiga oladi. Xizmat uchun belgilangan va yordamchi dasturlar ham tizimli dasturlarga oid bo‘lib, masalan formatlash va nusxalashda axborot tashuvchilar bilan muomala qilish singari operatsion tizimlar bilan munosabatni engillashtiradi. Windows XP, Windows 2003 mijozserver arxitekturali Novell, UNIX va LINUXning har xil variantlari mashhur operatsiya tizmilaridandir. Professional va kundalik masalalar qo‘yilishini hal qilish uchun iqtisodiy, texnik va ilmiy sohadan amaliy dasturlar foydalaniladi yoki ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilar va qo‘llanish miqdoriga ko‘ra soni va ushbu amaliy dasturlarni yana bo‘laklarga bo‘lib chiqish mumkin. Standart dasturiy ta’minot quyidagicha ko‘rinishda deyarli har qanday masala qo‘yilishi uchun amal qiladi, masalan · Matnga ishlov berish (masalan, MS Word) Foydalanuvchilar miqdori Qo‘llanish miqdori Amaliy dasturiy ta’minot Ko‘p Ko‘p Standart dasturiy ta’minot Ko‘p Bitta / Oz Amaliy dasturlarning tarmoq paketi Bitta

Elektron jadvallar bilan ishlash (masalan, MS Excel) · Ma’lumotlar bazalari (masalan, MS Access, Oracle) · Grafiklar (masalan, Visio, CorelDraw) · Nashriy tizimlar (Desktop Publishing) (mas. Adobe Pagemaker, QuarkXPress) · Loyihalash (masalan, MS Project) Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko‘p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq idorasi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko‘lamiga ega bo‘lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgor bo‘ladilar. Agar xizmatlarning bunday o‘ziga xos tarmoq ko‘lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo‘lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi xolos. Bu erda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o‘zgacha ishlab chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo‘llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin. Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohalaridagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari yordamida echish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud: · Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish. · Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish . Bu orqali o‘z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masalaga bevosita bog‘liq bo‘lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o‘z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob beradi va mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil). Ushbu savolning echimi, xususan biznesga yo‘naltirilgan AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassislarning vazifalariga kiradi. Shuning uchun ham bu o‘rinda ushbu mavzuga bundan keyin qaytilmaydi, faqat bir mulohazani qayd qilamiz, ya’ni dasturiy loyihaning xarajat-foyda, ishlab-chiqarish iqtisodiy tahlili masalaning fanlararo tipik qo‘yilishi bo‘lib, bunda O‘zbekistondagi o‘qitiladigan barcha yo‘nalish AKT mutaxassislarining hamkorligi talab qilinadi.
Download 16,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish