Dasturli maqsadli strukturaning mohiyati funksional xizmatlar o'rtasidagi gorizontal aloqalarni tezlashtirish



Download 15,15 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi15,15 Kb.
#85448
Bog'liq
menejment 4mavzu


Dasturli maqsadli strukturaning mohiyati funksional xizmatlar o'rtasidagi gorizontal aloqalarni tezlashtirish. Chiziqli funksional strukturalarga tuzatishlar kiritish yo'li korxonadagi ma'lum muammolarni hal etish dasturli maqsadli strukturani tashkil qilishga olib keladi. Bunday struktura 3 ko'rinishda bo'ladi:loyihaviy, mahsulotga ko'ra, matritsa.

2.Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo'lga qo'yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bajarishga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko'rsatishga va ekspertizani ta‘minlashga qaratilgan. Boshqarishning matritsaviy strukturasining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o'zida loyiha bo'yicha boshqarishda, shuningdek, o'zining funksional organida xizmatda bo'ladi hamda ikki yoqlama bo'ysunadi. Uning afzalliklari: boshqarish jarayonidagi gorizontal aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi; qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas‘uliyatni oshiradi; korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta‘sir etuvchi omillarning o'zgarishiga tezda ko'nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi; chiziqli bo'ysunish vositasida bo'lim ichida byurokratiyaga bo'lgan moyillikni bir qadar so'ndiradi va hokazo.

3.Boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish yo'llari: Amaldagi tuzilmani soddalashtirish usuli; mexanik tarzda tashkil etilgan tuzilmani ko'nikma hosil qilingan tuzilma bilan almashtirish; mexanik tarzda tashkil etilgan tuzilma ichida turli shakllardagi uzviy tuzilmani tashkil qilish; Konglomerat, modulli va "atomistik" tuzilmani barpo etish.

4.Bir yo„nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi; bir yo'nalishli (chiziqli) - shtabli boshqaruv tuzilmasi; funksional tuzilma; dasturli-maqsadli tuzilma. 5.Bir yo„nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasi - iyerarxik shaklga ega bo'lgan tashkiliy tuzilma bo'lib, unda yuqoridan quyiga tomon bo'ysunish tamoyili joriy etiladi. Ushbu tashkiliy tamoyilga asosan har bir bo'linmaga rahbarlikni amalda bir kishi bajaradi. O'z vakolatlari doirasida u hamma masalalarni hal etishga haqli. O'z navbatida, bu rahbar xodim lavozimi bo'yicha o'zidan yuqoriroqda turgan rahbarga bo'ysunadi. Bir yo'nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasini joriy etilishi afzal tomonlari: tashkiliy masalalar bo'yicha farmoyishlar bir markazdan aniq tarzda beriladi; tashkiliy tuzilma miqyosida ijrochilik funksiyasining muvofiqlashtirilishi; rahbariyat va personal o'rtasida aniq tarzda tartiblashtirilgan o'zaro aloqadorlik tizimining mavjudligi; to'g'ridan-to'g'ri beriladigan farmoyishlarga javoban tezkorlik bilan munosabat bildirish imkoniyatining mavjudligi; aniq vazifa ijrochilari barcha rahbarlik pog'onalarida muvofiqlashtirilgan va resurslar bilan ta‘minlangan farmoyishlar asosida ish olib boradi; har bir tashkiliy bo'linma rahbari o'z vakolatlari va majburiyatlari doirasidagi faoliyat natijasi uchun shaxsan javobgardir. Bir yo'nalishli (chiziqli) boshqaruv tuzilmasining kamchiliklari: tashkilot rahbariga yuqori darajali talablar qo'yiladi, u tashkiliy faoliyatning barcha sohalaridan boxabar bo'lishi lozim. Ammo bunday qat‘iy talablar boshqaruvchilik samaradorligining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin; yuqori pog'onadagi menejerlarning tashvishi haddan ziyod ortib ketadi, zero ular qo'lidan o'tadigan axborotning, ish hujjatlarining ko'lami keskin oshadi, xodimlar va tashkilot rahbarlari bilan muloqotlar juda ko'payib ketadi; turli tashkiliy bo'g'inlar faoliyatiga aloqador masalalarning yechimini topish ancha mushkullashadi; tashkiliy qarorlarni rejalashtirish va amaliy ijrosini ta‘minlash jarayonida tashkiliy tuzilmaning barcha pog'onalaridagi menejerlar ishtiroki kuzatilmaydi.

7. Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o'laroq boshqaruvning funksional strukturasi rahbarlar va struktura bo'g'inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo'g'iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo'yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug'ullanadi. Uning kamchiliklari ham mavjud: funksional bo'limlar ishlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi; rahbarlar vazifalari va huquqlarining yetarli darajada muvofiqlashmaganligi;

ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas‘ul xodimlarning yo'qligi; funksional bo'linmalar o'rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;



boshqaruv apparatida ishga to'ralarcha munosabatda bo'lish hollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funksional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.

Struktura - narsalar tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog'langan turli boshqaruv organlari va bo'g'inlarining majmui tushuniladi. 9. Boshqarish bo'g'ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil tuzilmasi bo'limlaridir. Bu bo'limlar o'rtasidagi bog'lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo'g'inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo'g'inning yuqori bo'g'inga izchillik bilan bo'ysunishini ko'rsatadi. Bu vertikal bo'yicha bo'linishdir. 10. Har bir korxona (firma) o'z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o'z talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy struktura turini o'zi tanlashi kerak.
Download 15,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish