Davlat byudjeti. Soliqlar



Download 47,05 Kb.
bet4/13
Sana13.04.2022
Hajmi47,05 Kb.
#549159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat byudjeti. Soliqlar

Byudjetlashtirish yoki byudjetlashtirish jarayoni - bu hokimiyatning barcha darajadagi byudjetlarni tayyorlash, ko'rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishdagi faoliyati. Dunyoning ko'p mamlakatlarida, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida Byudjet jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1. Byudjet loyihasini tuzish;
2. Byudjetni ko'rib chiqish va tasdiqlash (Davlat Dumasi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti);
3. Byudjet ijrosi;
4. Byudjet ijrosi to'g'risida hisobot tuzish.
Byudjetga rioya qilish asoslanishi kerak quyidagi tamoyillar:
1. Birlik printsipi, ya'ni davlat boshqaruvning barcha darajalarida yagona byudjet tizimini va uni tayyorlash uchun moliyaviy hujjatlarni tasnifini boshqarishi kerak;
2. Haqiqat, davlat daromadlari va xarajatlarining to'g'ri, to'g'ri aksini nazarda tutadi;
Soliq
Soliq stavkalari Soliq Kodeks bilan yoki Ozbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Ilk marotaba 2020 yildan aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilandi. Aksiz solig‘ining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Mustaqillikning ilk davridan 2005 yilgacha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan, 2005 yildan toki 2019 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qaroribilan belgilangan.
Soliq stavkalari foizlarda yoki mutloq summada belgilanishi mumkin. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Shunki soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga ta’sir etadi.
Soliq stavkalari, undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtai nazaridan bir necha turlariga ajratiladi:
Soliq stavkalarining biri proporsional soliq stavkasi bo‘lib, bu soliq stavkasining asosiy mohiyati shundan iboratki, yuridik yoki jismoniy shaxslardan oboroti, foydasi yoki boshqa bir soliq ob’yektining bir xil turida yangi qo‘llashdan muhim xususiyati shundaki, soliq to‘lovchi ega bo‘lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha bo‘lishidan qat’i nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi, mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq to‘lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i misolida ko‘rishimiz mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy shahslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi oshib boradi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa tortiladigan daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq ob’yektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari iqtisodiy hodisani ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan korxonalarning mahsulot (xizmat, ish) ni chetga eksport qilishini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. Jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda va mol-mulk solig‘ida ko‘rish mumkin
Soliq imtiyozlari bu – soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyatidir. Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. Soliq imtiyozlari Soliq Kodeks bilan taqdim etiladi. Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas. Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyozlar quyidagi ko‘rinishda beriladi:
– soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etish;
– soliq bazasini kamaytirish;
– soliq stavkasini pasaytirish.
Imtiyozlar amal qilish muddatiga qarab doimiy va muayyan muddatga beriladigan imtiyozlarga bo‘linadi. Doimiy imtiyozlar cheklanmagan amal qilish muddatiga belgilanadi. Bunday imtiyozlarning asosiy qismi Soliq kodeksida keltirilgan.

Download 47,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish