Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari



Download 0,63 Mb.
bet3/10
Sana16.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#495021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1483469367 67080

Davlat budjetining funksiyalari

Davlat budjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo‘linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:



  1. taqsimlash;

  2. nazorat.

Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo‘ladi. Bu narsa davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol ko‘rinadi. Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega bo‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag‘lari (budjetga to‘lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa, ana shu ulush qismlarga bo‘linadi va ko‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Aholining budjetga to‘lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega. Ularnnng budjetga turli soliqlar shaklida (ko‘rinishida) kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimdar tomonidan turli ko‘rinishdagi soliqlarning budjetga to‘lanishi ham bu mablag‘larning ko‘p sonli taqsimlash bosqichlaridan o‘tishini taqozo etadi, chunki juda ko‘p hollarda bu mablag‘lar ancha oldinroq budjet yordamida taqsimlangan bosqichidan o‘tib, ijtimoiy sohaga ular budjet assignovaniyalari shaklida yetib borgan bo‘ladi.
Demak, ko‘rinib turibdiki, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning budjet mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat budjetini taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko‘lamining kengligi, pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat budjetini taqsimlash funksiyasining ikkinchi xususiyati hisoblanadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, budjet turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli fondlarni shakllantiradi. Davlat budjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bo‘linmalari bevosita yoki bilvosita bog‘langandir.
Davlat budjetini taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obyekti bo‘lib jamiyatning sof daromadi (qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi, lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Budjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, budjet mexanizmi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida ham mablag‘lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Budjet kanallari bo‘yicha qiymatning jamg‘arish va iste’mol fondlari tomon harakati sodir bo‘ladi. Iqtisodiyotga xarajatlarning ma’lum bir qismi markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog‘lik bo‘lgan xarajatlarning asosiy qismi budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy rezervlari o‘sgan qismining barchasi ham to‘lik ravishda budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat budjeti ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi.
Budjet orqali taqsimlash jarayoni ko‘p bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, budjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bo‘ladi. Uning uchinchi bosqichi (budjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning bo‘linmalarini qamrab oladi. Biroq, taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim elementlari budjet orqali ko‘p martalab ham o‘tishi (taqsimlanishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug‘urta fondiga to‘lovlari budjetli taqsimlashning mahsulidir, chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi budjetdan moliyalashtirish asosida vujudga keladi, lekin taqsimlashnnng ikkinchi bosqichidan o‘tib, ular yana budjetga ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi.
Shunday qidib, Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko‘p martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bo‘ladi, jamiyat tomonidan iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalaniladi. Faqat Davdat budjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma-xil shakllari va usullari taqdim etilgan.
Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida ahvolning qandayligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag‘larning budjetga kelib tushishi, budjet assignovaniyalarining yo‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan taqsimlash jarayonlarining to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar to‘g‘risida go‘yoki signal berib turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, Davlat budjeti bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda - soliqlarda, to‘lovlarda, budjetdan moliyalashtirish hajmlarida, budjet assignovaniyalarini o‘zlashtirishda va hokazolarda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, budjet orqali rejadan farqlanish (og‘ish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproporsiyalar, jamg‘armalarning hajmi, mablag‘larni o‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘rinib turadi. Bularning barchasi Davlat budjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni operativ boshqarishda davlat budjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishdi bo‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat budjetining yuqori darajada markazlashtirilgandigidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda bo‘ysinishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish