Davlat ichki qarzi Reja: kirish davlatning ichki qarzi


Boshqarishning yangi mexanizmlari



Download 45,97 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi45,97 Kb.
#301303
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat ichki qarzi

Boshqarishning yangi mexanizmlari

  •   «2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan. Shuning­dek, 2021-yil uchun ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd. dollar, shundan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun 2,2 mlrd. dollar (shu jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari 5 trln. soʻm), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 3,3 mlrd. dollar miqdorida belgilangan.

  •   Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablagʻlarini jalb qilishda konservativ yondashuvga tayangan holda xatarlarni boshqa­rish tamoyillarini qoʻllash borasida ­tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyalangan boʻlib, tashqi qarz portfelida xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilgan qarz hajmi 10,1 mlrd. dollarni tashkil etadi. Xususan, tashqi qarzning asosiy qismi Osiyo ­taraqqiyot banki (5,0 mlrd. dollar), Jahon banki (3,7 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga toʻgʻri keladi. Xorijiy davlatlar moliya tashkilotlarining davlat ­tashqi qarzidagi ulushi 44,0 foizni tashkil qilmoqda.

  •   Davlat qarzini samarali boshqarish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan hamkorlikda 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzini ­boshqarish strategiyasi ishlab chiqilgan. Strategiya doirasida davlat qarzini diversifikatsiyalash hamda valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida Davlat byudjeti taqchilligini, avvalo, davlat qimmatli qogʻozlarini ichki bozorda joylashtirish va suveren xalqaro obligatsiyalarni xalqaro moliya bozoriga joylashtirish orqali qoplash borasida aniq vazifalar belgilanib, amalga oshirilmoqda.

  •   Davlat qarzi, shu jumladan, tashqi qarzni doimiy monitoring qilish maqsadida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi barqarorligi tahlili amalga oshirildi. Shuningdek, ilk bor «2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun bilan davlat qarzi miqdorining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 60 foizdan oshirmaslik belgilandi.

  •   Bundan tashqari, davlat qarzini jalb qilish va ishlatilishi boʻyicha shaffoflikni taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Xususan, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilgan va yakunlangan barcha loyihalar majburiy tartibda Hisob palatasi tomonidan auditdan oʻtkazilishi hamda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida muhokama qilib borilishi tizimli yoʻlga qoʻyiladi.

  •   Shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va AQSH gʻaznachiligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat qarzi toʻgʻrisida»gi qonuni loyi­hasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasida deputatlar muhokamasiga kiritilishi kutilmoqda. Ushbu qonun loyihasida davlat ichki va tashqi qarzlari tasnifi, davlat boshqaruvi organlarining davlat qarzini jalb qilish va boshqarish sohasidagi vakolatlari, davlat korxonalari tomonidan qarz mablagʻlarini jalb qilish, davlat qarzi boʻyicha limitlar hamda ularni oʻrnatish qoidalari, shartli majburiyatlarni boshqarish, davlat qarziga oʻz vaqtida va toʻliq xizmat koʻrsatilishi hamda uni boshqarishda shaffoflik va maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash kabi masalalar aks ­ettirilgan.

  •   
    Download 45,97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish